O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə56/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Ushbu yodgorliklardagi qoyatosh rasmlarining xronologik sanasi eneolit-bronza davridan antik davrgacha boradi. Mazkur suratlar maz- mun va mavzu jihatdan ancha boy va rang-barangdir. Ular orasida ot va tuya, echki, tog‘ takasi va arxar hamda bo‘ri, tulki, qoplon kabi hayvonlar tasvirlari, shuningdek, ma’nosi hozirgacha noma’lum bo‘lgan turli shakl va belgilar saqlanib qolgan. Rasmlar orasida yakka holda, to‘da holda va raqsga tushayotgan holatda, biror-bir odatni ijro etayotgan holatdagi kishilarning tasvirlari ham uchraydi.
Xullas, O‘zbekiston tog‘li hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlarini o‘rganish katta ilmiy ahamiyatga ega. Chunki ular ham boshqa moddiy manbalar qatori qadimgi ajdodlarimizning turmush tarzi, ijtimoiy hayoti, madaniyati va san’ati, diniy tasavvurlari haqidagi muhim manba hisoblanadi. Rasmlar urug‘chilik jamoalarining e’tiqod- lari, hayotiy muhim mashg‘ulotlari, inson tevarak olamni shu yo‘sinda tasavvur etgani haqida dalolat berib, qimmatli tarixiy manba hisobla- nadi.
Mavzuni o‘rganish jarayonida talabalar quyidagi yakuniy xulosalar- ga e’tibor berishlari kerak:

    • mezolit davriga kelib O‘rta Osiyo urug‘chilik jamoalari turlicha tabiiy sharoitga moslashib joylashadilar (dengiz va ko‘llar bo‘ylari, tog‘lar va tog‘oldi hududlari, daryo vohalari);

    • tabiiy-geografik sharoit insonning mashg‘ulotlari, turmush tarzi

va moddiy madaniyatiga ta’sir qilgan;

    • neolit davrida o‘z xususiyatlariga ega tabiiy-geografik sharoitda turlicha xo‘jalik-madaniy xillar (tiplar), ya’ni muayyan tevarak-atrof muhit bilan bog‘liq urug‘chilik jamoalariga xos xo‘jalik va madaniyat shakllanadi (misol uchun, o‘troq ziroatchilar va xonaki chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan jamoalar, ovchilar – baliqchilar, ovchilar – ter- machilar);

    • O‘rta Osiyo mintaqasida neolit davriga oid bunday xo‘jalik – madaniy tiplarning rivojlanishini Joytun, Kaltaminor, Hisor madani- yatlari misolida ko‘rish mumkin, eneolit davrida turlicha xo‘jalik madaniy xillar keng hududlarda yoyila boshlaydi;

    • Xo‘jalik-madaniy xillarning taraqqiy etishi hamda yangi etno- madaniy jarayonlarning vujudga kelishi natijasida, so‘nggi eneolit va bronza davriga kelib mintaqa hududlarida tarixiy-madaniy viloyatla- rining rivojlanishi boshlanadi. Tarixiy-madaniy viloyat – xronologik jihatdan uzoq tarixiy davr mobaynida o‘zaro munosabatda bo‘lgan aholi tarixiy taqdirining birligi natijasida qabilalar va so‘ngra elatlar tomonidan yaratilgan muqarrar madaniyat umumiyligi bilan ajralib turgan hududdir;

    • insoniyat tarixining so‘nggi paleolit davrida eng qadimgi tas- viriy san’at (haykaltaroshlik va rassomchilik) paydo bo‘lgan. Qoya- tosh rasmlarida dastlab hayvonlarning suratlari va keyingi davrlarda (mezolit, neolit) ov manzaralari tasvirlangan;



Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə