O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
223-XII 15.02.1991

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari 
to‘g‘risidagi qonunchiligi 
O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi 
qonunchiligi jamoat birlashmalarining huquqiy holati asoslarini belgilab 
beradigan ushbu Qonundan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining jamoat 
birlashmalari to‘g‘risidagi Qonunidan, O‘zbekiston Respublikasining 
boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat bo‘ladi. 
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
3-modda. Jamoat birlashmalarini tuzishdan ko‘zda tutilgan 
maqsad


Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish; 
fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini 
boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish; kasb-kor va 
havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni 
rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida 
qatnashish; madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport 
ishlarini amalga oshirish; tabiatni, madaniy meros obyektlarini muhofaza 
qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va 
xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlikni 
mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish 
maqsadida tuziladi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 
18-apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Faoliyati 
jamiyatning 
axloqiy 
negizlarini, 
umumbashariy 
insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsion 
tuzumni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan o‘zgartirish yoki O‘zbekiston 
Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, zo‘ravonlikni va 
shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu 
jumladan sinfiy, shuningdek irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, 
qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini 
ko‘zlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
( 3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, 
shuningdek diniy xaraktyerga ega partiyalar, ularning filiallari va boshqa 
struktura bo‘laklari tashkil etish taqiqlanadi.
Jamoat birlashmalari va ularning idoralari tomonidan qonuniy va 
demokratik yo‘l bilan shakllantirilgan hokimiyat va boshqaruv idoralari 
hamda hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lganlarga nisbatan g‘ayridemokratik 
tarzda kuch ishlatib tazyiq o‘tkazish taqiqlanadi. Qonuniy ravishda amal 
qilib turgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda mansabdor shaxslarga 
demokratik usulda hal etish bahonasi bilan tazyiq o‘tkazishga bo‘lgan har 
qanday urinishga Qonun bilan barham beriladi.


Aholining salomatligi va axloqiga, fuqarolarning huquqlari va qonun 
bilan 
qo‘riqlanadigan 
manfaatlariga 
tajovuz 
qiladigan 
jamoat 
birlashmalarini tuzish va ularning faoliyati qonunga muvofiq ta’qib qilinadi.
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
216
va 
216
1
-
moddalariga
 qarang. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə