O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə444/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘zbek еtnonimi kelib chiqishi davriga qarab o‘zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq xalqlarini aniq bir vaqtda paydo bo‘lgan deb aytib bo‘lmay- di. bu xalqlar ko‘p asrlar davomida hozirgi joylashgan mintaqalarida yashaganlar. Lekin olis paytlarda hali zamonaviy nomi bilan atalgan emas. Ular umumiy nom bilan «turkiy» deb, yoki bo‘lmasa, o‘z qabilalari nomlari bilan atalganlar.
Tarixning qadimgi davrlarida aholi ko‘p hollarda o‘zlari yashagan joy nomi bilan atalgan bo‘lib, o‘rta asrlarga kelib bu nomlar o‘zgara- di. Xususan, Dashti Qipchoq hududlarida yashagan turkiy aholi XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Movarounnahr yerlariga kelib, bu yerda yashayotgan tub joyli turkiy aholi bilan uyg‘unlashib ketgan va aholi-
ni nomi «o‘zbek» deb atalgan. O‘rta asrlar tarixiy adabiyotlarida ham bu nom «o‘zbek», «o‘zbeklar» sifatida tilga olinadi. Ammo shu narsa aniqki, Dashti Qipchoq hududlaridan kelgan turkiy qabilalar mahalliy aholi еtnogeneziga, urf-odat va madaniy an’analariga sezilarli daraja- da ta’sir etmadilar. Aksincha, ular orasiga singib ketib, chuqur tarixiy ildizlari ega yuqori darajadagi madaniyat ta’sirida bo‘ldilar. Tadqiqot- larga ko‘ra, o‘zbek xalqi ikki etnik qadimiy Sharqiy Eron va turkiy tilli qatlamdan tashkil topgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbek xalqining asosini hozirgi O‘zbekiston hududlarida qadimda shakllangan manbalarda tilga olin- gan mahalliy zirotchi еlatlar va ular bilan qorishib ketgan kelgindi chorvador qabilalar tashkil etgan.
Hozirgi fanda mavjud ilmiy qarashlarga ko‘ra, o‘zbek еlati Sharqiy Eroniy va turkiy tilli aholisining (xorazmliklar, sug‘diylar, baqtriyaliklar va turkiy qabilalar) qorishib ketishi natijasida X asrda shakllanadi. XI- XII asrlarda uning rivojlanishi turkiy komponentlar asosida o‘tadi. Еtnogenez jarayonida til, shubhasiz, muhim jihat bo‘lgan, shuningdek, mazkur muammoni o‘rganishda atropologik, genetik belgilarga e’tibor berish lozim. Misol tariqasida, turkiy tilli o‘zga xalqlar – qozoqlar va qirg‘izlar mongoloid irqiga mansub, o‘zbeklar va turkmanlar esa asosan yevropeoid irqi vakillaridir.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə