9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET 1.Afrosiyob haqida ma’lumot bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə23/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

23-BILET 1.Afrosiyob haqida ma’lumot bering. Afrosiyob hozirgi Samarqandning sharqiy chegarasi hududlarida mil. avv.VIII – VII asrlarda asos solingan qadimiy shahar. Bu yerda Samarqand-ning qadimiy qismi joylashgan. Qadimiy shahar qo'rg'onlari, turar joylarining xarobalari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Samarqanddagi bo`sh 220 ga tepaliklar o`rnida qadimiy Samarqand shahrining qoldiqlari joylashgan. Dastlab, So`g`diyonaning markaziy shahri sifatida yuzaga kelgan bu shahar, mil.avv. 329-yilda Aleksandr Makedonskiy tomonidan vayron etilgan. Mil.avv. III asrda qo`shaloq mudofaa devorlari bilan o`rab olingan. Mil.avv. III-I asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayoti yanada yuksaladi. Arablar bosqini davrida ham shahar yana vayronaga aylanadi. Somoniylar, Qoraxoniylar va undan keyingi davrlarda shahar ancha rivojlandi. Mo`g`ullar bosqini oqibatida shahar butunlay xarobaga aylandi. Sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand qaytadan shahar go`zal qiyofaga kiradi.
2.Makedoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari haqida ayting. Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniya podshosi bo`ladi shu yili u 20 yoshga to`lgan edi. Makedo-niyalik Aleksandr g'ayrioddiy kuch-g‘ayrat va jasurlik sohibi bolgan, safdoshlari va qo'shin-lari unga nihoyatda sadoqatli edi. Mil.avv. 334- yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindis-tonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan yunon tarixchisi Aristobul bu yurishlar haqida hikoya qilgan. Miloddan avvalgi 330- yilda Makedoniyalik Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar sulolasidan bolgan oxirgi shoh Doro III ning qo'shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo'shinlarning orqa tomonini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo'ysundirishga qaror qildi. Birinchi bo'lib uning yo'lini to'sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo'ldi. Bu vaqtda Ahamoniylar sulolasining vakili Bess Baqtriyaning satrapi bo'lgan. U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafiga qochib ketadi. Mil.avv. 329-yilda yunon-makedon qo'shinlari Maroqandani egalladilar. Ularga qarshi qo'zg'olonga Spitamen boshchilik qildi. Aleksandr Maroqandada maxsus harbiy qo'shin qoldirib, asosiy qo'shinlari bilan qishlash uchun Zariasp (Baqtra)ga jo'nadi. O'sha yilning bahorida Aleksandr qo'zg'olonni bostirish chorasini ko'radi. O'z lashkarlarini uch qismga bo'lib, So'g'diyonani u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi. Aleksandr O'rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun uch yil harakat qildi. Lekin u uncha ham katta bo'lmagan hududnigina o'ziga bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi. Yunon tarixchilarining yozishicha, makedoniyalik Aleksandr O'rta Osiyoda bir nechta shaharlar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg'iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Ularning ba’zilari vayron etilgan So'g'diyona va Baqtriya shaharlari o'rnida, boshqalari esa tayanch qal’alar sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda va otliq askarlari joylashgan. Mil. avv 324- yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollan-tirilgan Baqtriya va So'g'diyona yoshlari hisobiga to'ldiriladi. Mil.avv. 323-yilda Makedoniyalik Aleksandr vafot etadi. U tuzgan davlat uch qismga bo'linib ketadi. 3.“Koalitsiya” atamasiga izoh bering. Koalitsiya (lotincha - birlashgan) – bir yoki bir qancha davlatlarga qarshi birlashib harakat qilish uchun ikki yoki undan ko‘p davlatlarning tuzgan vaqtinchalik harbiy-siyosiy ittifoqi.

24-BILET 1.Axsikent haqida ma’lumot bering. Axsikat – qadimiy shahar xarobasi. Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanidagi Shahand qishlog`i hududida, Sirdaryoning o`ng sohilida joylashgan. Axsikent shahri mil.avv. III-II asrlarda vujudga kelgan, IX-X asrlarda Farg`ona vodiysining poytaxti bo`lgan. 1219-yilda mo`g`ullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Axsikentning eski o`rnidan 5-7 km g`arbda bunyod etilgan yangi shahar – Axsi XIV-XVII asrlarga oiddir. Axsi shahri 1621-yilgi zilzilada butunlay vayron bo‘lgan. Axsikatni arxeo-logik jihatdan o`rganish ishlari XIX asr oxiri XX asr boshlaridan boshlandi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Axsikat ark, shahriston va raboddan iborat bo`lganligi, shaharning uch qismi ham alohida devor bilan o`ralganligi, hunarmandlar mahallalari va tashqi bozor mavjud bo`lganligini aniqlagan. Axsikat yodgorligi o`zbek xalqi madaniyati tarixida muhim o`rin tutganligi uchun 1950-yildan davlat muhofazasiga olingan.



Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə