O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə443/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
XI asrning boshlarida janubiy hududlarning to balx viloyatigacha bo‘lgan yerlari dastlab qoraxoniy turkiylar, so‘ng esa G‘aznaviylar qo‘li- ga o‘tdi. buning natijasida navbatdagi katta turkiy qatlam Sug‘diyona, Xorazm va Tohariston yerlariga kirib boradi. Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning barcha hududlarida turkiy qatlamlar mavjud edi.
Qoraxoniylar davlatida qarluq-chig‘il turkiy til lahjasi keng tarqaldi. Keyinchalik shu til asosida adabiy turkiy til yuzaga kelib, uni Mahmud Koshg‘ariy «eng ochiq va ravon til» deb atagan. Turkiy tilda IX-XII asr- lar mobaynida bir qator asarlar yozilgan bo‘lib, Ahmad Yugnakiyning (775-869) «Hibatul haqoyiq» (Haqiqatlar tuhfasi) dostoni, Yusuf Xos Xojibning (XI asr), «Qutadg‘u bilik» (Saodatga yo‘llovchi bilim) asari,
Ahmad Yassaviyning (1041-1167) «Hikmatlar»i hamda «O‘g‘uzno- ma», «Alpomish», «Go‘rug‘li» kabi dostonlar shular jumlasidandir.
Movarounnahr va Xurosonning forsiy-dariy tilda so‘zlashuvchi aho- lisi X asrdan boshlab o‘zini «tozik», ya’ni «tojik» deb yurita boshlay- dilar. Qoraxoniylardan keyin hukumronlik qilgan sulolalar, G‘aznaviy- lar (997-1187), Saljuqiylar (1040-1147), Xorazmshoh-Anushtaginiylar (1097-1231)ning barchasi turkiy qavmga tegishli bo‘lib, o‘z vaqtida na- faqat O‘rta Osiyo, balki O‘rta Sharqda ham hukmronlik mavqeyiga ega bo‘lganlar. X-XI asrlarda Sharqiy Eroniy tillarini (xorazm, sug‘d) turkiy va fors-tojik tillari butunlay siqib chiqaradilar.
Mo‘g‘ullar bosqini davrida Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalariga turkiy va mo‘g‘ul qabilalari kelib joylashadilar. Jaloir, barlos, ming, mang‘it, qo‘ng‘irot qabilalari va boshqalari shular jumlasidandir. Shuningdek, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i hududlarida mo‘g‘ul (mongoloid) irqiga mansub aholi gu- ruhlari iroz ko‘payadi. XIV asrning o‘rtalariga kelib mo‘g‘ul qabilalari turkiylashib ketadilar.
«O‘zbek» еtnonimining kelib chiqishi haqida qisqacha fikr yuri- tadigan bo‘lsak, bu еtnonimning kelib chiqishini ayrim guruh tad- qiqotchilar Oltin O‘rda xoni O‘zbekxonning (1312-1341) nomi bilan bog‘laydilar. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa bu fikrni inkor еtadilar va «o‘zbek» nomi O‘zbekxongacha Oq O‘rda mintaqasida, uning G‘arbiy Sibir va Qozog‘iston qismida yashagan turkiy qabi- lalariga mansub (xon nomi qabilalar nomidan olingan bo‘lishi mum- kin) degan fikrni ilgari suradilar. Ayrim tadqiqotchilar esa «o‘zbek» atamasini «o‘zi bek», «erkin», «mustaqil» so‘zidan kelib chiqib XII- XIV asrlarda xalqimizga nisbatan ishlatila boshlangan deb hisoblay- dilar.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə