O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport


Olimpiya o’yinlari g’olibi M. Abdullaev



Yüklə 135,77 Kb.
səhifə5/11
tarix26.10.2023
ölçüsü135,77 Kb.
#131032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Документ Microsoft Word (8)

Olimpiya o’yinlari g’olibi M. Abdullaev
 
2002 yilning 8-24-fevral kunlari AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida XIX qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Mazkur Olimpiyadada ishtirok etish uchun 77 mamlakatdan 2399 nafar sportchi tashrif buyurdi. Ishtirokchilar sportning 15 turi bo’yicha 78 ta medallar shodasi uchun bahs yuritishdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004-yil 7-iyundagi «O’zbekiston Respublikasi sportchilarini Afina shaxri (Gretsiya)da o’tkaziladigan 2004-yilgi XXVIII yozgi olimpiya o’yinlarida munosib ishtirok etishlarini ta’minlash to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Olimpiada vatani poytaxtidagi stadionga o’yinlar tantanali ochilishi paytida O’zbekiston Respublikasi sportchilari delegatsiyasi ham kirib keldilar. XXVIII Olimpiada mash’alasini yoqish sharafi grek yaxtachisi Nikolas Kaklamanisga nasib etdi. 
 

Olimpiyada o’yinlari sovrindori R. Sobirov
 
Afina Olimpiadasida mamlakatimizdan 69 sportchi o’yinlar dasturiga kiritilgan sportning 37 turidan 15 tasi qatnashdi. Sport gimnastikasida Oksana Chusovitina, eshkak eshishda Ruslan Naurzaliyev va Sergey Bogdanov, Vladimir Chernenko, Yelena O’sarova, suzishda Irina Shlemova va Mariya Bugakova, dzyu-do Sanjar Zokirov, merganlikda Vyacheslav Skromnov va boshqalar, afsuski, saralash musobaqalarida finalga yo’llanma ola olmadilar. Velosportda shosseda guruh poygasida Sergey Lagutin marraga 56-bo’lib yetib keldi. Biroq polvonlarimiz va bokschilarimiz an’ana bo’yicha bu yozgi Olimpiadada ham juda quvonarli yutuqlarga erishdilar. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustasi Artur Taymazov erkin kurashda eng og’ir vaznli raqiblari o’rtasida eng kuchli ekanligini ishonarli ravishda tasdiqladi va Olimpiada chempioni bo’ldi.
Milliy jamoamizga ikkinchi oltin medalni yunon-rim kurashi bo’yicha 74 kg vaznli sportchilar bilan birga gilamga chiqqan Aleksandr Dokturashvili olib keldi. U saralash musobaqalari va yarim finalda bir necha nomdor polvonlarni mag’lubiyatga uchratdi. O’zbekistonlik sportchi hal qiluvchi bellashuvda yana bir jahon chempioni fin Marko Ili-Xannukselagni mag’lubiyatga uchratib, Olimpiada chempioni bo’ldi 
Erkin kurash bo’yicha 96 kg vaznli sportchilar o’rtasida yana bir vatandoshimiz – Mogamed Ibragimov XXVIII-Olimpiya o’yinlarining kumush medali sovrindori bo’ldi. Bokschilarimizdan O’tkir Haydarov 81 kg, Bahodir Sultonov esa 51 kg vaznli charm qo’lqop ustalari o’rtasida bronza medallariga sazovor bo’ldilar.
Ko’p jihatdan ana shu sportchilarimizning zafarlari O’zbekiston Respublikasi milliy olimpiya jamoasidaga Gretsiya poytaxtidagi o’yinlarda ishtirok etgan 202 davlat o’rtasida 34-o’rinni egallash imkonini berdi. Mamlakatimiz vakillari norasmiy umumjamoa hisobida Sidney Olimpiadasiga nisbatan yana yetti, 1996-yilgi Atlantadagi o’yinlardagiga qaraganda esa yigirma to’rt pog’ona yuqoriga ko’tarilishga erishdilar. XXVIII yozgi Olimpiada yakunlari bo’yicha O’zbekiston sportchilari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari o’rtasida beshinchi, Markaziy Osiyoda esa 1-o’ringa chiqdilar.
O’zbekiston jahonda sport jadal rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o’rin oldi. Iroda To’laganova eng nufuzli Uimbldon turnirida g’olib chiqqanligi, 2004-yilda Rustam Qosimjonov Jahon shaxmat federatsiyasi – FIDE yo’nalishi bo’yicha jahon chempioni bo’ldi. 
O’zbek boks maktabining yosh va yorqin namoyondasi Abbos Atoyev esa 2007-yil 23 oktabr – 3 noyabr AQShning Chikago shaxrida 120 mamlakatdan kelgan 700 nafardan ortiq eng mohir charm qo’lqop ustalari ishtirok etgan jahon birinchiligida o’z vaznida chempion bo’ldi hamda Pekin Olimpiadasiga chiqish huquqini qo’lga kiritdi.
XX qishki Olimpiada o’yinlari 2006-yil 10-28 fevral kunlari Italiyaning Turin shaxrida o’tkazildi. Unda 85 mamlakatdan kelgan 2600dan ko’proq sportchi qish sportining 15 turi bo’yicha o’zaro bellashdilar. Ularda Jazoir, Keniya, Senegal, Efiopiya, Marokash, Janubiy Afrika Respublikasi kabi qish sporti to’g’risida yaqin-yaqingacha umuman tasavvurlari bo’lmagan mamlakatlar vakillari ham ishtirok etganligi e’tiborga molik bo’ldi. Bu Olimpiadada O’zbekistondan tog’ chang’i sportida Qayrat Ermatov, figurali uchishda yakkalik musobaqalarida Anastasiya Gimazetdinova, juftlikda esa Marina Aginina va Artem Knyazev qatnashdilar.


Yüklə 135,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə