265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida
33-modda. Ovoz berishning boshlanishi Referendum kuni ovoz berish binosi referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolarining
kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgandagina ochiladi. Referendum o‘tkazuvchi komissiya raisi
komissiya a’zolari hozirligida ovoz berish qutisini muhrlaydi, ovoz berish byulletenlari va
referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatlarini komissiya a’zolari
o‘rtasida taqsimlaydi hamda ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi. Ovoz berish byulletenlarining
umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
34-modda. Ovoz berishda ishtirok etuvchi fuqaroning shaxsini aniqlash Ovoz berish binosiga kelgach, fuqaro uchastka komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini
tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan
keyin unga ovoz berish byulleteni beriladi.
Biror-bir sababga ko‘ra ro‘yxatga kirmay qolgan fuqarolarning familiyalari shaxsni, turar joyni
tasdiqlovchi hujjatga asosan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.
35-modda. Ovoz berish tartibi Referendumda ovoz berish byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi
yoki xonasida to‘ldiriladi. Ovoz berish byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa
shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega
bo‘lmagan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan
shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masala bo‘yicha o‘zi ovoz
berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “ ” yoxud “x”
belgisini qo‘yadi.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-796-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son) To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari referendum
o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolariga hamda kuzatuvchilarga ko‘rinib turishi kerak.
Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi
mumkin. Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida
saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang. (35-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685- son) Oldingi tahrirga qarang. Ayrim fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela
olmagan taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz
berishni ana shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil
etadi.
(35-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) Fuqarolarning arizalari bo‘yicha yo‘lga tushadigan uchastka komissiyasining a’zolari arizalar
soniga teng miqdordagi byulletenlarni imzo chekib oladilar. Fuqarolar arizalarining soni,
shuningdek ishlatilgan va qaytarilgan ovoz berish byulletenlarining soni alohida dalolatnomada
qayd etiladi. Bir vaqtning o‘zida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatida fuqaro referendum uchastkasi
binosidan tashqarida ovoz berganligi qayd etib qo‘yiladi. Uchastka komissiyasi a’zolari referendum
uchastkasi binosiga qaytganlaridan keyin ko‘chma ovoz berish qutisi ovozlarni sanab chiqish
boshlanguncha ochilmaydi. Ovoz berishni referendum uchastkasi binosidan tashqarida tashkil
etish va o‘tkazish ovoz berish sirining oshkor bo‘lishi yoki fuqaroning xohish-irodasi buzib
ko‘rsatilishi ehtimolini istisno etishi kerak.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining a’zosi yoki kuzatuvchi ovoz berish sirini
oshkor qilsa yoki fuqarolarning xohish-irodasiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilsa, uchastka
komissiyasining a’zosi komissiya ishida ishtirok etishdan chetlashtiriladi, kuzatuvchi esa ovoz berish
binosidan darhol chiqarib yuboriladi. Bu haqda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi qaror
qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.