O'zbekiston tarixi. Final indd


Qadimgi migratsiyalar va еtnomadaniy jarayonlar



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə435/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

Qadimgi migratsiyalar va еtnomadaniy jarayonlar



O‘zbekistOn tarixi
O‘rta Osiyo hududi inson tomonidan qadimgi tosh davrida o‘zlashtirilganligi bizga ma’lum. So‘nggi paleolit va mezolit davrida urug‘chilik jamoalari tog‘lar va tog‘ oldi, daryo vohalari, dengiz va ko‘llar bo‘ylarida joylashganlar. Ovchilik, baliqchilik va termachilik – o‘zlashti- ruvchi xo‘jaliklar talablaridan chiqqan holda, oziq-ovqat mahsulotlariga boy atrof-muhitni va tosh qurollar yasash uchun xomashyo zaxiralari mavjud yerlarni o‘zlashtirish jarayoni tobora kengayib bordi. Shu bois aholining bir hududdan ikkinchisiga ko‘chishi – migratsiyalar rivojlandi. Umumiy mintaqa doirasida ko‘chishlar ichki migratsiyalar hisoblanib, tub joyli aholi vakillarining hududiy joylashuvi chegaralarining kenga- yishni belgilab beradi. Tashqi migratsiyalar olis yurtlardan kuchib kel- gan aholi guruhlarining harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
bu borada tub joyli (avtoxton) va kelgindi aholisining o‘zaro muno- sabatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Mazkur mavzuga tegish- li fanda ikki nazariya ma’lum. birinchisi, jamiyatning asosan avtoxton
bosqichma-bosqich rivojlanishini tan oladi, ikkinchisi – xalqlarning avtoxtonli va migratsiyalar o‘zaro bog‘liqlikda taraqqiy topishi jara- yoni bilan belgilanadi.
Tarixiy еtnografiyadan ma’lumki, tashqi madaniy – iqtisodiy ta’sir- siz, ichki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan chegaralangan, av- toxton an’analari asosida rivojlangan «yopiq» jamiyatlar madaniy taraqqiyot jihatdan orqada qolib ketgan. Avtoxton va migratsiyalar o‘zaro aloqadorligi va ta’siri yo‘lidan qadam bosgan xalqlar qadim zamonlardan madaniy, iqtisodiy va texnologik yutuqlarga erishgan. O‘rta Osiyo xalqlari tarixida ham migratsiyalar natijasida moddiy va ma’naviy madaniyat, til, e’tiqodlar va diniy qarashlarning tubdan o‘zgarishi, siyosiy jihatdan yangi davlatlarga asos solinishni haqida ta- laygina misollar keltirish mumkin.
Bu holat juda muhim, chunki еtnogenez va etnik tarixi masalalar- ni o‘rganishda, u yoki bu xalq еtnogenezining boshlang‘ich nuqtasini aniqlash, uni tanlangan voqealar va alohida qabilalar sa’y-harakatlari bilan bog‘lash hozirgi nashrlarda keng o‘rin topdi. Umuman olganda, xalqlarning kelib chiqish masalasi jahon tarixi fanida o‘z dolzarbligi bilan ajralib turgan muhim va o‘ta murakkab muammo bo‘lib, nazariy va amaliy jihatdan ilmiy va g‘ayriilmiy usullar qarama-qarishligida yoritilgan.
O‘tgan asrning 30-yilari o‘rtalarida O‘rta Osiyo xalqlari tarixini yozish masalalari ro‘yobga chiqarildi. Shu munosabat bilan arxeologik va еtnografik еkspeditsiyalar tashkil qilina boshlandi, ko‘pdan-ko‘p muammolarni qayta ko‘rib chiqish, jumladan, еtnogenez jarayonlarni tahlil qilish alohida vazifaga aylandi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə