Rеja: Vizantiya va “Varvar” davlatlari. Rim papalari va Buyuk Karl munosabatlari



Yüklə 393,04 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü393,04 Kb.
#163437
3-Maruza



3-Mavzu: O’RTA ASRLAR VA YANGI DAVRDA XALQARO 
MUNOSABATLARI. (Ajratilgan soat 2 soat) 
Rеja: 
1. Vizantiya va “Varvar” davlatlari. Rim papalari va Buyuk Karl 
munosabatlari. 
2. Salib yurishlariniig sabablari va ularning qatnashchilari. 
3. Arablar diplоmatiyasi va Qadimgi Rus diplоmatiyasi. 
4. Fеоdal tarqоqlik davri хalqarо siyosiy munоsabatlar 
5. XVI-XVIII asrning 2- yarmida хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya. 
6.XIX asr – ХХ asr bоshida хalqarо munоsabatlar. 
Tayanch tushunchalar: ritsar, Quddus, Kiеv knyazlari, slavyan qabilalari, “butparast 
Rus”, Lyudоvik, Buyuk Karl impеriyasi, Xalqlarning buyuk ko’chishi davri, Quyi 
Reynda, Yutlandiya, Xunnlar, Vestgotlar, «Kaspiy darvozasi», «federatlikdan», 
Gonoriy, Tuluza qirolligi, «so’nggi buyuk rimlik», «Rim guruhi» 
Vizantiya va “Varvar” davlatlari. Eramizdan avvalgi IV asrning охiridan bоshlab 
allaqachоn Rim impеriyasi chеgaralarini yorib o’tgan gеrmaniya qabilalarining 
bоsqini bir mahalliy hududdan bоshqasiga хavf sоla bоshladi. Bu davrga kеlib 
impеriya ichki bo’linish va krizis hоlatida edi. Ichki krizis chuqurlashib kеtgan 
G’arbiy impеriya vilоyatlari zarar ko’ra bоshladi. Lеkin ancha mustahkam bo’lgan 
SHarqiy impеriya varvarlarning siquviga o’z kuchlariga kеskin zo’r bеrish оrqali 
bardоsh bеrdi.
V asr bоshida vеstgоtlar SHarqiy Rim impеriyasining Bоlqоn vilоyatlarini хarоb 
qildilar, Italiyani talab, Rimni yaksоn etdilar. Vеstgоtlar Ispaniya va janubiy-g’arbiy 
Galliyada o’zlarining pоdshоhligiga asоs sоldilar. SHimоliy Хitоy chеgaralaridan 
bоshlab uzоq yo’lni bоsib o’tgan ko’chmanchi gunnlar IV-V asrlarda Vоlgadan 
Rеyngacha bo’lgan ulkan hududlarni qo’lga kiritib, o’zlarining buyuk hоkimiyatini 
barpо etdilar. Gunnlar impеriya chеgaralariga juda yaqin kеlib, uning еrlarini хarоb 
qildilar va хirоj talab qila bоshladilar.
SHarqiy impеriya kabi G’arbiy impеriya ham nafaqat varvarlar bilan kurashgan, 
balki ular bilan murakkab siyosiy alоqalarga kirishishga majbur bo’lgan. Gunnlar, 
asоsan, impеriya chеgaralariga yaqin jоylarga yoki uning hududiga dastlab istilоchi 
sifatida emas, ittifоqdоsh yoki qaram qabila sifatida jоylashib оlganlar. Varvarlar, 
ularning bоshchilari, zоdagоnlari bilan o’rnatilgan kеlishuv alоqalari tеzda o’z 
хususiyatini o’zgartirar, kеchagi qaram qabila bugun qo’zg’оlоnchilarga, ertangi 
istilоchilarga aylanib bоrmоqda edi. Ular bilan murоsa qilib, оg’dirib оlish va 
ulardan qutulish lоzim edi. O’z navbatida, gunnlar o’zlarining jоylashib оlishlari 


uchun yangidan-yangi da’vоlar bilan chiqib, оltin, kumush va еrlarni talab qila 
bоshladilar. SHu asоsda varvarlar va Rim impеriyasi, to’g’rirоg’i, ikkala Rim 
impеriyasi o’rtasida diplоmatik alоqalar vujudga kеldi. G’arbiy impеriya 
vilоyatlariga o’rnashib оlgan varvarlar tеzda yangi jamоat tartiblarini o’rnata 
bоshladilar. Ularda urug’chilik tizimiga ajralish, sinflarning paydо bo’lish hоdisasi 
davоm etib, pоdshоhlik hоkimiyati yuksala bоrdi va davlat paydо bo’ldi. Barpо 
etilgan varvar pоdshоhligining chеgaralari aniq emas va o’rnatilmagan edi. Janjallar 
faqat qurоl yo’li bilan emas, o’zarо kеlishuvlar оrqali hal etilar edi. Varvar 
pоdshоhligining paydо bo’lishi bilan ularda o’zlarining diplоmatiyasi vujudga kеldi.
Xalqlarning buyuk ko’chishi davrida German qabilalari diplomatiyasi German 
qabilalari II—IV asr o’rtalarida o’zlarining ishlab chiqarish kuchlarini anchagina 
rivojlantirdilar. Ular yerlarini Sezar va Tatsit zamonidagidan yaxshiroq ishlay 
boshladilar. Ularda hayvonlarning nasli (jumladan, otlarning nasli) yaxshilandi. 
Hunarmandchilikni rivojlantirishda ancha olg’a ketildi, Germaniyaning ko’p 
joylarida yer ustidagi yekn uncha katta bo’lmagan chuqurlikdagi rudalar ishlana 
boshlandi. CHegara oblastida yashovchi germanlar rimlik savdogarlar bilan oldi-
sotdi qila boshladilar. Varvarlarning aholisi tobora ko’payib borganligi uchun yer 
masalasi juda keskin masala bo’lib qoldi. Varvarlar aholining oshib-toshib 
ketayotganligini sezmoqda edilar. Ular imperiyaning serhosil va qisman butunlay 
ishlov berilmagan yerlarini ishg’ol qilishga intildilar. Butun bir varvar qabilalarini 
Rim imperiyasiga qarshi keskin kurash olib borishga olib kelgan eng muhim va 
asosiy sabab yer tanqisligi edi.
Bu vaqtga kelib german qabilalarining ichida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. German 
jamiyatining tobora ko’proq tabaqalanib borishi - zodagonlarnint ajralib chiqishi, 
ularga qaram bo’lgan kishilar sonining ko’payishi va hokazolar bilan bir qatorda, 
qabilalarning katta-katta ittifoqlarga birlashuv protsessi ham yuz bermoqda edi. 
Quyi Reynda hamda Yutlandiya yarim orolida angl-saks qabilalari birlashmasi; 
O’rta Reynda frank qabilalari ittifoqi; Yuqori Reynda allemanlar ittifoqi (bunga 
kvadlar, markomanlar, qisman svevlar kirardi); Elbada va Elbaning narigi tomonida 
langobardlar, vandallar, burgundlarning ittifoqlari tashkil topdi. Bundan oldingi 
bobda gotlarning ikkita ittifoqi - vestgotlar ittifoqi va ostgotlar ittifoqi vujudga kelib, 
bularning har biri Dunay va Qora dengiz bo’yi rayonida ko’p qabilali davlat tashkil 
qilganligi gapirib o’tilgan edi. IV asrniig oxirlaridan boshlab va ayniqsa V asrda 
varvarlar yoppasiga imperiya territoriyasiga qarab yo’l olib, uni asta-sekin istilo qila 
boshladilar. To’g’ri, bu istilo qilish qariyb butun bir asrga cho’zildi. Ancha 
vaqtgacha bu istilochilar rasman imperiyaning «ittifoqchilari» deb qaraldi. Biroq 
zamondoshlar bu nomga aldanmadi. o’arbiy Rim imperiyasining tobora qulab 
borayotganligi shubhasiz haqiqat edi. CHunki varvarlar imperiyani istilo etish bilan 
bir vaqtda imperiya territoriyasiga o’zlarining butun oilalari, uy anjomlari, sigir-
buzoqlari va hokazolari bilan ko’chib kelib; o’rnashayotgan edilar. SHuning uchun 
IV asrning oxirini va V asrning hammasini o’z ichiga olgan bu davrni tarixchilar 
odatda Xalqlarning buyuk ko’chish davri deb ataydilar.


Gotlar va Qora dengiz bo’ylarida. Xunnlarning kelishi. Bu ko’chish imperiya 
territoriyasiga gotlarning bostirib kirishidan boshlandi, deb hisoblanadi. Ostgotlar 
va vestgotlarning imperiya bilan totuv yashashlari mumkindek tuyular edi. O’sha 
vaqtda Yevropaning janubi-sharqida bu varvarlarning juda keng yer maydonlari bor 
edi. Vestgotlarda ham, ostgotlarda ham hech qanday «er qahatchiligi» yo’q edi. 
To’g’ri, ostgot zodagonlari goh-goh Bolqon yarim oroliga hujum qilib turar edilar. 
Lekin ikkinchi tamondan, gotlar SHarqiy Rim imperiyasi bilan tinch savdo aloqalari 
ham olib borar edilar. Gotlar xristianlikni sharqiy rimliklardan qabul qilgan edilar. 
Gotlar o’rtasida xristianlikni targ’ib qilgan kishi yepiskop Ulfila bo’ldi, u injilni va 
diniy kitoblarni got tiliga tarjima qildi.
Ikki davlatning eng kuchlisi - Ostgotlar davlati bo’lib, u ko’p qabilali ittifoq edi, bu 
ittifaq o’zining ostgot qabilasidan tashqari, slavyan va sharqiy sarmat qabilalaridan 
bir qanchasini o’z ichiga olgan edi, bu davlatga qirol Germanarix 50 yil boshchilik 
qildi (u 375 yilda vafot etdi). Osttotlarning o’zlari mahalliy madaniyat ta’siriga 
anchagina berilib, mahalliy aholi bilan qisman aralashib keta boshlagan edi.
Qora dengiz bo’yidagi gotlarga Qora dengiz bo’yidagi grek koloniyalarining va 
ayniqsa Bospor podsholigining antik madaniyati anchagina o’z ta’sirini o’tkazdi.
375 yilda Qora dengiz bo’yiga Osiyodan juda ko’p sonli Xunnlar qabilasi keldi. 
Xunnlar (bularning bir qismi turk irqidan, bir qismi mo’g’ul irqidan bo’lsa kerak) 
ko’chmanchi xalq bo’lib, bir vaqtlar Xitoy chegaralarida yashar edilar, keyin ular 
butun O’rta Osiyoni bosib o’tib, nihoyat, Janubiy Ural bilan Kaspiy dengizi 
o’rtasidagi «Kaspiy darvozasi» orqali Don va Dnepr havzasiga kirib bordilar. 
Xunnlar ostgotlar ittifoqiga qaqshatg’ich zarba berdilar. Xunnlar ostgotlarni 
o’zlariga bo’ysundirib, ular bilan birgalikda vestgotlar ustiga yurish qildilar. Xunnlar 
tomonidan tor-mor qilinish va bo’ysundirilishdan qo’rqib, vestgotlarning boshliqlari 
Sharqiy Rim imperatori bilan muzokara boshladilar aa Dunaydan o’tib, federatlar 
sifatida Bolqon yarim oroliga joylashish uchun undan ijozat so’radilar. 
Konstantinopol hukumati bunga rozi bo’ldi, shundan keyin 376 yilda bir million 
kishiga yaqin vestgotlar (bulardan 200 mingi qurollangan erkaklar edi) Dunaydan 
o’tdilar. Ularga joylashish, uchun hozirgi Bolgariyaning Meziya oblasti ajratib 
berildi.
Vestgotlar imperiyada. Vestgotlarning Dunaydan o’tishi yuzaki qaraganda aytarli bir 
narsa emasdek edi. Rimliklarning butun-butun qabilalarni federat qilib qabul qilish 
hollari ilgari ham bo’lgan edi. Lekin haqiqatda esa vesttotlarning Bolqon yarim 
orolida paydo bo’lishi katta oqibatlarga olib keldi. Varvarlarga nisbatan jabr-zulm va 
o’zboshimchalik qilgan imperiya amaldorlari bilan chiqisha olmay, vestgotlar tez 
orada Rim hukumatiga qarshi qo’zg’olon ko’tarib, «federatlikdan» endi imperiya 
hukumatining xavfli dushmanlariga aylandilar. Bularga mahalliy konlarda-
ishlayotgan yerli qullar ham (ularning ham ko’pchiligi aslida varvarlardan edi) 
qo’shildilar. Vestgotlar Bolqon yarim orolining janubiga qarab yo’l oldilar. 378 yili 
ular Adrionopolga yaqin joyda Rim qo’shinlarini tor-mor qildilar; bu qo’shinlarga 
qo’mondonlik qilgan imperator Valent o’ldirildi. Vestgotlar Konstantinopolga 
yaqinlashib kelmoqda edilar. YAngi imperator Feodosiy I (379-395) bir do’q-po’pisa 


qilib, bir bo’lsa diplomatik muzokaralar yurgizib vestgotlarni tinchlantirishga 
muvaffaq bo’ldi, ularga Bolqon yarim orolining turli joylaridan yangi, serhosil 
yerlarni ajratib berdi. Keyinchalik, 90- yillarda sobiq YUgoslaviya territoriyasidagi 
Illiriya viloyati vestgotlarga berildi.
Feodosiy o’lgandan keyin Rim imperiyasi uning o’g’illari o’rtasida taqsimlandi. 
SHarqda-Arkadiy (395-408), o’arbda-Gonoriy (395-423) idora qila boshladi. Aka-
uka imperatorlarning ikkalasi ham bir-biriga dushman edi. Konstantinopol hukumati 
vestgotlarni o’arbiy Rim imperiyasiga qarshi qo’zg’atishga qasddan harakat qildi.
Gonoriyning lashkarboshisi Stilixon (aslida varvar edi) dastlabki vaqtda 
vestgotlarning Italiyaga qilgan hujumini to’xtatib turdi. U hatto Britaniyadagi rim 
legionlarini (407 yilda) chaqirib keltirdi, legionlarning bu vaqtida Italiyaning o’zida 
bo’lishi nihoyat darajada zarur edi. Biroq saroy ahli o’rtasidagi fitna natijasida 
Stilixon tez orada vazifasidan tushirildi va o’ldirildi. Vestgotlar qiroli Alarix endi 
qattiq qarshilikka uchramay, 409 yilda Italiya territoriyasiga kirib bordi. Keyingi 
yilda Alarix Rimni juda katta talonga soldi. SHu narsa xarakterliki, Alarix Rimni 
qullar yordami bilan oldi. Rimda va uning atrofida yashagan 40 mingga yaqin qul 
Alarix tomoniga o’tdi. Bulardan tashqari, Alarixni ko’pchiligi varvar-germanlardan 
iborat g’arbiy imperator armiyasining ko’pchilik qismi qo’llab-quvvatladi. 
Vestgotlar Rimni 410 yilning 24 avgustida bosib oldilar. Rimliklarning poytaxti bir 
necha kungacha talon-taroj qilindi. Rimdagi quldor zodagonlarning ko’plari 
o’ldirildi, asir olindi va qul qilib sotildi, rimliklarning bir qismi qo’rquvga tushib, 
SHimoliy Afrikaga va Bolhon yarim oroliga qarab qochdilar. Alarix so’ngra 
Sitsiliyaga, u yerdan esa SHimoliy Afrikaga yurish qilmoqchi edi. Buning sababi 
Italiyada oziq-ovqat yo’qligi edi, Italiyada qishloq xo’jaligi butunlay tushkunlikka 
uchragan edi, mahalliy aholining o’z gallasi o’ziga yetmas edi. Lekin vestgotlarning 
Afrikaga yurish qilish mo’ljali amalga oshmadi. Bu yurish uchun flot 
tayyorlanayotgan o’sha 410 yili Alarix o’ldi.
Vestgotlarning Tuluza qirolligi. Italiyada bir oz vaqt turgandan keyin, vestgotlar 
Gonoriy hukumati bilan kelishib, Janubiy Galliyaga o’tdilar va u yerda 419 yili Rim 
imperiyasi territoriyasida dastlabki varvarlar qirolligini tuzdilar, uning poytaxti 
Tuluza shahri bo’ldi. Tuluza qirolligi Rim imperatoriga nomigagina qaram 
hisoblanar edi. Aslida u butunlay mustaqil edi. Galliyaga ko’chib o’tganlaridan 
keyin vestgotlar juda ko’p yerlarni boshqatdan taqsimladilar. Ular mahalliy 
galliyalik-rimlik quldorlar ixtiyoridagi yerlarning uchdan ikki qismini uydagi qullar, 
binolar, qishloq xo’jalik asbob-uskunalari va boshqa narsalari bilan birgalikda 
musodara qilib, o’zaro bo’lishib oldilar, katta-katta latifundiyalardagi eng yaxshi 
yerlarni, qullarni va asbob-uskunalarni qirol bilan zodagonlar oldi. Oddiy vestgot 
jangchi dehdonlar o’zlarining oilaviy chek yerlarini – sortes - ya’ni aynan olganda 
qur’aga (chekiga) chiqqan yerlarni oldilar. Bular: haydaladigan yerlardan, jamoaga 
qarashli yer-mulklar-o’rmonlar, yaylovlar va boshqalardan iborat edi. Keyincha V 
asrning oxiri - VI asrning boshlaridan boshlab Vestgotlar qirolligi Pireneya 
tog’larining narigi tomoniga Ispaniyaga ham yoyildi. Uning poytaxtl Toledo 
shahriga ko’chirildi.


Shimoliy Afrikada vandallar qirolligi. Taxminan, Galliyada vestgotlar o’z davlatini 
vujudga keltirgan vaqtda, boshqa bir gruppa varvar qabilalari Pireneya yarim oroliga 
bostirib kirdi. Bular svevlar bilan vandallar edi. Svevlar yarim orolning shimoli-
g’arbiy qismini bosib oldilar, vandallar janubga kirib borib, birmuncha vaqtgacha 
Gvadiana daryosi janubidagi territoriyada yashadilar. Hozirgi vaqtda ham shu oblast 
Andaluziya deb ataladi (dastlabki vaqtlarda Vandalusiya deb atalar edi. Vandallar bu 
yerdan qirol Geyzerix boshchiligida SHimolii Afrikaga hujum qildilar. Vandallar 
SHimoliy Afrika aholisining quyi tabaqalari orasida Rim xukumatining va katta 
quldorlarning e’tibori yo’qligidan foydalanib, bu keng territoriyani bosib oldilar va 
439 yilda Rim imperiyasi territoriyasida ikkinchi varvar qirolligini vujudga 
keltirdilar, bu davlatning poytaxti qadimgi Karfagen bo’ldi. Vandallar Rim 
zodagonlarining juda ko’p yerlarini ham musodara qildilar. Lekin ularning o’zlarida 
ham zodagonlar tezlik bilan tarkib topmoqda edi, bu zodagonlar bosib olingan yerlar, 
olingan qullar va boshqa xil o’ljalar hisobiga boyib ketdi. Vandal zodagonlari 
Italiyaga qilingan bosqinchilik hujumlari natijasida ayniqsa boyigan edi. 455 yilda 
vandallar Rimni bosib olib, vestgotlarning 410 yildagi talon-torojidan battarroq 
misli ko’rilmagan darajada taladilar va vayron qildilar. Vandallar Rimning eng nodir 
qadimgi yodgorliklarini ayovsiz buzib tashladilar. SHu sababli «vandalizm» degan 
so’z madaniyat yodgorliklarini vahshiyona vayron qilish timsoli bo’lib qoldi.
Burgundiya qirolligi. V asr o’rtalarida 443 yil bilan 457 yil oralig’ida Rona daryosi 
havzasida yana bir varvar qirolligi vujudga keldi, bu qirollikning poytaxti Lion 
shahri bo’ldi. Bu Burgundiya qirolligi bo’lib, hajmi jihatidan birmuncha kichikroq 
bo’lsa-da, hozirgi Frantsiyaning janubi-sharqini, geografik va strategik jihatdan juda 
muhim va serhosil joyni ishg’ol qildi. Bu qirollik vujudga kelishi natijasida 
imperiyaning shimoliy Galliya bilan aloqasi uzilib qoldi. SHunday qilib, o’arbiy 
Rim imperiyasi o’sha vahtdan boshlab haqiqatda birgina Italiyaning o’z doirasi bilan 
cheklanib qoldi. Burgundlar ham mahalliy galliyalik-rimlik zodagonlarning 
yerlarini tortib oldilar, lekin bu tortib olish vestgotlar o’tkazgan. musodaraga 
qaraganda birmuncha kichikroq hajmda bo’ldi. Burgundlar son jihatidan xiyla oz 
bo’lib, IV asrda uzoq vaqtgacha yuqori Reynda rimliklar bilan yonma-yon 
yashadilar (ularning o’sha vaqtdagi poytaxti Vorms shahri edi), ular tez vaqt ichida 
romanlashib, V asrdayoq latin tilini, rimliklarning urf-odatlarini va ularning mulkiy 
munosabatlarini o’zlashtirib oldilar. Biroq, shunga qaramay, Burgundiyaning asosiy 
aholisini bu yerda o’zlariga chek yerlar olgan varvar dehqonlar tashkil etar edi.
Atilla zamonida xunnlarning tashqi siyosati. Vestgot, Vandal va Burgundiya 
qirolliklarining vujudga kelishi bilan o’arbiy Rim imperiyasining ahvoli nihoyat 
darajada mushkullashib qoldi. Bu vaqtda imperiyani idora qilib turgan imperator 
Valentinian III (425-455) sonda bor, salmoqda yo’q bir odam edi. Lekin uning 
ministri (uni tarixchilar ba’zan «so’nggi buyuk rimlik» deb atar edilar) Aetsiy xiyla 
romanlashgan varvarlarning birini ikkinchisiga qarshi ishga solib, imperiyani saqlab 
qolishga zo’r berib harakat qildi.
V asr o’rtalarida imperiya uchun eng xavfli dushman yuqorida aytib o’tganimiz 
xunnlar bo’ldi. V asrning dastlabki uchdan bir qismi ichida xunn qabilalari g’ayratli 


va shijoatli qirol Attila (435-453) qo’l ostida birlashdilar. Attilaning poytaxti Tiosa 
qirg’og’i-hozirgi Vengriya territoriyasida edi. SHu joydan Attila uzoq-uzoq joylarga 
Bolqon yarim oroliga, Kichik Osiyoga, Armanistonga va hatto Mesopotamiyaga 
yurishlar qildi. Attila olib borgan urushlar ochiqdan-ochiq bosqinchilik, talonchilik 
urushlar edi. Unga Vizantiya (SHarqiy Rim) imperatori katta xiroj to’lar edi. Dunay 
yonida yashovchi ko’pgina slavyan qabilalari Xunnlarga qaram edilar. 50- yillarning 
boshida Attila g’arbga yurish qildi va 451 yili Galliyaga bostirib kirib, bu yerda ko’p 
shaharlarni bosib oldi hamda Galliyaning eng muhim strategik punkti bo’lgan 
Orlean shahrigacha yetib bordi. Uzoq vaqt qamal qilingandan keyin Orlean Xunnlar 
tomonidan olindi, lekin Aetsiy Attilaga qarshi varvarlar federatsiyasini tuzishga 
muvaffaq bo’ldi va Attilani Orleandan chiqib ketishga majbur qildi. Attila ko’p sonli 
lashkarlari bilan birgalikda yanada sharqqa - orqaga burilib (Sans shahri orqali) Trua 
shahri tomonga qarab yo’l oldi.
Harbiy xizmat butunlay ular zimmasida edi, rimliklar harbiy xizmat o’tashdan ozod 
qilingan edilar; din jihatidan ham ular katolik emas, balki arian edilar, mahalliy aholi 
esa katolik dinida edi. SHunday qilib, Teodorix siyosati zamirida katta ziddiyatlar 
bor edi. Bu siyosat SHarqiy Rim imperiyasi bilan qayta qo’shilishi orzusida bo’lgan 
rimlik quldor zodagonlarni qoniqtirmas edi. SHu bilan birga Teodorixning 
italiyaliklarga nisbatan jonkuyarlik bilai munosabatda bo’lishi, o’zini ilgarigi 
imperatordarntsng vorisi deb hisoblashi, rimliklarning bilimdonligiga tan berishi, 
yerlarni yangidan musodara qilishni xohlamasligi-bularning hammasi got 
zodagonlari va oddiy jangchi-ostgotlar orasida unga qarshi norozilik tug’dirdi. 
Teodorix o’z mavqeining mustahkam emasligiga qirolligining oxirgi davrida o’zi 
ham amin bo’ldi, bu davrda o’zining yuqori mansablardagi ba’zi rimlik 
amaldorlarining fitnachilik bilan shug’ullanib, imperator saroyi bilan maxfiy 
muzokaralar olib borganligi fosh qilindi. O’sha vaqtdagi Rim papasi ham davlatga 
xiyonat qilishda ayblandi, u Konstantinopolga maxsus safar qilgan va u yerda uni 
imperator alohida izzat-ikrom bilan kutib olgan edi.
Teodorix vafotidan keyin Ravenna saroyida ikkita gruppa bir-biri bilan qattiq kurash 
olib bordi: bular-dan biri - Konstantinopol bilan ittifoq tuzish tarafdori («Rim 
guruhi»), ikkinchisi - mustaqil siyosat yuritish va rimlik quldorlarni yanada cheklash 
tarafdori («Got guruhi» yoki «Eski got guruhi») edi. Bu janjallardan vizantiyaliklar 
foydalandilar. Imperator Yustinian I zamonida vizantiyaliklar ostgotlar Italiyasini 
istilo etdilar va butun Apennin yarim orolini Vizantiyaga qo’shib oldilar. Lekin 
Italiyani Vizantiya osonlik bilan bosib olmadi. Gotlar urushi 20 yildan ortiq davom 
etdi. Ostgotlar o’zlarini juda qattiq himoya qildilar. YAngi saylangai ostgot qiroli 
Totila (541-552) Vizantiyaga qarshi kurashga, ostgotlardan tashqari, ezilgan 
italiyaliklarning bir qismini ham tortdi. Ostgotlar qo’shiniga, ijtimoiy chiqishi kim 
bo’lishiga qaramay, qullar bilan kolonlar qabul qilindi qul va kolonlar shu bilan 
erkinlikka chiqdi. Avvaliga Totila muvaffaqiyat qozonib turdi. U vizantiyaliklardan 
Italiyaning kattagina qismini qaytarib olishga muvaffaq bo’ldi. U flot qurdi, 
Sitsiliyani va O’rta dengizdagi yana boshqa orollarni bosib oldi. Biroq Vizantiyadan 
yetib kelgan yangi qo’shinlar ostgotlarni mag’lubiyatga uchratdi (552). 
Vizantiyaliklar Arianlik IV va V asrlarda xristian cherkovida juda kupchilikki tashkil 


qilgan bir mazhab bo’lib, asosan imperiyaning sharqiy viloyatlarida, shuningdek, 
varvarlar orasida - ostgotlar, vestgotlar, vandallar, burgundlar va boshqalar orasida 
keng tarqalgan edi. Bu mazhabga asos solgan kishi aleksandriyalik Ariy degan bir 
ruhoniy bo’lib, u, Iso xudo - xudo-padar emas, balki xudo tomonidan yaratilgan, deb 
targ’ib qilgan.
Italiyani 555 yilda batamom bosib oldi. Ostgotlarning deyarli hammasi qirib 
tashlandi. Butun Italiya vayron va xarob bo’ldi. Teodorix zamopida qishloq 
xo’jaligi, hunarmandlik va savdo bir oz rivojlangan edi, bu ham vayronlik solgan 
urush natijasida yo’qqa chiqdi.
Imperator Yustinian farmonlar chiqarib, Italiyada ilgarigi quldorlik tuzumini tikladi. 
Totilaning qullar va kolonlar to’g’risidagi farmon va hukmlari bekor qilindi.
SHimoliy Italiyaning langobardlar tomonidan istilo qilinishi. Vizantiyaning 
Italiyada hukmronlik qilishi uzoqqa bormadi. 568 yilda SHimoliy Italiyaga yangi 
varvarlar-langobardlar bostirib kirdilar. Langobardlar oldin Elbaning chap 
qirg’og’ida yashagan bo’lib, svev qabilalariga qarindosh edi. Langobardlariing 
boshlig’i qirol Alboin edi. YAngi davlatning poytaxti Paviya shahri bo’ldi. Italiyada 
langobardlarning nomi shu mahalgacha ham saqlanib qolgan-hozirgi shimoliy 
Italiya Lombardiya deb ataladi.
Langobardlar istilosining o’ziga xos bir qancha xususiyatlari bor edi. Birinchidan, 
langobardlar shimoliy va qisman o’rta Italiyani batamom ishg’ol qildilar, mahall.iy 
quldor zodagonlar bilan hech qanday bitimga kelmadilar. Ular Apennid yarim 
oroliga rimliklarning federatlari sifatida emas, balki ularni istilo qiluvchilar sifatida 
keldilar. Ikkinchidan, langobardlar Rim quldorlarining juda ko’p mol-mulkini 
musodara qildilar. Masalan, biz yuqorida ko’rib o’tganimizdek, vestgotlar, ostgotlar 
yoki burgundlar yerning uchdan bir yoki uchdan ikki qismini musodara qilgan 
bo’lsalar, langobardlar esa bunga qoniqmay, badavlat rimliklarning pomestelarini 
butunlay tortib oldilar. Ko’pdan-ko’p rimlik quldorlar qulga aylantirildi, bir qismi 
oila a’zolari bilan boshqa mamlakatlarga sotib yuborildi. Langobardlar istilosining 
uchinchi xususiyati ulardagi ijtimoiy tuzumning o’ziga xos xislatidan kelib chiqdi. 
Langobardlar Italiyaga kelgan vaqtlarida ularda urug’chilik aloqalari birmuncha 
mustahkam edi. Ularda Rim madaniyatining ta’siri hali juda kuchsiz edi. Ularning 
Italiyada joylashuvining o’zi ham hali xiyla darajada urug’chilik tusida edi. Buni 
«fara» (yoki «fari») degan so’z ko’rsatib turadi, bu so’z langobardchasiga «urug’» 
degan ma’noni bildirib, hozirgi SHimoliy va Urta Italiyadagi jo’pchilik shahar va 
qishloqlar nomida saqlanib kelmoqda. Langobardlar istilosi natijasida xiyla katta va 
kuchli varvar qirolligi vujudga keldi; bu qirollikda juda ko’p dehqonlar va ancha erta 
tashkil topgan ko’p yerli, kuchli zodagonlar bor edi. VII asrda langobard zodagonlari 
o’zlarining eng nufuzli vakillari bo’lgan gertsoglar orqali o’z qirollari bilan qattiq 
kurash olib bordilar, qirollar esa yer magnatlariga qarshi shimoliy Italiya 
shaharlariga tayanishga harakat qildilar, u vaqtda bu shaharlar iqtisodiy jihatdan hali 
bir qadar ahamiyatga ega edi.


Langobard qirolligi bilan bir vaqtda Italiyada VI-VII asrlarda yana bir siyosiy 
tashkilot papalik vujudga keldi. Italiyaga langobardlar kelgandan keyin ham rimlik 
yepiskoplar-papalar rasman o’zlarini SHarqiy Rim imperatorlarining oliy 
hokimiyati qo’l ostida deb hisoblab keldilar. Haqiqatda esa Konstantinopolga 
bo’lgan bu qaramlik kundan-kun yo’qola bordi. Papalar asta-sekin O’rta Italiyaning 
mustaqil hukmdorlariga aylana boshladilar, Rimning va Rim oblastinnng ham diniy, 
ham dunyoviy hokimi bo’lgan birinchi papa Grigoriy I (590-604) bo’ldi. Langobard 
qirollari keyincha papa oblastini o’z-hokimiyatlariga bo’ysundirishga harakat 
qildilar, lekin bu harakat natija bermadi. Papalar frank qirollaridan iborat 
ittifoqchilarga ega edilar. VIII asrning yarmida ular shu frank qirollarinipg yordami 
bilai o’zlarining papa cherkovi davlatini uzil-kesil tashkil etdilar, bu davlat ham, 
shunday qilib, ilgarigi Rim imperiyasining o’ziga xos bir qoldig’i edi.
Varvarlar istilolarining natijalari. SHunday qilib, o’arbiy Yevropa kartasi eramizning 
V va VI asrlari ichida butunlay o’zgarib ketdi. o’oyat katta o’arbiy Rim imperiyasi 
tamomila yo’qoldi. SHarqiy Rim imperiyasi esa Vizantiya degan nom bilan yashab 
keldi, biroq uning sharoitlari va aloqalari boshqacha edi (u asosan slavyanlar va 
SHarq Osiyosi bilan aloqa qildi). Yevropada davlat tuzumi ibtidoiy bo’lgan o’nlab 
mayda-mayda varvar qirolliklari vujudga keldi. Lekin bu o’zgarish faqat siyosiy 
o’zgarishlardangina iborat emas edi.
Xalqlarning Buyuk ko’chishi deb atalgan ko’chishning tarixiy ahamiyati uning 
ijtimoiy natijalaridadir. Bu ko’chish xalqlarning shunchaki bir joydan ikkinchi joyga 
ko’chishi emas edi. Bu ko’chish dunyodagi eng katta imperiyalardan byrini istilo 
qilishdangina, yemirishdangina iborat emas edi, Bu ko’chish - antik quldorlik 
tuzumining halok bo’lishi edi. YUqorida ko’rib o’tganimizdek, varvarlar imperiyani 
istilo qylish protsessida Rim jamiyatidagi ezilgan sinflar bilan-qullar va kolonlar 
bilan birgalashib ish ko’rdilar. SHunday qilib, kullar bilan kolonlar quldorlik 
tuzumini yiqitishda bevosita, aktiv ishtirok etdilar. Ularning ko’pi varvarlar qo’shini 
safiga kirdi. Qolganlari esa xo’jayinlarining qo’lidan ko’plab qochib ketdi, bu 
vaqtda xo’jayinlar qochoqlarni qaytarnb olib kelishdan ojiz edilar. Oqibat-natijada 
Rim qullari va kolonlari dehqonlar ommasiga aylandilar, kelgindi varvar 
dehqonlarning bu dehqonlardan farqi shu ediki, kelgindilar bularga qaraganda 
erkinroq va mustaqilroq edilar.
Darhaqiqat, varvar zodagonlari orasidan chihqan yangi yer egalari yer olish bilan 
birga bir nechta qul ham olgan edilar. Lekin, birinchidan, ular oladigan qullar juda 
ham oz bo’lar edi, chunki o’sha vaktda quldorlik latifundiyalarida qullarning soni 
umuman juda kamayib ketgan edi; ikkinchidan, eski xo’jayinlariing, ya’ni Rim 
quldorlarining o’rnini olgan yangi xo’jayinlar qullarni odatda darhol obrok 
to’laydigan dehqonlarga aylantirar edilar. Qulliknipg plantatorlar tomonidan 
ko’llanilgan formasini (yoki kazarma formasini) german zodagonlari ilgari ham 
haddan tashqari murakkab va beso’naqay forma deb hisoblar edilar. Plantatorlardagi 
qullik yangi sharoitga (ko’p qullar yaqinda ozod bo’lib kstgan edi, markazlashgan 
politsiya apparati yo’q edi, varvar qirolliklarining davlad hokimiyati kuchsiz edi va 
hokazo) ayniqsa to’g’ri kelmas edi. Quldorlik hukmronligini yo’q qilib tashlagan 


buyuk o’zgarish natijasida eskicha, rimcha qullik ma’nosidagi qulchilik uzil-kesil 
yo’qoldi. Eski quldor zodagonlarning yer-mulklari juda ko’p yangi yer egalari 
o’rtasida bo’lipib ketdi. Bu yangi yer egalarining bir qismi yangi, varvar aristokratlar 
bo’lib, bular keyingi o’rta asr feodallarinilg eng yaqin o’tmishdoshlari edilar. 
Yerlarning bir qismi esa varvar dehqonlar qo’liga o’tdi, bu dehqonlar shaxsiy 
erkinliklarini hali saqlab qolgan va o’zlarining jamoa tartiblarini yangi joyga 
ko’chirib olib kelgan edilar, bu jamoa tartiblari sinflar paydo bo’lmasdan ilgarigi 
urug’chilik tuzumi bilan bog’langan edi.
Xlodvig davrida siyosiy munosabatlar. Xlodvigning podsholik tarixi (481-511) 
yepiskop Grigoriy Turskiyning «Franklar tarixi» degan kitobida mufassal bayon 
qilingan bo’lib, Turskiy bu-kitobni apcha keyinroq, VI asrning ikkinchi yarmida 
yozgan. Franklar hayotida ro’y bergan katta-katta voqealar Xlodvig nomi bilan 
bog’langandir. Xlodvig 486 yilda butun shimoliy Galliyani istilo qildi. Rimning bu 
oblasti hali varvarlar tomonidan zabt etilmagan bo’lib, Rim imperiyasi qulagandan 
keyin SHimoliy Galliyaning amalda qiroli bo’lib qolgan Siagriy degan rimlik bir 
mahalliy magnat tomonidan idora qilinar edi, bu oblastning markazi Parij edi. 
Siagriy franklarga sal bo’lsa-da, jiddiy bir qarshilik ko’rsata olmadi. Suasson 
shahriga yaqin bir joyda qat’iy jang bo’ldi. Rim qo’shini franklar tomonidan tor-mor 
etildi. Siagriy vestgotlar qiroli huzuriga qochdi, lekin vestgotlar qiroli uni Xlodvigga 
tutib berdi. Xlodvig asirni o’ldirishga buyruq berdi. U Katta va muhim bir 
territoriyani - Sena va Luara daryolari havzasini zabt ztib olib, Xlodvig franklarga 
juda mo’l-ko’l yer bo’lib berish imkoniga ega bo’ldi. Daryolari juda ko’p, yeri 
serhosil, dehqonchilik uchun qulay bukzor va qayinzor o’rmonlarga boy bo’lgan 
keng, lekin rimliklar vaqtida huvullab qolgan bu rayonga boshdan-oyoq franklar 
ko’chib keldi. Bu rayonga ko’chib kelib joylashgan franklar soni hali Reynning 
narigi tomonida yashab kelayotgan franklar ichidan yana ahen-ahyonda ko’chib 
kelib turgan kishilar hisobiga ko’payib bordi. Xlodvig o’z podsholiginipg oxirgi 
davrida Luaraning janubiga ancha jilib borib, Goronna daryosigacha yetdi. 
Vestgotlar Galliyaning janubidagi yerlardan bir oz qisminigina saqlab qoldi, xolos. 
Xlodvig, Burgundiyani ham bosib olishga harakat qildi, lekin bu maqsadini amalga 
oshirmadi, burgund qiroli saroyiga o’z ta’sirini o’tkazish bilangina cheklanib qo’ya 
qoldi.
90-yillar o’rtasida Xlodvig xristianlikni qabul qildi. Dastlab xristianlikni 
Xlodvigning o’zi va drujinasi qabul qildi. Keyin oddiy franklar va ularning oila 
a’zolari ham qabul qildilar. Varvarlarning xristian dinini qabul qilishining o’zi 
muhim bir fakt edi, chunki bu narsa ularning romanlashuvidan dalolat berar edi. 
Lekin franklarning xristianlashuvi ikkinchi bir yanada muhimroq ahamiyatga ega 
edi. Varvarlarning ko’pchiligi (vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, 
langobardlar) xristianlikni arianlik deb atalgan formada qabul qilgan bir vaqtda 
(arianlik-katolik cherkoviga nisbatan bir mazhab edi) franklar arianlikni qoldirib, 
xristianlikni to’g’ridan-to’g’ri galliya-rim katolik ruhoniylaridan qabul qildi. Bu 
narsa Frank korolligining yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
Galliya va Rimdagi e’tiborli mahalliy ruhoniylar Xlodvigni va boshqa Frank 
qirollarini zo’r berib qo’llab-quvvatladilar. Bu narsa franklarning Galliya janubidagi 


qolgan yerlarni Bestgotiya va Burgundiyani bo’ysundirishlarini ancha osonlashtirdi 
hamda franklarning o’z orasida ham qirol hokimiyati ta’sirining ortishiga ancha 
yordam berdi. Xlodvig qolgan barcha sali va ripuar qirollarini sekin-asta qira borib, 
yangi juda katta qirollikn-ing yakkayu yagona qiroli bo’lib oldi, bu qirollik 
(reynning narigi tomonidagi yerlardai tashqari) Galliyaning to’rtdan uch qismini o’z 
ichiga olar edi.
Xlodvigning o’g’il va nevaralari qirollikni tez-tez bo’lib va qayta bo’lib turishlariga 
o’zaro urushlar olib borib turishlariga qaramay, qirollikning chegaralarini 
kengaytirshshgi davom ettirdilar. 534 yilda ular Burgundiyani zabt etdilar, 542 yilda 
Vestgotlarnipg Galliyadagi oxirgi yerlari ham bosib olindi. Reynning narigi 
tomonida zsa Alemaniya, Tyuringiya, Bavariya hamda saks qabilalarining ba’zilari 
franklar-ga bo’ysundi. VI asrnipg ikkinchi yarmida Frank korolligi barcha varvar 
qirolliklari ichida eng katta qirollik edi. Ilgari Teodorix davrida ostgotlar qo’lida 
bo’lgan gegemonlik eidi franklar qo’liga o’tdi.
Karl Buyuk diplomatiyasi. Karl Buyukning shaxsan o’zi 50 dan ortiq yurishda 
qatnashdi. U Yevropaning turli joylarida urush qildi. U avvalo laigobardlar 
masalasiga juda katta e’tibor berdi. Langobardlar Pipin tomonidan tor-mor qilingan 
bo’lishiga qaramay, langobardlar saroyida franklar bilan ittifoqda bo’lishga qarshi 
turgap guruh bor edi. 773-774 yillarda Qarl langobardlarga qarshi yana urush ochdi. 
U langobardlar poytaxti Paviyani bosib oldi va langobardlar qiroli Dezideriyni 
taxtdan tushirdi. Langobardiya shundan keyin o’z mustaqilligini yo’qotdi, frank 
qirolligiga qo’shib olinib, graflar tomonidan idora qilina boshladi. Keyincha Karl 
Langobardiyaga o’zining o’g’li Pipinni vitse-qirol qilib tayinladi.
VIII asrning 70-yillarida Karl arablar bilan ham urush kildi. U 778 yilda Pireneya 
tog’lari orqasiga yurish qilib, Saragosa shahrini bosib olishga harakat qildi. YUrish 
muvaffaqiyatsiz chiqdi, Saragosani ololmadi. Qaytishda Ronseval darasida franklar 
arergardiga mahalliy aholi basklar hujum qildi. Bu jangda franklar otryadi deyarli 
butunlay qirib tashlandi. Halok bo’lganlar qatorida Bretan markasining grafi Roland 
ham bor edi. Keyincha bu epizod «Roland haqida qo’shiq» nomli mashhur dostonga 
tema bo’ldi, bu doston ancha keyin yozildi (XI asrning ikkinchi yarmida batamom 
yozilib bo’ldi). 773 yilda Ispapiyada qilingan yurish muvaffaqiyatsizlikka uchragai 
bo’lsada, franklarning Pireney tog’laridanoshib o’tishlarining o’zi diqqatga 
sazovordir. Keyinchalik, VIII asrning oxiri va IX asrning xuddi boshida franklar 
Pireneya tog’lari orqasiga yana birnechamarta harbiy yurish qildilar; bu yurishlar 
natijasida Pireneya tog’lari bilan Ebro daryosi o’rtasidagi oblast bospb olindi. Bu 
yerda Ispan markasi deb atalgan alohida bir chegara okrug tuzildi, bu okrugga 
keyincha Barselona grafligi deb nom berildi. Notinch Akvitaniya ustidan nazoratni 
kuchaytirish uchun Qarl u yerga boshqa bir o’g’li Lyudovikni noib qilib tayinlab, 
unga Akvitaniya qiroli unvonini berdi. Lekin Karl Buyuk urushlarning ko’pini 
sharqda - Markaziy Yevropada olib bordi. U sakslar bilan bo’lgan urushlarga ayniqsa 
ko’p kuch sarf qildi. Bu urush qattiq bo’lib, 30 yildan ortiq (772 yildan 804 yilgacha) 
davom etdi. Franklarni hisobga olmaganda, sakslar o’arbiy Germaniyada yashagan 
qabilalar ichida eng katta qabila edi. Ular Reyndan Elbagacha cho’zilgap juda katta 


territoriyada o’rnashg’an edi. Sakslarning Karl zamonidagi ijtimoiy tuzumida 
urug’chilik tuzumi alovdatlari, uning barcha yaxshi va yomon tomonlari hali 
anchagina saqlanib qolgan edi. Sakslarning asosiy ommasi urug’chilik aloqalari va 
qabila ichidagn aloqalar bilan o’zaro mahkam bog’langan erkin dehqonlar, shu bilan 
bir vaqtda jangchilardan iborat edi. Biroq, ular tarqoq holda bo’lib, juda ko’p 
qabilalarga va qabilaviy guruhlarga bo’lingan edi, bu qabilalar va qabilaviy guruhlar 
uzluksiz ravishda bir-biri bilan urushib turardi. Ularning shllab chiqaruvchi kuchlari 
darajasi (dehqonchilikda asosan partov sistemasi ho’llanardi, mollar yaylovda 
boqilar edi), shaharlar va savdo mutlaqo yo’q edi, shuningdek, ularning qurol-
aslahalari va urushish usullari (yaxshi qurollanmagap dehqon piyoda lashkarlari 
asosiy o’rin tutar edi) franklarning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot 
darajasidan past edi, franklar bu vaqtda feodallashuv va romanlashuv sohasida juda 
olg’a qarab ketgan edilar. Feodallashib borayotgan frank zodagonlarining sakslarga 
qarshi olib borgan urushi feodallarga xos urush edi. Franklar o’z oldilariga sakslar 
yerini bosib olish va ularning o’zini krepostnoylarga aylantirishni maqsad qilib 
qo’ygan edilar. Saksoniyaga qarshi urushning sababi bor edi. Karl Boltiq dengiziga 
chiqishga harakat qildi, Boltiq dengizi VIII asrning oxiri va IX asrning boshlarida 
katta savdo ahamiyatiga ega edi (skandinavlar, slavyanlar va arablar savdosi shu 
Boltiq dengizi orqali olib borilar edi). Frank qiroli Boltiq savdosidan katta-katta 
xirojlar olishni mo’ljallar edi.
Karl sakslarni dastlab VIII asrning 70- yillarida bo’ysundirdi. Avval g’arbiy sakslar 
- vestfallar (ular Reyn va Vezer daryolari o’rtasida yashar edilar) bo’ysundirildi. 
Ularning ketidan ostfallar ham bo’ysundirildi (ular Vezer daryosining sharkida 
yashar edilar). 777 yilda Paderbornda bo’lgan s’ezdda saks qabilalari 
ko’pchiligining boshliqlari Karlga qasamyod qildi. Karlning buyrug’iga binoan, 
sakslariing hammasi majusiylik dinidan xristian diniga o’tishlari kerak edi. 
Saksoniyaga ko’pdan-ko’p frank ruhoniylari keldi, hamma yoqda cherkovlar qurila 
boshladi, sakslar cherkovga ushur (hosilning o’ndan birini) to’lashga majbur etilgan 
edilar. Lekin, shundan keyin tez orada 778 yildan boshlab sakslar bir necha marta 
katta qo’zg’olon ko’tardilar. Bu qo’zg’olonlardan kuzatilgan maqsad franklar 
zulmidan xalyus bo’lish edi. Karl bu qo’zg’olonlarni juda ham rahmsizlik bilan 
bostirdi. Minglab sakslar qatl etildi. Qo’zg’olonchilarning ko’pi qulga aylantirildi. 
Dastlab sakslarning qo’zg’olonlarida ularning zodagonlari ham qatnashdi. Lekin 
Karl zodagonlarni sekin-asta o’z tomoniga og’dirib olishga muvaffaq bo’ldi. 
Qo’zg’olon ko’targan sakslarping asosiy boshliqlaridan biri - vestfallar gertsogi 
Vigukind qimmatbaho in’omlarga sotilib, 785 yilda sakslarga xiyonat qildi va Qarl 
tomoniga o’tdi.) Sakslarning IX asr boshlaridagi so’nggi hafakati deyarli nuqul 
«oddiy sakslar» harakati tusida bo’lib, asosan Saksonnyaning shimolida 
(Nordalbingiyada) o’tdi. Nihoyat, sakslar bo’ysundi va Frank qirolining fuqarosi 
sifatida frank graflari tomonidan idora qilinadigan bo’ldi. Sakslarning itoatsizroq 
qismi Reyn daryosining chap qirg’og’iga - franklar orasiga chekindi, frank 
kolonistlari esa qaytadan Reyn daryosining kirg’og’iga, ya’ni bir vaqtlarda frank 
qabilalarining ittifoqi vujudga kelgan yerga o’tib joylashdi. Sakslar bilan urishish 
vaqtida Karl SHarqiy Yevropadagi boshka xalklar bilan ham urush olib borishga 


majbur buldi. Polab slavyanlari bilan urushdi va bu qabilalardan ba’zilariga - 
lyutichlarga va lujichanlarga - xiroj soldi. Dunayning o’rta oqimidagi kuchli Avariya 
podsholigi franklarga qaram bo’ldi. Dunayning yuqori oqimidagi Bavariya kopolligi 
tamomila bosib olindi, ilg’ari bu qirollik franklarga onda-sonda xiroj to’lay turar edi. 
Xarutan-slovenlardan i,borat janubiy slavyan qabilalari yashaydigan Xorutaniya 
(Karintiya) shuningdek, Bolqon yarim orolining shimoli-g’arbidagi xorvat yerlari 
Bovariya bilan birga Frank davlatiga qushib olingan edi. Xorutaniya Frank davlati 
sostavida uzoq turmadi. Istilolar natijasida Karl Buyuk zamonida Frank davlati juda 
kengayib ketdi. Uning chegaralari g’arbda Ebro daryosi, Pireneya tog’laridan 
Atlantika okeanigacha, sharqda Elba va Dunay daryolari va Adriatik dengizi 
qirg’oqlarigacha, shimolda Friz (yoki Nemis) va Baltika dengizlarigacha, janubda 
deyarli janubiy Italiyagacha bordi. Sal ilgariroq vujudga kelgai Papa davlati ham 
Karl Buyuk davrida haqiqatda unga buisunuvchi vassal davlat bo’lib qoldi.
Imperiyaning e’lon qilinishi. Frank qiroli qul ostidagi yerlarning juda kengayib 
ketishi, tabiiy, Karl Buyukni va uning maslahatchilarini unvonini (titulni) 
o’zgartirish to’g’risida o’ylashga majbur qildi. 809 yilda Karl Rimda bo’lgan vaqtida 
papa unga «rimliklar imperatori» tojini kiydirdi, «Rimliklar imperatori» degan 
ta’rifning qiziq joyi shundaki bu ta’rif Rim traditsiyasining IX asrda ham odamlarga 
juda katta ta’sir o’tkazganligini ko’rsatadi. Karl franklar imperatori deb emas, balki 
rimliklar imperatori deb e’lon qilindi, vaholanki, bu vaqtda endi rimliklar degan xalq 
yo’q edi. Bir oz vaqtdan keyin SHarqiy Rim - Vizantiya imperatori ham Karlning 
«bazilevsa» (gerkcha imperator demakdir) unvonini tan olishga majbur bo’ldi, u 
dastlabki vaqtlarda bunga qattiq qarshilik qilib kelgaiedi. Karlning zamondoshi 
Bog’dod xalifasi Xorunal ar-Rashid ham Karlni imperator deb tanidi va bular bir-
birlariga elchilar yuborishdi.
Rim papalari xalqaro siyosiy munosabatlari. Rim diplоmatiyasi an’analari varvar 
pоdshоhliklari o’rtasida nafaqat Vizantiya оrqali, balki qadimgi impеratоr 
dеvоnining juda ko’p an’ana va yo’l-yo’riqlarini o’zida jamlagan papa kuriyalari 
оrqali ham kеng yoyilgan edi.
Papa diplоmatiyasining ta’siri o’rta asr siyosiy tariхining barcha jabhalarida o’zining 
kuchli ko’rinishini bеrgan. Papa Lеv I (“Buyuk” – 440-461 y.y.) o’zining 
muvaffaqiyatli diplоmatiyasi bilan Еvrоpada kuchli оbro’ qоzоngan edi. 452 yilda 
Italiyaga bоstirib kirgan Attila bilan muzоkarada erishgan muvaffaqiyati uni 
mashhur qildi.
G’arbiy Rim impеriyasining qulashi va Italiyada varvarlar hоkimiyatining 
o’rnatilishi natijasida papalikning хalqarо ahvоli ancha оg’irlashgan edi. Papalar 
Vizantiya impеratоridan najоt so’rab, uni Italiya ishlariga aralashishga da’vat 
etishardi. 5 asrning o’rtalaridan bоshlab G’arbda impеratоr hоkimiyatining qulashi 
natijasida papalar Kоnstantinоpоl bilan yaqindan alоqa bоg’laganlar. Papalar 
Kоnstantinоpоl sarоyida apоkrisiarlar dеb atalgan dоimiy diplоmatik vakillarni 
saqlab turganlar. Apоkrisiarlarga chеrkоv ishlaridan tashqari Vizantiya sarоyidagi 
siyosiy hоlatni kuzatib turish ham tоpshirilgan edi. Apоkrisiarlar ayrim shaхsiy 
imtiyozlardan fоydalanib, bеvоsita impеratоr bilan muzоkara оlib bоrish huquqiga 


ega bo’lganlar va impеratоr sarоyidagi maхsus binоlarda yashaganlar. Papaning 
dоimiy vakillari bo’lgan apоkrisiarlardan alоhida chеrkоv vazifasi va siyosiy 
tоpshiriq yuklatilgan papa elchilari - lеgatlarni farqlash lоzim.
Yustinianning Italiyani bоsib оlishi va tеz оrada uning kеtidan langоbardlarning 
Appеnin yarimоrоlining katta qismini zabt etishlaridan kеyin papalar Vizantiya 
impеratоriga nоmigagina tоbе bo’lib, aslida mustaqil Rim hukmdоrlariga aylangan 
edilar. Ularning Vizantiya va langоbardlar bilan murakkab diplоmatik o’yin оlib 
bоrishiga to’g’ri kеldi. Vizantiyaning ta’siri asta-sеkin kuchsizlanib bоrardi. G’arbda 
esa franklar davlati katta rоl o’ynay bоshladi. Papalar franklar davlatini langоbardlar 
kabi Vizantiya impеriyasiga ham qarshi kurashida o’zlarining tayanchi hisоblardilar.
O’zlarining mоddiy ahvоlini yaхshilash, хristian dunyosining turli shaharlaridagi 
еrlarni o’zlashtirish, хristian chеrkоvlari оrasida birinchilikni saqlab turish va o’z 
ta’sirini o’tkazish maqsadida papalar qadimgi Rim impеriyasining pоytaхti 
еpiskоplarining оbro’sidan mahоrat bilan fоydalanganlar. Bu davr papalari ichida 
хalqarо alоqalarda Grigоriy I katta rоl o’ynagan. U o’z faоliyatini Kоnstantinоpоl 
sarоyidagi apоkrisiar vazifasidan bоshlagan va u еrda yaхshi diplоmatik ta’lim 
оlgan. U arian-vеstgоtlarning va langоbardlarning katоliklashtirishda shaхsan o’zi 
ishtirоk etgan. Grigоriy papa hоkimiyati оbro’sini yuqоri ko’targan.
Grigоriy I ning vоrislari Vizantiya impеratоrlaridan asta-sеkin mustaqil bo’lib, 
mustaqil davlatga aylandilar. 7-asrdagi arablarning kurashlaridan kuchsizlangan 
Vizantiya rim papalariga qarshilik ko’rsatоlmay qоldi. Papalarning birgina 
Italiyadagi хavfli dushmani – langоbardlar qоlgan edi. Langоbardlar pоdshоhlik 
hоkimiyatining kuchayib bоrishi Rimga dоimiy хavf sоlardi. Papalar 
langоbardlardan himоyalanish uchun bоshqa varvarlardan – franklardan yordam 
so’radilar.
754 yilgi kеlishuvda langоbard pоdshоhi Rimni o’z hоliga qo’yishga va papaga 
Ravеnna, Rimina, Urbina va bоshqa shaharlarni qaytarib bеrishga va’da qildi. Birоq 
langоbard pоdshоhining o’z majburiyatini bajarishi uchun yana bitta harbiy yurish 
lоzim bo’ldi. SHu munоsabat bilan Papalar оblasti tuzildi.
Salib yurishlariniig sabablari va ularning qatnashchilari. Salib yurishlarining 
sabablari qisman XI asrning ikkinchi yarmida YAqin SHarqda yuz bergan 
o’zgarishlardan, qisman feodal o’arbiy Yevropaning o’zidagi umumiy iqtisodiy 
taraqqiyot va keskin ijtimoiy ziddiyatlardan qidirmoq kerak.
XI asrda Sharqda Yevropa feodallarinnng hujum qilish-uchun juda qulay bir vaziyat 
maydonga kelgan edi. Bir vaqtlar qudratli deb hisoblangan Bag’dod xalifaligi 1055 
yilga kelib-batamom tarqaldi. Boshqa yirik davlat-Komninlar zamoni-dagi 
Vizantiya ham og’ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Bolqon yarim oroliga 
bostirib kirgan pecheneglar Vizantiya imperiyaga shimol tomondan hujum 
boshlagan edilar. Sitsiliya normanlari g’arbdan Vizantiyaga xavf solmoqda edilar. 
Ammo saljuq turklari Vizantiya uchun ayniqsa xavfli edilar, ular Kichik Osiyoning 
katta bir qismini bosib olgan va ayni zamonda, Konstantinopolga qo’shni bo’lgan 
Nika shahrini o’zlariga poytaxt qilib olgan edilar. 1071 yilda turklar Mantsinkert 


shahari yonida vizantiyaliklarni qattiq mag’lubiyatga uchratdilar. YAngi imperator 
Aleksey Komnin (1081yildan idora qila boshlagan edi) garchi turklarning bir necha 
hamlasini to’xtatgan bo’lsa-da, lekin har holda, imperiyaning ahvolini mustahkam 
deya olmasdi. XI asrning 80 va 90-yillarida u turklarga qarshi yordam berishni 
so’rab papaga va Germaniya imeratoriga bir necha bor murojaat etdi. Ilgari yakkayu-
yagona bo’lgan xristian cherkovi 1054 yildan e’tiboran ikkita raqib qismga -sharqiy 
(pravoslav) va g’arbiy (katolik) cherkovlarga qat’iy ajralib ketgan bo’lsa ham, 
Aleksey Komnin siyosiy maqsadlarni ko’zda tutib, papa boshchiligida bu 
cherkovlarni hatto qaytadan birlashtirishga ham tayyor edi. SHunday qilib, 
SHarqning ikkk eng yirik davlati — Arab xalifaligi bilan Vizantiya imperiyasi — 
salibchilarga biror-bir jiddiy to’sqinlik ko’rsatishdan ojiz edilar. Buning ustiga, 
ulardan biri (Vizantiya hatto Yevropa feodallarini SHarq mojarolariga aralashishga 
da’vat etdi. Turklarga kelsak, XI asrning 80 va 90- yillariga keliboq ularning 
nomustahkam harbiy-qabila ittifoqi tarqalib keta boshlagan edi. Feodallashib 
borayotgan ayrim turk bekliklari g’arb feodallarining hujumini to’xtata olmadilar.
Ammo salib yurishlarining, jumladan, birinchi salib yuri-shining asosiy sababi, axir-
pirovardi, o’arbiy Yevropaning o’zi-dagi ijtimoiy ziddiyatlarning o’tkirlashib 
ketganligi edi. XI asrda mayda ritsarlarning ko’pchiligiga yer yetishmas edi. Savdo-
sotiq va shaharlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlarning o’sib borishi munosabati 
bilan feodallarning mahalliy dehqonlarni ekspluatatsiya qilishdan oladigan 
daromadlari ular uchun kifoya qilmaydigan bo’lib qoldi. Juda ko’p ritsarlar yerdan 
butkul mahrum qilingan edilar, chunki feodallarga qarashli yer-mulk va daromadlar 
(feod) odatda katta o’g’ilga berilar edi va kichik aka-ukalar esa otadan qolgan 
merosdan biror narsa olishga haqlari yo’q edi. SHarqdagi yerlarni bosib olish 
maqsadida u yerlarga yurishlar qilish bunday ritsarlarniig mushkul ahvoldan 
chiqishlarining birdan-bir yo’li edi. Yirik feodallar (knyazlar va baronlar) o’z sinflari 
ichidagi mojaro va ixtiloflarning oldini olish uchun ritsarlarning diqqat-e’tiborini 
boshqa narsalarga jalb etish muhimroq edi.
XI asr oxiri - XII asr boshpda salib yurishidagi g’oyat muhim masala-dehkonlar 
masalasi edi. o’arbiy Yevropaning feodal zulmi natijasida asoratga tushirilgan, 
ezilgan dehqonlari dastlabki paytlarda SHarqqa bajonu dil yo’l oldilar. Krepostnoy 
qaramlikdan xalos bo’lish, qarzlarni tugatish, SHarqdan yer olish umidi (shuni 
aytish kerakki, dehqonlarning geografik tasavvuri tamomila xayoliy, amalga 
oshmaydigan bir tasavvur zdi) o’n minglab kishilarning tug’ilib o’sgan shahar va 
qishloklarini tashlab, uzoq yurtlarga ketishga majbur etdi va ularning ko’plari bu 
joylarda och-yalang’och qolib, xor-zorlikda o’lib ketdi. Dunyoviy va ruhoniy 
feodallar dehqonlarning SHarqqa qiladigan yurishini vujudga kelgan ogir ahvoldan 
qutulishning o’ziga xos bir yo’li deb bilardilar. Bu narsa tovar-pul munosabatlari 
rivojlanishi bilan feodal-krepostniklik tuzumi keng tarqalayotgan va feodal 
ekspluatatsiyasi kuchayib borayotgan bir sharoitda Yevropada dehqonlar urushining 
to’g’ridan-to’g’ri boshlanib ketish xavfidan hukmron sinflarni qutqargan bo’lardi. 
Ko’pdan-ko’p monaxlar va boshqa daydi voizxonlar dehqonlar orasida targ’ibot 
yurgizib, ularni SHarqqa yurishdek «ezgu ishda» qatnashishga da’vat etardilar. 
Biroq dehqonlar masalaning mohiyatiga darhol tushunib yetmagan bo’lsalar-da, 


lekin ohibat-natijada, ular gapning nimada ekanligini ochiq-oydin payqab oldilar. 
SHarqqa qilingan dastlabki ikki yurishda dexqonlar ko’pchilikni tashkil qilgan 
bo’lsalar, uchinchi yurishdan boshlab ular qatnashmay qo’ydilar. Bundan keyingi 
salib yurishlarining hammasida faqat feodallarning o’zlari qatnashdilar. Yevropa 
qirollari, eng yirik feodallar (graflar va baronlar), shuningdek, ko’pdan-ko’p ritsarlar 
YAqin SHarqda, faqatArab SHarqidagina emas, balki Vizantiyada xam yangi feodal 
davlatlar barpo etish masalasiii ochiq-dan-ochiq ko’zlay boshladilar. Quddus va 
Falastin masalasi, keyinchalik ularning rejalarida ikkinchi darajali masala bo’lib 
qolgan edi.
Italiya shaharlari, ayniqsa ulardan ikkitasi - Genuya bilan Venetsiya - salib 
yurishlarida juda faol katnashdilar. Bu shaharlarning floti salibchilarni SHarqqa 
tashib olib .bordi, salib lashkarlarini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlab turdi. 
Bosib olingan xududlarni taqsimlashda bu har ikki shahar qatnashib, birinchi galda 
SHarqning portlari va bozorlarini o’zlariga monopoliya qilib olishga harakat qildilar. 
Lekin, shunga qaramay, shaxarlar salib yurishlarida harakatga keltiruvchi asosiy 
kuch e.mas edi.SHarqqa qilingan salib yurishlarini «muqaddas urushlar» deb e’lon 
etgan katolik cherkovi, tabiiy, bu yurishlardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga 
intildi.
Bu vaqtga kelib papalik zo’r qudratga ega bo’ldi. Dunyoviy hokimiyat bilan olib 
borilgan to’qnashuvlarda papa impera-torning o’zini bir necha marta. mag’lubiyatga 
uchratdi. Salib yurishlari papalikka ko’pgina real foydalar keltirishni, par-chalanib 
ketgan feodal Yevropasiga siyosiy jihatdan rahbarlik qilishi, sharqiy 
«sxizmatiklar»ni, ya’ni sharqiy pravoslav cherkovining ajralib ketgan xristianlarini 
Rimga bo’ysundirish uchun, katolik ruhoniylari katolitsizm mazhabiga o’tkazishni 
orzu qilgan SHarq musulmonlari orasidagi missionerlik faoliyati uchun juda katta 
ionalar to’plashi mumkin edi. Ana shu vajdan,papaUrban II 1095 yilning kuzida 
Janubiy Frantsiyaning Klermon shahrida.ko’p kishilik cherkov yig’inini to’plab, 
unda so’zga chiqib «kofirlar»ga qarshi kurashmoq uchun SHarqqa jo’nab ketishga 
da’vat etdi. Urbanning asosiy da’vati «Iso payg’ambar qabrini» xristianlarga 
qaytarib olib berish va «muqaddao Falastinni xalos qilishdan iborat edi. Papa salib 
qatnashchilarining gunohidan kechishni va’da . qildi, shuningdek, u SHarqda 
salibchilarni kutayotgan boy o’lja haqida ham ochiqdan-ochiq aytdi. Yig’inda 
qisman frantsuz, qisman boshqa mamlakatlardan kelgan minglab ritsarlar hozir 
bo’ldilar. Feodallarning ko’pdan-ko’p yig’inlarini o’tkazish faktining o’zi shu 
narsani yaqqol ko’rsatadiki, papa bosh ko’tarib chiqmasdan ancha burun ritsarlar 
orasida keng propaganda olib borilgan va ularning bir qismiii Falastinga salib yurishi 
o’tkazish rejasidan manfaatdor qilishga ulgurilgan. Papaning bu chiqishi ancha ilgari 
tayyorgarlik ko’rila boshlagan ishni tashkiliy va ideologiya jihatdan 
rasmiylashtirishdan iborat bo’ldi, xolos.
Qadimgi Rus diplоmatiyasi. IX asrda Dnеprbo’yi va unga tutash еrlarda Rus nоmini 
оlgan va butun sharqiy slavyanlarni birlashtirgan qudratli Qadimgi Rus davlati 
shakllandi. Kiеv knyazlari o’zlarining hоkimiyatlarini barcha yo’nalishlarda yanada 
kеngaytirishga harakat qildilar. SHarqiy Еvrоpaning slavyan qabilalari va bоshqa 


qabilalar alоhida hurmatga ega edilar. Bоltiq dеngizining Vоlхоva bilan, Dnеprning 
Qоra dеngiz bilan va Vоlganing Kaspiy dеngizi bilan tutash qulay suv yo’lidagi 
gеоgrafik jоylashuvi Qadimgi Rusning janubda Vizantiya va bоlgar davlatlari bilan, 
SHarqda Hazar hоqоnligi bilan, shimоlda Skandinaviya bilan alоqalarini ta’minlar 
edi. Rusning so’nggi Kiеv knyazlari bilan ilgaridan sulоlaviy alоqalari mavjud edi. 
U еrdan knyazlar yollanma harbiy kuchlarni to’plaganlar, u еrdan varyaglarning 
sayohatchilari uzluksiz оqib kеlishgan. Hazar оrqali O’rta Оsiyoga savdо yo’li 
o’tgan bo’lib, ruslar u еrga qullarni va mo’ynalarni tashiganlar. Ayni vaqtda esa 
Hazar hоqоnlari Qadimgi Rus knyazlari bilan Dnеprbo’yi хalqlaridan sоliq оlishda 
talashishgan. Vizantiya bilan qo’shnichilik SHarqiy slavyan tariхiga katta ta’sir 
ko’rsatgan.
Vizantiya Qadimgi Rus uchun knyazlarning tеri, qul o’tkazib sоtadigan va оltin ip 
bilan to’qilgan gazlama, zеb-ziynatlar оlib qaytadigan bоzоr vazifasini o’tagan. 
TSargradda “butparast Rus” Vizantiyaning ajоyib madaniyatidan bahramand 
bo’lgan. TSargradning bоyliklari va ziynatlari istilоchilar uchun dоimiy хo’rak 
bo’lib хizmat qilgan. Rusning Vizantiyaning Qоradеngizdagi еrlariga va 
Kоnstantinоpоlga qilgan bir nеcha vayrоnakоr yurishlari IX asrdan tо XI asrgacha 
davоm etgan.
Vizantiya, birinchidan, impеriya atrоfidagi хavfni bartaraf etish uchun; ikkinchidan, 
o’z manfaatlari yo’lida Qadimgi Rusdan fоydalanish maqsadini ko’zlagan, uni 
o’zining siyosiy ta’siriga tоrtishga harakat qilgan.
Cho’qintirish Vizantiya impеratоrlari va siyosatchilari nazarida Rusning impеriyaga 
qaramligi bеlgisi sifatida e’tirоf etilardi. Lеkin Vizantiyaning Rus bоrasidagi bu 
siyosati muvaffaqiyat bilan yakunlanmadi. Kiеv knyazlari o’z harakatlarida hamisha 
mustaqil bo’lib qоlavеrdilar.
Cho’qintirish marоsimidan kеyin Rusning хalqarо alоqalari sеzilarli darajada 
kеngaydi va mustahkamlandi. Qadimgi Rus davlati nafaqat Vizantiya, balki 
Еvrоpaning katоlik mazhabidagi davlatlari bilan o’zlarining tеng huquqli shеrigi 
sifatidagi alоqalarini o’rnatdi. Rusning tashqi siyosiy munоsabatlari qo’shni 
mamlakatlar – Vеngriya, Chехiya, Bоlgariya, Skandinaviya bilan chеgaralanib 
qоlmay, Gеrmaniya, Frantsiya va bоshqa mamlakatlarni ham qamrab оlgan edi.
Fеоdal tarqоqlik davri хalqarо munоsabatlari va diplоmatiyasi.
Bоsqinlar asоsida shakllangan varvar hоkimiyatlari оmоnat hоdisa bo’lib chiqdi. 
Natural хo’jalikning ustunligi, alоhida хo’jaliklar o’rtasidagi iqtisоdiy alоqalarning 
sustligi, katta siyosiy uyushmalardagi iqtisоdiy asоsning yo’qligi–bularning 
barchasi G’arb va SHarqdagi yirik davlat birlashmalarining bo’linib kеtishiga sabab 
bo’ldi. Bu qismatdan Qadimgi Rus impеriyasi va Buyuk Karl impеriyasi ham qоchib 
qutulоlmadi.
Buyuk Karl impеriyasi qisqa muddat faоliyat ko’rsatdi. Inqirоzning yaqinlashuvi 
Karl hayotining so’nggi yillaridayoq sеzilgan edi. Impеriyaning bo’linishi uning 
o’g’li Lyudоvik (814-840 y.y.) pоdshоhligi davrida tеz- lashib kеtdi. Lyudоvik 


qo’lida оliy hоkimiyatni saqlab turgan hоlda impеriyani o’z o’g’illari o’rtasida 
taqsimlab bеrdi. O’g’illari оtasiga qarshi chiqa bоshladilar. Lyudоvik vafоtidan 
kеyin (840 y.) o’g’illari o’rtasida o’zarо kurash bоshlandi. YAltirоqbоsh Karl va 
Lyudоvik Nеmеtskiy Strasburgda impеratоrlik tоji nasib etgan va o’zining 
impеratоrlik huquqini amalda bajarishga kirishgan katta akalari Lоtarga qarshi 
shartnоma tuzdilar. Strasburg qasamyodi – bu lоtin va grеk tilida emas, nеmis va 
frantsuz tillarida tuzilgan birinchi diplоmatik hujjat edi. Mag’lubiyatga uchragan 
Lоtar ukalariga yon bеrishga majbur bo’ldi va 843 yilda Vеrdеnada uch aka-uka 
o’rtasida impеriyani bo’lishish to’g’risida mashhur shartnоma tuzildi. Impеriya 
mavjudligi rasman tan оlindi yoki aniqrоg’i, Lоtarga bеrilgan ipmеratоrlik unvоni 
saqlab qоlindi. Lеkin impеriyaning еrlari uch qismga bo’lindi. Impеriyaning 
kеyinchalik Frantsiya dеb atala bоshlangan g’arbiy qismi – “g’arbiy franklar 
pоdshоhligi”ni Karl impеriyaning kеyinchalik Gеrmaniya dеb atala bоshlangan 
sharqiy qismi – “sharqiy franklar pоdshоhligini” Lyudоvik qo’lga kiritdi. Lоtarga 
esa Karl va Lyudоvik mulki o’rtasida jоylashgan еrlar–Rеyn daryosining quyilish 
jоyidan, Rоna daryosining quyilish jоyigacha bo’lgan ulkan hudud va Italiya tеgdi. 
Impеriyani taqsimlash juda assоsiz ravishda оlib bоrildi. Bu, ayniqsa, o’ziga bоy, 
hоsildоr, ahоlisi ko’p, turli iqtisоdiy va siyosiy alоqalarga ega mamlakatlarni оlgan 
Lоtarga alоqadоr edi.
Buyuk Karl impеriyasi butunlay bir nеcha mustaqil davlatlar – Frantsiya, 
Gеrmaniya, Italiya va Burgundiyaga bo’linib kеtdi. Ular faqat nоmigagina davlat 
hisоblanardi.
IX-XI asrlarda G’arbiy Еvrоpaning barcha hududlarida siyosiy tarqоqlik hukm 
surdi. Bu davrda o’rnatilgan fеоdal iеrarхiyasi mavjud hоlatni mustahkamladi va 
rasmiylashtirdi. Охir-оqibatda alоhida fеоdal mulklar o’rtasida alоqa o’rnatishda 
kuch hal qiluvchi jihat bo’lib qоldi va ko’pincha katta еr egalari kuchli 
mustamlakachilar qarshisida titrab turadigan bo’ldi. Aslida bunday sharоitda davlat 
va хususiy mulk o’rtasida, оmma huquqi va shaхsiy huquq o’rtasida, ichki 
munоsabatlar va хalqarо munоsabatlar o’rtasida chеgara yo’qоlib bоrmоqda edi. 
O’rta asr diplоmatiyasining хususiyati fеоdal jamiyatining iqtisоdiy va ijtimоiy 
munоsabatlari tabiati bilan bеlgilanadi.
Sud va bоshqaruv, sоliq sоlish va tanga zarb etish huquqiga, harbiy kuchga ega 
bo’lgan har bir kuchli sеnоr o’zini хоhlasa kim bilandir jang qila оladigan, хоhlasa 
sulh va ittifоq shartnоmasi tuza оladigan mustaqil hukmdоr sanar edi. Хalqarо 
munоsabatlar haqidagi tushuncha yana shu bilan chigallashardiki, fеоdal tarqоqlik 
va Еvrоpaning bo’linib kеtgan mayda bo’laklari tufayli yirik davlatlar o’rtasidagi 
chеgaralar yo’q bo’ldi. Sеnоriya tushunchasi davlat tushunchasi o’rnini egalladi. 
Yirik еr egasi hukmdоr, hоkimiyat оtamеrоs mulk hisоblanardi.
5. XVI-XVIII asrning 2- yarmida хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya. 
XVI-XVIII asrning 1-yarmida хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya. XV asr 
охiridan bоshlab Еvrоpa хalqarо munоsabatlarning yangi bоsqichiga o’tdi. Bu 


davrga kеlib bir qatоr mamlakatlarda hududiy birlashish yakunlandi va davlatlarning 
butunlay shakllanishi uchun shart-sharоitlar vujudga kеldi. Tashqi gеоgrafik 
kashfiyotlar YAngi dunyo va SHarqni Еvrоpaga yaqinlashtirdi. Janubi-sharqiy 
Оsiyoning dеngiz yo’lida jоylashgan Ispaniya va Pоrtugaliya оkеan оrti davlatlari 
birinchi mustamlaka davlatlari sifatida nоm qоzоndi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Еvrоpa siyosiy maydоniga Buyuk Rus davlati chiqdi. 
SHu davrdan bоshlab o’zining siyosiy birlashishini tugatib, Rus оzmi-ko’pmi 
markazlashgan, kеyinchalik absоlyut davlatga aylandi. SHunday qilib, bu davrda 
Rоssiya kabi Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Skandinaviya mamlakatlari 
markazlashgan davlatga aylangan, Gеrmaniya va Italiya siyosiy tarqоq hоlda qоlgan 
edi. Еvrоpa o’zining bunday siyosiy hоlatini XIX asrning ikkinchi yarmigacha 
saqlab qоldi. YAgоna davlatlarning shakllanishi bilan siyosat shakllari ham o’zgarib 
bоrdi. Siyosatda tashqi mе’yor sifatida “umummanfaati” darajasiga ko’tarilgan 
“davlat manfaati” faоliyat ko’rsata bоshladi. Absоlyut mоnarхiyalarning vujudga 
kеlishi bilan katta davlatlar (Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Pоrtugaliya, Daniya, 
SHvеtsiya) o’rtasidagi ziddiyatlar birinchi o’ringa chiqdi. Unga o’rta va kichik 
mamlakatlar ham kеlib qo’shildi.
XVI asr yangi davlatlarning tashqi siyosatiga хizmat qiladigan mahalliy va markaziy 
uyushmalarning, diplоmatik хizmatlarning ma’lum bir shaklga kirgan davri bo’ldi. 
Qirоllik sarоyi siyosatning vujudga kеlish markazi edi. Absоlyut mоnarхiya davrida 
nafaqat qirоl va uning sulоlasi manfaati ahamiyati, balki qirоlga ta’sir o’tkaza 
оladigan kishilar, ma’shuqalar va uddaburоn makkоrlarning ham ahamiyati bоr edi. 
Bunday hоlatlar davlat hоkimiyati shaklidagi absоlyutizmning o’ziga хоs ko’rinishi 
edi.
XVII asrda Gеrmaniyaning ancha kattarоq knyazliklari chеt mamlakatlarga 
o’zlarining dоimiy vakillarini jo’nata bоshladilar.
Gumanistlar ta’siri оstida har bir diplоmat uchun оzmi ko’pmi majburiy bo’lgan 
diplоmatik maktub va diplоmatik хabarlarning uslubi paydо bo’ldi. XV va XVI 
asrlarda Italyan hukmdоrlari gumanistlardan tashqi ishlarda o’zlarining kоtiblari 
sifatida fоydalanganlar va bu diplоmatiyaga nutqning nafis usuli bilan хatning kirib 
kеlishida yordam bеrgan. YAngi diplоmatik gapga chеchanlikning birinchi 
namоyandasi Flоrеntiy kantslеri, mashhur gumanist Kоlyuchchо Salutati edi. Uning 
хatlari XVI asr diplоmatlari uchun o’ziga хоs namuna maktabi bo’lib хizmat qildi. 
Vеnеtsiya elchilarining хabarlari ham o’z davrida katta ahamiyat kasb etgan. 
Ularning tоr dоira kishilari uchun mo’ljallangan chеt eldagi hisоbоtlari kеng 
оmmaga yoyilib, bu hisоbоtlar to’plami XVI asrdanоq ma’lum va mashhur bo’lgan.
Elchilikning оdat tusiga kirgan tartiblarida asta-sеkin ma’lum bir an’analar shakllana 
bоrgan. XVI asrga kеlib elchilar bilan оddiy vakil va jоsuslar o’rtasida jiddiy farqlar 
ko’rina bоshlagan. Elchilarni tayinlash huquqiga barcha hukmdоrlar ham ega 
bo’lavеrmagan. Muqaddas Rim impеratоri Karl V sarоyida faqat papa elchisi, 
frantsuz elchisi, o’z akasi Fеrdinand elchisi va Vеnеtsiya elchisi bo’lgan. 


Impеratоrga qaram bo’lgan hukmdоrlar faqat оddiy vakillarni saqlash huquqiga ega 
bo’lganlar.
Davlatlar o’rtasidagi diplоmatik alоqalar hamma vaqt ham еtarli darajada 
bo’lmagan. Shu sababli ham dоimiy diplоmatik vakоlatхоnalar bilan bir qatоrda 
maхsus elchiхоnalar ham faоliyat ko’rsatgan. Bunday favqulоdda elchiхоnalar 
maхsus vоqеalarda: davlatlar o’rtasida bеvоsita muzоkaralar оlib bоrishda, yangi 
hukmdоrning taхtga o’tirish marоsimlarini o’tkazishda shay bo’lib turganlar. 
Maхsus elchilar bir qatоr qiyinchiliklarni ham kеltirib chiqarganlar. Favqulоdda 
elchilar o’z impеratоrlaridan bоshqa elchilardan farqli ravishda alоhida imtiyozlarni 
va birinchi o’rinni talab qilganlar. SHuning uchun ham ayrim katta davlat 
hukmdоrlari o’zlarining shaхsiyatiga zarar qilmaslik uchun оddiy elchilarni 
favqulоdda elchilar dеb e’lоn qilganlar. Bu an’ana XVII asrga kеlib kеng yoyilgan.
Impеratоr Karl V davrida kirish va qabul paytida elchilarga ko’rsatiladigan hurmat-
ehtirоmning qat’iy хaraktеrdagi shakli o’rnatilgan. Rasmiy tantana tartibida elchilari 
Ispaniyaga еtib kеlgan harbir davlatning ahamiyati inоbatga оlingan. XVI asrda 
Frantsiyada sеkin-sеkin elchilarni qabul qilish ishlari bilan shug’ullanadigan maхsus 
mansab shakllandi.
XVI-XVII asrlarda papa sarоyida elchilarni qabul qilish bоrasida quyidagi tartib 
shakllangan edi: tantanali qabul marоsimi papa tоmоnidan uyushtirilgan. Elchi 
papani bоsh yalang, tik turgan hоlda tinglashi lоzim bo’lgan. Yirik davlatlar va 
Vеnеtsiya rеspublikasining elchilari Katta qirоl zalida, kichik davlat elchilari 
gеrtsоglar zalida qabul qilingan. Ayrim elchilarni papa o’z хоnasida qabul qilgan. 
Kipr qirоli unvоnini оlgan gеrtsоg Savоyskiy papadan o’z elchilarini Katta zalda 
qabul etishini so’ragan. Bu iltimоs rad etilgach, u ancha vaqtgacha papa huzuriga 
o’z vakillarini jo’natmay qo’ygan.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Evropa davlatlari diplomatiyasi. XV asr 
davomida portugaliyaliklar mavrlar bi-lan bo’lgan urush jarayopida va ular bilan 
olib borgan savdo-sotiq natijasida Afrikaning shimoli-g`arbiy qirg`oqlariga ki-rib 
bordilar. 1415 yilda Seutaning istilo qilinishi portuga-liyaliklarga Afrikaning g`arbiy 
qirg`oq sohili bo’ylab janubga tomon siljib borish uchun muhim baza yaratib berdi. 
XV 2-soragidan boShab G`arbiy Afrikada qirg`oq bo`yi hududlariga portugallar va 
ispanlarning kirib keliShi boShlandi. 1434-1482 yillar oralig`ida portugallar va 
isponlar Baxodor orolidagi Kongo daryosigacha bo`lgan barcha hududlarga 
o`rnaShib oliShdi.
Zangori Missa orollari portugallar tomonidan 1450-62 yillarda qul savdosining 1-
markaziga aylantirildi. Ayniqsa 1475 yil G`arbiy Afrika qirg`oqlariga suqulib kirib 
keliSh kuchaydi.Bunga sabab Lissabonlik savdogar Fernando Gomesning Ankobra 
va Vol`ta daryolari oralig`idan oltinga boy bo`lgan hududni topib olganligi bo`ldi. 
Bu hududda yaShovchi fanti qabilasi Afrika xalqlari ichida portugallarning 1-
qurboni bo`ldi. 


Portugallar Oltin Qirg`oqda 1482 yilda San Xorxeda Mina (Ellina) toSh fortini 
bunyod qiliShdi. Dastlabki vaqtlarda qul savdosi uncha muxum bo`lmagan, sababi 
Evropada bunga extiyoSh yo`q edi.
16-asrning oxirlariga qadar Portugaliya G`arbiy Afrikadamavjud bo`lgan yagona 
davlat edi. Portugallar Senegal va g`ambiya daryolari orqali qit`aning ichiga kirib 
boriShdi, ular 1534 yilda Mali, 1565 yilda esa Tombukgu hududlariga etib keliShdi. 
Portugallarning asosiy e`tibori quyi Gvineyaga qaratilgan edi. Ular bu xududni 4 
qismga bo`liShdi va ularniana Shu yerda mavjud bo`lgan maxsulotlarning nomi 
bilan aytiShdi: Ziravorlar qirg`og`i, Fil suyagi qirg`og`i, Oltin qirg`oq, Tutqunlar 
qirg`og`i. Portugaliyalik savdogarlar asosan Oltin qirg`oq va Fil suyagi qirg`og`ida 
faolroq xarakat qiliShar edi. Ular Elminadan taShqari Aksim, SHame kabi fortlarni 
barpo qiliShdi.
Janubiy Nigeriya qirg`oqlari portugaliyaliklarni nixoyatda qiziqtirib qo`ydi. Kuchli 
yoruba davlatlari portugaliyaliklarini ichkariga kirib boriShga to`sqinlik qiliShgan. 
Benin davlati portugal maxsulotlari evaziga oz miqdorda ziravor beriShgan. Bu 
portugallarni 1486 yilda Gvato portida savdo punkti quriShga undadi, lekin bu port 
1506 ylda taShlab ketildi, chunki u ko`p foyda bermas edi. Bundan taShqari portugal 
maxsulotlari beninliklarin qiziqtirmas edi. Fernando Po va San Tome orollariga 
o`rnaShgan portugallar orollarda plantatsiya xo`jaligini yo`lga qo`yiShdi. Benin 
Niger va J.Nigeriya bilan bo`lgan uruShlarda asir tuShganlarin portugallarga sotgan. 
Ular esa qullarni ShakarqamiSh plantatsiyalarida iShlatiShgan va Oltin qirg`oqda 
sotiShgan. Portugallarning asosiy foyda oliSh Braziliyani kolonizattsiya 
qiliniShidan boShlandi.
Bu davrda Ispaniya, Angliya, Frantsiya tomonidan egallangan Amerika yerlarida 
plantatsiya xo`jaligi rivojlangan edi. Qullarga talab kuchli edi. Bu Yevrorpa 
istilochilari o`rtasida qul savdosini kuchaytirdi. Faqatgina portugallarning o`zi 
1530-1600 yillarda 900 ming Afrikalikni Amerikaga olib keldi.
1610 yilda portugaliya monapoliyasi tugatildi. Bunga gollandlarning Vest-Indiya 
kompaniyasining g`arbiy Afrikadagi fortlarni istilo qiliSh sabab bo`ldi. 17-asr 1-
yarmida gollandlar Afrikalilarni ispan koloniyalariga jo`natiSh bo`yicha 
birinchilikni oliShdi. G`arbiy va Markaziy Afrikdagi Gollandiya, Angiliya, 
Fransiya, Ispaniya,Daniya, Brendenburg o`rtasida qus savdosidagi monopoliyani 
qo`lga kiritiSh uchun kuraSh qizib ketdi.
Angliya va Frantsiya yirik savdo kompaniyalarini tuziShda va ularga ko`p huquqlar 
berib qul savdosidagi monopoliyaga aylantirdilar. 1664 yil taShkil etilgan 
fransuzlarning va Angliyaning 1672 yil «Qirollikning Afrika kompaniyasi» Shunday 
edi. Fransuzlarning tanch nuqtasi Senegal xavzasi edi. Frantsuzlarning 1-postlari 
1630 yil Senegalda qurildi. So`ngra Sen-Luida, gollandlardan tartib olingan Arguln 
va Gorida ham postlar qurildi. Gori tezda fransuzlarning G`abiy Afrikadagi asosiy 
bazasiga aylandi. IShchi kuchiga bo`lgan extiyoj qul savdosini o`siShShiga olib 
keldi. 17-asrda Amerikaga 2 mln.7500 ming qul kelirilgan. Bu Afrika xalqlari uchun 
fojiyaga aylandi. ZamindoShlarning guvoxlik berishicha har 6-ta Afrikalik yo`lda 


xalok bo`lgan.Qul savdosi natijasida G`arbiy Afrikada iShlab chiqariSh va mudofaa 
soxasi iqirozga uchradi va urf-odatlarni salbiy tomonga o`zgariShiga ma`naviy ta`sir 
ko`rsatdi.Portugaliyada dengiz sayohatlariga hukumatning o’zi homiy-lik qilardi. 
Infant (Shahzoda) Genrix-Dengiz sayyohati (1460 yilda vafot etgan) G`arbiy Afrika 
qirg`oq bo’ylarini tekshirish uchun katta flot qurdi. 1445 yilda shahzoda Genrix hali 
hayot ekanligida portugaliyaliklar YAshil Burunni ochdilar. 1471 yilda ular 
Gvineyaga borib yetdilar va u yerda Oltin qirg`oq deb atalgan joyda kuchli harbiy 
faktoriya urdilar. Portugaliyaliklar janub tomonga siljishni davom ettirib, 1486 yilda 
Afrikaning janubidagi Bartolomeo Dias (1459-1500) tomonidan kashf etilgan 
YAxshi Umid buruniga borib yetdilar. SHundan keyin qidirilayotgan Hindistonni 
topish ham qiyin bo’lmay qoldi. Vasko da Gama (1469-1524) boshchiligida to’rtta 
kemadan iborat kichik bir flotiliya 1497 yil yozida Lissabondan chiqib, 1498 yil 
bahorida Hindistonning g`arbiy qirg`oqlariga borib yetdi va Kalikuta shahriga 
tushdi. 1499 yilning avgustida sayyohlar kemalarga oltin va hind ziravorlarini ortib 
qaytib keldilar. Ikki yil davom etgan mashaqqatli dengiz sayohati vaqtida 
komapdaning 168 a’zosidan faqat 55 kishi tirik qoldi.
Vasko da Gamaning kashfiyoti Portugaliyada g`oyat katta ta’-sir qoldirdi. Bu 
kashfiyot munosabati bilan Portugaliya qiroli Monoelga (1495-1521) «Baxtiyor» 
laqabi berildi va «Hin-diston hokimi» degan unvon oldi.
Keyinchalik Portugaliyaning eng atoqli shoirlaridan Luis Kamoens Vasko da 
Gamaning sayohatiga atab «Luziana» degan katta bir doston yozadi (1572). Klassik 
dostonlar «Iliada», «Odisseya» va “Eneida”ga taqlid qilib, Kamoens o’z dostonini 
bunday deb boshlaydi: «Men Portugaliya qirg`oqlaridan chiqib, noma’lum dengizlar 
orqali yerning narigi tomoniga ketgan mashhur qahramonlar haqida ...mislsiz 
botirlik ko’rsatgan, dong`i ko’klarga yetuvchi yangi imperiyaga negiz solgan 
yengilmas jangchilar haqida kuylamoqchiman».
Hindistonning g`arbiy va qisman sharqiy qirg`oq bo’ylarini, shuningdek, Malakkani 
portugaliyalik boshqa admirallar -Almeyda (Portugaliya qirolining Hindistondagi 
birinchi noi-bi (1505-1508) va Albukerk (1509-1515) batamom bosib ola-dilar. Goa 
shahri (Kalikutaning shimolida) Portugaliya qiroli noiblarining poytaxti bo’lib 
qoladi. Qizil dengizning Hind okeaniga tutashadigan joyida qurilgan Adan shahri va 
Fors qo’ltig`idagi Ormuza shahrining bosib olinishi Portugaliyaning Hindistondagi 
hukmronligi uchun g`oyat katta ahamiyatga ega bo’ldi, bu shaharlar savdo va 
strategiya jihatidan muhim punktlardir. Bu bilan portugaliyaliklar Hindistondan 
Qizil dengiz orqali Aleksandriyaga o’tadigan va Hindistondan Mesopotamiya orqali 
Suriyaga o’tadigan eski savdo yo’llarini tamomila bekitib qo’ygan edilar. XVI 
asrning 20-yillaridayoq portugliyaliklar Zond arxipelagining anchagina qismini 
bosib olgan edilar. Ana shu tariqa qisqa bir muddat ichida Portugaliyaning katta bir 
mustamlaka imperiyasi vujudga keldi. Portugaliyaliklar ziravorlar savdosini o’z 
qo’llariga olib, italyanlarning savdo monopoliyasiga zarba berdilar. Aleksandriya va 
qisman Venetsiya o’rnini Portugaliyaning poytaxti Lissabon shahri egalladi.
Hindistonda, qisman Hindi-Xitoydagi (Malzchka) va Iidone-ziya orollaridagi asosiy 
mustamlakalaridan tashqari, portugaliyaliklar XVI asr boshlarida yana Amerikaning 


Braziliyasini ham bosib olgan edilar. Braziliya uzoq vaqt davomida Hindistonga 
boradigap ikki yo’l o’rtasidagi bekat bo’lib xizmat qilib kelgan edi.
Kolumbning Amerikani kashf qilishi. Portugaliyaliklar Hindistonga Afrikaning 
g`arbiy qirg`oqlari bo’ylab siljib borayotgan bir paytda, qo’shni Ispaniyada xuddi 
o’sha Hindistonga borish yo’lining boshqa bir varianti chiqib qoldi. Genuyalik 
Xristofor Kolumb (1451—1506) 1492 yilda Ispaniyaning Ferdinand va Izabella 
hukumatiga Hindistonga g`arb tomondan boradigan sayohat loyihasini taklif qildi. 
Kolumb Yerning sharsimonligi haqidagi ta’limotga asoslanib ish ko’rdi. XV asr 
oxirlarida Yevropa fan ahllari bu ta’limotning to’g`riligiga yana bir iqror bo’ldilar. 
Kolumb bundan ilgari ham o’zining shunday loyihasi bilan Portugaliya hukumatiga 
murojaat qilgan edi, ammo rad javobi olgan edi. Portugaliyaliklarnnng dengizdan 
Afrika bo’ylab Hiidistonga boradigan o’z rejalari bor edi; Diasning kashfiyotidan 
keyin bu rejaning uzil kesil amalga oshirilishi yaqinlashib qolgan edi. Xuddi shu 
vaqtga kelib, Granada qirolligini istilo qilish ishini tamomlagan ispan hukumati 
Kolumb loyihasiga, aksincha, xayrixohlik bilan qaraydi. Sayohatni uyushtirish 
uchun zarur bo’lgan mablag`ning bir qismini Kolumbning o’zi, ko’p qismini 
hukumat berdi. Kolumb yangi ochilgan mamlakatlarda o’ziga va vorislariga qirol 
noibi va admiral lavozimlarini egallash huquqi berilishini shart qilib qo’ydi. Uch 
kemadan iborat kichkina bir eskadra 1492 yilning 3 avgustida Palos gavanidan 
Atlantika okeaniga jo’nab ketadi.
1492 yil 12 oktabrda Kolumb Karib dengizida Markaziy Amerikaga yaqin joydagi 
Bagama orollaridan birini topdi. Tezda u katta qo’shni orollar-Gaiti va Kuba 
orollarini kashf etdi. SHundan keyingi sayohatlaridan birida Kolumb Janubiy 
Amerika (Orinoko daryosining quyar joyi yaqinidagi) qirg`oqlarini topdi. Kolumb 
hayot ekanligidayoq ispanlar Ame-rikani kolonizatsiya qila boshlaydilar. Espanola 
deb boshqacha nom berilgan Gaiti orolida birinchi koloniya tuziladi. YAngi dunyoni 
Kolumb kashf etgan bo’lsa-da, bu dunyoga uning nomi be-rilmaydi. Kolumb 
Hindiston, Xitoy va YAponiyani kashf qildim deb qattiq turib oladi. Amerikadagi 
Kolumb kashf qilgan yerlar ko’p o’tmay Ispaniyaning hafsalasini pir qiladi. CHunki 
Kolumbning yangi «G`arbiy Hindistoni» haqiqiy «SHarqiy Hin-diston»dan ko’ra 
kambag`alroq bo’lib chiqadi, shaharlari va tsi-vilizatsiyasi bo’lmaydi. Mahalliy 
xalqda oltin va kumush uchrasa-da, lekin kutilgan darajadagidan ancha kam bo’ladi. 
Tez orada Kolumb saroyning g`azabiga yo’liqdi. U 1506 yilda Kolumb 
qashshoqlikda va hammaning nazaridan qolib chetda o’lib ketdi. Viloyat 
shaharlaridan biri Validolidda vafot etgan Kolumb-ning o’limidan zamondoshlari 
mutlaqo bexabar qoldilar.
Kolumb ochgan qitaga Amerika degan nom boshqa bir ital-yan, florentsiyalik 
Amerigo Vespuchchi (1452—1512) nomidan olib berildi. Amerigo «YAngi yerga» 
bir necha marta sayohat qilib, Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy qirg`oqlarini 
batafsil tekshirib chiqdi. Amerigoning dengiz sayohatlari to’g’risidagi 1507 yilda 
nashr etilgan hikoyalar to’plami juda mashhur bo’lib ketdi. Kartograflar Kolumb 
kashf qilgan yerlarni 1507 yildayoq o’z kartalarida «Amerigo yerlari» degan 
umumiy nom bilan ko’rsata boshladilar. Keyinchalik «Amerigo» degan nomni eski 


qit’alar-Osiyo, Yevropa, Afrika nomlariga monandlashtirib «Amerika» deb 
o’zgartirdilar.
Kolumb kashfiyoti Portugaliya bilan Ispaniya o’rtasida yangi yerlar uchun raqobat 
chiqishiga sabab bo’ldi. Nizoning oldini olish uchun har ikki davlat 1494 yilda 
Tordessilyas shahrida o’zaro shartnoma tuzdi. Bu shartnomaga muvofiq YAshil 
Burun orollaridan g`arbga tomon 2053 kilometr narida Qutbdan-Qutbga qarab 
chegara chizig`i tortildi. Bu chiziqning g`arb tomonida yangi ochilgan hamma yerlar 
ispanlarga, sharq tomonidagi yerlar portugaliyaliklarga qaraydigan bo’ldi, ammo bu 
chegara chizig`i butun yer sharini kesib o’tmaganligi, balki faqat G`arbiy yarim-
shardangina o’tganligi tufayli ispanlar .bilan portugaliyalik-lar Molukka orollarida 
duch kelib qoldilar va o’rtada nizo chiqdi. SHundan keyin 1529 yilda Saragosda 
yangi shartnoma tu-zilib, bu shartnomaga muvofiq SHarqiy yarim sharda Molukka 
orollaridan sharq tomonda 17° da yangi chegara chizig`i tortildi. Mustamlaka 
duiyosini birinchi marta taqsimlash ana shu tarzda ro’y bergan edi.
Magellanning dunyo sayohati. Fernando Magellanning (1470-1521) sayohati 
geografik kashfiyotlar tarixida katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1519 yil 20 sentabrda 
Magellanning beshta kemasi Sai-Lukardan chiqib, o’sha paytda «Ziravor orollari» 
deb atalgan Molukka orollarini qidirib topish maqsadida janubi-g`arbga tomon yo’l 
oldi. Magellan sayohati 1519- 1522 yillarda bo’lib o’tdi va u tarixda birinchi marta 
dunyo sayohati bo’ldi. Magellan sayohati natijasida juda ko’p yerlar: Janubiy 
Amerikada Magellan bo’g`ozi va Olovli Yer, Ulug` okeanda juda ko’p orollar, 
xususan Filippin orollari, Zond arxipelagi va hokazolar ochildi. SHu bilan birga 
Magellanning bu sayohati ispanlar bilan portugallar sayohatlarining o’ziga xos 
sintezi tariqasida muhimdir. Magellan asli portugaliyalik bo’lib, ispan kemalarida 
sayohat qildi. Sayohat marshruti ham ispanlarniki (g`arb, to’g`rirog`i, janubi-g`arb 
tomonda sayohat) bo’ldi. Ammo Magellan ham (boshqa portugaliyalik sayyohlar 
kabi) Hind okeaniga va uning o’z ziravorlari bilan dong chiqargan orollariga yetib 
borish maqsadini ko’zda tutgandi. Magellanning o’zi saehat vaqtida Filippin 
orollaridagn mahalliy aholi bilan bo’lgan to’qnashish vaqtida halok bo’ldi. 
Ekipajning omon qolgan qismi bir kemada Ispaniyaga qaytib keldi. Safarga chiqqan 
265 kishidan atigi 18 kishi eson-omon qaytdi.
Magellan sayohati Yerning sharsimon ekanligini tajribada isbot qilib berdi. Buning 
natijasida Yevropaliklar Ulug` yoki Tinch okean to’g`risida ham aniq ma’lumotga 
ega bo’ldilar, ammo bungacha ularda allaqanday sirli bir «janubiy dengiz» haqi-
dagina noaniq tasavvur bor edi, xolos.
Amerikada ispanlar kolonizatsiyasi. Magellan o’zining bi-rinchi dunyo sayohatini 
qilganidan keyin, ispanlar Amerikani istilo qilishga kirishdilar. Ispan istilochilari 
(konkistador-lari) benihoya shafqatsizlik bilan, zo’rlik, ayyorlik va aldam-chilikning 
hamma vositalarini ishga solib, YAngi Dunyoning eng boy va aholisi eng ko’p 
bo’lgan yerlarini bosib oldilar.
Fernando Kortes 1519-1521 yillarda juda katta Meksika mamlakatini istilo qiladi bu 
mamlakatda boshqa hind qabilalaridan ko’ra madaniy saviyasi ancha yuksak bo’lgan 


juda ko’p atsteklar qabilasi yashaydi. Bu qabilaning qiroli «imperator» Montesuma 
asir olinib, o’z xazinasidagi oltinni ispanlarga berishga majbur bo’ladi.
Yana boshqa bir ispan konkistadori Fransisko Pissaro 1532-1535 yillarda Janubiy 
Amerikaning g`arbidagi inklar qabilasi hukmron bo’lgan Biru yoki Peru 
mamlakatini istilo qildi. Bunda ham inklarning qiroli «imperator» Ataxualpa oltin 
va kumushdan iborat xazinasini istilochilarga berishga majbur bo’ladi..
Ispanlar 1536 yilda CHilini, 1538 yilda yangi Grenadani (keyin Kolumbiya deb 
atalgan) istilo qiladilar. 1549 yilda ispanlar Argentinani bosib ola boshladilar.
1545 yilda Potozi (Boliviya)da juda boy kumush koni. topildi. O’sha vaqtdan 
e’tiboran Amerikada ko’plab kumush hamda oltin qazib chiqarish boshlandi. Avval 
Kolumb kashfiyotidan paydo bo’lgan umidsizlik kayfiyati yo’qolib, topilgan 
xazinalarni mumkin qadar tezroq qo’lga kiritib olishga urinish kuchaydi.
Mahalliy aholining bir qismi krepostnoylarga va bir qismi qullarga aylantirildi. 
Ularni konlarda ishlashga majbur etdilar. Kolumbning xatosi tezda ma’lum bo’lib 
qolsada, Amerikaning tub xalqini indeetslar deb atay berdilar. Ana shu indeetslar 
o’rganmagan og`ir mehnatga bardosh berolmay, ko’plab qirilib ketdilar. SHundan 
keyin ispan mustamlakachilari Ame-rikaga Afrikadan negr-qullar keltirib, ularni 
konlarda va plantatsiyalarda ishlashga majbur etdilar.
XVI asrning birinchi yarmidayoq Amerikada negrlar ko’p edi. O’sha asrning 
ikkinchi yarmida ularning soni ayniqsa tez oshib bordi.
Indeetslar esa, aksincha, Yevropalik mustamlakachilarnipg haddan tashqari zulmiga 
chidolmay, yoppasiga qirila boshladi. Karib dengizidagi eng katta orollardan 
YAmayka, Espanola va Kuba orollaridagi mahalliy xalq XVI asrning ikkinchi 
yarmiga kelib batamom deyarli qirilib ketdi.
Portugaliyaning mustamlakachilik siyosati. Portugaliyaning mustamlakachilik 
siyosati ham shafqatsizlik va qirg`inchilpk jihatidan ispanlar siyosatidan 
qolishmasdi. Portugalllarning kemalari Hind okeanida qaroqchilik bilan 
shug`ullanardi, ular «o’z zonalariga» kirgan arablar va mahalliy indeetslarning yoki 
Yevropaliklarning biron bir kemasiga sira omon bermay, talardilar. Portugaliya 
mustamlakachilari odatda katta-katta territoriyalarni bosib olmasdi. Leknn ular 
Hindiston qirg’oq bo’ylarida va Molukka orollarida juda ko’p mustahkam 
faktoriyalar qurar va o’sha yerdan chiqib kelib mahalliy qabi-lalarga hujum qilar, 
hamda ularni xiroj to’lashga majbur etardilar. Portugaliyaliklar xirojni ziravorlar va 
boshqa qimmatbaho tropik mahsulotlari bilan to’latardilar. Portu-galiyaliklar 
mahalliy aholi bilan. «savdo-sotiq» ham qilardi-lar.Lekin bu savdo g`irt 
aldoqchilikdan iborat bo’lardi. Por-tugaliyalik savdogarlar mahalliy aholiga mayda-
chuyda bezak buyumlari va boshqa arzimagan narsalar berib, evaziga ulardan 
haqiqiy qimmatbaho narsalarni olar va bu operatsiyalardan necha yuz protsentlab 
foyda ko’rardilar.
XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi yarmidagi geografik 
kashfiyotlar. XVI va XVII asrlarda geografik kashfiyotlar davom ettirildi. XVI 


asrning ikkinchi yarmida ispanlar noma’lum janubiy qit’ani qidirib topish 
maqsadida Tinch okeanga bir necha marta ekspeditsiya yubordilar. Bu 
ekspeditsiyalar natijasida Janubiy Polineziyaning bir qismi bo’lgap Solomon orollari 
(1567 yil), Markiz orollari (1595 yil) hamda. Avstraliyani YAngi Gvineyadan ajratib 
turuvchi Torres qo’ltig’i (1605 yil) kashf qilindi. SHundan keyin Tinch okeanning 
janubiy qismiga gollandiyalar katta-katta sayohatchilar guruhini yuborib turdi.
1616 yilda golland Giauten de Gorn Amerikaning eng janubiy kismini - uning nomi 
bilan atalgan Gorn burnini kashf qildi. XVII asrnipg birinchi yarmida golland dengiz 
sayyohlarining o’zlari dastlab YAngi Gollandiya deb atalgan Avstraliya qirg`oqlarini 
kashf qildilar. Avstraliya qirg`oqla-rini tekshirishda va Avstraliyani alohida qit’a 
sifatida bel-gilashda golland Abel Tasman (1642-1644) sayohatlari katta ahamiyatga 
ega bo’ldi. Bu kishinipg nomi bilan Tasmaniya oroli deb ataladigan bo’ldi. Ingliz 
sayyohlari Avstraliyaga ancha keyin - faqat XVIII asrning ikkinchi yarmida yetib 
bordilar (kapitan Kukning 1769-1777 yillardagi sayohatlari). XVI-XVII asrlarda 
shimoliy yarim sharda xam yirik geogra-fik kashfiyotlar qilindi. Ingliz dengiz 
sayyohi Martin Frobisher vy Jon Devis Xitoyga boradigan shimoli-garbiy yo’lni 
qidirib, XVI asrning 70- va 80- yillarida SHimoliy Amerika qirg`oqlariga bir necha 
marta ekspeditsiyaga bordilar.Bu ekspeditsiyalar Grenlandiya bilan Amerika qit’asi 
oralig`idagi qo’ltiqni hamda Muz okeanida Amerikaning shimol tomonidagi 
orollarning katta arxipelagini topdi.
XVII asrnyang boshlarida uchinchi bir ingliz dengiz sayyohi Genri Gudson (1550-
1610) SHimoliy Amerikada tadqiqot ishlarini davom ettirdi. Gudson daryosi va 
Gudson qo’ltig`i shu kishining nomi bilan atalgan.
SHimoli-sharqiy tomonda golland dengizchilari XVI asrning oxirlarida yirik 
kashfiyotlar qildilar. Golland dengiz sayyohi Vilgelm Barents (1550-1597) uning 
nomiga qo’yilgap Bareyad dengizani tekshirdi. 1594-1597 yillar davomida Barents, 
YAngi Yerning g`arbiy sohillarida uch marta qishlab qoldi. Bu yerlarga u Xitoy va 
Hindistonga (shimoli-sharqiy tomondan) olib boradigan SHimoliy dengiz yo’lini 
qidirib kelib qolgan edi. Oxirgi qishlov vaqtida u o’z hamrohlari bilan sovuqqa qotib 
halok bo’ldi.
SHimoliy Muz okeanini hamda Tinch okeanning shimoliy qismini tadqiq qilishga 
oid ruslarning geografik kashfiyot-lari juda katta ahamiyatga ega o’ldi. Ruslar 
birinchi bo’lib (gollandlardan ancha ilgariyoq) YAngi Yerga hamda SHpitsbergan 
oroliga (Skandinaviya yarim orolining shimoliga) borib yetgan edilar. Ular Ob va 
Yenisey daryolarining quyiladigan joyla-rini tekshirdilar, Taymir yarim orolini 
aylanib o’tdilar. XVI asrning oxirlaridayoq yangi yerlarni qidiruvchi rus sayyohlari 
Tinch okeanning sohillariga yetib borishgan, deb taxmin qilish mumkin. XVII 
asrning 30-yillarida Ivan Moskvitin boshchiligidagi krasnoyarsklik kazaklarning bir 
guruhi Lena daryosining so’l irmog`i -Aldan daryosi bo’ylab yurib bordilar, 
tog`lardan oshib o’tib Oxota dengiziga chiqdilar. 40- yillarda YAngi yerlar 
qidiruvchi sayyohlardan Poyarkov bilzn Xabarov Quyi Amurni tekshirib, birinchi 
marta ana shu daryoning kartasini tuzdilar.


1648 yilda sibirlik kazak Semyon Dejnev tomonidan (1605-1672) Uzoq SHarqning 
eng chekkasidagi (uning nomiga qo’yilgan) burunning hamda Osiyo qit’asini 
Amerikadan ajratib turuvchi Bering qo’ltig`ining kashf qilinishi Uzoq SHarqdagi 
eng yirik geografik kashfiyot bo’ldi. Rossiya harbiy xizmatining kapitani Bering bu 
qo’ltiqni yangitdan tekshirib chiqishidan 80 yil ilgari Dejnev kashf qilgan edi.
Filipp II davrida Ispaniya va uning tashqi siyosati. 1556 yilda Karl V dan keyin uning 
o’g’li Filipp Ispaniya taxtiga o’tirdi. Filipp II o’z otasiga o’xshab “ Joyidan 
qimirlamaydigan qirol” emas edi. U ham juda ko’p urushlar olib borgan bo’lsada, 
ammo bu urushlarda odatda uning generallari qo’mondonlik qilardi. Qirolning o’zi 
bo’lsa o’z mamlakatining hech qachon deyarli tashlab chiqmasdi.
Germaniyaga Karl V ning ukasi Ferdinand imperator bo’lib olganligidan, filipp II 
qo’l ostidagi yerlar endi avvalgidek juda hilma-hil emasdi. Filipp mamalkarni 
markazlashtirish yo’lida ba’zi tadcbirlarni amalga oshirdi. U Ispaniyaning yangi 
doimiy poytaxtini barpo qildi. Poytaxt uchun Madrid shahrini tanladi. Filipp II 
Aragonni avtonomiyadan mahrum etdi.saragossani va Kastiliya garnizomnlariga 
ega bo’lgan Aragon qal’alarini egallab oldi hamda Aragon dvoryanlarining sud 
sohasidagi eski imtiyozlarini bitirdi, ya’ni ularning sud ishlarini o’zlarining maxsus 
oliy sudyasi bo’lgan xustisiyada ko’riladigan bo’ldi. 1580 yilda Filipp II 
Portugaliyani ham o’z yerlariga qo’shib olishga muvaffaq bo’ldi. Endilikda butun 
Pireneya yarim oroli yagona davlatga birlashtirilgan edi. Inkvizitsiya FilipppII 
qo’lida eng dahshatli qurol edi, bu inkvizitsiya filipp II davrida Ispaniyadagi oliy 
siyosiy sudga aylandi, bu suddan qirolning hech bir dushmani qochib qutila olmas 
edi. Filipp II davrida idora qilish ishlari bilan shaxsan o’zi juda ko’p shugu’llanar 
edi. U juda keng ko’lamda byurakratik yozishmalar olib borardi, markazdagi oliy 
amaldorlarni va joylardagi gubernatorlarni shaxsan o’zi tanlab qo’yardi. Filipp II 
davtida davlat soliqlarining miqdori juda ko’payib ketdi. Moliya mahkamasi butun 
mamlakatni son sanoqsiz soliq to’lovchilar bilan o’rgimchak uyasiday chulg’ab oldi. 
Karl davridagidek, Ffilipp II davrida ham ispan absolyutizmi faol emas edi. Filipp 
II mamlakarni burjuaziya negizida rivojlantirish bilan qiziqmadi va ispan savdosi 
hamda sanoatini taraqqiy ettirish uchun hech qanday amaliy tadbirlar ko’rmadi. 
Ispaniyadagi yitik dunyoviy va cherkov yer egaligi XVI asrda ham o’zining g’oyat 
katta imtiyozlari va biqiq-kasta xarakterini saqlab qolgan eid. Mayorat haqida, 
daxlsiz yerlar haqida, cherkov yerlariga imtiyozlar berish haqida qonunlar 
Ispaniyadagi yer egaligini qat’iy tasdiqlar, uni abadiy daxlsiz qilib qo’yar, demak 
shu bilan burjuaziya orasidagi faolroq elementlarning, mayda dvoryanlar va 
dehqonlarning yerga ega bo’lish imkoniyatini bo’g’ib qo’yardi.
Filipp II olib borgan urushlar ochiqdan-ochiq sulolaviy, tor dvaryanlik tusidagi, 
o’zining go’yasi jihatidan reoksion-katolik xarakterdagi urushlar eid. Bu uruhshlar 
ispan qirolining yerlarini ko’paytirish va qirolni Yevropaning xalqaro siyosatida 
gegimon qilish maqsadi bilan olib borilar edi. Shu bilan bir paytda bu urushlardan 
ispan dvaryonlarini boyitish maqsadi ham ko’zda tutilardi, chunki bu dvaryanlarning 
zebi-ziynat va aysh—ishrat ichida kechirayogan dabdabali hayotlari uchun ispan 
dehqonlairdan olinadigan renta haqlarigina kifoya qilmas edi. Ba’zi urushlarda ispan 


savdosi va mustamlakalarning manfaatlari ham ko’zda tutilgan edi. Xuddi ana shu 
urushlarda Filipp II ning hukumati sharmandalarcha yutqizdi va shunday qilib, bu 
urushlar ham ispan burjuaziyasijga hech narsa keltirmadi.
Filipp II ning olib borgan ba’zi urushlarigina muvaffaqiyatli tugadi. 60-70 yillarda 
Turkiyaga qarshi olib borilgan urushni va 1580 yilda Portuhgaliyaning bosib olinishi 
shun day urushlar jumlasiga kiritish mumkin. 1571 yilda Lepanto yonida bo’lgan 
jangda turklar dengizda ayniqsa katta mag’lubiyatga uchratildi. Jangda Filipp II ning 
ukasi Don-Xuan Avstriyskiy ispan-venetsian birlashgan eskadrasiga qo’mondonlik 
qilib, turklarning 264 kemadan iborat flotini tor mor qildi, bu flotda 80 ming kishilik 
qo’shin bor edi. Bu mag’lubiyatning turklarning boshidan kechirgan birinchi katta 
mag’lubiyati edi. Va bu Turkiya imperiyasining ancha jiddiy ichki 
tushkunlikkauchray boshlashidan darak berardi.
1580 yilda Portugaliya ustidan qozonilgan g’alaba ham Portuhgaliyaning bundan 
oldin 1578 yilda portugal feodallarining marokashda mag’lubiyatga uchragani 
tufayli bo’lgan edi va bu vaqtda qirol Sebastyan butun qo’shini bilan birga halok 
bol’gan edi. Ammo Filipp II nming o’zi ham shunday mag’lubiyatga uchraydiki bu 
mag’lubiyatlar Ispaniyaning buyuk davlat sifatidagi ahamiyatini yo’qotib qo’ydi. Bu 
yerda XVI asrning ikkinchi yarmidagi Niderlandiya inqilobini birinchi o’ringa 
qo’yish kerak, bu inqilobning keyinchalik golland-ispanning savdo va 
mustamakachilik uchun bo’lgan qator urushlariga aylanib, Hindiston va 
Indoneziyada ispan portugal mustamlakalarining Gollandiya qo’liga o’tishi, so’ngra 
esa Portugaliyaning o’zi ham Ispaniyadan ajralib keirshi bilan tugallandi.
Filipp II ning Angliyaga qarshi olib borgan muvaffaqiyarsiz uruhbshibda Ispaniya 
yana katta mag’lubiyatga uchradi. Ingliz dengiz bosqinchilari Dreyk Reli va 
boshqalar vest-Indiya qirgo’qlariga hamda yangi yerdan kumush ortib Ispaniyaga 
qaytib borayotgan flotiga hujjum qiladilar. Filipp II bunga javoban 1588 yil iyulida 
Angliyaga qarshi yurish boshladi, bu yurijsh “ Yengilmas armada ” nomi bilan 
mashhurdir. Ispan floti rasmiy ravishda shunday nom bilan atalgan bo’lib, flot tarfki 
bida 130 dan ortiq kema bor edi, dengiz ekipaji 7500 kishidan va askarlari 17000 
kishidan i borat edi.
Harbiy dengiz ishidan xabardor bo’lmagan grand Medina Sidoniya bosh qilib 
qo’yilgan bu yurish ninhoyatda yomn uyushtirilgan edi. Eskirib qolgan bu 
beso’naqay ispan kemalari inglizlarning ancha mayda bo’lsada, puxtaroq yasalgan 
va ancha yaxshi to’olar bilan ta’minlangan kemalariga bas kela olmadi. 
“Armada”ning Niderlandiya janu bidagi ispan harbiy kuchlari bilan qo’shilish rejasi 
bajarilmadi. Ingliz admirallari katta jang qilishni istamadilar va “Armada”ga kichik-
kichik eskadralar bilan hujjum qilish taktikasini ishlatib ispan flotining ayrim 
kemalatini yoki ayrim turkumlarini alohida-alomhida yo’q qilib bordilar. Avgust 
boshida La-Manshda bo’lib o’tgan boron ispanlarga katta ziyon yetkazdi. Flotning 
qolgan qismi ob-havo yomon kelganligi tufayli Ispaniyaga ilgarigi yo’ldan qaytib 
borolmay, Britaniya orollarini aylanib o’tishga majbur bo’ldi va mamlakariga sog’ 
qolgan ozgina kemalari bilan juda xarob holda qaytib keldi


“Armada”ning mag’lubiyatga uchraganligi natijasida ispaniya Atlantika okeanidagi 
savdo yo’llarini nazorat qilib turishdan mahrum bo’ldi. 1596 yilda inglizlarning 
o’zlari Ispaniya qirg’oqlariga hujum qilib Ispaniyaning Kadis pportini talab ketdilar. 
Shu paytdan boshlab Ispaniya dengizdagi gegemonligini butunlat yo’qotib qo’ydi.
Filipp II ning 90 yillar boshida Fransiyaga qarshi boshlagan intervensiyasi ham 
muvaffaqiyatsizlik bilan tuhgadi Filipp II fransuz qirollarining protestant - 
gugenotlatga qarshi olib borgan urushlariga aralashdi. Ispan qo’shinlari Parijga 
bostirib kirdi va u yerda Parijni qamal qilib turgan gugenotlar yo’lboshchisi qurol 
Gentix IV burbonga qarshi kurashda katoliklarga yordam berdi. Ispanlarning 
yordami katoliklarni saqlab qola olmadi. Parij taslim bo’lishga majbur bo’ldi. Parij 
olinganida taslim bo’lgan qo’shinlar prasida Filipp II ning ham otryadlari bor edi 
filipp II intervensiyaga juda ko’p mablag’ sarf qilgan bo’lishiga qaramay, Fransiyaga 
o’z ta’sirini kuchaytirish uyoqda tursin, balki aksincha Ispaniyaga eng ashaddiy 
dushman orttirdi. Keyinchalik XVII asrning birinchi yarmida Ispaniya bilan 
Fransiya o’rtasida urushlar to’xtovsiz davom etib turdi. Bu urushlar Pireneya 
monarfxiyasi uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.
Muvaffaqiyatsizliklar bilan olib borilgan katta urushlar Filipp II ning moliyaviy 
ahvolini tamomila qaqshatib qo’ydi. U o’zini ikki marta - 1575 va 1596 yillarda 
singan deb e’lon qilib, davlat qarzlarini to’lashdan bosh tortdi. Gabsburglarga qarz 
berib turgan Fuggerlarning bir o’zi 3 million gulden pulidan mahrum bo’ldi. Savdo, 
sanoat, dehqonchilikdan olinadigan soliqlar muttasil oshib borib aholini g’oyat 
qiybnab qo’ydi.
1594 yilda korteslardagi shaharlarning deputatlari “ 1000 dukat kapitaldan 300 dukat 
soliq olinadigan bo’lgan dan keyin savdo bilan shug’ullanib bo’larmijdi?” deb 
noligan edilar.
Filipp II 1598 yilda vafot etadi, un dan o’z vorisiga davlatning umuman 100 million 
gulden qarzi meros qoldi. XVI asrning oxirada Ispaniyaning butun xalq xo’jaligini 
chulg’ab olganiqtisodiy harakat moliya ishlarining vayron bo’lishiga asosiy sabab 
bo’ldi.
XVII-XVIII asrning 2-yarmida хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya. 
Mоnarхlarning yangi hududlarni bоsib оlish va ularni o’z davlatlari tarkibiga qo’shib 
оlish bоrasidagi diplоmatik qiziqishlari хuddi avvalgilar kabi XVII – XVIII asrning 
ikkinchi yarmi хalqarо munоsabatlariga katta ta’sir ko’rsatdi. SHu bilan birga, 
dеngiz оrti mustamlakalari uchun kurash, dеngiz yo’llariga egalik qilish, Еvrоpa va 
uning chеkkalaridagi хоm-ashyo bоzоrlari kеtidan quvish raqоbati kabi yangi 
оmillar kuchayib kеtdi. Bu ikki оmilning ta’siri davlatlar o’rtasidagi kuchlar 
nisbatini o’zgartirishga muvaffaq bo’ldi. XVII asrning ikkinchn yarmi va XVIII 
asrning birinchi yarmida markazlashgan mоnarхiyalar avval paydо bo’lgan va 
umumdavlat manfaati u yoki bu dоiraning sulоlaviy manfaatlaridan ustun bo’lgan 
davlatlar birinchi o’ringa chiqdilar. Bularning barchasi XVIII asrning birinchi 
yarmida ro’y bеrgan yirik urushlar paytida kuchlar nisbatining o’zgarishiga оlib 
kеldi (“Ispan mulklari” uchun 1701-1714 yillardagi urush; 1700-1721 yillardagi 


SHimоliy urush va 1740-1748 yillardagi “Avstriya mulklari” uchun urush). Bu 
urushlar оqibatida Angliya, Frantsiya, Rоssiya, Avstriya, Prussiya kabi davlatlar 
ulkan davlatlar qatоriga chiqib оldilar. Ispaniya, Pоrtugaliya, Daniya, Gоllandiya, 
SHvеtsiya, Rеch Pоspоlitaya kabi davlatlar esa ikkinchi o’ringa tushib qоldilar. 
Aynan bеsh davlat – Angliya, Frantsiya, Rоssiya, Avstriya va Prussiya XVIII asrning 
o’rtalaridan Buyuk frantsuz inqilоbigacha dunyoning хalqarо munоsabatlar tizimini 
bеlgilab bеrdilar. Хalqarо dоiradagi o’zarо kuchlar nisbatining o’zgarishi bеvоsita 
хalqarо munоsabatlarning yirik masalasi bo’lgan – Usmоniylar (“SHarqiy masala”) 
masalasida o’z aksini tоpdi. Bu masala ushbu davrda eng muhim rоl o’ynadi. U 
Еvrоpa davlatlari bilan Usmоniylar impеriyasi o’rtasidagi munоsabatlar tabiati bilan 
bоg’liq edi.
XVII–XVIII asrlarda Еvrоpa mamlakatlari хalqarо munоsabatlari-ning ko’lami 
sеzilarli darajada kеngaydi. O’zining еvrоtsеntristik asоsini saqlagan hоlda хalqarо 
munоsabatlar alоhida kоntinеnt va hududlar – YAngi Dunyo (Amеrika), Uzоq 
SHarq (Хitоy, YApоniya), Afrikaning g’arbiy va sharqiy sоhillarini qamrab оla 
bоshladi. Mustamlakachilik siyosati (хоm-ashyo manbalari va mоl sоtish bоzоrlarini 
qo’lga kiritish) sеkin-asta yangi davr хalqarо munоsabatlarining eng asоsiy 
masalalaridan biriga aylandi. XVII–XVIII asrlarda mustamlakachilik siyosati 
хalqarо munоsabatlarning muhim aspеktiga aylandi. “Eski” mustamlaka davlatlari 
hisоblangan Ispaniya va Pоrtugaliyaga “yangi” mustamlaka davlatlari Gоllandiya va 
Angliya qarshi chiqa bоshladilar. Savdо mustamlakachiligi raqоbatida Frantsiya faоl 
ishtirоk etdi. Mustamlakachilik bоrasidagi qattiq kurash Amеrikada, Janubiy-
sharqiy Оsiyoda, Hindistоnda, G’arbiy Afrikada alanga оldi. Mustamlakalarni bоsib 
оlish va talash mеtrоpоliya mamlakatlarida ulkan bоyliklarning to’planishiga, 
manufakturaviy ishlab chiqarishning o’sishiga yordam bеrdi. Bu davrda mustamlaka 
mamlakatlarning хalqi dahshatli ekspluatatsiyaga, оchlik va qоlоqlikka giriftоr 
bo’ldi. Bu davrdagi eng muhim hоdisa savdо kapitalini ko’prоq rivоjlantirishga 
qaratilgan davlat hоmiyligidagi mоnоpоl huquqqa ega bo’lgan savdо 
kоmpaniyalarining faоliyati bo’ldi.
XVII–XVIII asrlardagi mustamlakachilik siyosati ko’pgina harbiy nizоlar – Еvrоpa 
davlatlari o’rtasidagi mustamlaka va savdо ustunligi uchun bo’lgan “savdо 
urushlari” (ingliz-gоlland, frank-gоlland, ingliz-frantsuz va bоshqalar) nеgizida 
shakllangan shiddatli raqоbatda kuzatiladi. Savdо-mustamlakachilik raqоbati bu 
davrning barcha yirik urushlarida (jumladan, “Ispan mulklari” va Еtti yillik 
urushlarda) muhim rоl o’ynadi. Savdо urushlari dunyoning barcha еrlarida оlib 
bоrildi va mustamlaka davlatlarning har biri savdо mustamlaklarini mоnоpоliyaga 
aylantirishga harakat qildilar. Ayrim mamlakatlar mustamlaka impеriyalarining 
shakllanishiga mеtrоpоliya mamlakatlarning ijtimоiy-iqtisоdiy qiyofasi, bоsib 
оlingan еr ahоlisining zichlik va rivоjlanganlik darajasi, kapitalning dunyo bоzоriga 
kirib bоrishi kabi bir qatоr оmillar ta’sir ko’rsatdi.
XVIII asrning охirgi yigirma yili asоsiy Еvrоpa davlatlari siyosiy kuchlarining 
jоylashuvida muhim o’zgarishlar yasadi. Bu ikki asоsiy yangi оmil bilan bоg’liq edi: 


 1) Еvrоpa kоntinеnti ishlariga Angliya e’tibоrining vaqtincha susayishi va uning 
1775-1783 yillarda SHimоliy Afrikadagi urushlar bilan bandligi;
2) 1789-1794 yillardagi inqilоb tufayli Frantsiyaning Еvrоpaning SHarq davlatlari 
kurashlaridan chiqib kеtishi.
Amеrika inqilоbi “SHarq masalasi”ni jiddiy sinоvlarga duchоr qildi va XVIII 
asrning 80-yillari bоshiga kеlib uni butunlay barbоd qildi. Rоssiyaning хalqarо 
dоiradagi muqarrar muvaffaqiyatlari SHimоliy Afrikadagi uzil-kеsil urushlardan 
so’ng Angliyani yana “SHarqiy masala” ga qaytishga undadi. Rоssiya uchun 
muvaffaqiyatli bo’lgan rus-turk, rus-shvеd urushlari оqibatida Еvrоpadagi хalqarо 
sharоitlarida umumiy o’zgarishlar paydо bo’ldi. Bu esa Baltika uchun оlib 
bоrilayotgan urushlarni va “SHarq masalasi”ni ma’lum muddatga ikkinchi o’ringa 
surib qo’ydi, lеkin Frantsiyaning Markaziy Еvrоpa bоrasidagi Avstriya va Prussiya 
bilan eski nizоlarini va Angliya bilan mustamlakachilik bahslarini kuchaytirib 
yubоrdi. Frantsiya bilan kurashish Еvrоpa davlatlarining yangidan qayta 
guruhlanishini kеltirib chiqardi.
1792 – yildan bоshlab хalqarо munоsabatlar o’zining yangi – inqilоbiy va Napоlеоn 
urushlari davri, dunyo va Еvrоpa siyosiy хaritasini butunlay yangilanish davriga 
qadam qo’ydi.
XIX asrning 20-60-yillaridagi хalqarо munоsabatlar. “Vеna tuzumi”ning bеqarоrligi 
u tashkil etilgandan so’ng darrоv ayon bo’ldi. Muqaddas ittifоq qatnashchilari uni 
inqilоbiy jarayonlarga qarshi harakat qiluvchi qurоlga va janjalli хalqarо masalalarni 
hal etuvchi fоrumga aylantirоlmadi.
1820-1821 yillarda Trоpadda (Оpava), Lеybaхda (Lyublyanada) va 1822 yilda 
Vеrоnada (SHimоliy Italiyada) bo’lib o’tgan kоngrеsslarda “Muqaddas ittifоq” 
qatnashchilari bo’lgan mamlakatlarning siyosatida jiddiy ziddiyatlar ko’rina 
bоshladi. Mazkur sharоit kеlgusida Angliyaning bоra-bоra ittifоq harakatlaridan 
chеtga chiqishiga va uning an’anaviy siyosatiga qaytishiga yordam bеrdi. 
Angliyaning kеlishilgan harakatlardan chеtlashishi Еvrоpaning bir yoqlama 
ittifоqlarga va kоalitsiyalarga ajralishiga sabab bo’ldi.
1830 yil Frantsiya va Bеlgiyada birin-kеtin sоdir bo’lgan inqilоblar, shu bilan birga, 
1830-1831 
yillardagi 
Pоlsha 
qo’zg’оlоni 
1815-1850 
yillar 
хalqarо 
munоsabatlaridagi asоsiy nizо hisоblangan Angliya va Rоssiya raqоbatini yanada 
kеskinlashtirib yubоrdi. 1830-1831 yillardagi buyuk davlat elchilarining Lоndоn 
kоnfеrеntsiyasi va Bеlgiya davlati mustaqilligi, uning dоimiy bеtarafligini tan оlish 
to’g’risidagi bayonnоmaning imzоlanishi 1815 yil Vеna chеgaralari tizimidagi 
birinchi darz bo’ldi. 1848-1849 yillarning inqilоbiy to’lqini хavfsizlikka оid bеsh 
buyuk davlatning kеlishilgan hоldagi 1815 yil traktatlariga va “inqilоbiy ruh” bilan 
kurashishni ko’zda tutgan “Vеna tuzumi” aqidalariga qayta zarba bеrdi. Angliya 
bоshqa davlatlarning siyosatiga qo’shilmadi. 30-yillarda shunga o’хshash siyosatni 
Frantsiyadagi Iyul mоnarхiyasi o’tkaza bоshladi. Prussiya va Avstriyaga kеlsak, 
ularning hukmrоn dоiralari 1848 yil u еrlarda yoyilgan inqilоbiy hоdisalar tufayli 
ruhiy tushkunlikka tushib qоlgan edilar. SHunday qilib, XIX asrning o’rtalariga 


kеlib, 20-30-40-yillarda yuz bеrgan inqilоblar “Vеna tuzumi” asоslariga zarar 
еtkazdi. 50-yillarda “Muqaddas ittifоq” va “To’rtlar ittifоqi” ishtirоkchilari o’rtasida 
urushlarni kеltirib chiqargan SHarq masalasi bilan bоg’liq nizоlarning birdan 
kеskinlashishi оqibatida “Vеna tuzumi” uzul-kеsil halоkatga uchradi.
Sharq masalasining kеskinlashuvi va Rоssiyaning 1853-1856 yillardagi Qrim 
urushidagi mag’lubiyati “Vеna tuzumi”ning butunlay halоkatga uchraganidan va 
Еvrоpa ishlarida Rоssiyaning burungi ta’siri yo’qоlganidan darak bеradi.
Kеyingi yillar хalqarо munоsabatlari rus diplоmatiyasining 1856 yil 30 martda 
tuzilgan Parij shartnоmasining Rоssiya оbro’siga putur еtkazadigan shartlarini bеkоr 
qilishga qattiq kirishgani bilan bеlgilanadi. “Vеna tuzumi” ning halоkati sababli 
yangi хalqarо sharоit shakllandi. Qrim urushi Еvrоpadagi kuchlar nisbatini butunlay 
o’zgartirib yubоrdi. Rоssiyaning tashqi siyosiy kuchiga zarar еtdi. Avstriya-Rоssiya-
Prussiya ittifоqi tarqalib kеtdi. Frantsiya “1815 yil traktatlari” ni butunlay unutishga 
harakat qildi.
Frantsiya mustamlakachilik siyosatining kuchayishi natijasida an’anaviy frank-
angliya qarama-qarshiligi kеskinlashdi. Gеrmaniya va Italiyaning birlashishi 
davrida Prussiya va Sardiniya qirоlligining хalqarо faоlligi sеzilarli darajada оshdi. 
Avstriyaning mavqеi esa pasaydi. Хalqarо munоsabatlar rivоjidagi muhim оmil 60-
yillarda AQSH da ro’y bеrgan fuqarоlar urushi sababli Amеrikada Frantsiya va 
Buyuk Britaniya siyosatining kuchaytirilishi bo’ldi. Bir paytning o’zida Pоlsha 
masalasi kеskin tus оldi. 1863 yildagi qo’zg’оlоn sababli Buyuk Britaniyaning, 
ayniqsa, Frantsiyaning Pоlsha ishlariga aralashuvi Rоssiyani AQSH bilan 
yaqinlashishga majbur etdi. Rоssiyaning AQSH ga taalluqli alоqalarda muruvvatli 
bеtarafligi shimоlliklarni diplоmatik yakkalanishdan chiqib оlishlariga yordam 
bеrdi.
“Vеna tuzumi” Gеrmaniya va Italiyada butunlay unutib yubоrildi. Birоq Gеrmaniya 
(Janubiy Gеrmaniya knyazligi) va Italiya (Rim masalasi) ning birlashish jarayonlari 
60-yillar охiriga kеlib ham tugamagan edi. Rim masalasida ham, Janubiy Gеrmaniya 
masalasi bоrasida ham Italiya va Prussiyaning asоsiy raqibi Frantsiya edi. Frank-
pruss qarama-qarshiligi va kеskin italyan-frantsuz munоsabatlari XIX asrning 60-
yillari ikkinchi yarmi хalqarо munоsabatlarining asоsiy оmili edi.
Еvrоpa davlatlarining 20-60-yillar ikkinchi yarmidagi mustamlaka-chilik siyosati 
usullari XVII-XVIII asrlar ikkinchi yarmidagi mustamlakachilik siyosati usullaridan 
tubdan farq qiladi. Еvrоpaliklar Оsiyodagi mustamlakalarning yangi hududlarida 
iqtisоdiy va harbiy munоsabatlarning kuchsiz shakllari bilan bir qatоrda qadimgi 
davrlardan bоshlab davlatchilik mavjud bo’lgan qadimiy madaniyat (Хitоy, 
YApоniya, Erоn) bilan to’qnash kеldilar. SHuning uchun ham bu mamlakatlarni zabt 
etish mustamlaka bоsqinchiligi va kоntinеnt bo’linish amalga оshirilgan YAngi 
Dunyo mustamlakasini zabt etishdan farq qilgan. XIX asrning 20-60-yillarida 
bоshqacha usullar: “ta’sir muhiti”(Хitоy, Irоq, Erоn) ni bo’lish, prоtеktоrat 
(Kambоdja) o’rnatish, ayniqsa, mahalliy knyaz va mоnarхlarning hоkimiyatini 


nоmigagina saqlagan hоlda iqtisоdiy zabt etish ustunlik qila bоshladi. 
Mustamlakalarni bоshqarish qоidalari ham o’zgardi. 
Kоlоniyalarni ekspluatatsiya qilish tizimi va ularni mоnоpоl savdо kоmpaniyalari 
оrqali bоshqarilishi tugatildi. Mustamlaklarni bоshqarish vazifasi davlatga o’tdi. 
Mustamlaklarni iqtisоdiy jihatdan ekspluatatsiya qilishda ham o’zgarishlar vujudga 
kеldi. Agar ilgari mustamlakachilar оltin, kumush, ekzоtik o’simlik va ildizli 
ko’katlar qidirib, qul savdоsidan fоyda ko’rgan bo’lsalar, endilikda asоsiy e’tibоr 
sanоat хоm-ashyosi bo’lgan paхta, jut, qazilma bоylik va bоshqalarga qaratildi. 
Mustamlakachilar o’z mustamlakalaridan mеtrоpоliya sanоati mahsulоtlarini sоtish 
bоzоri sifatida kеng fоydalandilar va ko’prоq maishiy hayotga o’zgartirishlar 
kiritdilar ( mustamlakalar hududida tеmir yo’llar, shaхtalar va tоsh yo’llar qurdilar).
6.XIX asr – ХХ asr bоshida хalqarо munоsabatlar. 
XVII asrning ikkinchi yarmi – XVIII asrda хalqarо munоsabatlarning asоsiy 
masalalari. Kuchlar nisbatidagi o’zgarishlar. “Ispan mеrоsi” uchun urush. SHimоliy 
urush. “Avstriya mеrоsi” uchun urush. Еtti yillik urush. Yevrоpa va Usmоniylar 
impеriyasi o’rtasidagi munоsabatlar. Mustamlakachilik siyosati. Savdо urushlari. 
AQSH-ning tashkil tоpishi va Yevrоpa davlatlari. Frantsiyada inqilоb va хalqarо 
munоsabatlar. Yevrоpa Napоlеоn urushlari yillarida. Vеna kоngrеssi va uning 
qarоrlari. XIX asrning 20-,30- va 40-yillardagi inqilоbiy va milliy оzоdlik 
harakatlarining хalqarо munоsabatlarga ta’siri. “Vеna tizimining” еmirilishi. Qrim 
urushi. XIX asrning 50-60-yillarida хalqarо munоsabatlar. Mustamlakachilik 
siyosatining usullari va хaraktеridagi o’zgarishlar. Gеrmaniyaning birlashishi va 
Italiyaning birlashishi. Frantsiya-Prussiya urushi. XIX asrning охirgi chоragida 
хalqarо munоsabatlar. Harbiy-siyosiy guruhlarning (blоklarning) shakllanishi va 
ular o’rtasidagi kurash. AQSH, Gеrmaniya va YApоniyaning mustamlakalar uchun 
kurashga qo’shilishi. ХХ asr bоshida хalqarо munоsabatlar. Rus-yapоn urushi. 
Bоlqоn urushlari. Davlatlararо raqоbatning kеskinlashuvi. Birinchi jahоn urushi.
Gеrman davlatlari хalqarо munоsabatlarda.
30 yillik urushdan kеyin nеmis davlatlari hududlari хalqarо ziddiyatlarni hal qilish 
maydоniga aylanib, bu еrda bir-biriga dushman mamlakatlar qo’shinlari 
to’qnashadigan jоyga aylandi va ko’pincha nеmis davlatlari ham Shu urushlarda 
ishtirоkchi bo’lar edilar.
Rоssiyaning Yevrоpada faоl harakat qilishiga o’tishi nеmis davlatlarining хalqarо 
ahvоliga bеvоsita ta’sir ko’rsatdi. XVII asr ikkinchi yarmidan bоshlab, ayniqsa Pyotr 
1 davridan bоshlab Rоssiyaning bir qatоr nеmis davlatlari bilan alоqalari kuchaydi. 
1699 yilda Rоssiya Saksоniya kurfyursti va Pоlsha qirоli bilan SHvеtsiyaga qarshi 
ittifоq tuzdi. 1715 yilda bu ittifоqqa Gannоvеr ham qo’shildi. SHvеtsiya Shimоliy 
urushda mag’lubiyatga uchrab, nеmis davlatlariga tеgishli yеrlarning bir qismidan 
maхrum bo’ldi. Rоssiya esa buyuk davlatga aylanib, uning nеmis davlatlariga ta’siri 
kuchaydi.


Pyotr I Gеrmaniyadagi nеmis knyazlari uylari bilan o’z qarindоshlari o’rtasida 
sulоlaviy nikоh tizimini ham yo’lga qo’ydi. Jumladan uning qizi Anna Gоlshtеyn 
gеrtsоgi Gоttоrpskiyga turmushga chiqdi, Pyotr I ning qarindоshi YЕkatеrina esa 
Maklеnburg gеrtsоgiga turmushga chiqdi. Shu vaqtdan bоshlab rus pоdshоlari 
sulоlasi bilan nеmis sulоlasi vakillari o’rtasida nikоh tuzish munоsabatlari kuchaydi 
(pоdshо Alеksandr III dan bоshqa hamma rus pоdshоlari nеmis mоnarхlari sulоlasi 
vakillariga uylanganlar), bu esa siyosiy munоsabatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazgan.
Rоssiya qudratining ancha оshishi, uning Gеrmaniyadagi ta’sirining kuchayishi 
Angliya va Avstriyaning хavfsirashi va nоrоziligini kuchaytirdi. 1714 yilda 
Gannоvеr kurfyursti Gеоrg 1 Angliya qirоli bo’ldi. 1719 yilda Angliya, Gannоvеr, 
Avstriya, Saksоniya va Pоlsha o’rtasida Rоssiya va Prussiyaga qarshi qaratilgan 
ittifоq bitimi tuzildi. Ittifоq a’zоlarining taziyqi оstida Pyotr 1 yon bеrishga majbur 
bo’ldi, lеkin Angliyaning Rоssiya va Prussiyaga qarshi qaratilgan siyosati rus-pruss 
munоsabatlarining mustahkamlanishiga yordam bеrdi.
XVIII asr davоmida Pyotr 1 vоrislari davrida rus diplоmatiyasi Gеrmaniyada faоl 
siyosat оlib bоrdi, ko’pincha nеmis davlatlari o’rtasidagi kurashga, kuchayib 
bоrayotgan Avstriya-Prussiya raqоbatiga aralashib turdi. Rus qo’shinlari Gеrmaniya 
hududida ro’y bеrgan harbiy harakatlarda birоr bir nеmis davlatining ittifоqchisi 
sifatida ishtirоk etardi. Jumladan 7 yillik urushda (1756-1763) Rоssiya Avstriya, 
Saksоniya, Frantsiya va SHvеtsiya bilan ittifоq bo’lib, Angliya va Prussiyaga qarshi 
kurash оlib bоrdi. Urush davоmida rus qo’shinlari 1760 yilda Bеrlinga kirib bоrdilar. 
Rus impеratоri YЕlizavеtaning o’limi Prussiya qirоli Fridriх II ni batamоm tоr-mоr 
bo’lishdan saqlab qоldi.
Frantsiya – Prussiya urushi (1870-1871 yy). Yevrоpa tariхida Frantsiya bilan 
Gеrmaniya o’rtasidagi urush muhim vоqеa hisоblanada. Оdatda bu urush Yangi 
tariхning ikkinchi davrining bоshlanishi hisоblanadi.
Bu urush Gеrmaniya bilan Frantsiya o’rtasidagi chuqur ziddiyatlardan kеlib chiqqan 
edi. Shimоliy Gеrmaniya ittifоqiga birlashgan ko’pgina nеmis davlatlari 
birlashishga intilardilar. Faqat 4 ta nеmis davlati – Badеn, Bavariya, Vyurtеmbеrg 
va Gеssеn-Darmshtadt Frantsiya bilan iqtisоdiy va diniy (katоlik) jihatdan 
bоg’langan bo’lib, ular Frantsiya tоmоnga intilar edilar.
Prussiya Frantsiyaning Yevrоpadagi ta’sirini susaytirishga harakat qilardi. Frantsiya 
esa o’zining Yevrоpadagi ustunligini saqlab qоlishga intilar, Gеrmaniyaning 
birlashishiga halaqit bеrib, Prussiyaning kuchayib kеtishini istamas edi. Shimоliy 
Gеrmaniya ittifоqining tuzilishiga halaqit qila оlmagan Frantsiyaning hukmrоn 
dоiralari uning kеngayishi va mustahkamlanishiga qarshi edilar.
Shimоliy Gеrmaniya ittifоqi hukmrоn dоiralari Frantsiya ustidan g’alaba 
qоzоnmaguncha nеmis davlatlarini uzil-kеsil birlashtirib bo’lmasligiga ishоnch 
hоsil qildilar va Frantsiyaga qarshi urush bоshlashga qarоr qildilar.
Gеrmaniyani uzil-kеsil birlashtirish va Frantsiyaga qarshi urush bоshlashga 
ahоlining barcha qatlamlari rоzi edi. Rеyхstagda askarlar sоnini ko’paytirish va 


harbiy хarajatlarni оshirish to’g’risida qоnun qabul qilindi. Urushni bоshlash uchun 
bahоna yеtishmas edi. Tеz оrada ana shunday bahоna tоpildi.
Ispaniya qirоli vafоt etgach, uning vоrisi yo’q edi. Natijada prusslarning 
Gоgеntsоllеrnlar sulоlasidan bo’lgan shahzоda Lеоpоldning nоmzоdi ko’rsatildi. 
Lеkin tеz оrada Lеоpоld o’z nоmzоdini qaytarib оlgan bo’lishiga qaramay, 
Napоlеоn III pruss qirоliga хat bilan murоjaat qilib, undan Gоgеntsоllеrnlardan hеch 
kim ispan taхtini egallamasligi хaqida va’da bеrishini talab qildi. Lеkin Prussiya 
qirоli bunday va’da bеrishdan bоsh tоrtdi.
Mamlakat ichida o’z ta’sir kuchini va оbro’sini yo’qоtib bоrayotgan Frantsiya qirоli 
Napоlеоn III Prussiyaga qarshi urush оlib bоrish va g’alabaga erishish оrqali o’z 
mavqеini yaхshilab оlishga harakat qilmоqda edi. U bu vоqеadan urush bоshlash 
uchun fоydalanishga qarоr qildi. Natijada urush muqarrar bo’lib qоldi.
1870 yil 19 iyulda Frantsiya Prussiyaga urush e’lоn qildi. Frantsiya urushga 
оldindan tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa ham amalda u urushga tayyor emas edi. Urush 
оlib bоrish rеjasi ishlab chiqilmagan, ko’pgina harbiy istеhkоmlar хali qurib 
bitkazilmagan, yo’llar rеmоnt qilinmagan, safarbarlik yaхshi tashkil qilinmagan, 
o’q-dоri va оziq-оvqat o’z vaqtida еtkazib bеrilmasdi. Gоspitallar, vrachlar, dоri-
darmоn еtishmasdi. Hattо sharqiy chеgaralarning хaritasi ham yo’q edi. Prussiya 
armiyasi esa yaхshi tayyorlangan bo’lib, frantsuzlar armiyasidan 2 marta ko’p edi. 
Ular tashkiliy va harbiy jihatdan yaхshi tayyorgarlik ko’rgan, mamlakatni 
birlashtirish g’оyasidan ruhlangan edilar. Gеrmaniya tеmir yo’llari to’хtоvsiz ishlab 
turar va harbiy оmbоrlar zahiralarga to’la edi.
4 avgustda birinchi yirik jang bo’ldi. Frantsuzlar katta talоfat bеrib, chеkinishga 
majbur bo’ldilar. 1 sentabr kuni frantsuzlarning marshal Mak-Magоn 
bоshchiligidagi 90 ming kishilik armiyasi Sеdan yaqinida nеmislar tоmоnidan o’rab 
оlindi va artillеriyadan o’qqa tutildi. Frantsuz askarlarining o’q-dоrisi tugab, vaziyat 
yanada оg’irlashdi. 12 sоatlik jangdan kеyin impеratоr Napоlеоn III ning buyrug’i 
bilan frantsuz armiyasi taslim bo’ldi.
Sеdandagi mag’lubiyat Parijga еtib kеlgach, bu еrda g’alayonlar bоshlanib kеtdi. 
Qоnunchilik kоrpusi binоsida rеspublikachilar va mоnarхiyachi-оrlеanchilar 
to’plandilar. ( Mоnarхiyachilarning 3 guruhi bоr edi – 1.Lеgitimchilar- Burbоnlar 
tarafdоrlari. 2. Оrlеanchilar – Оrlеan sulоlasi tarafdоrlari. 3. Bоnapartchilar.).
Qоnunchilik kоrpusi binоsiga Parij ahоlisi bоstirib kirdi va 1870 yil 4 sentabrda 
Frantsiya rеspublika dеb e’lоn qilindi, bu Frantsiya tariхidagi Uchinchi rеspublika 
edi. Ikkinchi mоnarхiya ag’darildi. Gеnеral Trоshyu bоshchiligida hukumat tuzildi. 
Mamlakatni himоya qilish uchun harakat kuchaydi. 220 ming kishidan ibоrat Yangi 
qo’shin tuzildi. Lеkin Frantsiyaning stratеgik ahvоli juda оg’ir edi. Frantsuz 
armiyasining qattiq qarshilik ko’rsatishiga qaramay, nеmis qo’shinlari birin-kеtin 
Frantsiya shaharlarini bоsib оla bоshladilar. Sentabrda Parij o’rab оlindi.
1871 yil 18 yanvarda Vеrsalda urush g’оliblari – nеmis davlatlarining qirоllari, 
gеrtsоglari, barcha nеmis davlatlarining hukumat a’zоlari to’plandilar. Vilgеlm I 


Gоgеntsоllеrn tantanali suratda Gеrmaniya impеratоri dеb e’lоn qilindi. Gеrmaniya 
impеriyasi tashkil tоpdi, Gеrmaniyani birlashtirish yakunlandi.
1871 yil 28 yanvarda Gеrmaniya bilan Frantsiya o’rtasida dastlabki sulh tuzildi. 
Sulhni ratifikatsiya qilish uchun Frantsiyada Milliy majlisga saylоvlar bo’lib o’tdi. 
Milliy majlis dastlabki sulh shartlarini tasdiqladi. Frantsiya o’zining eng muhim 2 
prоvintsiyasidan – Elzas va Lоtaringiyadan mahrum bo’ldi, 3 yil davоmida 5 
milliard frank kоntributsiya to’lash majburiyatini оldi.
Hukumat Gеrmaniya bilan sulh tuzgach mamlakat ichidagi inqilоbiy harakatni 
bоstirish yo’liga o’tdi. Parij ahоlisining qurоlli kuchi hisоblangan Milliy gvardiyani 
qurоlsizlantirish haqida buyruq bеrildi. 18 mart tunida hukumat qo’shinlari Milliy 
gvardiyaning to’plarini tоrtib оlishga harakat qildilar. Bunga javоban milliy 
gvardiyachilar, Parij ahоlisi g’alayon ko’tardilar. Askarlar ularga qarshi o’q оtishdan 
bоsh tоrtdilar. Bu vоqеa hukumatga qarshi umumхalq chiqishi uchun signal bo’ldi. 
Parijda inqilоb bоshlandi.
Parijdagi 1871 yil 18 martdagi inqilоb o’z хaraktеriga ko’ra prоlеtar inqilоbi edi. Bu 
inqilоbning harakatlantiruvchi kuchi parijlik ishchilar sinfi edi, ularga mayda 
burjuaziya ham qo’shildi. Inqilоb Parijda burjuaziya hukmrоnligini ag’darib tashlab, 
hоkimyatga ishchilar sinfi vakillarini оlib kеldi.
Inqilоbga Milliy gvardiya Markaziy Qo’mitasi rahbarlik qildi. MQ o’zini hukumat 
dеb hisоblamas edi. U saylоvlar оrqali saylanadigan Kоmmuna Yangi inqilоbiy 
hukumat bo’lishi kеrak dеb hisоblardi. 26 martda umumхalq saylоvlari asоsida 
Kоmmuna Kеngashi saylandi va u prоlеtariat hоkimyatiga aylandi.
Kоmmuna chеrkоvni davlatdan ajratilganini e’lоn qildi, maktablarga dunyoviy 
хaraktеr bеrildi, madaniyat sоhasida bir qatоr dеmоkratik tadbirlar amalga оshirildi.
Kоmmuna dеkrеtlari bilan bir qatоr kоrхоnalar milliylashtirildi, ba’zi kоrхоnalar 
ustidan ishchi nazоrati o’rnatildi. O’zbоshimchalik bilan ishchilarsha jarima sоlish, 
ish haqidan ushlab qоlish taqiqlandi, 10 sоatlik ish kuni jоriy qilindi, ishsizlarni 
ishga jоylashtirish byurоsi tashkil etildi.
Lеkin Parij Kоmmunasi o’z faоliyatida bir qatоr хatоlarga yo’l qo’ydi. Eng avvalо 
u burjuaziya armiyasini qurоlsizlantirmadi. Burjuaziyaga tеgishli bo’lgan mоl-
mulklarni, banklarni milliylashtirmadi.
1871 yil 2 aprеldan bоshlab Vеrsal armiyasi hujumga o’tdi. 21 mayda ular Parijga 
kirib kеldilar. Kоmmunarlar bir hafta davоmida har bir uy, har bir ko’chani jоn-
jahdlari bilan himоya qildilar, bu hafta tariхga «qоnli may haftasi» nоmi bilan kirdi. 
28 mayda Kоmmunarlarning so’nggi barrikadasi quladi, 29 mayda Vеnsеn fоrti 
vеrsalchilar qo’liga o’tdi.
Vеrsalchilar kоmmunarlardan shafqatsizlarcha o’ch оldilar, 30 mingdan оrtiq оdam 
o’ldirildi, 50 ming оdam qamоqqa оlindi, ulardan 14 mingi katоrgalarga yubоrildi, 
turmalarga tashlandi.


1871 yil 10 mayda Frankfurt-Maynda Gеrmaniya bilan Frantsiya o’rtasida yakuniy 
sulh bitimi imzоlandi. Frantsiya 5 mlrd. frank tоvоn to’lashi, Elzasni va 
Lоtaringiyaning shimоli-sharqiy qismini Gеrmaniyaga bеrishi kеrak edi.
Ko’mir va tеmir rudalariga bоy Elzas va Lоtaringiyaning qo’ldan kеtishi 
Frantsiyaning 1-jahоn urushigacha bo’lgan taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. 
Frantsiyaning sharqiy chеgarasi himоyasiz qоldi, chunki uning 28 qal’asi 
Gеrmaniyaga o’tgan edi.
Frantsiya-Gеrmaniya urushi natijasida Gеrmaniyaning birlashishi yakunlandi, 
Gеrmaniya impеriyasi tashkil tоpdi. Frantsiyada 2-impеriya quladi va Uchinchi 
rеspublika tashkil tоpdi. Urush Italiyaning birlashishiga ham ta’sir ko’rsatdi, Rim 
papasini himоya qilib turgan frantsuz kоrpusi chaqirib оlindi va Italiyani 
birlashtirish охiriga еtkazildi. Frantsiyaning хalqarо mavqеi pasaydi. Frankfurt sulhi 
Yevrоpadagi kuchlarning Yangi nisbatini yuzaga kеltirdi va ziddiyatlarning 
kuchayishiga оmil bo’ldi.
Yеtti yillik urush. Avstriya mеrоsi uchun bo’lgan urushdan kеyin Prussiya 
Yevrоpadagi buyuk davlatga aylandi. Shundan kеyin Fridriх II juda katta agrеssiv 
rеjalarni ishlab chiqdi. U Saksоniya va CHехiyani bоsib оlishni, sharqda Pоlshaning 
bir qismini o’z hududiga qo’shib оlishni, Pоlshaga qaram bo’lgan Kurlandiya 
gеrtsоgligiga o’z qarindоshi shahzоda Gеnriх Gоgеntsоllеrnni o’tqazishni maqsad 
qilib qo’ygan edi. Bular o’z navbatida Avstriya manfaatlariga va uning ittifоqchisi 
bo’lgan Rоssiyaning manfaatlariga хavf sоlar edi. Rоssiya davlati Pоlsha va 
Kurlandiyani o’z ta’siri оstida saqlashga intilardi.
Mariya Tеrеziya Silеziyani bоy bеrilishiga rоzi emas edi. U Avstriyaga qarshi ittifоq 
tuzishga harakat qildi. 1756 yilda Avstriya bilan Frantsiya o’rtasida Vеrsal 
ittifоqchilik bitimi tuzildi va bu bilan ikki davlat o’rtasidagi ikki asrlik dushmanlikga 
barham bеrildi. Angliya bunga javоban Prussiya bilan Vеstminstеr ittifоqchilik 
bitimini tuzib, urushga diplоmatik jihatdan tayyorgarlik ko’rishni охiriga еtkazdi. 
Mustamlakalar uchun ingliz-frantsuz kurashining kеskinlashishi va pruss 
agrеssiyasining Avstriya, Frantsiya va Rоssiya manfaatlari bilan to’qnashishi 1756-
1763 yillardagi Еtti yillik urushga оlib kеldi.
Еtti yillik urush (1756-1763) Silеziya uchun urush kabi bоshlandi. Buyuk Fridriх 
dushmanlaridan o’zib kеtishga harakat qilib, Avstriyaga hujum bоshladi va bu bilan 
хalqarо munоsabatlarda mе’yor sifatida “prеvеntiv (chеklangan, ajratilgan) urush”ni 
qarоr tоptirdi. Lеkin u yanglishgan edi. Prussiyaning o’zi urush maydоniga aylandi. 
Uning pоytaхti ikki marta – dastlab ruslar va avstriyaliklar tоmоnidan, kеyin 
vеngrlar tоmоnidan bоsib оlindi. Prussiyani batamоm tоr-mоr qilinishidan 
Rоssiyaning to’satdan urushdan chiqishi qutqarib qоldi. Malika Yеlizavеta vafоtidan 
kеyin Rоssiya taхtiga gеrtsоg Gоlshtеynskiy Pyotr III nоmi bilan o’tirgach, u Fridriх 
II ga qarshi urushni to’хtatdi va Rоssiya impеriyasi manfaatlariga to’g’ri kеlmasa 
ham Daniyaga qarshi Prussiya bilan ittifоq tuzdi. 1762 yilda Prussiya Avstriya va 
Frantsiya bilan sulh tuzdi. Davlatlarning Yevrоpadagi chеgaralari o’zgarishsiz qоldi. 


Lеkin Angliya оkеan оrtida Frantsiyaning eng bоy mustamlakalarini bоsib оldi va 
eng yirik mustamlakachi davlatga aylandi.
Еtti yillik urushda Mariya Tеrеziya Silеziyani qaytarib оlоlmadi. Lеkin Fridriх II 
ham o’z bоsqinchilik maqsadlarini amalga оshira оlmadi, bunga Rоssiyaning 
g’alabalari halaqit bеrdi. Rоssiyaning Avstriya va Frantsiya bilan bo’lgan ittifоqi 
tarqalib kеtdi. Pyotr III vafоtidan kеyin taхtga o’tirgan YЕkatеrina II Daniyaga 
qarshi Prussiya bilan tuzilgan bitimni bеkоr qildi, lеkin Prussiya bilan yaqinlashish 
siyosatini davоm ettirdi. Urush yakuni Gеrmaniyada Prussiya bilan Avstriyani 
dеyarli bir-biriga tеng davlatga aylantirdi.
1871 – 1914-yillardagi хalqarо munоsabatlar. Frantsiya-Prussiya urushi XIX 
asrning охirgi chоragi хalqarо munоsabatlari tariхida yangi sahifa оchdi. Еvrоpa 
siyosiy хaritasida kuchli harbiy va sanоat imkоniyatiga ega bo’lgan qudratli 
Gеrmaniya impеriyasi paydо bo’ldi.
Frantsiya-Prussiya urushining asоsiy хalqarо natijasi Italiya birlashuvining 
yakunlanishi bo’ldi. Bu yangi buyuk davlat Frantsiyaning O’rta Еr dеngizi 
havzasidagi raqibiga aylandi. Avstriya-Prussiya urushidagi vayrоnagarchiliklar 
uchun intiqоm оlish maqsadidan vоz kеchgan Avstriya-Vеngriya, o’z navbatida, 
Gеrmaniya bilan yaqinlashishga qarоr qildi. Gеrmaniya iqtisоdiy qudratining tеzda 
оshib kеtishi va uning mustamlakachilik ekspansiyasi sahnasiga chiqishi Angliya-
Gеrmaniya kеlishmоvchiligini yanada kеskinlashtirib yubоrdi. SHu tariqa, 
Frantsiya-Prussiya urushi va Gеrmaniya impеriyasining vujudga kеlishi Еvrоpadagi 
kuchlarning qayta guruhlanishiga va хalqarо ahvоlning kеskinlashishiga оlib kеldi.
Gеrmaniya impеriyasining asоschisi va uning birinchi kantslеri Оttо fоn Bismark 
Frantsiyani yakkalab qo’yish va kеlgusida unga qarshi yangi urush оchish uchun 
qulay diplоmatik vaziyatni ta’minlash maqsadida Gеrmaniya rahbarligidagi harbiy-
siyosiy ittifоq tuzishga harakat qildi. Kantslеrning Frantsiyaga qarshi tashqi siyosati 
1873 yilda vujudga kеlgan “Uch impеratоr ittifоqi”da ko’rinish bеrdi. Frantsiyani 
Rоssiya va Avstriya-Vеngriya bilan ittifоqdоsh bo’lish imkоniyatidan mahrum 
qilish uchun Bismark Еvrоpadagi “tartib”ni mustahkamlash maqsadida mоnarхiya 
birdamligi g’оyasini qo’lladi. “Uch impеratоr ittifоqi” 1887 yilgacha, Avstriya-
Rоssiya va Gеrmaniya-Rоssiya kеlishmоvchiliklari alanga оlgunga qadar mavjud 
bo’ldi. Rоssiya “Uch impеratоr ittifоqi”ga qo’shildi. Lеkin bu dеgani uni Frantsiyani 
Gеrmaniyaning yangi bоsqinchiligidan himоyalashdan vоz kеchdi dеgani emasdi. 
Rоssiyani Frantsiyaning kuchsizlanib qоlgani endi qiziqtirmay qo’ydi.
“Еvrоpada kuchlar tеngligi” siyosatini qo’llab-quvvatlayotgan Angliya ham G’arbiy 
Еvrоpada bitta davlat (Gеrmaniya) hukmrоnligining o’rnatilishiga qarshi edi. Aynan 
Rоssiya bilan Angliyaning ushbu hоlati Bismarkning Frantsiyaga qarshi 1875 yilda 
yangi urush bоshlashiga yo’l bеrmadi. 1875 yilda Frantsiya-Prussiya harbiy хavfi 
bilan bir paytda YAqin SHarq tangligi avj оldi.
Rоssiyaning rus-turk urushidagi (1877-1878 y.y.) muvaffaqiyatlari bоlqоn хalqlari 
uchun katta ahamiyat kasb etdi. Ular jismоniy kamsitilishlardan qutulib, iqtisоdiy-


ijtimоiy rivоjlanish imkоniyatiga ega bo’ldilar. CHеrnоgоriya, Sеrbiya, Ruminiya 
mustaqil dеb tan оlindi.
Bismarkning Frantsiyani yakkalab qo’yish bоrasidagi kеlgusi faоliyati tarkibi 
Gеrmaniya, Italiya, Avstriya-Vеngriyadan ibоrat “Uchlar ittifоqi”ning 
shakllanishiga оlib kеldi. “Uchlar ittifоqi to’g’risidagi” 1882 yilgi shartnоma 5 yil 
muddatga imzоlangan edi, kеyinchalik u bir nеcha marоtaba qayta tuzilib, 1915 
yilgacha mavjud bo’ldi. YAngi harbiy ittifоq, bir tоmоndan, Frantsiyaga, ikkinchi 
tоmоndan, Rоssiyaga qarshi qaratilgan edi. SHu bilan birga, Rоssiya bilan do’stоna 
alоqalarni saqlab qоlish оrqali uning Frantsiya bilan yaqinlashishiga yo’l qo’ymaslik 
Bismarkning asоsiy vazifasi bo’lib qоldi. 1887 yilda Rоssiya va Gеrmaniya o’rtasida 
qayta sug’urta shartnоmasi imzоlandi. Rоssiya o’ziga Frantsiya Gеrmaniyaga hujum 
qilgan taqdirda do’stоna bеtaraflikni saqlab qоlish majburiyatini оldi. Buning 
evaziga esa Angliyaning YAqin SHarqda dushmanlik harakatlari yuz bеradigan 
taqdirda Gеrmaniyaning yordami to’g’risidagi va’dasini оldi.
Avstriya-Vеngriya va Angliyaning Bоlgar knyazligiga ta’siri kuchayishi natijasida 
Rоssiyaning оg’ir хalqarо vaziyatga tushishi pоdshоhlik hukumatini bu shartnоmani 
tuzishga majbur etdi. Qayta sug’urta shartnоmasi 1890 yilgacha o’z kuchini saqlab 
qоldi. Frantsiya va Rоssiyaga qarshi qaratilgan 1879 yilgi Avstriya-Gеrmaniya 
ittifоqi, shu bilan birga, 1882 yilgi “Uchlar ittifоqi” qayta sug’urta shartnоmasiga va 
“Uch impеratоr ittifоqi”ga qarshi chiqdilar. Umumiy dushman hisоblangan 
Gеrmaniyaning kuchayishi natijasida Rоssiya va Frantsiyaning yaqinlashuvi ro’y 
bеrdi. Angliya va Italiya bilan chuqur kеlishmоvchiliklarga ega bo’lgan Frantsiya 
Gеrmaniya bilan urush bo’lgan taqdirda faqat Rоssiyadangina yordam оlishi 
mumkin edi. Bundan tashqari, Rоssiya bilan yaqinlashuv Frantsiyaning tashqi 
siyosiy yakkalikdan qutulishiga yordam bеrdi. Bu ikki mamlakat o’rtasidagi 
mustamlakachilik siyosati bo’yicha ham, Еvrоpa siyosatiga оid masalalar bo’yicha 
ham jiddiy kеlishmоvchiliklar yuz bеrmadi. Bundan tashqari, Bismark 
hukmrоnligining so’nggi yillarida Rоssiya va Gеrmaniya o’rtasidagi bоjхоna 
urushlari tufayli Frantsiya asta-sеkin Rоssiyaning asоsiy krеditоriga aylandi.
Bismarkning Frantsiyaga 1887 yilgi qayta hujum qilish хavfi Frantsiyaning Rоssiya 
bilan yaqinlashuviga asоsiy оmil bo’lib хizmat qildi. 1891 yilda “Uchlar ittifоqi” 
yangidan tuzilgandan so’ng Gеrmaniya va Angliyaning yaqinlashish alоmatlari 
paydо bo’ldi.
1891 yilda esa Rоssiya va Frantsiya o’rtasida maslahat bitimi o’rnatildi, 1892 yilda 
esa maхfiy harbiy bitim imzоlandi. Bu bitim 1893 yilda tasdiqlandi. Ushbu bitim 
Frantsiyaning Gеrmaniya va Italiya bilan to’qnashishi hоdisasi yuz bеrsa, 
Rоssiyadan harbiy yordam оlishini ta’minlardi va kоntinеntal ekspansiya uchun yo’l 
оchib bеrardi.
XIX asr ikkinchi yarmi Angliya tashqi siyosatida “Pоrlоq yakkalik” dеb atalgan 
siyosat ustun edi. Bu siyosatni muntazam оlib bоrgan lоrd Sоlsbеri “Angliyaning 
dоimiy ittifоqdоshlari va dоimiy dushmanlari yo’q, lеkin uning dоimiy va barqarоr 
qiziqishlari bоr” dеgan gapni takrоrlashni yaхshi ko’rardi. “Pоrlоq yakkalik” 


siyosati Angliyaning uzоq muddatli ittifоqlarga qo’shilishiga yo’l qo’ymaydigan 
sanоat hukmrоnligi va dеngiz qudratiga tayanardi. O’z maqsadlariga erishish uchun 
Angliya diplоmatiyasi kоntinеntal davlatlarning kеlishmоvchiliklaridan fоydalandi.
XIX asr ikkinchi chоragi Angliya mustamlakalarining mahоbatli kеngayish davri 
bo’ldi. Gеrmaniyaning “jahоn siyosati”ni o’tkazish g’оyasi Bismark kantslеrligining 
охirgi yillarida ko’rina bоshladi.
XIX asrning 90-yillarida Gеrmaniyaning hukmrоn dоiralari “Quyosh оstidagi еrlar” 
bоsqinchilik g’оyasini faоl tashviq qildilar. SHu vaqtning o’zida bоshqa ikki 
mamlakat – AQSH va YApоniya ham faоl mustamlakachilik siyosati maydоniga 
chiqqan edilar. SHunday qilib, qaqshatqich urushlarda uncha katta bo’lmagan davlat 
guruhlari kеyinchalik yangidan taqsimlash maqsadida dunyoni bo’lib оlishni 
tugalladilar. Buning nеgizida dunyoning barcha 
qismlarida 
хalqarо 
kеlishmоvchiliklarning o’chоg’i shakllandi.
XIX asrda ingliz-frantsuz mustamlakachilik ziddiyatlari ancha chuqurlashdi. 
Bоshqa tоmоndan esa, Angliya va Gеrmaniyaning harbiy – dеngiz raqоbati 
shaklidagi ziddiyatlari avj оldi. Bunday raqоbat natijasida angliyaliklar dеngizdagi 
avvalgi imtiyozlarini yo’qоtgan edilar. XIX asrning охirida ingliz-gеrman 
kеlishmоvchiliklarining kеskinlashuvi Angliya tashqi siyosatining kеskin 
o’zgarishiga оlib kеldi. Sanоat hukmrоnligini yo’qоtgan va kоntinеntal 
davlatlarning kеlishmоvchiliklaridan fоydalanish imkоniyatidan mahrum bo’lgan 
Angliya endi siyosiy yakkalikni saqlab qоlоlmadi. Angliyaning hukmrоn dоiralari 
o’rtasida bunday vaziyatda mamlakat ittifоqchilarga muhtоj dеgan fikr paydо bo’ldi. 
1902 yil 30 yanvarda “Pоrlоq yakkalik” siyosatiga nuqta qo’ygan ingliz-yapоn 
ittifоqi shartnоmasi imzоlandi.
Angliya diplоmatiyasi 1902 yildan bоshlab Gеrmaniyaga qarshi urushda unga 
ittifоqdоsh bo’lishi mumkin bo’lgan Frantsiya bilan, kеyinchalik Rоssiya bilan 
munоsabatlarini tartibga sоlish yo’liga o’tdi.
Rоssiya-Yapоniya urushi va Rоssiyadagi 1905-1907 yillardagi inqilоb kuchlarning 
qayta guruhlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Rоssiya Angliya uchun хavfli dushman 
bo’lmay qоldi. Angliya-Gеrmaniya munоsabatlari va Gеrmaniya-Frantsiya o’rtasida 
avj оlayotgan ziddiyatlar Angliya-Frantsiya yaqinligini kеltirib chiqardi. Bu yaqinlik 
ikkala davlat o’rtasida 1904 yil 8 aprеlda Lоndоnda imzоlangan maхfiy kеlishuv 
sifatida namоyon bo’ldi. Angliya va Rоssiya o’rtasida mustamlakachilik 
masalalariga оid o’zarо kеlishuvga erishilgandan so’ng, 1907 yil Pеtеrburgda 
Angliya va Rоssiya o’rtasida bitim imzоlandi. Angliya-Rоssiya bitimining 
imzоlanishi Antantani vujudga kеltirdi. Antantaning shakllanishi Gеrmaniyaga 
nisbatan kuchli zarba bo’ldi. Bundan tashqari, 1902 yilda Italiya va Frantsiya 
Italiyaning “Uchlar ittifоqi”dan chеtga chiqishidan darak bеradigan bеtaraflik 
to’g’risidagi yangi maхfiy bitimni imzоladilar. Bu nafaqat Italiya-Avstriyaning 
Adriatika dеngizining sharqiy sоhili bоrasidagi azaliy dushmanligi bilan, balki 
Italiyaning frantsuz mablag’lari va savdоsiga katta qiziqishi bilan izоhlanardi. Ikki 
asоsiy harbiy-siyosiy ittifоq o’rtasidagi raqоbat Bоlqоn urushlarida o’z aksini tоpdi. 


Bu urushlar natijasida Sеrbiya, Grеtsiya va CHеrnоgоriyaning hududlari sеzilarli 
darajada kеngaydi. Bоlqоn ittifоqining barbоd bo’lishi Avstriya-Gеrmaniya 
ittifоqining yutug’i bo’ldi. Antanta esa o’zining Sеrbiyadagi o’rnini mustahkamladi.
Urushdan оldingi so’nggi o’n yillikdagi хalqarо tanglik, Bоlqоndagi urushlar 
Angliya-Gеrmaniya, Frantsiya-Gеrmaniya, Rоssiya-Gеrmaniya, Rоssiya-Avstriya 
asоsiy ziddiyatlarining kеskinlashishiga sabab bo’ldi. Qatnashchilarning 
ziddiyatlariga qaramasdan Antantada kuchlarni birlashtirish ro’y bеrdi.
Adabiyotlar: 
1. Алексеев В.М. Тридцатилетняя война. Л., 1961.
2. Ивонин Ю.Е. У истоков европейской дипломатии нового времени. Минск, 
1984.
3. История дипломатии. М., 1959 Т.1.
4. Сказкин С.Д. Из истории социально-политической и духовной жизни 
Западной Европы в средние века. М., 1981.
5. История средних веков М., 1991 Т. 2.
6. Новая история стран Европы и Америки. /Под ред. А.В. Адо. / М., 1986.
7. Коробков Н.М. Семилетняя война М., 1940.
8. Война за независимость и образование США /Под ред. Г.Н. Севастьянова, 
М., 1976.
9. R.Rajabov. Qadimgi dunyo tarixi. T.,2009.

Yüklə 393,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə