9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET 1.Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasi. Uning boshqa sivilizatsiyalardan farqli tomonlari haqida ma’lumot bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə14/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

15-BILET 1.Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasi. Uning boshqa sivilizatsiyalardan farqli tomonlari haqida ma’lumot bering. Dajla va Frot daryolari oralig'idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atamaning tarjimasi Ikki daryo oralig‘i degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko'chib joylashganlar. Mesopotami- yada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joyla-shib, bu yurtni Shumer deb ataydilar. Mamlakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga ko'chmanchi chorvadorlar – akkadlar o'rnashdi. Mil. avv. 3-mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldilar. Mil. avv. 4-mingyillikda shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxatni ixtiro qilishgan. Shumerlar uchi o'tkirlangan tayoqchalar bilan loytaxtalarga yozishgan. Shumerlar bilimdon, tajribali quruv- chilar va hunarmandlar bo'lishgan. Miloddan avvalgi 4-mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga kela boshladi. Ular shahar va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo‘lgan shahar-davlatlar edi. Har bir shaharning hukmdori oliy xudo – shahar homiysi hisoblangan. Xudo nomidan kohinlar hukmronlik qilgan, xudolar ibodatxonasi esa davlatdagi hokimiyat markazi bo'lgan. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari – zikkuratlar xom g'ishtdan terib chiqilgan muhtasham zinapoyali inshoot bo'lgan. Mil. avv. 3-mingyillikda Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi Ur shahri bo'lgan. Arxeologlar tomonidan podsholar maqbarasidan topib tekshirgan topilmalar ham Urning kuch-qudratidan dalolat beradi. Bular oltin buyumlar, qurol-yarog'lar va kumush idishlardir. Miloddan avvalgi 3-mingyillik o'rtalarida Lagash shahri yuksala boshladi, Shumer va Akkadning ko'pgina shaharlari Lagashga qo'shib olindi. Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o'rab olingan edi. Shaharning bosh darvozasidan boshlangan ko'chalar markaziy maydonga, ibodatxona va hukmdor saroyiga olib borgan. Qurilish tosh, xom va pishgan g'isht bilan amalga oshirilgan. Lagashdagi ibodatxona xudolar va qahramon-lar haykallari bilan hashamatli bezatilgan edi. Sargon I butun Mesopotamiya podshosi bo'ladi. Mil. avv. 3-mingyillikning ikkinchi yarmida u Akkadni va Shumer shaharlarini o'z hokimiyati ostida birlashtiradi. Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Sargon I barcha shaharlar uchun yagona bo'lgan uzunlik, maydon va og'irlik o'lchovini joriy etadi. U jahon tarixida birinchi bo'lib muntazam qo'shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchidan iborat bo'lgan, keyinchalik esa ular Sargon I ga ko'plab shaharlar va qo'shni mamlakatlarni zabt etishga imkoniyat yaratgan katta qo'shinlarning asosiy kuchiga aylangan. Sargon I Mesopo-tamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan dengiz savdo yo'llarini egallab oldi. O'z hukmronligining so'ngida Sargon I «to'rt iqlim mamlakati podshosi» unvonini oldi. Miloddan avvalgi II-mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qud-ratli davlatga aylandi. «Bobil» so'zining o'zi esa «xudolar darvozasi» degan ma’noni angla-tadi. Miloddan avvalgi XVIII asrda (mil. avv 1792- 1750-yillar) Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. Xammurapi tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan. Xammurapi qonunlari qat’iyligi bilan kishini lol qoldiradi. 2.Amir Temurning dunyo tarixida tutgan o‘rni haqida mulohaza yuriting. Amir Temur Kesh viloyatidgi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (Yakkabog‘ tumani)da 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul. Amir Temur-ning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro‘li beka (bek og‘o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. Amir Temurning yosh-ligi ona yurti Keshda kechdi. Amir Tarag‘ay o‘g‘lini yoshligidan aslzodalarga yarasha o‘qit-gan va har taraflama bilim bergan: katta-kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan. Amir Temur o‘z zamonisining o‘qimishli va uquvli hukmdorlaridan bo‘lib yetishadi. Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmidan ham yaxshi-gina xabardor bo‘lgan. Amir Temur bilan yuzma-yuz o‘tirib suhbatlashishga muyassar bo‘l-gan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, Amir Temur turk, arab, fors xalq-lari tarixini chuqur o‘rgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning eng murakkab jihat-larigacha yaxshi o‘zlashtira olgan zot ekan. O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur 1360-1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Movarounnahr beklari birlasha olmay xalqni o‘z holiga tashlab ketadilar. Amir Temurning Sohibqiron Amir Temur amakisi – Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi. 24 yoshli Amir Temur esa boshqacha yo‘l tutadi. Temur o‘z yurtini mo‘g‘ullar tajovuzidan himoya qilish uchun ko‘p o‘ylab, Tug‘luq Temurning huzuriga borishga qat’iy ahd qildi. Natijada u Tug‘luq Temurning yorlig‘i bilan Kesh viloyatining dorug‘asi (hokimi) etib tayinlanadi. Movaraunnahrning nufuzli amirlaridan biri, Balx hokimi Amir Husayn bilan ittifoq tuzib, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g‘alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo‘ja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar. Biroq Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida sodir bo‘ladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Husayn bilan Amir Temur o‘rtasida munosabat keskinlashib, ochiqdan ochiq nizoga aylanadi. 1366-1370-yillar davomida ular o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar ham bo‘ladi. 1370-yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Te- murga taslim bo‘ladi. Amir Husayn qatl etiladi. Ertasi kuni bo‘lib o‘tgan qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris deb bildi. Sohibqiron Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini va Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Amir Temur 1372-yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi va Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo‘ysundirildi. Amir Temur yordamida To‘xtamish Oltin O‘rda taxtini egallaydi. Keyinchalik To‘xtamish xoinlik yo‘liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o‘tadi. Natijada Amir Temur To‘xtamishga qarshi uch marta qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. So‘nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo‘yida sodir bo‘ldi. Jangda Amir Temur qo‘shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o‘qqa tutish usulini qo‘lladi. O‘q va qilich zarbiga chiday olmagan To‘xtamish qo‘shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To‘xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan askarlardan bekindi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A.Y.Yakubovskiylarning ta’kidlashicha, Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuning-dek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Amir Temur o‘z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Amir Temur o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lib, moli omon to‘lagan shaharlarga tegmagan, qo‘shinlarni bunday shaharlarga kiritmagan. 1398-1399-yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir bo‘ladi. Bu jang tarixda “Anqara jangi” deb ataladi. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya, Angliya hamda Kastiliya va Leon qirollari tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan Xitoyga qarshi yurishga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to‘satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. 3.“Manifest” atamasiga izoh bering. Manifest (lotincha.manifestum – chaqiriq) – 1)Oliy davlat hokimiyatining aholiga qarata tantanali murojaati. Ba`zi hollarda qonunchilik norma-larini o`z ichiga oladi yoki muhim qonunlar qabul qilinishi haqida xabar beradi; 2)siyosiy partiya, jamoat tashkiloti va boshqalarning o`z dasturi, qarashlari va shu kabilarda bayon qilingan yozma murojaatnomasi, deklaratsiyasi.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə