9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə1/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari


9-SINF TARIX FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2022-2023-o‘quv yili uchun
1-BILET 1.G‘arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o‘zaro taqqoslang.
Sharqiy Turk xoqonligi. O‘rta Osiyoning Turk xoqonligi tarkibida bo`lishi o‘sha davr davlatchilik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 563-567-yillar davomida Istami yabg‘u qo‘shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo`lgan yerlarni egallashga muvaffaq bo`ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O‘rta Osiyo yerlarini ishg‘ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Dastlab xoqonlik Eron bilan yaxshi qo‘shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intiladi. Eron shohi Xusrav I Anushervonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, Eronning turklar bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi ro‘yirost ma’lum bo‘ladi. Buning boisi Eron shohining O‘rta Osiyo hududlariga da’vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo‘ladi. Istami qo‘shiqlari Eron shohi XisravI ni yengadi, Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon to‘lash majburiyatini olishga majbur bo‘ladi. Mug‘anxon va uning avlodlari g‘arbda Qora dengizgacha bo‘lgan hududlami zabt etib o‘zlariga bo‘ysundiradilar. Turk xoqonligida boshqaruv tartiblari haqida gap borganda shuni ta’kidlash kerakki, Turk hoqonlari O‘rta Osiyo hududlariga hukmronlik qilsa-da, biroq o‘zlari bu hududga ko‘chib kelmadilar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgohlarida qolib, bo‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va to‘lovlar bilan kifoyalanganlar. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik-davlatlar mavjud bo‘lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg‘, Kesh, Nahshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o‘zlariga ancha mustaqil bo`lganlar. Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt Oloy tog‘lari sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan hudud, ya’ni Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo‘g‘uliston), Shimoliy Xitoy Sharqiy xoqonlik tasar-rufida bo‘lgan. Mazkur xoqonlikning poytaxti O‘tukan vodiysi (Mo‘g‘uliston)da qaror topgan. Oloy tog‘larining g‘arbida joylashgan o‘lkalar: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hudud G‘arbiy xoqonlik tomonidan idora etilgan, qarorgohi Yettisuvda joylashgan.
G‘arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turgan. Sharqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko‘chmanchilar edi. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi esa o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi. VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchaygan. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan. G‘arbiy xoqonlik o‘ziga qaram viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolalarni saqlab qolgan. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim o‘lkalarda esa xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan. Xoqon To‘ng yabg‘u (618-630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko‘ra, mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning “yabg‘u” unvoni berilib, ular xoqonning noibiga (vakiliga) aylanadilar. Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari-tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi.
2.Muhammad Shayboniyxonning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni haqida fikr bildiring. Abulxayrxon 1428-yilda ,,O‘zbek ulusi“ deb atalgan davlatga asos soladi. Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Tura shahri bu davlatning poytaxti deb e’lon qilinadi. 1431-yilda esa o‘z davlatini Oltin O‘rdadan mustaqil deb e’lon qiladi. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etgach, u tuzgan davlat parchalanib ketadi. Muhammad Shayboniy va uning ukasi Mahmud Sultonlar Abulxayrxonning o‘g‘li Shohbudog` Sultonning o‘g‘illari edi. Muhammad Shayboniy 1451-yilda tug‘ilgan. Abulxayrxon ularning tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaratadi. Uyg‘ur qavmidan bo'lgan, Shohbudog` Sultonga otaliq qilgan amir Boyshayxni bu ikki shahzoda-larga ham otaliq etib tayinlaydi. Shayboniy va ukasi Turkistondan boshpana topdilar. Shayboniy Buxoro madrasalarida ilm oldi. Shayboniy Buxoroda ilm olishdan tashqari nufuzli davlat va din arboblari bilan yaqinlashib oldi. Uning ko'nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tiklash orzusi jo‘sh ura boshladi va Dashti Qipchoqqa yo‘l oldi. Bu davrda Dashti Qipchoqda toj-u taxt uchun ayovsiz kurash davom etardi. O‘zbek qabilalarining sardorlari Muhammad Shayboniyxonni o‘z umidlarini ro`yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvat-ladilar. Aholining turli tabaqalari ulusda tinchlik o‘rnatilishini xohlamoqda edi. Bu omil yaxshi harbiy ta'lim olgan, mustahkam intizomli yollanma qo‘shin tuza olgan Shayboniyga juda qo‘l keldi. Biroq qo‘shinni saqlash katta xarajat talab qilar edi. Shuning uchun to‘lov evaziga Movarounnahr va Xuroson temuriyzodalariga hamda Mo‘g‘uliston hukmdorlariga ichki raqiblariga qarshi kurashda harbiy yordam ko‘rsata boshladi. Bu harbiy yurishlarda Shayboniy o‘zining mohir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon etdi. Turli temuriy hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yanada yaxshi bilib olishga imkon berdi. Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo‘lib ketgan qabilalarni birlashtirdi va beayov kurashlar natijasida XV asrning 80-yillarida bobosi bunyod etgan O‘zbek ulusi davlatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi hamda xonlik taxtiga o‘tirdi. Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish edi. Movarounnahr uchun edi Bobur Mirzo bilan Sulton Ali Mirz o‘rtasidagi kurashga qo'shilishi munosabat Shayboniyxonning ana shu niyatini yaqqol ko‘rsatib berdi. Shayboniyxon 1500-yilda Samarqandni jangsiz egalladi. Shayboniyxon Samarqandni egallagach, Sulton Ali Mirzoni qatl ettirdi. Bobur Mirzo 1500-yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi va taxtni ikkinchi marta egalladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida - Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da turar edi. Shayboniyxon bu voqeani eshitgach, bo‘lajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rdi. 1501-yilda olti oylik qamaldan so‘ng Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh taklif etdi. Bobur Mirzo hech qayerdan yordam ololmagach, noiloj, sulhga rozi bo‘ldi. Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-u taxt uchun o‘zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Movaroun-nahr zodagonlari va hatto oddiy aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o‘rnatishga qodir yagona shaxsni ko‘rdilar. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar saltanati hududlarida ham o‘z hokimiyatini o‘matishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratildi. 1501-yilda esa Samarqandni uzil-kesil bo‘ysundirdi. Endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi. 1503-yilda Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi. Shayboniyxon Ulug`bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o‘g‘illari bo‘lgan amakilari Ko‘chkunchi Sultonni Turkistonga va uning ukasi Suyunchxo`ja Sultonni Toshkentga, o‘zining ukasi Mahmud Sultonni Buxoro viloyatlariga hokim etib tayinladi. 1504-yilda esa Farg‘ona egallandi. Shayboniyxonning harbiy yurishlarida eng faol qatnashgan amakisining o‘g‘li Jonibek Sultonga Axsi va Andijonni tortiq qildi. Jonibek Sulton Abulxayrxonning boshqa bir o‘g‘li Xo‘ja Mahmud Sultonning o‘g‘li edi. Shu tariqa, butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Samarqand shahri esa poytaxt etib belgilandi. Xorazm va Mnvarounnahrda mustahkamlanib olgan Shayboniyxon 1505-yilda Xorazmga yurish qildi va uni egallanishi ham egalladi. 1505-yilning kuzida esa Xurosonga yurish boshladi. So‘nggi yillarda o‘zaro ichki nizolar oqibatida inqirozga yuz tutgan temuriylarning Xuroson davlatini egallash Shayboniyxon uohun qiyin kechmadi. 1506-yilda Balx, 1507-yilda esa Hirot egallandi. Shundan so‘ng Hirot o‘zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo‘qotdi. Xurosonning ham bo‘ysundirilishi bilan amalda Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz-Samarqand qo‘l ostida birlashtira oldi va temuriyzodalar amalga oshira olmagan ishni bajardi. Bu uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir. Shu tariqa, Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o‘z ichiga olgan hududda Shayboniyxon hukmronligi o‘rnatildi va shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.
Movarounnahr va Xorazmda o‘zbek xalqi IX-XII asrlarda shakllangan. To‘g‘ri, bu hududlarda yashagan ajdodlarimiz XVI asrgacha o‘zbeklar deb atalmaganlar. Qadim-qadimdan tarixiy turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki boshqa o‘lkalarda, shu jumladan, Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida yashab keldilar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshlarida zabt etgan mo‘g‘ullar bora-bora bu o‘lkada yashovchi turkiy qabilalar tarkibiga singib ketdilar va o‘z milliyligini yo‘qotdilar. Shayboniylar yurtimizni egallagach esa Dashti Qipchoqda yashovchi turli o‘zbek qabilalari Movarounnahr va Xorazmga ko‘chib kela boshladilar. Bu hodisa Vatanimiz bududidagi etnik jarayonga ta’sir etmay qolmadi. Avvalo, XVI asrdan boshlab yurtimizda o‘zbek xalqining tarkibi kengayib bordi. Ikkinchidan, ko'chib kelgan turli o‘zbek qabilalari iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jihatidan o‘zlaridan ustun bo'lgan mahalliy qardoshlari bilan yaqinlashdilar. Uchinchidan, ular mahalliy aholi turmush tarziga xos hamma ijobiy jihatlarni qabul qildilar. Bora-bora esa Movarounnahr va Xorazmda awaldan yashab kelayotgan qardoshlari tarkibiga singib ketdilar. ,,O`zbek“ nomi O‘zbekiston tarixining XVI asrdan keyingi taraqqiyot bosqichlarida mahalliy aholi ruhiga singdi. O‘zbek atamasi butun bir xalqning etnik nomiga va milliy iftixoriga aylandi. Eron shohi Ismoil Bu vaqtda Eronda shoh Ismoil Safaviy
Safaviy bilan qonli hukmdorlik qilayotgan edi. U o‘z davri to‘qnashuv uchun katta va qudratli qo‘shin tuza oldi. Ismoil Safaviy tuzgan saltanat tarixda Safaviylar davlati nomi bilan mashhur. Shoh Ismoil davlati kattagina hududlarni o‘z ichiga olardi. Bu davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli davlati bilan tutashgan edi. Shoh Ismoil boshliq Eron safaviylarining Xurosonga tazyiqi tobora kuchayib, talonchilik harakatlari avj oldi. Endi bu ikki hukmdor o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar bo`lib qoldi. Nihoyat, 1510-yilda ikki hukmdor qo‘shmi to'qnashdi. Marv (hozirgi Turkmaniston hududi) yaqinida bo‘lgan jangda Eron qo‘shini g‘alaba qozondi. Shayboniyxon va uning safdoshlari jangda halok bo‘lishdi. Bu g‘alaba natijasida shoh Ismoil butun Xurosonni egalladi. Shayboniyxon halok bo‘lgach, uning o‘rniga uning amakisi Ko‘chkunchixon taxtga o‘tirdi.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə