Toshkent Moliya Instituti Bank ishi kafedrasi 76-guruh talabasi Izzatullayev Yusufning Global Iqtisodiyot fanidan tayyorlagan prizentatsiyasi



Yüklə 1,54 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#135848
izzatullayev yusuf Global iqtisodiyot

Toshkent Moliya Instituti Bank ishi kafedrasi 76-guruh talabasi Izzatullayev Yusufning Global Iqtisodiyot fanidan tayyorlagan prizentatsiyasi

Mavzu: Turk Lirasi Reja: 1. Turk lirasi tarixi va kelib chiqishi 2. Yangi turk lirasi 3. Turk lirasi belgisi, banknotalari va tangalari

1. Turk lirasi tarixi va kelib chiqishi

  • Mamlakat oʻzini Respublika deb eʼlon qilgandan soʻng, 1925-yil 30-dekabrdagi 701-sonli Mavjud hujjatlarni yangi qogʻozlar bilan musodara qilish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi va birinchi Turk banknotlarini chop etishga ruxsat berildi. Respublika davridagi birinchi qogʻoz pullar 1927-yilda Buyuk Britaniyada Tomas de la Rue kompaniyasi tomonidan zarb qilingan. Uning umumiy qiymati 88 ming ingliz oltin tangasi edi. Chunki bu vaqtda Turkiyaning oʻzida hali markaziy banki yoʻq edi. (1715-sonli Markaziy bank qonuni 1930-yil 30-iyunda rasmiy gazetada eʼlon qilingan va Turkiya Respublikasi Markaziy banki 1931-yil 3-oktabrda faoliyat koʻrsata boshlagan) 1927-yilda hali Alifbo inqilobi sodir boʻlmagani uchun, tangalarda lotin harflari yoʻq edi. Otaturkning portreti 1927-yilda bosilgan 1, 5 va 10 liradagi moyboʻyoqda paydo boʻlgan.

Boshqa tangalarda Otaturk suv belgisida ham, rasm sifatida ham koʻrinish beradi. Birinchi tangalarda turk va fransuz tillarida yozuvlar hamda oʻsha davrda Moliya vaziri boʻlgan Mustafo Abdulhalik Rendaning imzosi bor edi. 1927-yilda zarb qilingan tangalar 1928-yildagi alifbo inqilobidan keyin ham koʻp yillar davomida oʻz kuchini saqlab qoldi. Chunki lotin harflarida tangalarni bozorga qaytarish katta xarajat va mashaqqat edi. Lekin1937-yilda bu muammo bartaraf etildi va muomalaga kirgan lotin harflari bilan zarb etilgan tangalarning barchasida Otaturkning portretlari aks etdi

2. Yangi turk lirasi


Bu 2005-yil 1-yanvarda turk lirasidan olti nol olib tashlanganidan beri foydalanilgan rasmiy valyutadir[8]. 2005-yil yanvaridan 2008-yil dekabrigacha boʻlgan oʻtish davrida ikkinchi turk lirasi rasman “Yangi turk lirasi” deb ataldi[9]. Valyuta kodidagi „Y“ harfi turkcha „yangi“ so‘zidan olingan. Rasmiy ravishda "YTL" deb qisqartirildi va 100 yangi kurushga boʻlindi.
2009-yilning yanvar oyidan boshlab, ikkinchi turk lirasidan “yangi” soʻzi olib tashlandi. Natijada uning rasmiy nomi yana “turk lirasi” ga oʻzgartirildi va „TL“ ga qisqartirildi

TCMB tomonidan 2011-yil 8-sentyabrda Turk lirasining jahon bozoridagi obro‘sini mustahkamlash va uning dunyoga mashxurligini oshirish maqsadida TL Symbol tanlovi uyushtirildi.[21] TL Symbol tanlovi yuqori saviyada oʻtkazildi va tanlov natijasida yangi ramz aniqlandi. Ushbu taqdimot 2012-yil 1-mart kuni Bosh vazir Rajab Tayyib Erdoʻgʻan tomonidan ommaga eʼlon qilindi. Eʼlon qilingan Tulay Lale dizaynidagi yangi belgi (₺) yarim langar harfi L ichiga joylashtirilgan ikki chiziqli kichik T harfidan iborat. Ushbu koʻrinish ramziy maʼnoda ikki chiziq sharq-gʻarbiy koʻprik va barqarorlikni, langar esa balandlik va ishonchni ifodalaydi.[22] Turk lirasi belgisi, talaffuzidan farqli oʻlaroq, pul qiymatining chap tomonida joylashgan. (₺5, ₺10, ₺20…)

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə