O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 135,77 Kb.
səhifə4/11
tarix26.10.2023
ölçüsü135,77 Kb.
#131032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Документ Microsoft Word (8)

Olimpiya bayrog’i
 
Qolgan yangi mustaqil davlatlarning sportchilari esa bu mamlakatlarda milliy olimpiya qo’mitalari tashkil etilib, ular XOQ tomonidan tan olinishiga qadar Olimpiya o’yinlarida Birlashgan Davlatlar Hamdo’stligi jamoasi tarkibida qatnashishga ruxsat berildi. MDH Birlashgan jamoasining tashkil etilishi majburiy chora bo’lib, ramziy xususiyatga ega edi. Chunki bu Birlashgan jamoa tarkibidagi har bir mustaqil davlat vakillari olimpiya o’yinlarida qatnashayotgan boshqa milliy olimpiya jamoalari a’zolari ega bo’lgan barcha huquqlarga ega edilar.
Mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston Respublikasi sportchilari ham jahon sport musobaqalarining eng oliysi hisoblangan Olimpiada o’yinlarida o’z davlatlari nomini dunyoga tanitdilar. MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasining 17 nafar sportchisi kiritildi. Ular 3 oltin, 2 kumush va 1 bronza medalini qo’lga kiritdilar. O’zbekiston sharafini O. Chusovitina, R. Galieva, M. Shmonina, S. Sirtsov, A. Asrabaev, V. Zaharevich, A. Grigoryan va boshqalar himoya qildilar. Barselonada Olimpiya o’yinlari g’olibi bo’lgan MDH Birlashgan jamoasi sportchilari sharafiga Olimpiya bayrog’i ko’tarilib, Olimpiya madhiyasi ijro etildi.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, sportning olimpiya turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Davlatimiz parlamenti tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunining qabul qilinishi huddi shundan dalolat beradi.
Mamlakatda milliy sport turlari va xalq o’yinlarini tiklash, ularni ommalashtirish va keng targ’ib etishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. 1994 yilda birinchi marta Jizzah viloyatining Forish tumanida I Xalq o’yinlari festivali o’tkazildi. O’sha davrdan boshlab muntazam ravishda, har ikki yilda bir marta (1998 yildan “Alpomish” milliy sport turlari va o’yinlari festivali nomi bilan) o’tkazilmoqda. Festivallarda Xalq o’yinlari bo’yicha musobaqalar bilan bir qatorda ilmiy amaliy anjumanlar ham o’tkaziladi. 1999 yildan esa xotin-qizlar o’rtasida “To’maris” milliy sport turlari va Xalq o’yinlari festivali ham o’tkazila boshlandi.
1992 yil 21 yanvarda Toshkentda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasining ta’sis konferentsiyasi bo’lib o’tdi. XOQning 1993 yil sentyabrda bo’lib o’tgan 101 sessiyasida O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi XOQ tomonidan tan olindi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Birlashgan jamoasini 1992-yil 8-23-fevral kunlari Fransiyaning Albervil shaxrida bo’lib o’tgan XVI qishki Olimpiyadaga, keyin XVI olimpiya o’yinlariga tayyorlash va muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash juda murakkab muammolarni hal etishni talab qilardi. Olimpiyadachilar O’yinlarga tayyorgarlik mashqlarini o’tkazadigan sport bazalari bu paytda turli yangi mustaqil davlatlarga tegishli edi. Olimpiada har bir sport turida MDH Birlashgan jamoasi tarkibida ishtirok etadigan sportchilar, ularga murabbiylik qiladigan mutaxassislarni tanlash ham oson kechmadi.
Shu kabi muammolar va tabiiy qiyinchiliklarga qaramasdan MDH Birlashgan jamoasi Barselonadagi 1992-yil 24 iyul – 9 avgust kunlari bo’lib o’tgan XXV Olimpiya O’yinlarida boshqa davlatlar olimpiyadachilari, mutaxassislari hamda sport ixlosmandlari uchun hech kutilmaganda peshqadam bo’ldilar. Ular norasmiy umumjamoa hisobida 112 ta medalni (45 ta oltin, 38 ta kumush va 29 ta bronza) qo’lga kiritib, 1-o’rinni oldilar. Bu Olimpiya o’yinlariga 172 davlatdan 10563 sportchi keldi. Ular 257 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordilar.
MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasining 17 nafar sportchisi kiritildi. Ular Barselona Olimpiyadasida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo’lga kiritdilar. Sportchilarimizdan ayollar o’rtasida sport gimnastikasi bo’yicha Oksana Chusovitina va Rozaliya Galiyevalar, hamda yengil atletika bo’yicha 4 x 400 metrlik estafeta g’olibi Marina Shmonina oltin medallarga sazovor bo’ldilar. Og’ir atletikachi Sergey Sirtsov va o’q otish sporti bo’yicha Anatoliy Asrabayevlar olimpiyadaning kumush medaliga sazovor bo’ldilar. Qilichbozlik sportida esa hamyurtimiz Valeriy Zaxarevich jamoa musobaqalarida bronza medali bilan taqdirlandi.
XVI qishki Olimpiyada o’yinlari Fransiyaning Albervil shaxrida 65 mamlakatdan kelgan 1084 sportchini to’pladi, hamda ular 12 ta sport turida 57 ta medallar shodasi uchun bellashdilar. Respublikamiz sportchilari MDH Birlashgan jamoasi tarkibida ishtirok etdilar. Mazkur Olimpiyadada sportchilarimizdan Lina Cheryazova fristaylning akrobatik sakrash usulida faxrli 5-o’rinni egallashga muvaffaq bo’ldi.
1994 yilning 12-27-fevralida Norvegiyaning Lillexammer shahrida XVII qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Bu yerga 67 davlatdan 1923 sportchi tashrif buyurdi. Mazkur qishki Olimpiyadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristyl bo’yicha Olimpiyada chempioni bo’lib, oltin medalni qo’lga kiritdi. O’zbekiston Respublikasi sportchilari 67 mamlakat orasida umumjamoa hisobida 14-o’rinni oldilar.
1996 yilning 19 iyul – 4 avgust sanalarida AQSHning Atlanta shahrida XXVI yozgi Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Bu o’yinlarda dunyoning 197 mamlakatidan 10320 sportchi 26 ta sport turi bo’yicha 271 ta medallar shodasi uchun kurash olib bordilar. O’zbekiston sportchilaridan dzyu-do bo’yicha Armen Bagdasarov kumush, boks bo’yicha esa Karim To’laganov bronza medallarini qo’lga kiritdilar. Atlanta ringida vatandoshlarimizdan Dilshod Yorbekov, Narimon Otayev 5-8-o’rinlarani, yunon-rim kurashida Grigoriy Pulyayev 6-o’rinni egallashib, jamoamizga qimmatli ochkolar keltirdilar va bu bilan O’zbekistinning XXVI yozgi Olimpiyadada ishtirok etgan 197 mamlakat orasida 58-o’rinni olishiga o’z ulushlarini qo’shdilar.
1998 yil 7-22-fevral kunlari Yaponiyaning Nagano shahrida XVIII qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Naganoga jahonning 72 mamlakatidan kelgan 2302 sportrchi 14 ta qishki sport turi bo’yicha 68 ta medallar shodasi uchun kurashdi. Bu o’yinlarda ishtirok etgan O’zbekiston milliy olimpiya terma jamoasi sportchilaridan quyidagilar musobaqalarda faxrli o’rinlarni egalladilar: Lina Cheryazova fristayl bo’yicha 13-o’rin, Tatyana Malinina yakkalik figurali uchushda 8-o’rin, Roman Skornyakov figurali uchishda 19-o’rin, Komil O’rinboyev esa tog’ chang’isi sportida 29-o’rinni egalladilar.
2000 yil 16-30-sentabrida Avstraliyaning Sidney shahrida XXVII yozgi Olimpiyada bo’lib o’tdi. Mazkur Olimpiya o’yinlariga 199 davlatdan 10651 nafar sportchi qatnashdi, hamda ular 37 ta sport turi bo’yicha 300 ta medallar shodasi uchun bellashdilar. Mamlakatimiz terma jamoasi safidagi 77 nafar olimpiyadachi musobaqalar dasturidan o’rin olgan sportning 13 turida ishtirok etdilar. Olimpiyadachilarimizdan Muhammadqodir Abdullayev boks bo’yicha oltin, Artur Taymazov erkin kurashda kumush, Rustam Saidov va Sergey Mixaylovlar esa boks bo’yicha bronza medallari sovrindori bo’ldilar. Olimpiya terma jamoamiz norasmiy umumjamoa hisobida 41-o’rinni oldilar (23-rasm).
 


Yüklə 135,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə