O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə434/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Etnologiya fanida «etnografik guruh» va «etnik guruh» atamalari ham keng qo‘llaniladi. Еtnografik guruh – ma’lum bir еtnosning ajral- mas qismi, uning tarkibidagi bo‘linmalaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos lahjasi, xo‘jalik faoliyati, turmush tarzining ba’zi bir tomonlari bilan muayyan еlatdan farq qiladi. Еtnografik guruh deb, odatda bir qabila yoki еlatning boshqa yerga borib, ikkinchi bir xalq tarkibiga hali mut- laqo singib ketmay, balki u birga yashab kelayotgan etnik birlikka ayti- ladi. Tarixdan bizga ma’lumki, qipchoqlar, quramalar, umuman ko‘ch- manchi turkiy qabilalar еtnografik guruhlar bo‘lganlar. Ayrim еtnoslar (eroniylar, arablarning said va xo‘ja toifasi) asrlar davomida mahalliy aholi orasiga singib ketib, ba’zi hollarda o‘z tili va urf-odatlarini saqlab qoldilar. Hozirgi kunda xalq, millat darajasiga ko‘tarilgan еtnografik guruhlar mavjud emas.
Etnik guruh еsa, muayyan bir xalqning parchalanib, alohida qismlar- ga bo‘linib ketishi natijasida vujudga keladi. Bu guruhning еtnografik guruhdan farqi shundaki, parchalangan xalq tarkibida uzoq muddat yashab, shu xalqining tili, xo‘jalik faoliyati, madaniyati, urf-odatlari va turmush tarzini qabul qilib, ularning o‘ziga singdirib, o‘zini uning nomi bilan ataydigan bo‘ladi.
Etnik birliklar tarkibiga kirgan etnik guruhlar o‘rtasidagi etnik, iqti- sodiy-xo‘jalik va madaniy aloqalarning uzluksiz rivojlanib borishiga
«etnik jarayonlar» deyiladi. Tadqiqotchilar etnik jarayonlarni bo‘linib ketish va birlashishga moyil jarayonlarga ajratadilar. bo‘linib ketish ko‘proq ko‘chmanchi chorvadorlarga, birlashish tamoyili esa o‘troq turmush tarzi kechirgan aholiga xosdir.
Ayrim еtnoslarni bir-biridan farqlovchi muhim belgilaridan biri bu madaniy xususiyatlardir. Mazkur xususiyatlarni har bir xalq o‘z tari- xiy-madaniy rivojlanishi jarayonida o‘zlashtiradi va avloddan-avlodga qoldiradi. Fanda bu jarayon «etnik an’analar» deyiladi. bunday an’analar har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy geografik shart-sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu tarixiy davrlarda shakllanadi. Еtnosni qisqacha qilib uyushgan til-madaniy jamoasi deyish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda «etnik jamoa» degan so‘z ham ko‘p ishlatiladi. Faqatgina alohida xalqlarni emas, balki ularning kelib chiqishida qarindoshchiligi bo‘lgan guruhlarni ham etnik jamoa deb atash mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, qarindosh-urug‘chilik etnik jamoa- lari asta-sekinlik bilan urug‘ jamoalariga aylanib boradi. Urug‘ – birga yashab, hamkorlikda mehnat qilgan qarindoshlar uyushmasi bo‘lib, ma’lum xalqlarning etnik shakllanishidagi dastlabki bosqichlardan biri sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.



    1. Yüklə 8,68 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə