O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə440/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Shu boisdan ham, zamonaviy xalq qaysidir alohida qabilalarning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri еtnomadaniy yohud genetik avlodlaridir yoki oriylar (eroniylar, turkiylar, prototurklar)ning mintaqa hududlariga migrat- siyasi natijasida zamonaviy xalqning еtnogenezi boshlandi degan tezis yana bir bor shubha uyg‘otadi. bularning bari zamonaviy xalqning kelib chiqishini «buyuk еtnoslar»ga olib borib taqashga muvaffaqi- yatsiz urinishdan boshqa narsa emas. Qadimgi еtnogenez jarayoni, etnik tarix rivoji quyidagi tartibda kechgan: tub (avtoxton) an’analar sintez (qorishish, qo‘shilish) yangilanish, yana an’analar hamda еt-
nomadaniy yangiliklarning (innovatsiya) ro‘y ko‘rsatishi, shunday ekan, bunday kelgindi qabilalar uzoq vaqt mobaynida o‘zgarmasdan saqlanib qola olmasdilar. O‘rta Osiyo, shimoli-sharqiy Eron, Afg‘onis- ton hamda Hind-Pokistonga yoyilgan xuddi o‘sha oriylar sekin-asta qadimiy mahalliy aholi orasiga singib, aralashib ketdilar. Yangi etnik jarayonlar shu asosda rivojlandi va O‘rta Osiyoning ilk yozma man- balardan ma’lum bo‘lgan qadimiy еlatlarining shakllanishi ro‘y berdi. Ular mintaqa zamonaviy xalqlarning ajdodlari edi.
O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy-madaniy merosiga va ayniqsa еtno- genez hamda etnik tarixi muammosiga murojaat еtish bugungi kun- da ham, kelgusida ham raqobatlashuv еlementlaridan xoli bo‘lmog‘i lozim. Shu boisdan mintaqaviy hamjihatlikni saqlab qolish va mus- tahkamlash hamda zamonaviy davlatlar o‘rtasida hamkorlik va yax- shi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash masalasi muhim ahamiyatga ega. bularning bari mintaqaviy mas’ullik muammosi bilan uzviy bog‘liq.
    1. O‘zbek xalqining shakllanishi masalasi


Qadimshunoslar yozishicha, o‘zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o‘rganishni qancha еrta davrlardan boshlasak, uning tarkibida hozirgi kunlargacha saqlanib kelinayotgan irqiy va etnik unsurlarning mahal- liy xalq tarkibiga kirgan davri va uning nisbiy miqdori to‘g‘risida shun- chalik keng fikr yurita olamiz.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə