9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə4/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

Dovon davlati (Xitoy manbalarida bu o'lka shu nom bilan tilga olinadi, boshqa manbalarda Parkana deyilgan) tarixchilar uchun muhim bo'lgan uning tashkil topgan va inqirozga yuz tutish yillari aniqlanmagan. Bu davlat, taxminan, miloddan avvalgi III asrdan to milodiy II asrgacha mavjud bo'lib, Farg'onada joylashgan. Dovon davlati tarixi haqidagi batafsil ma’lumot Xitoy yilnomalarida uchraydi va ular milodiy I-II asrlarga oiddir. Xitoy tarixchisi-ning yozishicha, bu davlat aholisi 70 dan ortiq shaharlarda istiqomat qilgan. Masalan, Dovonda bo'lgan xitoy sayyohi Chjan Syan bunday deb yozadi: «Dovon diyorida 70 tacha katta-kichik shahar bor; aholisining soni bir necha yuz mingga yetadi. O‘q-yoy va nayzalar bilan qurollanishgan. Xalqi ot choptirib o‘q otishga mohir». Boshqa bir xitoy solnomasida: «An’si (Eron) shaharlari Dovondagiga o'xshashdir», deb yozilgan. Xitoy tarixchilarining guvohlik berishicha, Dovon davlati hududlari hozirgi Toshkent vohasigacha borgan: «Xan sulolasi zamonida Shi mulklari Dovon davlatining shimoliy tumanlarini tashkil etardi va shimolda Qang' davlatigacha, janubda esa yuechjilar davlatigacha borardi». Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi bo'ldilar, biroq ularning harakatlari behuda ketdi. Harbiy yurishlarning birida ular Dovon davlatining poytaxti Ershini qo'lga kiritdilar, biroq aholisining tovon to'lashi evaziga uni tashlab chiqishga majbur bo'ldilar.
Dovon davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo'lgan xalqaro savdoda muhim o'rin tutgan. Xitoy hukmdorlarini ko'proq Farg'onaning zotli otlari qiziqtirardi. Otlar naslining biriga hatto ular «Samoviy» deb nom berganlar. «Samoviy otlar» mukammal va go'zal ko'rinishga ega bo'lgan. Qadimshunoslar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma’lumotlami tasdiqladi. Ko'p sonli aholiga, yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlariga ega bo'lgan Farg'ona miloddan avvalgi II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo'lgan. Farg'ona davlatining Sho‘rabashat, Uchqo‘rg‘on singari va boshqa shaharlari atrofi-dagi aholi yerni ishlash, sholi va bug'doy yetishtirish, bog'dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan. Olimlarning aniqlashicha, milodiy II asrda Dovon davlati barham topgan. 2.Muhammad Rahimxon I ning Xiva xonligi tarixida tutgan o‘rni haqida fikr bildiring.
Xiva xonligi Eltuzarxon vafot etgach, taxtga uning ukasi Muhammad Rahimxon I o‘tirdi. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. Bu juda muhim, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi edi. Chunki Rossiya tomonidan mustahkam-langan Orenburg liniyasining paydo bo‘lishi Xiva xonligiga bevosita tahdid solmoqda edi. Ikkinchidan, Buxoro amirligining hujumlariga qarshi tura olish ham zarur edi. Xonlikni siyosiy jihatdan birlashtirmasdan va markaziy hokimiyatni mustahkamlamasdan turib chet el davlatlari tahdidining kuchini kamaytirish qiyin edi. Birlashtirish jarayoni turkman qabilala- rini bo‘ysundirishdan boshlandi. Turkmanlaming turli qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko‘rsatmasinlar, birin-ketin bo‘ysundirib borildi. Shu davrdan boshlab, yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog`landi va xonlik fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga ham soliq to‘lash belgilandi. Shuningdek, xon qo‘shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi. Ular xon qo‘shinida sidqidildan xizmat qildilar. Muhammad Rahimxon I o‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan „xon navkarlari“ deb atalgan muntazam qo‘shinga tayanib yirik zodagonlar va Orolbo‘yi o'zbeklari qarshiligini sindirdi. 1811-yilda esa qoraqalpoqlar ham bo‘ysunishga majbur etildi. Shu tariqa, Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda, uning hududlari yanada kengaytirildi. Mamlakatda nisbiy barqarorlik ta’minlandi. Muhammad Rahimxon I Aynj paytda davlat boshqaruvi, soliq tizimida islohotlar o‘tkazildi. Bojxona xizmati va zarbxona tashkil etildi. 1809-yilda tilla tangalar zarb etish yo‘lga qo‘yildi. Davlat boshqaruvi sohasida o‘tkazilgan islohotga ko‘ra, xon huzurida yuqori boshqaruv organi – Oliy Kengash ta’sis etildi. Vakolati cheklangan bo‘lsa-da, Kengash xon farmonlarini tasdiqlovchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini bajardi. Oliy Kengashga xonning o‘zi rahbarlik qildi. Oliy Kengash ishida xonning yaqin qarindoshlari, mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom, bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. Oliy Kengash majlisi haftada bir marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan. Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish uchun Kichik Kengash ham ta’sis etildi. Bu kengash ishida xondan tashqari mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashganlar. Soliq tizimida o‘tkazilgan islohotga ko‘ra, soliqlarning muntazam undirilishi ta’minlandi. Bunga yerdan olinadigan soliqning mahalliy hokimlar tomonidan yig‘ilishiga chek qo'yish, soliqlarning xon tomonidan tayinlangan davlat amaldorlari tomonidan yig‘ilishi tartibining o‘rnatilishi orqali erishildi. Ayni paytda, yer solig'ining ancha qismi pul shaklida yig‘iladigan va ulaming hammasi umumdavlat xazina-siga topshiriladigan bo‘ldi. Shuningdek, bojxona xizmatining tashkil etilganligi va oltin tangalar zarb etilib muomalaga chiqarilganligi davlat xazinasiga tushumning ko‘payishiga xizmat qildi. Muhammad Rahimxon I mamlakatda ichkilikni taqiqladi. Muhammad Rahimxon I 1825-yilda vafot etgach taxtni uning katta o`g`li Olloqulixon egalladi.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə