O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə441/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘zbek xalqiga xos O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i irqining shaklla- nish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. bir guruh olimlar bu irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi bir guruh tadqiqotchilar bundan 3 ming yil ilgari shakllangan desa, uchinchi guruh olimlari еsa, VI asrda shakllandi, deb hisoblar edilar. Keyingi yillardagi antropologik tadqiqotlari natijasida olimlar O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i irqining shakllanishi bundan 2200-2300 yil ilgari boshlanganligini asoslab berdilar.
Ahamoniylar, Makedoniyalik Aleksandr, yuechji-kushonlar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, mo‘g‘ullar yurishlari va davri migratsiyalar O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatiga, tiliga, turmush tarziga va diniga al- batta o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Ammo bu jarayonlarning mahalliy xalqlar- ni irqiy va etnik tarixiga bo‘lgan ta’siri kam ekanligini ta’kidlash joiz. Antropologik nuqtayi nazardan ular mahalliy xalq «qonini» yoki ge- netikasini tubdan o‘zgartira olmadilar. Ular son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etgan mahalliy aholi tarkibiga singib ketganlar. bu o‘rinda
mahalliy va kelgindi aholi orasidagi o‘zaro munosabatlarning fanda ma’lum holatlarini еslatib o‘tish joiz. Antropolog T.Xo‘jayovning max- sus antropologik tadqiqotlariga qaraganda, barcha tarixiy davrlarda mahalliy xalq kelgindi aholidan hamisha ustun bo‘lgan.
Ilk temir davridan boshlab o‘lkamizning qadimgi dehqonchilik vohalarida yashovchi o‘troq aholi o‘zlari yashab turgan hudud nomlari bilan atala boshlaganlar. bular, Sug‘diyonadagi – sug‘diylar, qadimgi Xorazmdagi – xorazmiylar, Qadimgi baqtriyadagi – baqtriyaliklardir. Shuningdek, yozma manbalarda ko‘chmanchi qabilalar sak-massget- lar tilga olingan. Bu еtnonimlarni ilk yozma manbalarda uchratish mumkin.
Oldingi bandda еtnogenez va etnik tarixi rivojlanishida avtoxton (tub joyli) an’analari va migratsiyalar natijasida sintez tufayli mazkur jarayon asosida mintaqa hududlarida qadimiy еlatlar, ya’ni zamonaviy xalqlarning ajdodlari shakllanishi haqida so‘z yuritildi. «Avesto» tili hamda antik davrga oid mahalliy yozuv namunalari (xorazm, sug‘d, baqtriya yozuvlari) bo‘yicha O‘rta Osiyo o‘troq aholisi Sharqiy Eroniy tilli еlatlar bo‘lgan.
Ahamoniylar davrida (mil. avv. VI asr ikkinchi yarmi – mil. avv. IV asr) tub joyli aholi guruhlari til va madaniyati jihatdan o‘zgarmaydi, ular o‘troq zirotchilar va ko‘chmanchi chorvadorlardan iborat bo‘lgan. Yozma manbalarga ko‘ra, Xorazm, Sug‘d va baqtriya Sharqiy Eron til- li aholisidan iborat bo‘lgan, shuningdek, Sirdaryo havzasi va Farg‘ona vodiysidagi jamoalar turkiy tilli bo‘lishi Ehtimoldan xoli emas. bu tilda Quyi Sirdaryo havzasida mil. avv. V-IV asrlarda Chirikrabot, babish- mo‘lla madaniyatiga asos solgan qabilalar va biroz keyin Qang‘ aholi so‘zlashgan. bu borada Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida hamda uning atrofida Sharqiy Eron tilli еlatlari va turkiy tilli qabilalarning yaqin qo‘shnichiligi va o‘zaro aloqalariga e’tibor berish lozim.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə