9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET 1.Sparta shahar-davlati haqida ma’lumot bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə9/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

10-BILET 1.Sparta shahar-davlati haqida ma’lumot bering. Miloddan avvalgi XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo'ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan mahalliy aholi – ilotlar ham aslida yunonlar bo'lib, ular bilan bir tilda so'zlashgan. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda qullar soni uncha ko'p bo'lmagan Afinadan farqli o'laroq Spartada qulga aylantirilgan aholi ko'pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o'z hukmronligini faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin bo'lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o'z davlatida alohida shart-sharoitlar yaratdilar: jumladan, hamma amal qilishi lozim bo'lgan qat’iy intizom, aniq-raso rejalashtirilgan turmush tarzi hamda yengilganlarga qarshi shafqatsiz bo'lish. Sparta urushga tayyorgarlik ko'rayotgan bir shaharga o'xshab qolgan. Chet elliklar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo'lmagan. Hamma uylar bir-biriga o'xshatib qurilgan. Spartada haykaltaroshlar ham, rassomlar ham, olimlar ham bo'lmagan. Ilotlar mamlakat bo'ylab joylashgan kichik-kichik qishloqlarda yashaganlar. Ular alohida spartaliklarni emas, balki butun boshli davlatning mulki hisoblanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berib, chorvani boqishgan va boshqa ko'plab majburiyatlarni bajarishgan. Spartaliklar esa faqat jangchi edilar. Ular dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug'ullanmas, qurolni hech qachon qo'ldan qo'ymasdilar. Ilotlardan tashqari Spartada to'la-to'kis huquqlarga ega bo'lmagan fuqarolar – periyeklar ham yashagan. Ular shaxsan ozod kishilar bo‘lsa-da, Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qilolmas edilar. Qadimgi Spartada kuchli va chidamli odamlar qadrlangan. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Boshidan mustaqillikka o'rgatish maqsadida ularni deyarli boqishmasdi. Bolalar o'zlariga yegulikni topishga majbur etilgandilar. Bunday sharoitda bolalarning o'g'rilik qilishdan boshqa chorasi qolmasdi. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o'rgatishar, ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi. Spartalik ayollarni ham jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishga va sport musobaqalarida qatnashishga majbur qilishgan. 2.Napoleon Bonapartning Yevropa tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr bildiring. Napoleon Bonapart (1769-yil 15-avgust – 1821- yil 5-may) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi. 1799-yilgi davlat to'ntarishidan so‘ng Napoleon Birinchi konsul lavozimini egalladi. Keyin umrbod konsullikka saylandi. 1804-yili Senat uni «Fransuzlar imperatori Napoleon I» deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya zodagonlarga emas, burjuaziyaga xizmat qilar edi. Birinchi imperiya davrida Napoleon urushlari natijasida imperiya hududlari kengayib bordi. 1805-ylli Austerlis jangida Napoleon, asosan, Rossiya va Avstriya qo‘shinidan iborat birlashgan armiya ustidan hal qiluvchi g'alabani qo‘lga kiritdi. Jangda Napoleonga qarshi Rossiya va Avstriya imperator-lari Aleksandr I hamda Frans II ishtirok etdi. O‘z g‘alabalaridan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Britaniyaga nisbatan «qit’a qamali» e’lon qildi. Unga ko‘ra, Napoleonga qaram barcha davlatlarning Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi taqiqlandi. Napoleonning maqsadi shu yo‘l bilan Buyuk Britaniyani bo‘ysundirish edi. Rossiya ham 1807-yili Napoleon bilan tinchlik hamda ittifoq to‘g`risida Tilzit shartnomasini imzolab, Fransiyaning Yevropadagi barcha g`alabalarini tan oldi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiyaga Buyuk Britaniya bilan aloqani uzish va qit’a qamaliga qo'shilish majburiyati yuklandi. Amnio Napoleon Buyuk Britaniyaga qarshi qit’a qamalidan ko`zlangan maqsadiga erisha olmadi. Aholi tinimsiz urushlardan charchadi mamlakatda norozilik, bosib olingan hududlarda milliy-ozodlik harakati kuchaydi. Naooleonga bu noroziliklarni bostirish uchun katta bir g'olibona urush kerak edi. Shuning ucbun ham u Rossiyaga qarshi urush boshlab, unda g‘alaba qozo-nishni rejalashtirdi. 1812-yili Napoleon Rossiyaga qarshi urush boshladi. Urush Rossiya tarixiga «Vatan urushi» nomi bilan kirdi. 1812-yil 7-sentabrda ikki davlat qo'shini o‘rtasida-gi hal qiluvchi jang Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘ida bo'lib o`tdi. Borodino jangida har ikki tomon ham kolplab qurbonlar berdi. Napoleon Moskvani egalladi. Ammo Napoleon armiyasida tartib yo‘qolib, askarlar yoppasiga talonchilik bilan shug‘ullana boshladi. Armiyada jangovar ruh yo‘qoldi. Napoleon Moskvani tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. M.I. Kutuzov boshchiligidagi Rossiya armiyasi chekinayotgan fransuzlarni ta’qib qilib, ularga katta talafot yetkazdi. Yevropa mamlakatlari qo‘shinlaridan iborat qurolli kuchlar bilan Napoleon armiyasi o`rtasidagi hal qiluvchi jang 1813-yili Leypsig ostonasida bo‘lib o‘tdi. «Xalqlar jangi» deb nom olgan bu jangda Napoleon qo'shini tor-mor etildi. 1814-yili ittifoqchi davlatlar armiyasi Parij shahriga kirib keldi. Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ittifoqchilar uni Elba oroliga surgun qildilar. Napoleon Bonapart 1815-yil-ning mart oyida Elbadan Fransiyaning janubiga yetib keldi. Qirol Lyudovik XVIII ning Napoleonga qarshi yuborgan 30 ming kishilik qo'shini ham Napoleon tomoniga o'tib ketdi. Napoleon Parij shahrini egallab, yana taxtga o'tirdi. Biroq u bu safar hokimiyatni atigi 100 kun boshqardi. Ittifoqchi davlatlar (Buyuk Britaniya, Gollandiya va Prussiya) juda katta armiyani Napoleonga qarshi qo‘ydi. Ikki o‘rtada 1815-yil Vaterloo qishlog‘ida (hozirgi Belgiya davlati hududida) hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. U tarixga «Vaterloo jangi» nomi bilan kirdi. Jangda Napoleon qo'shini butunlay tor-mor etildi. Ikkinchi bor taxtdan voz kechgan Napoleon endi uzoq Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va u shu yerda 1821-yili vafot etdi. Fransiyada Burbonlar hokimiyati qayta tiklandi. 3.“Tanob” atamasiga izoh bering. Tanob (arab. — chilvir, arqon) -- O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qo`llanilgan uzunlik o‘lchov birligi. O`rta Osiyo xonliklarida tomonlari 60 gazdan iborat maydonini o`lchash uchun qo`llanilgan yuza birligi. 1 tanob – 60X60 = 3600 kv gaz = 0,08194ga = 900kv.m(1ga = 12 tanob)

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə