O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə439/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
yati kelgindilar tilidan farq qilgan, shu boisdan bo‘lsa kerak turli mu- zofotlarda ma’lum vaqtgacha ikkitillilik saqlanib turgan, ammo key- inchalik kelgindilarning tili va e’tiqodi keng ko‘lamda yoyilib ketgan. Ilk yozma manbalarning guvohligiga ko‘ra, mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik vohalarida parfi- yon, baqtriy, sug‘d va xorazm tillari yoyilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ular turkiy va tojik tillari tomonidan siqib chiqarilgan, shu bilan birga so‘nggi jarayon turli joylarda ma’lum bosqichlarda ikki tillilik sharoi- tida kechgan.
bo‘lg‘usi xalqlar va davlatlar hududiy chegaralarining rivoji ilk boshqa yagona еtnosning joylashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan hamda hamisha murakkab va doimiy yangilanib boruvchi etnik va madaniy jarayonlarni aks еttirgan. Еtnik va davlat-siyosiy chegaralari shaklla- nishidan ancha ilgari aholi joylashuvining tabiiy, geografik chegaralari belgilangan va yuzaga kelgan. Ming yillar mobaynida ko‘plab qabila va еlatlar, ayniqsa, ularning hududda aralash joylashib istiqomat qil- ganlari umumiy madaniy an’analarga ega bo‘lishgan. Ularning yaqin qo‘shnichiligi, uzoq davom etgan munosabatlar va o‘zaro ta’sirlari na- faqat madaniy, balki etnik qorishib ketishga ham olib kelgan.
O‘rta Osiyo tarixining xususiyati shundan iboratki, hali olis o‘tmish- lardayoq mahalliy aholi tarkibi turli davrlarda nafaqat ichki o‘sish hisobiga, balki tashqi migratsiyalar evaziga ham kengaya borgan. Arxeologiya ma’lumotlarining guvohligiga qaraganda migratsiya ja- rayonlari еneolit va bronza davriga kelganda ayniqsa kuchayadi. Bu davrda qadimgi ziroatchilarning Kopetdog‘ oldi hududlari, Murg‘ob daryosi еtaklari, Shimoliy Afg‘oniston hamda Surxon va Zarafshon vo- halariga keng joylashuvi qayd qilinadi. Shuningdek, Mohenjodaro va Xarappa aholisining Hind daryosi vodiysidan Panj daryosi havzasiga bosqichma-bosqich singib ketishini ham ta’kidlash joiz. Mil. avv. II ming yillikning o‘rtalari – ikkinchi yarmida chorvador aholining Yev- roosiyo dashtlaridan O‘rta Osiyoga jadal siljishi boshlanadi. Mazkur jarayon to mil. avv. IX-VIII asrlarga qadar davom etadi. bularning bar- chasi etnik joylashuvning ancha murakkab manzarasidan dalolat bera- di. Eng qadimgi migratsiyalarning asosiy sabablari еkologik, iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta’sirida ro‘y bergan. Shunday qilib, O‘rta Osiyoning eng qadimgi tarixi qabilaviy migratsiyalar, turlicha iqtisodiy asosdagi qabilalar o‘rtasida assimilyasiya (qorishib ketish) jarayonlari hamda uzoq davom etgan o‘zaro madaniy – iqtisodiy hamkorlik bilan tavsif- lanadi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə