O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix20.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98906
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
uploads constitution oz

94-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib 
hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan 
farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
95-modda. 
Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi 
hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik 
palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga 
tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan 
qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib 
yuborilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib 
yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda 
holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas. 
(95-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — 
Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
96-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan 
holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 
Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, «O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi 
Qonunga
to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi 
o‘tkaziladi. 
(96-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi O‘RQ-284-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
97-modda. 
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi 
lavozimini egallaydi. 
(97-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — 
Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə