9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə5/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

3.“Paleolit” atamasiga izoh bering.
Paleolit (qadimgi yunoncha: (paleo)... va (lithos) —tosh) — qadimgi. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: Paleolit — paleolit (qadimgi) va neolit — yangi tosh asrlariga bo‘lib o‘rganish dastlab 1865-yil ingliz arxeologi J.Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. Paleolit quyi (ilk), o‘rta va yuqori (so‘nggi) qad. tosh davrlariga bo`linadi. Paleolit eng qad. ibtidoiy odamlarning qazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi
4-BILET 1.Franklar davlatining Yevropa taraqqiyotidagi o‘rni. Frank qabilalari Buyuk ko‘chish-lar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. G‘arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin Galliyada rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzadi. Xuddi shu davrdan franklarning Galliyaga hujumlari yanada kuchayadi. Ularga frank qabilalaridan biri, merovinglar sardori Xlodvig boshchilik qiladi. Xlodvig tez orada o‘z raqiblarini yengib, barcha frank qabilalari ustidan hukmronli-gini o‘rnatadi. 486-yilda Xlodvig franklar davlatiga asos soladi. Xlodvig xristianlikni Rimdan qabul qiladi. Uning ketidan sekin-asta boshqa franklar ham xristianlikka o‘tadi. Xristianlik orqali Rim madaniyatining turli sohalari franklar davlatiga kirib kela boshlagan. Shu davrdan boshlab franklar va rimliklar asta-sekin yaqinlashganlar. Xlodvigning xristian-likka o‘tishi unga aholi orasida ta’siri kuchli bo‘lgan gall yepiskopligining qo‘llashini ta’-minlaydi. Shu tariqa xristianlikning qabul qilinishi qirolni kuchaytirib, uni o‘z qabiladoshlari orasida yangi cho‘qqilarga ko‘taradi. Franklar istilo qilgan hududlarda rimlik quldorlarning hashamatli saroylari, ulkan yer-mulklari saqlanib qolgan. Mahalliy aholining asosiy qismini rim-gallar tashkil qilgan. Qirol va uning jangchilari, ruhoniylar, qirol saroyiga yaqin rim-gall zodagonlari, quldorlardan yangi yirik yer egalari—feodallar toifasi vujudga kelgan. Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida Burgundiya va Provansni bosib oladi. Franklar germanlarning tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham bo‘ysundirib, ularni har yili o‘lpon to‘lashga majbur etadilar. Xlodvig davrida franklarda mamlakat viloyatlarga bo‘linib, ularni qirol tayinlagan graflar boshqara boshlagan. Graf o‘z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig‘ib olish, harbiy qo‘shinga bosh- chilik qilish, sud qilish kabi ishlarni bajargan. «Sali haqiqati». Xlodvig buyrug‘iga binoan yozilgan franklarning an’anaviy odatlari to‘plami «Sali haqiqati» deb nomlangan. Xlodvigning o‘g‘illari davrida Frank qirolligi chegaralari ancha kengaygan. Lekin keyinchalik sulola vakillari orasida kelishmovchiliklar boshlanib, oxir-oqibat yangi sulola taxtga kelgan. Buyuk Karl Franklar qirolligini (800-yildan imperiyani) 46 yil (768—814) boshqargan. «Buyuk» nomi unga tarixchilar tomonidan ko‘plab harbiy yurishlarga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Germanlarning langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi 773-yilda urush boshlaydi. Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi 778-yilda Karlning yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Reyn daryosining o‘ng sohilida yashagan saks qabilalariga qarshi urushlar 30 yildan ortiq (772—804) davom etadi. Sakslar germanlarning Karlga bo‘ysunmagan so‘nggi yirik qabilasi bo‘lgan. Saksoniya ham Buyuk Karl davlatiga qo‘shib olingan. Buyuk Karl davlati Yevropaning katta qismini egallagan; uning hududini G‘arbiy Rim imperiyasi bilan bemalol taqqoslasa bo‘lar edi. Rim papasi 800-yilning dekabrida Karlga imperatorlik tojini kiydiradi. Buyuk Karlning doimiy poytaxti ham yo‘q edi. Buyuk Karl davrida franklarda an’anaviy xalq lashkari o‘rnida otliq ritsarlar qo‘shini vujudga kelgan. Yirik qabilalarni gersoglar (nemischa, saylangan harbiy yo‘lboshchi, keyin-chalik merosiy qabila boshlig‘i) boshqargan. Davrlar o‘tib gersog eng yuksak unvonlardan biriga aylandi. Yirik bo‘lmagan hududlarni imperator tayinlagan graflar (nemischa, qirol tayinlagan amaldor) boshqargan. Gersog unvoni avvaldan merosiy bo‘lsa, graflarni impera-tor tayinlagan. Buyuk Karlning vafotidan ko‘p o‘tmay, u tuzgan imperiyaning inqirozi boshlanadi. Uning nabiralari davrida mamlakat parchalanib ketadi. Verden shahrida 843-yilda tuzilgan shartnomaga binoan vujudga kelgan qirolliklar o‘rnida, keyinchalik, Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari tashkil topadi. Bu qirolliklarning har biri gersoglik va grafliklarga, ular esa yirik va o‘rta feodal mulklariga bo‘lingan. Shu tariqa Yevropada feodal tarqoqlik davri boshlangan. 2.Turkiston general-gubernatori fon Kaufman haqida ma’lumot bering. Konstantin Petrovich von Kaufman (1818 yil 19 fevral, Demblin-4 may 1882, Toshkent) - Markaziy Osiyo mintaqalarini bosib olish va kolonizatsiyalashga rahbarlik qilgan Rossiya armiyasi yetakchisi, bosh muhandisi (1874), general (1864) . 1865-1867 yillarda Shimoliy- G’arbiy hududning bosh shtabi, Litvada lotin alilbosini ta’qiqlagan. 1867-yildan boshlab - Turkiston gubernatori, Turkiston harbiy okrugining qo'mondoni. Turkiston o‘lkasida Rossiya impe-riyasining boshqa guberna boshliqlaridan farqli ravishda siyosiy, iqtisodiy, harbiy va geosiyosiy maqsadlarini amalga oshirishda K. P. Kaufmanga katta vakolatlar berilgan. Shu- ning uchun u xalq orasida «yarim podsho» nomini olgan. Ko'p yillar davomida Qo'qon xonligini Rossiya imperiyasiga qo'shib oldi va Xiva xonligi va Buxoro amirligida Rossiya imperiyasi protektoratini o`rnatdi. 3.“Xiroj” atamasiga izoh bering. Xiroj, xaraj (arab.) — Yaqin va o‘rta Sharq mamlakat-larida, jumladan, O‘rta Osiyoda davlat tomonidan undirilgan dehqonlardan olinadigan yer solig‘i. Odatda xiroj hosilning 20-25%ini tashkil etgan.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə