O'zbekiston respublikasida milliy kurash turlarining rivojlanish tarixi Reja



Yüklə 25,02 Kb.
səhifə1/2
tarix10.06.2023
ölçüsü25,02 Kb.
#116551
  1   2
O\'zbekiston respublikasida milliy kurash turlarining rivojlanish tarixi


O'zbekiston respublikasida milliy kurash turlarining rivojlanish tarixi
Reja:

  1. O'zbekiston respublikasida milliy kurash turlarining rivojlanish tarixi

  2. Milliy kurash texnik-taktik usullari

  3. Kurashchilarning tayyorgarlik jarayoni

Xalq og'zaki ijodida ham kurash sporti to'g'risida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Ushbu turdagi manbalardan o'tmishda kurashning mavjudligini emas, balki uning xususiyatlari, kurash sharti va texnikasi to'g'risida ham ma'lumotlarni olishimiz mumkin. Milliy kurash ertaklarda ham aks ettirilgan. Masalan, Xirs polvon "qoqma" deb nomlangan usulni qo'llagan. Hozirgi vaqtda ham kurashchilar bu usuldan foydalanadilar. Faqatgina bu usul bugungi kunda "supurma" usuli deb nomlanadi. Xalq og'zaki ijodi asarlari orasida "Alpomish" dostoni alohida o'rin egallaydi. Dostonda polvonlarning bellashuvi, ularning kuchlilik, chaqqonlik, chidamlilik, botirlik kurashish usullarini qo'llay bilish sohasida musobaqalashuvi badiiy shaklda tasvirlangan. O'zbek xalqi qadimdan kurashni insonni jismoniy tarbiyalash vositasi deb qaragan. Xalq o'zida kuchlilikni, chidamlilikni, iroda va botirlikni mehnatkash xalqning axloqiy sofligini mujassamlashtirgan kurashchi-polvonlarga hurmat bilan munosabatda bo'lgan. Diniy va oilaviy bayramlarda, ba'zan esa odatdagi kunlarda ishdan bo'sh vaqtlarda kurash musobaqalari o'tkazilgan. Bu musobaqalar Navro'z bayrami kunlari keng avj olib, ommaviy xalq chempionati sifatida o'tkazilgan. Bellashuvlarda turli shahar va qishloqlardan kelgan kurashchilar ishtirok etgan. Kurashchilar juftini tanlashda ularning vazni ko'z bilan chamalab aniqlangan. Bellashuv oldidan kurashchilar oyoqqo'llar chigilini yozish mashqlari sifatida gavdani uqalash, silash kabi mashqlarni qo'llaganlar. Kurashchilar an'anaviy kiyimda musobaqalashgan. Dunyoda, olimlar tomonidan milliy kurash mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik harakatlarni takomillashtirishda kurashchilarni tana tuzlishi va usulni bajarishdagi texnik harakatlarni biomexanik taxlili qilinmagan. Kurashchilarning tayyorgarlik jarayonini individuallashtirish, kurashchining organizmni morfofunksional ko‘rsatkichlariga mos vositalar va uslublarni qo‘llash, mashg‘ulotda dasturlarini tuzishda biomexanik yondashuv asosida takomillashtirilgan klassifikatsiyadan foydalanib jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish jarayonini tashkil etish kabi masalalar dolzarb bo‘lib kelmoqda. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ommaviylashtirish katta e’tibor qaratilmoqda. Milliy kurashchilarimiz yuqori natijalarga erishishi, texniktaktik tayyorgarlikning samarali va kafolatli mashg‘ulot jarayonini yaratish muhim. Milliy kurash sport turi, bellashuv jarayonida yuzaga keladigan tez o‘zgaruvchan sharoitlar, raqib bilan faol to‘qnashuv natijasida paydo bo‘ladigan chalg‘ituvchi harakatlar bilan ifodalanuvchi turli-tuman harakat malakalariga egadir. Ushbu o‘quv qo‘llanma jismoniy tarbiya universiteti va pedagogika institutlarining jismoniy madaniyat fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga u magistrant, ilmiy izlanuvchi xodimlar trenerlar, sportchilar va jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga yordamchi qo‘llanma bo‘la oladi.


Mustaqillik yillarida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha yirik musobaqalar o‘tkazilmoqda. Milliy kurash maktab dasturiga kiritilgan. Milliy kurash texnik-taktik usullari ham yoshlarga sinf dars tarzida o‘rgatiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni ro‘yobga chiqarishning ikkinchi bosqichi (2001-2005 yillarda) “ta’lim mutaxassis-larning moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanishi” dolzarb vazifalar qatoriga kiritilgan. Keyingi yillar mamlakatimizda milliy kurashning o‘quv jarayonida texnik-taktik samaradorlikka erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosini jahon ta’limi mazmunini o‘rganish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish kabi amaliy faoliyat olib borilmoqda. Mazkur faoliyat doirasida o‘zbek milliy kurashi mashg‘ulotlarini yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanishni chuqur o‘rganish, bu borada bilimlar bilan milliy kurash bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan barcha murabbiylarni qurollantirish, ularda milliy kurashga doir mashg‘ulotlarni tashkil etishda nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish borasida olbi borilayotgan ishlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiya tushunchasi chet el olimlari tomonidan turlicha izohlangan bizningcha YUNESKO ma’qullagan quyidagi ta’rif e’tiborga molik “Pedagogik texnologiya – bu texnik vositalar va inson salohiyati haqida ularning o‘zaro ta’sirlarini inobatga olib ta’lim shakl-larini qulaylashtirish maqsadida o‘qitish va bilim o‘zlashtirishni barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli usulidir”. O‘zbek milliy kurashi mashg‘ulotlarida texnologik yondashuvining mohiyatini tushunish uchun, avvalo, texnologiya so‘zi tushunchasini mazmunini aniqlash zarur. Texnologiya – yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san’at, logos-tushuncha, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Milliy kurash mashg‘ulotlarida texnologik yondashuv birinchidan, milliy kurash texnik-taktik usullarni o‘rganish jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq davrlarni, usullarni harakat tomonlarini bo‘laklarga ajratishni, ikkinchidan, milliy kurashda mo‘ljallangan usul harakat tomonlarni egallashga erishishni, ketma-ket, bosqichmabosqich amalga oshirishni, uchinchidan loyiha asosida mashg‘ulotlarni tashkillashtirishini ko‘zda tutadi. Kurash usullari ushlashlar, kirishlar, tashlashlarga ajratiladi va har bir bo‘lakni test yordamida nazorat qilib, xato kamchiliklar tuzatilib boriladi. Bu bolalarni qiziqtirish, musobaqa va o‘zaro yordamlashishni inkor etmaydi. Milliy kurashni pedagogik texnologiya asosida tashkil etishda muhim xususiyatlari, belgilari qatoriga umumlashtirgan holda quyidagilardan foydalanish kurash mashg‘ulotlarini tashkil qilishda katta samara beradi: - kurash texnik-taktik usullarini o‘rgatishni oldindan loyihalash, guruh va kurashchilar bilan loyihani qayta ishlab chiqish; - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida kurashchiga kurash texnik-taktik usullarini o‘rgatishni tasvirlaydigan ta’lim jarayonini tuzish; - milliy kurash mashg‘uloti maqsadi real aniq diagnostik bo‘lishi, kurashchini usul bajarish harakatlarini o‘zlashtirish sifatini xolisona obyektiv baholash; 5 - milliy kurash mashg‘ulot tuzilishi va usullarini o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’sirini hisobga olish; - kurash texnik-taktik usullarini o‘rganish jarayonida yo‘l qo‘yilgan ortiqcha harakatlarni bartaraf qilish; - kurashchini texnik-taktik harakatini takomillashtirish uchun musobaqalar va musobaqali olishuvlar tashkil qilish; - milliy kurash mashg‘ulotlarida rejalashtirilgan natijaga erishishni kafolatlash; Milliy kurash mashg‘ulotlarida pedagogik texnologiyadan foydalanish fan sifatidagi vazifasini rivojlanish uchun, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni aniqlash, fiziologiya, matematika shuningdek boshqa fanlarning qonuniyatlardan foydalanishdan iborat. O‘zbekistonda “Kurash” milliy sport turi sifatida 2005 yilda rasman ro‘yxatga olindi va o‘sha yili Xalqaro va milliy kurashlar federatsiyasining raisi tayinlandi, jumladan, kurash bo‘yicha rais qilib K.Yusupov tayinlandi. K.Yusupov tomonidan kurash bo‘yicha koidalar va talablar ommaviy tarzda e’lon qilindi. 2009 yilning 22 oktabrida O‘zbekistonda “An’anaviy sport turlari va o‘yinlarning millatni himoya qilishdagi ustuvorligi” mavzusida Xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada yurtdoshlarimiz va xorijiy mamlakatlardan kelgan olimlar mazmunli ma’ruzalar qildilar, kurashning har-xil turlarida, jumladan, kurashda murabbiylik qilayotgan trenerlar axborotlar o‘qib eshittirdilar. Prof. A.J. Atayev va Saidov N.N. (2009) “Kurashchilarni sport mashqlari bilan shug‘ullantirish qonuniyatlari, ulardan kelib chiqadigan muhim qoida va talablar” mavzusida ma’ruza qilishdi. Kurashchilarni mashq qildirish amaliyotidan kelib chiqqan holda asosiy holatlarga to‘ldirish kiritildi va muhokamaga qo‘yildi. Qozog‘istonlik mutaxassis B.S. Bayshulakov (2009) “kazaksha kures” bilan shug‘ullanayotgan vaqtda texnik-taktik harakatlarning qanday tartibda olib borilishi to‘g‘risida ma’ruza qildi. Tataristonda milliy kurash turiga “koresh” kiradi, sportchining malakasi yoshlik davrida boshlanib, yuqori malakaga erishish faqat sportchi yoshlik davrida barcha zarur sifatlarni ruyobga chiqargandagina, ya’ni yosh kurashchi yuqori malakaga erishish uchun asos tayyorlagandagina amalga oshadi. Yosh kurashchilarni tayyorlashning ilk bosqichlarida sifatli texnik tayyorgarlikni namoyon qilishda trenerlar zimmasida katta ma’suliyat yotadi. Ammo, kurashchining yoshlik davrida texnik tayyorgarlikda trener tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash mushkul va hatto mumkin emas. Tojikistonda ham milliy kurashni, jumladan, belbog‘li kurashni rivojlantirishga ahamiyat berilmoqda. Mualliflar tomonidan tojik kurashchilarining V Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik darajasi tahlil qilingan va natijalari o‘rganib chiqilgan. Shunday izlanishlar Uzbekistonda ham o‘tkazilgan bo‘lib, yosh kurachilarning texniktaktik tayyorgarligini oshirishga bag‘ishlangan [Kerimov N.A., Yuldashev A.M., Isakov R.M., 2009, Mirzakulov Sh.A., Isakov R.M., 2009]. Kurash sport turlarida, jumladan, kurash milliy sport turida ham, o‘quv-mashq jarayoni jismoniy, taktik va psixologik tayyorgarlikdan tashqari o‘z ichiga texnik harakatlarni rivojlantirishni o‘z ichmga olgan, uning oqibatida musobaqalar davrida kurashchi yuqori darajali maxsus harakatlarini keng miqyosda bajaradi. Kurashchini 6 mashq qildirish uslublari orasida aylanma mashg‘ulotni boshqalaridan ustun qo‘yadilar [Boymuradov I.X., Beknazarov A., Mirzanov Sh.S., Ishmuxamedov T.R.,2014]. Shunday qilib, tahlil qilinayotgan yuqori malakali sportchilarni tayyorlashning integral modeli birinchidan vertikal (rejimli, xususiy), o‘quv, jismoniy va taktik-texnik kichik tizimlar kelgusi musobaqalar vazifalariga mos holda o‘quv-mashg‘ulot jarayonining samarasini oshirsa, ikkinchidan modelning gorizontal (sintezlangan, mikrotuzilmali) elementlari kurashchilar tayyorgarligi tuzilmasini turli yillik tayyorgarlik sikllarida belgilaydi. Biz 1950 yildan boshlab xozirgi kungacha chop etilgan turli mualliflarning adabiyotlarini tahlil qildik. Bu adabiyotlarda milliy kurash turlarining rivojlanishidagi fundamental asoslar keltirilgan va bir vaqtning o‘zida bu mualliflar milliy kurash turlari bo‘yicha mutaxassislar deb tan olingan. Xajmi va ma’nosi jihatdan keng bo‘lgan izlanishlar orqali O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda milliy kurashning tuzilmasi aniqlangan hamda uning xalqaro kurash turlari bilan bog‘liqligini aniqlash borasida B.A. Gilijov va boshqa qator mutaxassislar izlanishlar olib borganlar ( O‘rta Osiyo va Qozog‘iston ilmiy asarlarida). Kurashdagi jismoniy mashqlar tuzilmasini har tomonlama o‘tkazilgan izlanishlarimizda ham solishtirma tahlil qilish natijasida milliy va xalqaro kurash turlarining quyidagi ustuvor bog‘liklilari aniqlangan: - tojikcha “gushtingiri” kurash, qirg‘izcha kuresh, turkmancha yakkalashma, tavacha xuresh o‘z tuzilishi va mohiyati bilan erkin kurash turiga ko‘proq yaqinroq; - turkmancha guresh turi va tojikcha belbog‘li kurash ko‘p jixati bilan yunonrum kurashiga o‘xshaydi; - kozoqcha kures va uning ko‘rinishlari ko‘p elementlari bilan samboga o‘xshaydi. Mualliflar keltirilgan milliy kurash turlarida urf-odatlar va milliy-an’anlar saqlanganligini ham qayd etib utadilar. Bu jixatda eng salbiy misol sifatida tojikcha gushtingiri kurashini keltirsa bo‘ladi, chunki unda raqibni bo‘g‘ish va unga nisbatan og‘riqli ushlashlar hamda organizmning nozik joylariga nisbatan ta’sir etish harakatlari mavjud. Ammo XXX-asrning yillarida bu harakatlar sportchi salomatligiga zarar sifatida qoidadan olib tashlangan, oqibatda esa bu kurash turi milliyligini yo‘qotib, hozirgi erkin kurashga o‘xshab qolgan. Xuddi shunday o‘zgarishlar qirg‘izcha kuresh va qozoqcha kureslarga ham xosdir.
Milliy kurash mashg‘ulotlari pedagogik jarayon sifati-da tashkil qilinadigan kurashchilarning sport trenerovkasida jismoniy tarbiya tamoyillari va didaktik tamoyillar amalga oshiriladi. Milliy kurash mashg‘ulotlarining bu tamoyillari bilan bir qatorda boshqa tarbiya shakllarida yo‘q bo‘lgan o‘ziga xos qonuniyatlar mavjuddir. Ular kurash mashg‘ulotlarining quyidagi tamoyillaridan tuzilgan: mumkin qadar maksimal natijaga yo‘naltirish, ixtisoslanish va individuallashti-rishni chuqurlashtirish, sportchining umumiy v maxsus tayyorgarligi birligi, trenerovka jarayonining o‘ziga xos uzluksizligi trenerovka nagruzkalarini oshirib borishda ketma-ketli hamda chegaralilik birligi, nagruzkalar dinamikasining o‘ziga xos betakror to‘lqinsimonligi, trenerovka jarayonining musobaqa nisbatlashgan siklliligi. (A.P.Matveyev) 1991 yil. Milliy kurash mashg‘ulotlarini tashkil etilishi, asosiy usullar bu kurashchining xattiharakatidan iborat bo‘lib, kurashchi ana shu harakatlar yordamida kurashchidagi taktik vazifalarni hal etadi, bundan tashqari, turli xil o‘quv va kalendar musobaqalar vaqtida kurashchilarning kurash tarixi, gigiyena, harakatlar texnikasi va taktikasi, kurash mashg‘ulot-lari asoslari, musobaqa qoidalari, sport qoidalari, sport etikasi va hokazolar sohasidagi nazariy tayyorlarligiga oid hamma masalalar maxsus bilimlar qatoriga kiradi. Milliy kurash mashg‘uloti – bu yuqori sport natijala-riga erishishga qaratilgan sport takomillashuvining yil davomida muntazam boshqariladigan pedagogik jarayondir. Milliy kurash mashg‘ulotlari yaxlit pedagogik tizim bo‘lib: o‘quvchi (1), ta’limtarbiyaning maqsadi (2), mazmuni (3), o‘quv jarayoni (4), o‘qituvchi yoki texnik vositalar (5), ta’lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari (6) tuziladi. (M.Ochilov Yangi pedagogik texnologiyalar) Milliy kurash mashg‘ulotlarining maqsadi bu – mazkur kurashchi uchun mumkin qadar maksimal darajada texnik-taktik faoliyatida yuqori natijalarni ko‘rsatish, kurash bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishning nazariy uslubiy ma’lumotlarni berish, asosiy usullarni bajarish pedagogik faoliyat olib borishga yordam berish, mustaqil O‘zbekiston uchun malakali kurashchilar tayyorlab berish (F.A.Kerimov. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. Toshkent 2001 yil) Oliy o‘quv yurtida murabbiy bilan kurashchining o‘zaro munosabat jarayonini shaxsiy aloqaga asoslangan. Murabbiy darsda istisnosiz barcha kurashchilarni faoliyatga yo‘llaydi va nazorat qiladi, shuningdek kurashchilarning darsning o‘zidayoq o‘rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari zarur ko‘nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi obyektiv xarakterga ega. U har bir jamiyatning moddiyma’naviy ehtiyojlaridan hosil bo‘ladi, ijtimoiy buyurtma sifatida davlat hujjatlarida umumiy tarzda ifodalanadi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi tizim hosil qiluvchilik xususiyatiga ega. Pedagogik tizimning barcha qismlari milliy kurash darsining maqsadiga bog‘liq va uni ro‘yobga chiqarishiga xizmat qiladi. Shaxsni, kurashchini shakllantirish maqsadi ta’limning muzmuni (o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, darsliklar) ni belgilaydi. Milliy kurash darsida pedagogik texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, u birinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonini oldindan loyihalash va so‘ngra auditoriyada kurashchilar bilan birga loyihani qayta ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu masalani “Didaktik vazifa”, “Ta’lim texnologiyasi” tushunchalarini qo‘llash bilan ham hal etish mumkin. Ikkinchidan, an’anaviy pedagogikada uslubiy ishlan-malar o‘qituvchi dars o‘tishi uchun tuzilsa, pedagogik texnologiya kurashchini o‘quv bilish faoliyatining shakllari va mazmunini tasvirlaydigan ta’lim jarayoni loyihasini ishlab chiqishni taklif etadi. Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning muhim belgisi – maqsad hosil jarayonidir. Pedagogik texnologiyada pedagogik maqsadni aniqlash asosiy muammo bo‘lib, maqsadni diagnostik ifodalash, bilim o‘zlashtirish sifatini obyektiv baholash nazarda tutiladi. Nihoyat, ta’lim-tarbiya jarayonlari tuzilishi va mazmuni jihatidan yaxlitligi pedagogik texno-logiyani ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim prinsipi hisoblanadi. Yaxlitlik prinsipi, shuningdek, ta’liimning har bir turi bo‘yicha bo‘lajak pedagogik tizimning barcha elementlari (chorak, semastr, o‘quv yili davomida ham, shuningdek, ta’lim davrida ham) o‘zaro ta’sirda bo‘lishiga erishish zarur. Pedagogik tizimning bir elementi, masalan maqsadi o‘zgarsa uning boshqa qismlari (mazmuni, shakllari, jarayonlar) ham o‘zgaradi. Pedagogik texnologiya tizimi, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Bunday usul va metodlarni ishlab chiqish pedagogik texnologiya nazariyasi va uslubiyatining vazifasidir.
Kurashchi, kurash maqsadini, mazmunini puxta bilish, kurash usullari va vositalarni yaxshi egallagan bo‘lishi, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi, texnik-taktik harakatlarni mukammal egallagan bo‘lishi: kurashchining manfaatdorligi, qiziqish va intiluvchanligi: - milliy kurash mashg‘ulotlari jarayonini jadallashti-rish; axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydala-nish samaradorligini oshiruvchi didaktik materiallarni ishlab chiqish va keng qo‘llash; - milliy kurash mashg‘ulotlari jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazasini yaratish; - milliy kurash mashg‘ulotlari jarayoni natijalarini xolisona va obyektiv baholash: test usuli, reyting tizimi, kurashchining bilim va ko‘nikma-malakalarini egallash jara-yonini nazorat qilish, baholashni avtomatlashtirish; - milliy kurash mashg‘ulotlarining tabiatga mosligi; 10 - milliy kurash mashg‘ulotlarini jamiyatga moslashuvi, musobaqalarda yuqori natijalar ko‘rsatish. Milliy kurash mashg‘ulotiga yosh bolalarda motiv hosil qilish – bu murakkab ruhiy jarayondir. Motivlarni shakllan-tirish masalasi individual-shaxsiy xususiyatga ega bo‘lib, milliy kurash turining maqsadi, vaziyati bilan mashg‘ulotni tashkil etish shakllari, usullari mutanosibligini taqozo etadi. Yosh bolada milliy kurash bilan shug‘ullanishga intilish (motiv) uyg‘otish ijodkor murabbiylarga xos xususiyatdir. Motiv hosil bo‘lganini ko‘rsatuvchi muhim belgilardan biri – milliy kurash mashg‘ulotlariga berilgan topshirig‘ini bajarishga tezda, astoydil kirishib ketishi, mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishning barqarorligidir. Yosh kurashchining milliy kurash bilan shug‘ullanish motivlari kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin. Motivlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lavermaydi. Motiv hosil qilishning turli yo‘llari, usullari mavjud. Motiv hosil qilishning oddiy usullaridan biri kurash zalidagi mashg‘ulot yoki kurash usulining qiziqarliligi, yosh kurashchilarga kurash haqidagi kinofilmlar qo‘yib berish, mashhur kurashchilar bilan uchrashuvlar ularning hayot yo‘li haqidagi suhbatlar, kurashda inson sifatlarini shakllanishi haqida ma’lumot, motiv hosil qilishga misol bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish yoki usulni harakat tomonlarini to‘lig‘icha ko‘rsatib berishi – motiv hosil qilish usullaridan biridir. Yosh kurashchi kelgusida yaxshi kurashchi bo‘lishini, kurashning texnik-taktik harakatlarini yaxshi egallashini, jamiyatda obro‘li bo‘lishi uchun milliy kurash sport turi bilan muntazam shug‘ullanishi zarurligini anglash – motiv hosil qilishning muhim usullaridan hisoblanadi. Mashg‘ulotdan shug‘ullanish maqsadi mavhum, noaniq bo‘lsa, kurashchi shug‘ullanishga qiziqmay qo‘yadi, murabbiylar, ota-onalar bolalarning shug‘ullangisi kelmaydi, deb nolib yuradilar. Bu milliy kurash mashg‘uloti jarayonining motiv hosil qilish bosqichi bo‘shligidan dalolatdir. Bunda yosh kurashchi murabbiyning talablarini tushunmay, hafsalasiz holatda mashg‘ulotda o‘quv topshiriqlarini nomigagina bajaradi. Demak, mashg‘ulotning maqsadi har bir kurashchining aniq bir natijani berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kurashchida shu natijani ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan texniktaktik harakatlarni egallashga mayl, intilish, qiziqish-motiv hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Kurashchilar harakat faoliyatining faolligini murabbiyning rahbarlik roli bilan birga qo‘shib olib borish. Murabbiy mashg‘ulotda qanday forma va materialdan foydalanmasin, u doimo yetakchilik rolini o‘ynaydi. Murabbiy mashg‘ulotda yangi usullarning o‘rganilishini, o‘tilganlarni takrorlashni, kurashchilarning mustaqil ishlarini, bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashini tekshirishini tashkil qiladi, xilma-xil o‘quv va tarbiyaviy vazifalarni hal qiladi. Kurashchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Kurashchilar faoliyatining barcha turlarida murabbiy bosh figura, ta’lim-tarbiya jarayonining rahbari va tashkilotchili-giga qoladi. Kurashchilar mashg‘ulotlarni bajarayotganlarida ularni diqqat bilan kuzatadi va ularning qobiliyatlarini bilganligi uchun, ularga yordam dalda beradi, o‘quv faoliyatini uyushtirishga ko‘maklashadi, ularni e’tiborlarini ishning asosiy daqiqalariga qaratadi va hokazo. Kurashchilar bilan suhbat o‘tkazar ekan, kurashchi suhbatining asosiy yo‘nalishi-dagi chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaydi barcha kurashchilarni faol ishga jalb qiladi. Milliy kurash mashg‘ulotlarida murabbiy har bir kichik guruhdagi ishni, har bir kurashchini diqqat bilan kuzatadi, o‘yinga rahbarlik qiladi. Murabbiyning rahbarlik roli bilan birga uning eng muhim vazifalaridan biri o‘qitishning xilma-xil faol usullari. 6. Mashg‘ulotning oldingi va keyingi darslar bilan bog‘lanishi. Murabbiyning olib boriladigan ishi doimo darslar sistemasini ishlab chiqish bilan bog‘langan. Bunda mashg‘ulotning har biri o‘z vazifasini hal qiladi va shu orqali mavzu bo‘yicha butun usulning o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Ammo har bir mashg‘ulot mashg‘ulotlar sistemasidagi alohida guruh, shuning uchun uni oldingi va keyingi mashg‘ulotdan ajratib bo‘lmaydi. Ayni bir vaqtda o‘tilgan yangi usul keyingi mashg‘ulotning tuzilishi uchun asos bo‘ladi. 7. Kurashchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olish. Darsning mazmuni, tuzilishi va o‘qitish usullarining tanlanishi ko‘p jihatdan kurashchilarning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi. Kurashchilar qancha yosh bo‘lsa, ular shuncha-lik kam hajmdagi usullarni o‘zlashtirishlari mumkin bo‘lib, mashg‘ulotning tuzilishi va ularning tanlanishi shunchalik xilma-xil bo‘ladi. Kurashchilarni xilma-xil faoliyat turlari-ga jalb etish, ko‘rgazmalilikdan keng foydalanish, o‘yin elementlarini kiritish, yangi usulni o‘rganish va o‘tilganlar-ni mashg‘ulotning tuzilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Darsning tayyorgarlik qismi 25-minut vaqtni egallaydi. Bu vaqtda darsning asosiy qismi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratiladi. Kurash darslarini o‘tkazish uslubiyati. Darsni o‘tkazish uslubiyatida mashg‘ulotning asosiy formasi sifatida darsning tizimini, vazifasi va dars qismlarining mazmunini hamda uni amalga oshirishning uch fazasini – darsga tayyorgarlik, uni o‘tkazish va yakunlashfazalarini yaxshi tushunish muhimdir.

Yüklə 25,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə