O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport


-karra Olimpiyada o’yinlarini ishtirokchisi



Yüklə 135,77 Kb.
səhifə2/11
tarix26.10.2023
ölçüsü135,77 Kb.
#131032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Документ Microsoft Word (8)

7-karra Olimpiyada o’yinlarini ishtirokchisi
O'zbekiston Respublikasining brinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida»gi Farmoni (1997 yil 10 oktyabr), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori va boshqa rasmiy hujjatlar asosida «Sog'lom avlod» davlat dasturi» ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo'nalishi tibbiyot, ta'lim, mahalla va boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog'liqni yaxshilash bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, mahalla va mehnat jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni maqsadli o'tkazish ko'zda tutildi. «Sog'lom ona va sog'lom bola» shiori ustuvor bo'lishi ta'kidlangan 
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida munosib o'rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston sportchilari ko’pgina nufuzli xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
O'zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjami- yatlariga a'zo bo'lgan emas. Sharq va g'arb mamlakatlari bilan sport aloqalar u yoki bu darajada olib borilgan bo'lsada, u ham faqat sho'rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida o'tkazilgan.
Xalqaro sport va olimpiya harakatining keng rivojlanishi, qit'alarda turli xil sport musobaqalari, qit'a o'yinlarining o'tkazilishi, jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarining an'anaviy tashkil etilishi har bir mamlakatda sport turlarini rivojlantirishni qadimdan taqozo etib kelgan.
O'zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatlariga a'zo bo'lib kirish maqsadida Milliy Olimpiya qo'mitasini tashkil etdi. Bu 1992 yil 21 yanvardagi birinchi ta'sis majlisida amalga oshirildi. XOQ xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg'or tajribalariga tayanilgan holda MOQ nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi notijorat tashkiloti bo’lib, o’z faoliyati O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining Olimpiya xartiyasi hamda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining Nizomi asosida amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonunining Yangi tahriri 2015 yil 5 sentyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunning 17-moddasi “O’zbekiston olimpiya harakati. O’zbekiston olimpiya ko’mitasi”ga bag’ishlangan. O’zbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi olimpiya harakati printsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga kumaklashish, sport sohasida halqaro hamkorlikni mustahkamlash, Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir.
O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi – respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo’mita o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya ko’mitasining Olimpiya xartiyasiga hamda o’z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga o’z ustavida belgilangan maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama ko’maklashgan holda O’zbekiston olimpiya harakatini tan oladi va qo’llab-quvvatlaydi.
 


Yüklə 135,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə