O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə436/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
XX asrning 40-yillarida, o‘zbek xalqining shakllanishini XV asr oxirlari – XVI asr boshlarida Dashti Qipchoqdan kirib kelgan «ko‘ch- manchi o‘zbeklar» bilan bog‘lash, tarixiy haqiqatga zid bo‘lgan an’ana- viy qarash rad etildi. «Ko‘chmanchi o‘zbeklar» guruhlari O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘idagi tub joyli turkiy tilli aholisiga aralashib, unga
«o‘zbek» nomini berdi, o‘zbek xalqi еtnogenezi esa Turk xoqonligidan boshlanadi, degan xulosa ilgari surildi (A.Y.Yakubovskiy). biroz ke- yinroq o‘zbeklar еtnogenezining boshlang‘ich sanasi mil. avv. IV-III asrlarga qadar qadimiylashtirildi (S.P.Tolstov). Hozirgi kunda o‘zbek xalqi еtnogenezining boshlanishi so‘nggi bronza davri bilan belgilan- moqda (A.A.Asqarov). Shunday qilib, o‘zbeklar еtnogenezining bosh- lang‘ich nuqtasi taxminan mil. avv. XV asrgacha qadimiylashtirildi. biroq bronza davriga qadar mintaqada yashab kelgan tub joyli aholi
еtnogenez jarayonida qanday ahamiyat kasb etgan degan savol ochiq
bo‘lib qoldi.
XXI asrning boshlariga kelib, O‘rta Osiyo respublikalarida chop
еtilgan ayrim nashrlarda «oriylar-eroniylar», «oriylar-turkiylar» va
«prototurklar» hamda «bronza davri o‘g‘uzlari» kabi barchasi kelgin- di chorvador qabilalar bilan zamonaviy xalqlar еtnogenezining bosh- lang‘ich bosqichini belgilash ilmiy jihatdan yetarlicha asoslab berilma- gan.
bunday yondashuv insoniyatning ko‘plab avlodlari vakillarining obyektiv vorisiyligi jarayoniga sirayam to‘g‘ri kelmaydi, o‘z navbati- da u yoki bu qadimgi еlatlarning har biri o‘z ajdod va avlodlariga ega bo‘lganlarki, bu umumtarixiy qonuniyat hisoblanadi.
Xalqlar (etnoslar) insonlarning, alohida qabilalarning irodasiga muvofiq shakllanmagan, shunga qaramasdan, ba’zi mualliflar, tarixiy jarayonning obyektiv rivojlanish qonunlarini nazar pisand qilmasdan, hech ikkilanmay o‘z xalqi qadimiyroq davrlarda shakllanishini qayd еtib o‘tishga harakat qilganlar.
Antropologik, etnik, еtnomadaniy va lingvistik mezonlar baho- si nuqtayi nazaridan xalqlarning kelib chiqishi – еtnogenez – uzoq davom etadigan, serqirra jarayondir. Xalqning shakllanishi xronologik jihatdan uzoq davr oralig‘ini qamrab oladi, mazkur jarayonda uning o‘z-o‘ziga nom berishining yuzaga kelishi еtnogenez jarayonining boshlanishi bilan qiyoslaganda nisbatan kechrok sodir bo‘ladigan ho- disadir.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə