Ovoz berish qutilari referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining raisi ovoz berish tugadi
deb e’lon qilganidan keyin referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz
berish tugaguniga qadar ovoz berish qutilarini ochish taqiqlanadi. Ovoz
berish qutilarini ochish
navbatma-navbat amalga oshiriladi avval ko‘chma, so‘ngra statsionar ovoz berish qutilari ochiladi.
Ovozlar bevosita referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan sanab
chiqiladi.
Ovoz berish byulletenining haqiqiyligiga shubha tug‘ilsa, masala referendum o‘tkazuvchi
uchastka komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi. Ovoz berish byulletenini haqiqiy
emas deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, uchastka komissiyasi uning orqa tomonida haqiqiy
emasligining sabablarini ko‘rsatadi. Bu yozuv referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi kamida
uch a’zosining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi referendumda
ishtirok etish huquqiga ega
bo‘lgan fuqarolarning umumiy sonini, byulletenlarni olgan fuqarolarning sonini aniqlaydi.
Ovoz berish qutilaridagi ovoz berish byulletenlariga asosan komissiya:
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning sonini;
referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlari sonini aniqlaydi.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining majlisida
ko‘rib chiqilib, bayonda aks ettiriladi.
Bayon rais, rais o‘rinbosari,
komissiya kotibi, komissiyaning
boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda referendum o‘tkazuvchi
tegishli
okrug komissiyasiga taqdim etiladi.
37-modda. Okrug bo‘yicha ovoz berish yakunlarini aniqlash
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining bayonlari asosida okrug komissiyasi:
Oldingi
tahrirga qarang.
referendum okrugi bo‘yicha ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning
umumiy sonini;
(37-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi
O‘RQ-779-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-
son)
ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning sonini;
referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlari sonini aniqlaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining bayonnomalarida aks ettirilgan ovozlarni
sanab chiqish chog‘ida nomuvofiqliklar
aniqlangan taqdirda, referendum o‘tkazuvchi okrug
komissiyasi o‘z majlisida uchastka komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif
qilishga haqli.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Okrug bo‘yicha ovoz berish natijalari referendum o‘tkazuvchi
okrug komissiyasi majlisida
aniqlanib, bayonnomaga kiritiladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning
boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib
chiqishi uchun darhol referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining binosiga kamida qirq sakkiz
soat muddatga osib qo‘yiladi.