9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


Buxoro xonligi tarixida Ubaydullaxonning o‘rni haqida fikr bildiring



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə30/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

2.Buxoro xonligi tarixida Ubaydullaxonning o‘rni haqida fikr bildiring. Buxoro xonligi-da 1702-yili Subhonqulixon vafot etadi. Taxtni o‘g‘li Ubaydullaxon II (1702-1711) egalladi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo‘lida goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo‘ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko‘chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo`ladi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to‘liq o‘z qo‘liga oldi va o‘zini 1706-yilda xon deb e’lon qildi. Bu Mahmudbiyga qarshi bir necha bor uyushtirilgan harbiy yurishlar natija bermagach, Ubaydullaxon uning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi. Ubaydullaxon II o‘tkazgan islohotlar ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ma’lumki, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi tinimsiz urushlar olib borish katta mablag` talab etardi. Ubaydullaxon aholidan yig‘iladigan soliqlarni 4 barobarga ko‘paytirdi. Natijada, xalq xona-vayron bo‘ldi. Ana shunday bir sharoitda pul islohotini ham o‘tkazdi. Xonlikda tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tanga pul ishlatilardi. 1708-yilda esa bu tangalaming bittasidan 4 ta yangi tanga zarb etila boshlandi. Natijada, yangi pulning tarkibidagi kumush miqdori 4 marta, binobarin, amalda pulning qadri ham 4 marta kamaygan bo‘lsa-da, yangi tanga avvalgi eski tangaga qiymat jihatdan teng deb belgilandi. Tanga tarkibida kumush foizining kamayishi do‘kondor va hunarmandlarning keskin noroziligiga sabab bo`ldi. Endi ular o`z mahsulotlarini sotmay qo`ydilar. Savdo ishlari susaydi va oqibatda, mamlakat iqti-sodiy hayoti inqirozga yuz tutdi. Og`ir ahvolga chiday olmagan xalq qo‘zg‘olon ko‘tardi, biroq qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostirildi. Ubaydullaxon markaziy hokimiyatni kuchay-tirish maqsadida hatto o‘sha davrning eng ta’sirchan kuchi - yirik yer egalari hamda Jo‘ybor shayxlarining ta’sirini kamaytirishga ham urindi. Ubaydullaxon ularni soliq to‘lamaslik imtiyozidan mahrum etdi. Natijada, ular Ubaydullaxonning eng xatarli dushmaniga aylandi-lar. Ayni paytda. Ubaydullaxon tanhodorlami o‘z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum etdi, soliq va majburiyatlar miqdorini ko‘paytirdi. Bunday keskin o‘zgarishlarga toqat qila olmagan qudratli kuchlar Ubaydullaxonga qarshi fitna tayyorlay boshladilar. 1709-yilda Farg‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib chiqishi esa siyosiy ahvolni yanada murakkablashtirdi. Va nihoyat, fitnachilar 1711-yilda Ubaydullaxonni o‘ldirdilar. Taxtga fitna ishtirokchisi, Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxon o‘tqazildi.
3.“Gimnaziya” atamasiga izoh bering. Gimnaziya – ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan va ular bo‘yicha chuqur ta’lim beradigan o‘quv muassasasi.
Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə