O’zbekiston Respubliksi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch davlat pedagogika insituti



Yüklə 488,5 Kb.
səhifə2/5
tarix19.05.2023
ölçüsü488,5 Kb.
#111342
1   2   3   4   5
Tekstil

_________________________________


Respublikamizda yengil sanoatning hududiy tashkil etilishi.
Mamlakat asosiy fondlarning 40 foizi sanoatga to’g’ri keladi, yalpi ichki mahsulotning 15 foizi sanoatda yaratiladi. Iqtisodiyotda band bo’lgan mehnat resurslarining salkam 13 foizi (yoki 2,1 mln.dan ortiq kishi) sanoat tarmoqlarida ishlaydi. Eslatib o’tish joizki, bu sohada yuqori malakali muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchilar ishlaydi. Mustaqillik yillarida respublikada sanoatni ustivor rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi korxonalar qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, korxonalar mulk shakllarini o’zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish va h.k. sanoatning barqaror rivojlanishini ta’minlamoqda.



1-rasm. Respublikamizda yengil sanoatning hududiy tashkil etilishi.
Islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga muvofiq 1912 ob’ektlar mulkchilikning yangi shakllariga aylantirildi hamda juda ko’p qo’shma korxonalar qurildi.
Milliy iqtisodiyot yengil sanoatning qator tarmoqlarini yangi texnika va texnologiya bilan ta’minlagan holda, bugungi kunda ishlab chiqariladigan mahsulotlarimizning sifati bilan butun jahon bozori mahsulotlari bilan raqotlasha oladagan tovarlar ishlab chiqarilmaoqda, bu esa iqtisodiyotning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Ammo yengil sanoat mohiyati va uning tutgan o’rni bu bilan chegaralanmaydi. U aholining turli­tuman mahsulotlarga bo’lgan talab­ehtiyojini qondirishda, uning moddiy farovonligini oshirishda ham ahamiyatga ega. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmog’i bo’lgan yengil sanoat, ishlab chiqarishining fundamenti hisoblanadi.

2-rasm. Soha tarmoqlari


1-Elektr energetika; 2-Yoqilg’i sanoati; 3-Rangli metallurgiya; 4-qora metallurgiya; 5-Mashinasozlik va metalni qayta ishlash; 6-Kimyo va neft-kimyo sanoati; 7-Yog’ochsozlik va sellyuloza-qog’oz sanoati; 8-qurilish materiallari sanoati; 9-Oyna, chinni va fayans buyumlari sanoatgi; 10- yengil sanoat; 11-Oziq-ovqat sanoati; 12-Un tortish, yorma-omuxta sanoati
2015 yilda mamlakatimiz korxonalari tomonidan 952 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari (o’sish sur’ati 112,1%), shundan 181 mlrd. so’mlik xalq iste’mol mollari (115,3%) ishlab chiqarildi.
Iste’mol tovarlari turlari va assortimentini kengaytirish bo’yicha tarmoqda amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida, yangi 15 ta turdagi va 52 ta assortimentdagi 43,5 mlrd. so’mlik tayyor mahsulotlar ishlab chiqarildi. O’tgan davrda yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, bular: gabardin, vafel gazlamalar, har xil matolar, kostyumlar, kattalar va bolalar uchun shimlar, paxmoq tikuvchilik va uy-ro’zg’or tikuvchilik buyumlari hamda bo’yalgan kalavalardir.
2. Respublikamizda yengil sanoatning hududiy tashkil etilishi.
Mamlakat yengil sanoati ko’p tarmoqli industrial majmui bo’lib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlari, to’qimachilik korxonalari, trikotaj va shoyi to’qish, tikuvchilik va ko’n-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va boshqa maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor.
Respublika yengil sanoati tarmoqlari yiliga 456 mln. m2 ip gazlama, 474 ming m2 jun gazlama, 47 mln. m2 shoyi gazlama, 32,1 mln. dona trikotaj mahsulotlari, 64,5 mln. juft paypoq, 5,5 mln. juft poyabzal, 2 mln. m2 gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.

Yüklə 488,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə