O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50

150
gan. Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘z davrining o‘ziga xos 
akademiyasi edi. Mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi 
olim Volter (1694–1778): «Ulug‘bek Samarqandda bo‘lib akade-
miyaga asos soldi. Yer sharini o‘lchashni buyurdi va astronomi-
yaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi», – deb yozgan edi.
Kitob san’ati
«Samarqand  akademiyasi»  —  1004-yilda  Xorazmda 
tashkil etilgan «Donishmandlar uyi»dan (Ma’mun aka- 
demiyasi) keyingi ikkinchi «Dor ul-ilm» edi
1. Ulug‘bekning ilm-fanni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi ha-
qida nimalarni bilib oldingiz?
2.  Ulug‘bek  rasadxonasi  va  uning  ilmiy  ahamiyati  haqida  ga-
pirib bering.
3. Ulug‘bek qurdirgan madrasalarni qayd eting.
4. Bu ilmgohda Ulug‘bekdan tashqari yana qanday buyuk olim-
lar faoliyat ko‘rsatgan? Ular haqida gapirib bering. 
41-§. MADANIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: Kitobat san’ati; Tasviriy san’at; Xattotlik; 
Musavvirlikning Hirot maktabi; Musiqa
Mumtoz adabiyot namoyandalari
XV asrda kitobat san’ati, ya’ni qo‘lyozma 
asarlarni  ko‘chirib  yozish  va  u  bilan 
bog‘liq  bo‘lgan  xattotlik,  musavvirlik,  lavvohlik  va  sahhoflik 
san’ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi.
Bosmaxona  va  kitob  nashr  etish  hali  vujudga  kelmagan  za-
monda kitob yaratish va uning nusxalarini ko‘paytirish og‘ir meh-
nat va ko‘p  vaqt sarf  etiladigan nihoyatda mushkul ish  bo‘lgan. 
Har bir kitob qog‘ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib 
to  bo‘yoqlari-yu  zarhaligacha  ma’lum  qoida  asosida  tayyorlanar 
edi. Xattot bo‘lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bi-
lan  mashq  qilish,  mukammal  savodli,  badiiy  didi  baland  kishi 
bo‘lishi lozim edi. Mohir xattotlar o‘z usuli va uslubini shogird-
lariga  o‘rgatardi.  Shu  tariqa  xattotlik  an’analari  davom  ettirilar 
va rivojlantirilar edi.


151
Mashhur  xattot  Mirali  Tabriziy  (1330–1404)  nasta’liq  deb 
nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattot-
lardan  biri  Sultonali  Mashhadiy  (1432–1520)  edi.  U  Nizomiy, 
Attor,  Hofiz,  Sa’diy,  Xusrav  Dehlaviy,  Jomiy,  Navoiy,  Husayn 
Boyqaro  va  boshqa  shoirlarning  asarlarini  ko‘chiradi.  Sultonali  
tomonidan  ko‘chirilgan  50  dan  ziyod  kitob  va  ko‘pgina  qit’alar 
hozirgi  vaqtgacha  yetib  kelgan.  Sultonali  o‘ymakorlik  san’atida 
ham  mohir  bo‘lgan.  Husayn  Boyqaroning  «Bog‘i  Jahonoro» 
bog‘idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabrtoshi-
dagi lavha Sultonali tomonidan o‘yib bitilgan. U xattotlik san’ati 
turlari  haqida  maxsus  asar  ham  yozgan.  Sultonali  Mashhadiy 
«Qiblat ul-quttob» (Kotiblar qiblasi) va «Sulton ul-xattotin» (Xat-
totlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand  va  Hirotda  maxsus  saroy  kutubxonalari  tash-
kil  etilgandi.  Kutubxona  ishlariga  kutubxona  dorug‘asi  yoki  
kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo‘l ostida xattotlar, naqqosh-
lar-u  musavvirlar,  mohir  lavvohlar-u  sahhoflar  buyurtmalarni 
bajarganlar.  Masalan,  Hirotda  Ulug‘bekning  ukasi  Boysung‘ur 
kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo‘lyozma 
asarlardan  nusxalar  ko‘chirish  va  ularni  bezash  bilan  band 
bo‘lgan.  1429-yilda  bu  kutubxonada  Abulqosim  Firdavsiyning 
mashhur  «Shohnoma»  dostoni  ko‘chirtirilib,  u  20  ta  turli  maz-
mun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan.
Husayn  Boyqaro  va  Alisher  Navoiy  saroy  kutubxonasini  
nodir asarlar bilan boyitishga g‘amxo‘rlik qiladilar.
XV  asrda  ulkan  yutuqlarga  erishgan  
tasviriy  san’at  –  portretlar,  hayotiy  lav-
halar,  tabiat  manzaralari,  bino  va  badiiy  asarlarga  ishlangan  
tasvirlardan  iborat  bo‘lgan.  Siymolar  qiyofasi  tasvirlari  orasida 
Jomiy,  Navoiy,  Abdullo  Xotifiy,  Behzod,  Husayn  Boyqaro, 
Bobur  va  boshqalarning  tasvirlari  bizgacha  saqlanib  qolgan.  
Musavvirlar  bu  tarixiy  shaxslarning  tashqi  qiyofasini  aniqroq 
va  mukammalroq  tasvirlashga,  ayrim  hollarda  hatto  ularning  
ma’naviy dunyosini ochishga intilganlar. Masalan, mashhur ras- 
som Mahmud Muzahhib tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida 
shoir  hassaga  tayangan,  uning  qomati  birmuncha  bukchaygan, 
qarashlarida ham horg‘inlik alomatlari, ham ulug‘vorlik va oliy-
janoblik ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.
Tasviriy san’at


152
Kamoliddin  Behzod  XV  asr  tas-
viriy  san’atining  ulug‘  namoyandasi-
dir. U musavvirlikda «Hirot maktabi» 
deb nomlangan yangi bir ijodiy uslub-
ning  asoschisi  bo‘ldi.  U  o‘z  davrida 
Moniyi  Soniy  (Ikkinchi  Moniy)  deb 
ulug‘langan. U ustoz san’atkor sifati-
da O‘rta Osiyo, eron, Ozarbayjon va 
boshqa  o‘l kalar  tasviriy  san’atining 
taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Beh- 
zodning  ijodi  xilma-xil  mazmunga 
ega  bo‘lib,  u  tarixiy  siymolar  (Hu-
sayn Boyqaro, Shaybo niyxon, Alisher 
Navoiy)  portretlaridan  tortib  to  serji-
Musiqa
Kamoliddin Behzod
lo  hukmdor  saroylaridagi  qabul  marosimlari  va  jang  maydoni 
manzaralarigacha haqqoniy va ta’sirli qilib bera olgan. Ayniqsa,  
Dehlaviyning  «Layli  va  Majnun»  dostoniga  bag‘ishlangan 
uning  lirik  manzaralari  yoki  Sharafiddin  Ali  Yazdiyning  
«Zafarnoma»  asari  uchun  chizilgan  jang  maydonidagi  shid-
datli  jang  tasvir  etilgan  miniaturalari  nihoyatda  jozibador  va 
ta’sirchandir.  Xullas,  tasviriy  san’at  asarlari  bilan  badiiy  adabi-
yotning o‘zaro uzviy aloqada ravnaq topganligi, biri ikkinchisiga 
samarali ta’sir etganini ko‘rsatadi.
XIV–XV asrlarda yangi kuy va qo‘shiq-
lar,  cholg‘u  asboblari  va  musiqa  naza- 
riyasiga  doir  nodir  asarlar  yaratildi.  Juda  ko‘p  mahoratli  sozan- 
dalar,  mashshoqlar,  bastakorlar  va  hofizlar  yetishdi.  Abdu- 
qodir  Nayiy,  Qulmuhammad  Shayxiy,  Husayn  Udiy,  
Shohquli  G‘ijjakiy,  Qosim  Rabboniy  va  boshqalar  shular 
jumlasidandir.  Mohir  musiqachilar  bilan  bir  qatorda  Ulug‘bek, 
Navoiy,  Jomiy,  Binoiy  kabi  mutafakkir  va  shoirlar  ham  musi-
qa  san’ati  bilan  shug‘ullanib,  uning  rivojiga  ma’lum  darajada 
hissa  qo‘shadilar.  Masalan,  Ulug‘bek  «Bulujiy»,  «Shodiyona», 
«Axloqiy»,  «Tabriziy»,  «Usuli  ravon»  va  «Usuli  otlig‘»,  Navo-
iy  «Isfahoniy»  kuylarini  ijod  qiladi.  Jomiy  va  Binoiylar  musiqa 
nazariyasiga  doir  asar  yaratadilar.  Musiqa  she’riyat  bilan  uzviy 
aloqada yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘tariladi.


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə