9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


“Suyurg‘ol” atamasiga izoh bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə28/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

3.“Suyurg‘ol” atamasiga izoh bering. Suvurg‘ol (mo‘g‘ulcha - in’om, sovg‘a) — biror hukmdor (xon, sulton, shoh) tomonidan saltanat oldida alohida xizmat ko‘rsatgan arkoni davlat yoki sarkardalarga berilgan mol-mulk, yer-suv. Mo`g`ullar istilosidan so‘ng Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Yaqin Sharq mamlakatlarida rasm bo`lgan. Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi o‘lkalarni asosan to‘rt qism (ulus)ga bo‘lib, o‘g‘illari, nabiralari va xizmat ko‘rsatgan amirlarga suyurg‘ol tarzida in’om qiladi. Movarounnahrdan tashqari o‘z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o‘limidan biroz avval o‘g‘il va nabiralari orasida taqsimlaydi: Xuroson, Jurjon, Mazondaron va Seyiston (markazi Xirot) Shohruxga, G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Miron- shohga, Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston (markazi G‘azna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurg‘ol qilib berilgan.


30-BILET 1.Konstantinopol shahrining dunyo tarixidagi ahamiyati haqida fikr bildiring. Imperator Konstantin zamonida, milodiy 330-yili Bosfor bo'g'ozidagi Vizantiy shahri Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qilindi. Imperatorning buyrug'i bilan shahardagi barcha eski binolar buzib tashlandi va yangi shahar qurildi, Rim, Afina va Korinfdan keltirilgan haykallar va ustunlar o'rnatildi. Shahar imperator sharafiga Konstantinopol deb atala bosh-landi. Imperator Feodosiy o‘Iimidan so'ng milodiy 395-yili Rim imperiyasi uning ikki o‘g‘li o'rtasida G‘arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlandi. G'arbiy qismga Italiya, Yevropa va Shimoliy Afrikadagi viloyatlar, Sharqiy qismga esa Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Misr yerlari kirgan. Konstantinopol shahri o‘rnidagi yunonlarning Megara shahri koloniyasi Vizantiy nomi dan ko‘pincha Vizantiya deb ham atashgan. Sharqiy Rim imperiyasi aholisini yevropaliklar grek(yunon)lar deyishgan. Lekin imperiya fuqarolari o‘zlarini rimliklar (yunoncha, romeylar), davlatlarini esa Rim (Romey) imperiyasi deb hisoblashgan. Dunyo-ning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar bozoriga shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo va Yevropani bog‘laydigan «Oltin ko‘prik» hisoblangan. Vizantiya savdogarlari G‘arbiy Yevropa bozorlariga hashamatli kiyimlar-u zeb-ziynatlar, ziravorlar va qimmatbaho matolar, qurol-yarog‘lar-u idishlar, cherkov anjomlari-yu turli buyumlarni olib borishgan. Vizantiya oltin puli (numisma) ko‘p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan.
Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə