9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET. 1.Prussiya qirolligi haqida ma’lumot bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə26/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

28-BILET. 1.Prussiya qirolligi haqida ma’lumot bering. Prussiya qirolligi— 1701-yildan 1918-yilga-cha mavjud bo’lgan nemis qirolligi. 1683-yili Germaniya knyazliklari Vena ostonalarida usmoniylarning qo‘shini tor-mor keltirdi. Germamyaning bu g`alabasi Markaziy Yevropani usmoniylar bosqinidan saqlab qoldi. Germaniya knyazliklan ichida Avstriya va Brandenburg eng kuchlilari edi. XVII asr oxiriga kelib, Brandenburg knyazligida Prussiya gersoglari yetakchi mavqega ega bo`lib oldi. 1701-yili Brandenburg knyazligi o‘rnida Prussiya qirolligi tashkil topdi. Brandenburg knyazi Fridrix I nomi bilan Prussiya qiroli deb e’lon qilindi. XVIII asr oxirida Prussiya maydoni jihatidan Yevropada uchinchi, qo‘shini soni jihatidan esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Fridrix II hukmronligi davrida (1740—1786) Prussiya mutlaq monarxiyaga aylandi. 1871-yilning 18-yanvarida barcha german davlatlarining monarxlari Versalda to‘planib, Prussiya qiroli Vilgelm Ini Germaniya imperatori deb e’lon qildilar. Bu Germaniyaning ikkinchi marta imperiya deb e’lon qilinishi edi. Shunday qilib, butun Germaniya hududining 2/3 qismida joylashgan, aholisining esa 60%i yashayotgan Prussiya monarxiyasi yetakchiligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo etildi. 1871-yil imperiya reyxstagi umumgerman konstitutsiya-sini qabul qildi. Germaniya imperiyasi ittiroqchilar davlati bo`lib qoldi. 1871-yil konstitutsi-yasiga binoan, imperator bir vaqtning o‘zida Prussiya qiroli ham hisoblanardi. 1888-yilda Vilgelm I vafot etdi. Taxtni 28 yoshli Vilgelm II (1888-1918) egalladi.
2.Pyotr I ning Rossiya tarixida tutgan o‘rni haqida fikr bildiring. Pyotr I (1672-1725)- rus podshosi (1682-yildan), Rossiyaning 1-imperatori (1721-yildan). Podsho Aleksey Mixaylovich (1629-76)ning kichik o’g’li. Rossiyaning davlat, harbiy va madaniyat arbobi, diplomat. Rossiyada mutlaq monarxiyaning to‘la qaror topishi Pyotr I nomi bilan bog`liq. U 1689-yilda taxtga o‘tirdi. Pyotr I tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri Rossiyani kuchli harbiy-dengiz flotiga ega davlatga aylantirish edi. U bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi. 1700-yili Rossiya Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qarshi urush boshladi. Bu urush tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan kirdi. Urush 1721-yili Rossiyaning g‘alabasi bilan tugadi. Rossiya Boltiq dengiziga chiqish huquqiga ega bo‘Idi. Ayni paytda Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi, 1721-yili Pyotr I imperator deb e’lon qilindi. Pyotr I tashabbusi bilan bir qancha o’quv yurtlari, FA ochilgan, diniy-slavyan alifbosi o’rniga grajdan alifbosi qabul qilingan.
Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə