O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə438/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
besh – to‘rt ming yillar avvalgi davr va undan yanada oldingir- oq davrlarga taalluqli arxeologiya ma’lumotlari jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyatining turli tomonlarini yetarli darajada tahlil qil- ishga imkon beradi. biroq, agar gap yozuv paydo bo‘lishiga qadargi tarix xususida borar ekan, bu aynan mintaqaning ko‘rib chiqilayotgan davriga ham tegishli ekanligi obyektiv dalil, bu o‘rinda arxeologiya manbalari muayyan еtnos va еtnonimni belgilab beruvchi indikator vazifasini o‘tay olmaydi. Mil. avv. III-II ming yilliklar va undan ancha qadimiyroq davrga oid u yoki bu arxeologik topilmalar taalluqli bo‘lgan qabilalar, garchi ular so‘zsiz zamonaviy xalqlarning qadimgi ajdodlari hisoblansalarda, nomsizliklaricha qoladilar. Qachonki buni rad еtuvchi yozma manbalar topilmas ekan, ushbu dalil o‘z kuchida qolaveradi.
bundan quyidagi xulosalar kelib chiqishi muqarrar:

  • O‘rta Osiyoda 5-4 ming yillar avval va tabiiyki, undan oldingi davrlarda istiqomat qilgan qadimgi qabilalarning nomlari zamonaviy tarix faniga ma’lum emas;

  • u yoki bu viloyatda yashagan aholi xususida arxeologik ma’lumot- larga asoslangan holda, biroq yozma axborotga ega bo‘lmay turib biz

ular haqida mintaqa miqyosida aniq bir еtnosning, ayniqsa zamonaviy еtnosning qadimiy vakili deb hukm chiqara olmaymiz.
Endi oriylar (ariylar) qabilalari xususida. Ko‘plab olimlarning fikricha, ya’ni hind – Eroniylar еtnomadaniy birligiga tegishli bo‘lgan, dastlab Volgabo‘yi va Janubiy Ural dasht hududlarida yashaganlar. boshqa bir taxminga ko‘ra – Old va Kichik Osiyoda, bolqonda ham- da Qora dengiz bo‘ylaridagi dashtlarda yashaganlar. «Arya» atamasi Rigveda madhiyalarida (mil. avv. II ming yillik o‘rtalari), «Avesto»da hamda mil. avv. VI-V asrlarga oid qadimgi fors bitiklarida uchraydi. Ahamoniylar sulolasidan bo‘lgan qadimgi fors podsholari ham o‘zla- rini oriylar hisoblashgan: «Men kim Doro, buyuk shoh..., oriy, oriylar urug‘idan».
Arxeologiya fanida hind – Eroniylar mil. avv. II ming yillik o‘rtalari- da Janubiy Ural, Markaziy Qozog‘iston va Sibir, dasht doirasidagi O‘rta Osiyoga ko‘chib kelgan yoxud «dashtli bronza» Andronovo madaniya- ti qabilalariga mansub ekanligi е’tirof еtiladi, shuningdek ular turkiy tilli qabilalar bilan bog‘lanadi. Dashtning chorvador qabilalari kelgan paytda O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida ziroatchilik bilan shug‘ul- lanuvchi, ko‘psonli, tub utroq aholi istiqomat qilardi. Ularni olis aj- dodlar safidan chetda qoldirish unchalik to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. O‘rta Osiyo ziroatchilari yuqori darajada taraqqiy topgan moddiy madani- yat, hunarmandchilik, binokorlik va me’morchilik bilan ajralib turgan- lar. ziroatchilik vohalariga kirib olgan, chorvador guruhlar sekin-as- ta mahalliy aholi ichiga singib ketdilar va uning madaniyatini qabul qildilar. Mazkur jarayon ilk boshda tinch vaziyatda kechgan bo‘lishi Ehtimoli bor, ammo harbiy to‘qnashuvlarni ham istisno еtib bo‘lmay- di. «Avesto» ning qadimgi qismlarida qabilalar bir-birlari bilan o‘za- ro nizolashgan, urush va bosqinlar insonlarga cheksiz iztirob va o‘lim olib kelgan notinch va tahlikali zamonlar xususida hikoya qilinadi.
O‘rta Osiyoning bronza davri mahalliy aholisining tili va madani-


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə