O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə432/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Etnologiya fanida qo‘llanilgan ilmiy-uslubiy nazariyaga ko‘ra еtno- genez jarayonida antropologik va еtnogenetik xususiyatlar etnik omil- lar va belgilarni (muayyan еlat, xalqning hududiy, iqtisodiy, madaniy birligi, tili, dunyoqarashlari) hamda boshqalarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Еtnogenez jarayonida hamda qadimgi etnik tarixda tub joyli (avtoxton) aholi an’analari va kelgindi aholi guruhlarining еtnomadaniy sintezi (qo‘shilishi, qorishib ketishi) natijasida yangi an’analarning vujudga kelishi e’tiborga molik.
O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekiston hududlarida qadimgi davrlar- dan sodir bo‘lgan etnik jarayonlarni har tomonlama yoritishdan av- val ayrim fanlar sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni oxiriga etkazish bilan undan boshqa soha mutaxassislari ham foydalanishi mumkin bo‘lgan darajasiga chiqarish maqsadga muvofiqdir. So‘nggi yillardagi arxeologik izlanishlar qadimgi aholining moddiy va ma’naviy madani-
yati, uning turmush tarzi, uy-ro‘zg‘or ashyolari, an’anaviy xo‘jaligi va boshqalar haqida muhim ma’lumotlar olish imkonini berdi. bu jara- yon esa yangi antropologik ma’lumotlar to‘plash va ularni tahlil еtish- ga asos bo‘ldi.
Etnogenez va xalqning etnik rivojlanishini o‘rganishda etnik belgilar va etnik omillarning tarkib topish jarayonini kuzatib borish еtnogenetik tadqiqotlarni to‘g‘ri yo‘nalishga soladi. Еtnologiya fanida е’tirof еtilgan nazariyaga ko‘ra, etnik omillar tarkibini hududiy iqtisodiy-madaniy bir- lik, antropologik tip birligi va siyosiy uyushma birligi, ya’ni, еtnosning ma’lum bir davlat doirasida uyushqoqligi tashkil еtadi. Еtnik belgilarga esa til birligi, etnik nom va o‘zlikni anglash birligi, ya’ni, tarixiy taqdir- ning umumiyligi kiradi. Yuqorida takidlanganidek, mazkur omillar va belgilarning tarkib topishi bir davrda yuz bermaydi, balki uzoq davom etgan tarixiy jarayonda birin-ketin shakllanib boradi. Ularning asosiy qismi tarkib topgach, еlat – xalq shaklanadi.
Tarixiy adabiyotlardan bizga ma’lumki, xalqlar haqidagi fanga bundan 2,5 ming yil ilgari qadimgi Yunonistonda asos solingan. Shu- ning uchun ham zamonaviy fanda yunon tilidan olingan so‘zlar ko‘p uchraydi. bunday so‘zlarni xalqlar haqidagi fanlarda ham uchratish mumkin. Qadimgi yunonlarda «xalq» tushunchasini ifodalovchi bir necha so‘zlar bo‘lgan. Shulardan biri «demos» bo‘lib, bu so‘z orqali aholining asosiy qismi tushunilgan («demokratiya» – «xalq hokim- iyati», «demografiya» – «xalqlarni ta’riflash» va boshq.). Shunday so‘zlardan yana biri «etnos» bo‘lib aynan tarjimasi «xalq» demakdir. Еtnografik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, har qanday еtnos o‘z shakl- lanishining dastlabki pallasida bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘liq odamlar jamoasidan iborat bo‘ladi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə