9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET. 1.Oltin O‘rda xonligi haqida ma’lumot bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə7/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

6-BILET. 1.Oltin O‘rda xonligi haqida ma’lumot bering. 1224-yilda Chingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z o‘g‘illari: Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuliga uluslarga bo‘lib, taqsimlab beradi. O‘qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi. Mo‘g‘ullarning 1235-yilda bo‘lib o‘tgan qurul-toyi Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqida qaror chiqaradi. To‘planadigan qo‘shinga Botuxon yetakchilik qilishi e’lon qilinadi. Uluslardan o‘nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan Subutoy Bahodirning berilishiga kelishiladi. Botu va Subutoylar 1237- yilning kuzida rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni bosib olishadi. Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatish imkonini ham bermasdan 1238—1240-yillarda Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich, Volin va boshqa shaharlar bosib olinadi. Oltin O‘rdani Botuxon va uning avlodlari boshqargan bo`lib, muhim masalalarni hal etish uchun qurultoy chaqirilgan. Ijro hokimiyati boshlig‘i beklarbegi bo‘lib, devon ishlarini vazir boshqargan. Rusda barcha knyazlar Oltin O‘rdadan boshqaruv yorlig‘i olgan. Vladimir knyazi Yaroslav ularning «ulug‘i» deb tan olingan. 1243-yilda O‘qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo‘yi dashtlariga qaytadi. Shu tariqa Botu¬xon istilo qilgan Volgabo‘yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Shimoliy Kavkaz, Moldaviya hududlarida, rus yozma manbalarida bay on qilinishicha, Oltin O‘rda nomini olgan Jo‘ji ulusi shakllanadi. Rus knyazlari Oltin O‘rda qudratini to‘g‘ri anglab, bosqinchilar bilan tinch yashashga harakat qilishgan. Tinchlik siyosatini Vladimir knyazi Yaroslav boshlab, uning o‘g‘li Aleksandr Nevskiy davom ettirgan. Knyaz Aleksandr Oltin O‘rdaga bir necha bor tashrif buyurgan. Oltin O‘rda Sharqiy Yevropaning kuchli bir davlati bo‘lgani-dan Yevropa qirollari, Rim papalari, Vizantiya imperatorlari va Turk sultonlari xon saroyi bilan do‘stona munosabatda bo‘lishga intilganlar. Eronda mustaqil davlat tuzgan Xuloku va uning vorislari esa Oltin O‘rda bilan Kavkazortiga egalik qilish masalasida raqobat qila boshlagan. Bu ikki Mo‘g‘ul davlati qo‘shinlari qator janglarda to‘qnashib, goh u tomon, goh bu tomonning qo‘li baland kelgan. Bu janglardan birida 1266-yilda Botuxonning ukasi Berkaxon ham halok bo‘lgan. XIV asrning birinchi yarmida Oltin O‘rda davlati o‘z qudrati-ning cho‘qqisiga erishadi. Bu jarayon O‘zbekxon (1312—1342) va uning og‘li Jonibek (1342—1357) nomi bilan bog‘liqdir. Oltin O‘rda qudratini mustahkamlagan omillardan biri islom dinining qabul qilinishi bo‘ldi. O‘zbekxon 1314-yilda islomni davlat dini deb e’lon qiladi. O‘zbekxon va Jonibek davrida Oltin O‘rda shaharlari gullab-yashnagan. Ular iqtiso-diy va madaniy hayot markazlariga aylangan. Saroy Botu va Saroy Berka dunyoning eng katta shaharlari qatorida bo‘lgan. Jonibekning vafotidan so‘ng Oltin O‘rda taxti uchun kurash boshlangan. To‘xtamishxon XIV asrning oxirida uni o‘n besh yilga yana birlash-tirgan. Amir Temur Jo‘ji ulusiga qarshi uch marta yurish qilgan. Shimoliy Kavkazda 1395-yilda To‘xtamishning Amir Temurdan mag‘lubiyati Saroy, Saroy Berka, Astraxan shahar-larining vayron etilishiga sabab bo‘lgan. Shundan keyin savdo yo‘llari janub tomonga siljigan. Amir Temurning yurishlari Oltin O‘rdani uzil-kesil zaiflashtirgan. Oltin O‘rda XV asrning birinchi yarmidan qator xonliklarga bo‘linib ketgan. Ulardan eng yiriklari Qrim, Qozon, Sibir, Qozoq xonliklari va No‘g‘ay O‘rdasi bo‘lgan. 2.Jaloliddin Manguberdining O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni haqida ayting. Jaloliddin Manguberdi (to`liq ismi —Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining so’nggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning to’ng’ich o’g’li. U 33 yil umr ko’radi va uni 11 yili jang ichida o’tadi. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan bo`lgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) bo`lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o’zgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur bo`lib ketgan. Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni G’azna, Bomiyon, G’ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlari-gacha bo’lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o’zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan. Chingizxon katta qo’shin to’plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o’zi otlangan. Fapdiz qal’asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo’shinining ilg’orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo’shini Jaloliddin Manguberdini daryodan utishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221 -yil 25- noyabrda bo`lgan tengsiz jangda (qarang Sind daryosi bo’yidagi jang) mag’lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o’ng sohiliga suzib o’tib, cho’l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho’l hozirda ham Cho’li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o’z o’g’il-lariga qarab: "Ota o’g’il mana shunday bo’lishi lozim!", degan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida mo’g’ullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo’shinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini o’zi esa ta’qibdan qutulib Kurdiston tog’lariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo’liga asir tushib, fojiali ravishda halok bo’lgan. Jaloliddin o’ta qat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o’zini yo’qotib qo’ymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi". 3.“Protektorat” atamasiga izoh bering. Protektorat - tenglikka asoslanmagan shartnoma natijasida belgilanadigan, asosan mustamlakachilik ruhidagi qaramlik shakli. Bunday mamlakat ichki siyosatida birmuncha mustaqil bo`lsa-da, tashqi siyosati mustamlakachi davlat qo`liga o`tadi. Mustamlakachi davlatlar Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo va Afrikadagi ko`plab yerlarda o`z protektoratini o`rnatgan. Chor Rossiyasi esa XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi va Buxoro amirligida o`z protektoratini o`rnatdi.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə