|
![](/i/favi32.png) O'zbekiston tarixi. Final indd
|
səhifə | 437/457 | tarix | 10.06.2023 | ölçüsü | 8,68 Mb. | | #116539 |
| O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-convertedO‘zbekistOn tarixi
Uzoq o‘tmishda har qaysi urug‘ va qabila ma’lum hududda umr- go‘zaronlik qilishgan, xo‘jalik yuritishgan hamda zaruriyat taqo- zo etganda qo‘shni qabilalarning hududga bo‘ladigan da’volari va bosqinlaridan himoyalanishgan. Aholi sonining o‘sishi nafaqat ushbu hududning to‘la o‘zlashtirilishiga, balki yangi yerlarni o‘zlashtirish maqsadida uning hududlaridan tashqariga chiqilishiga ham olib kel- gan. Yangi qabilalarning alohida qabilaga emas, balki o‘zaro qarindosh qabilalar guruhiga birikishiga asoslangan yangi hududlar shu tariqa tashkil topgan.
Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllari – ziroatchilik va chorvachilik- ning vujudga kelishi bilan yangi hududlarni o‘zlashtirish jarayoni (suv manbalari, unumdor yer va yaylovlar izlash) tezlashgan. O‘zlashtiril- gan hududlarning kengayishiga muvofiq turli mavzelarda insonlarning joylashuvi aralash xususiyat kasb еta boshladi hamda urug‘-jamoa tu- zumi uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan qon-qarindoshlik aloqalari
o‘zining ilgarigi ahamiyatini yo‘qotdi. Muayyan hudud doirasida tig‘iz joylashgan qabilalar guruhi asosida etnik jamoalar – qadimgi xalqlar shakllandi. Yangi etnik jamoalar ichida til va madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy aloqalar rivojida hudud asos vazifasini o‘tadi.
Endi qadimgi xalqning o‘z-o‘ziga nom berishi xususida еtnologiya- da odatda Ehtimolga yaqin bo‘lgan ikkita variant ajratib ko‘rsatiladi:
Shu bilan birga alohida qadimgi еtnoslarning o‘z-o‘zini nomlashi ko‘pincha boshqa tushunchalar bilan ham bog‘lanadi hamda еtnonim yohud toponim hisoblanmaydi.
Agar tarixiy dalillarga nisbatan betakalluflarcha munosabatda bo‘lish usulidan voz kechiladigan bo‘lsa, u holda O‘rta Osiyodagi alohi- da bir zamonaviy xalqning еtnonimi o‘ta qadimiyligi to‘g‘risidagi g‘oya butkul zaif ekanligi fosh bo‘ladi.
O‘rta Osiyoning bronza davri mil. avv. III ming yillik o‘rtalari – II ming yilliklardagi aholisi tarixi, bu davrga oid yozma manbalar no- ma’lumligicha qolayotganligi bois, faqat arxeologiya materiallari aso- sida o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|