O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə442/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘rta Osiyo xalqlarining keyingi davr etnik shakllanishida bu hududga ko‘chib kelgan turli еlat va qabilalar ma’lum ma’noda ishtirok etganlar. Yuechjilar, xioniylar, kidariylar, еftaliylar shular jumlasidan- dir.
IV asrning oxirlaridan boshlab O‘rta Osiyoda yirik turkiy еtnoslar xioniylar va еftaliylarning o‘troqlashuv jarayonlari kuchayadi. V-VI asrlarga kelib еftaliylar va xioniylarning asosiy qismi o‘troq hayotga o‘tadilar. bu qabilalar o‘troq hayot kechirib an’anaviy chorvachilik bi- lan bir vaqtda dehqonchilik bilan shug‘ullanganliklari haqida yozma va arxeologik manbalar ma’lumotlar beradi.
Turk xoqonligi davrida (VI-VIII asrlar) Toshkent vohasi, zaraf- shon, Qashqardaryo, Surxondaryo vohalari va Farg‘ona vodiysi, Xorazm hududlariga turkiyzabon guruhlarning kirib kelishi yana- da kuchaydi va ularning ko‘pchiligi bu hududlarda o‘troqlashib qoldi. Mazkur hududlarda ikkitillik – Sharqiy Eroniy va turkiy tilli aholi guruhlarning rivojlanishi davom etadi.
VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr va Xorazm hududlari- ga bostirib kirgan oqibatida bu hududlardagi o‘troq va yarim o‘troq turkiyzabon aholi, sug‘diylar va Xorazmning tub yerlik aholisi etnik jihatdan o‘zgarmaydi. VII asrning o‘rtalaridan VIII asrning o‘rtalari- ga qadar Xuroson va Movarounnahrga (Marv, buxoro, Qarshi vohasi) ko‘chib keladi. Tadqiqotchilarning yozishicha, bir qator kelgindi arab qabilalari (amir, quraysh, xuzail va boshqa) Qashqadaryo va zaraf- shon vohalarida yangi manzilgohlarga asos solganlar, shuningdek, ular shaharlarda (Marv, buxoro) alohida guzarlarni egallab olganlar. bu voqealar yozma manbalardan ma’lum Arab tili islom dini tili va adabiy tilga aylanadi.
VIII asrning ikkinchi yarmidan turkiy qarluq qabilalari kuchaya boshlaydilar. IX asrning o‘rtalariga kelib Yettisuv, Chimkent viloya- ti, Toshkent vohasi, Farg‘onaning shimoliy qismlarini o‘z ichiga olgan Qarluq davlati tashkil topadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning е’tirof еtil- ishlaricha, o‘zbek еlatining shakllanishida Qarluq davlatining ahamiya- ti katta bo‘ladi. X asr o‘rtalaridan boshlab bu davlat tarixiy manbalarda Qoraxoniylar davlati nomi bilan tilga olinadi.
Qarluqlar ko‘p sonli, nufuzli «xalq» bo‘lib, bir qismi chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qarluqlar yashagan hududlarda yirik qabilalar

  • chig‘illar, yag‘molar, xalachlar ham yashagan bo‘lib, ular bir-biriga qon-qarindosh bo‘lib turkiy tilda so‘zlashganlar.



Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə