O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
223-XII 15.02.1991

19-modda. 
Jamoat 
birlashmalarining 
ommaviy 
axborot 
vositalari va noshirlik faoliyati
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini ta’sis etishga 
hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari 
to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq noshirlik faoliyati bilan 
shug‘ullanishga haqlidirlar. 
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati 
to‘g‘risida”gi 
Qonuni

Oldingi
 tahrirga qarang. 
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 
30-apreldagi 621-II-son 
Qonuniga
asosan chiqarib tashlangan — 
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-
modda) 
 LexUZ sharhi 


Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining 
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 
Qonuniga
 qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
IV BOB. JAMOAT BIRLAShMALARI FAOLIYATINI NAZORAT 
QILISh. QONUNChILIKNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK 
(IV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari 
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
20-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va 
kuzatib borish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablag‘ bilan ta’minlash va 
ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablag‘ miqdorini va soliqlar 
to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq to‘lanishini nazorat qilib 
boradilar. 
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari 
nazorat qilib boradilar.
Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olgan O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat 
birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli ustav qoidalariga rioya 
etilishini nazorat qiladi. Ro‘yxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining 
rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga
jamoat birlashmalari o‘tkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun o‘z 
vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi ustaviga rioya qilish bilan 
bog‘liq masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi a’zolaridan va boshqa 
fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə