O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə445/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Tahlil qilingan ma’lumotlar shundan guvohlik beradiki, O‘rta Osiyo zamonaviy xalqlarining kelib chiqish jarayoni turli antropologik, etnik va xo‘jalik – madaniy asoslarda rivojlangan. Eneolit va bronza davridagi hanuzgacha tarix fanida noma’lum mahalliy tillar, mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib, yozma manbalaridan ma’lum Sharqiy Eroniy tillarga almashtiriladi. Shuningdek, mil. avv. VII-VI asrlarda Sharqiy Kaspiybo‘yi, Orolbo‘yi, Markaziy va Sharqiy Qozog‘iston oralig‘idagi dashtlarda istiqomat qilgan ko‘chmanchi chorvadorlarning tarkibida turkiy tilli qabilalarning mavjud bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Xususan, bu davrda o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar keng rivojlanib, keyingi davrlarda ham taraqqiy topadi.
Tayanch so‘zlar
Etnogenez, etnik shakllanish, etnik tarix, urf-odatlar va an’analar, avtox- ton qatlam, etnik belgilar, etnik omillar, etnik til birligi, etnik nom, etnik bir- lik, etnos, xalq, elat, el, qabila, etnografik guruh, etnik guruh, etnik birlashish, etnik bo‘linib ketish, etnik an’analar, etnik jamoa, urug‘, mahalliy aholi, O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i irqi, O‘rtayer dengizi irqi, Xorazm, baqtriy, sug‘d til- lari, etnik-madaniy jarayonlar, o‘zbek etnonimi, o‘zbeklar.
Savol va topshiriqlar

  1. Etnik tarix haqida ma’lumot bering.

  2. Etnogenez va uni o‘rganish masalalari bo‘yicha nimalarni bilasiz?

  3. Etnogenz va etnik tarixning nazariy va ilmiy-metodologik tamoyillari nimalardan iborat?

  4. Etnik atamalar haqida ma’lumot bering.

  5. O‘lkamiz hududlaridagi qadimgi aholi haqida gapirib bering.

  6. O‘zbek xalqining shakllanish bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?

  7. Qadimgi migratsiyalar va etnomadaniy jarayonlar masalalari bo‘yicha nimalarni bilasiz?

  8. «O‘zbek» atamasi haqida ma’lumot bering.

16-mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015.

  2. Ahmedov b.A. O‘zbek ulusi. Toshkent: Meros, 1992.

  3. Ashirov A., Atadjanov Sh. Etnologiya. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2007.

  4. Xodjayov T.K. O‘zbek xalqi etnogenezi tarixidan. – Toshkent, 1995.

  5. Shoniyozov K.Sh. Qang‘ davlati va qang‘lilar. – Toshkent: Fan, 1990.

  6. Shoniyozov K.Sh. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. – Toshkent: Fan, 2001.



  7. Yüklə 8,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə