O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə433/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Ta’kidlash joizki, xalqlarning kelib chiqishi tarixini o‘rganishda ij- timoiy-gumanitar fanlarda «etnik birlik» va «etnos» atamalari ishlati- ladi. Еtnik birlik – ma’lum bir ijtimoiy tuzumda, tabiiy-tarixiy taraqqi- yot jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy va etnik uyushmadir. Ularn- ing sinonimi esa еtnosdir. Ammo, etnik birlik «xalq» tushunchasiga nisbatan ma’no jihatdan aniq tushunchadir. Еtnos atamasi, ya’ni, xalq juda keng ma’noda ham, tor ma’noda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, keng ma’noda, Amerika xalqi, Rossiya xalqi, jahon xalqlari, O‘zbekiston xalqi; tor ma’noda еsa, rus xalqi, ingliz xalqi, o‘zbek xalqi, qozoq xalqi va boshq. Kichik bir guruhga nisbatan ham umumiy tarz- da, aholi sifatida «xalq» iborasi qo‘llanilishi mumkin. Masalan, mahalla xalqi, orolcha xalqi, qishloq xalqi, guzar xalqi va boshq.
Fanda etnik birlikning uch bosqichi, ya’ni, uch turi mavjud: qa- bila, еlat (xalq) va millat. Ketma-ket kelgan bu atamalar turli davr- da vujudga kelgan bo‘lib, ular o‘z davriga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Qabila – ibtidoiy jamoa tuzumining so‘ng- gi bosqichida xos etnik birlik hisoblanadi. Qabila urug‘larga bo‘li- nish xususiyatlari bilan еlatdan farq qiladi. Qabilaning o‘ziga xos tili (lahjasi), hududi, qabila nomi (etnonimi)ning bo‘lishi va qabila an’analariga uning a’zolari bo‘ysunishi bilan boshqa qabilalardan ajralib turadi. Kishilik jamiyatining taraqqiy еtib borishi va dav- latchilik tizimining paydo bo‘lishi bilan qabila uyushmasi o‘z ahami- yatini yo‘qotadi. Ammo qabila atamasi va unga tegishli bo‘lgan ba’zi xususiyatlar ayrim jamiyatlarda (ularga moslashgan holda) saqla- nib qolgan.
«Elat» atamasi turkiy va forsiy tilli aholi o‘rtasida qabila, qabila ittifoqi, davlat yoki ma’lum hudud aholisiga nisbatan «xalq» atama- si o‘rnida ishlatib kelingan. Shuning uchun «elat» atamasi turkiy va forsiy til muhiti hukmron doirasida yaratilgan og‘zaki manbalarda uchraydi. Keyinchalik, o‘troq hayot uzoq vaqt kundalik turmush tarzi- ga aylangan etnik birliklar uyushmasiga nisbatan «xalq» atamasi, «el»,
«elat» o‘rnida ishlatib kelinadi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə