Xorazm davlati va uning yuksalishi



Yüklə 4,22 Mb.
tarix05.04.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#104309
Xorazm va uning yuksalishi.

Xorazmshohlar davlati (XI-XII asrlarda)

Ma’muniylar davrida Xorazm.


995-yilda Gurganch
miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg‘ol qilib,
Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga
sazovor bo‘ldi.
Ma’mun ibn Muhammad

Ko‘hna Urganch Xorazmshohlar davlatining poytaxtiga aylandi.


Qisqa davr ichida ma’muniylar Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdilar.

Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi.


Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma – devonxona tashkil etildi.
Xorazmshoh

Davlatning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik – xo‘jayi buzruk unvoniga ega bo‘lgan. U devonxona ishlariga mas’ul bo‘lgan.

Mustaqillik uchun kurash.


1017-yilda Mahmud G‘aznaviy tomonidan zabt etilib, o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lgan Xorazm
1040-yilda Saljuqiylar davlatiga qaram bo‘lib qoladi.

Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o‘z ma’murlaridan Anushteginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi.

Anushtegin vafotidan so‘ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097–1127) noiblik qiladi.

Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi.


Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon (1156–1172), Sultonshoh Mahmud (1172) va Takash (1172–1200) davom ettiradilar.

1153-yilda Sulton Sanjarga qarshi ko‘chmanchi o‘g‘uzlar isyon ko‘taradilar.


Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, zaiflashib qoladi.

1194-yilda esa saljuqiylar sultoni To‘g‘rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo‘ysundiradi.

Davlat hududining kengayishi.


Takashdan so‘ng uning
o‘g‘li Alovuddin Muhammad
(1200–1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi.
Alovuddin Muhammad

1210-yilda Talos vodiysida qoraxitoylar mag‘lubiyatga uchraydi. Yettisuvgacha bo‘lgan yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga o‘tadi.


Xorazmshohlar
Sulolasi (Anushteginlar sulolasi)
Anushtegin (1077-1097)
Qutbiddin Muhammad
(1097-1127)
Jaloliddin Otsiz
(1127-1156)
El-Arslon (1156-1172)
Alouddin Takash (1172-1200)
Muhammad Xorazmshoh (1200-1220)
Jaloliddin Manguberdi (1221-1231)
Xorazmshohlar davrida davlat boshqaruvi – Xorazmshoh - oliy hukmdor
Markaziy davlat boshqaruvi “al-majlis ul oliy al faxri at-toji” deb nomlangan bo‘lib, unga vazir raislik qilgan. Vazir Xorazmshohga bevosita buysunar va hukmdorning bosh maslahatchisi edi.
Vazirlar sadr, dastur, xojayi buzurg singari unvonlarga ega bo‘lib, turk, arab hamda fors tilini bilishi, ma’muriy ishdagi qobiliyatlar, saroy odobi singari bilimlarga ega bo‘lishlari shart bo‘lgan.
Xorazmshohlar davlatining vazirlari asosan Xorazm, Buxoro, Nishopur, Isfaxon, Balx, Hirotdan chiqqan shaxslar bo‘lgan.
Hojib ul-Kabir - hukmdor shaxsi bilan bog‘liq masalalar, marosimlarning nazorati bilan shug‘ullangan.
Ustozdor – barcha xo‘jalik ishlari: otxona, oshxona, novvoy, saroy xizmatkorlari ustidan idora ishlarini amalga oshirgan saroy a’yoni.
Amiri-oxur yoki miroxur – otxona boshlig‘i lavozimi bo‘lib, bu amaldor sultonga qarashli minib yuriladigan otlarga egallik qilgan. Miroxo‘rlar harbiy yurishlarda faol ishtirok etganlar.

Hukmdor Muhammad Xorazmshoh esa “Iskandari soniy” deb ulug‘langan. Uning saroyida 27 hukmdor va ularning vakillari doimo itoatda bo‘lgan.

Ichki ziddiyatlar.


1210-yilda O‘tror aholisi, 1212-yilda esa samarqandliklar qo‘zg‘olon ko‘tardilar.
Muhammad Xorazmshoh qo‘zg‘olonlarni
shafqatsizlik bilan bostiradi.

Savol va topshiriqlar:

1. Arablar istilosi Xorazmga qanday oqibatlarga olib kelgan edi?

2. Afrig‘iylar sulolasi qanday barham topdi?

3. Ma’muniylar davrida boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?

4. Ma’muniylar qay tariqa o‘z hukmronligidan mahrum bo‘ldi?

5. Xorazmning mustaqilligi kimning nomi bilan bog‘liq?

6. Xorazmshohlar ichki ziddiyatlarni oldini olish uchun qanday siyosat yuritishi kerak edi deb o‘ylaysiz? O‘z fikrlaringizni asoslab bering.


Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə