O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50

128
savdogarlari  uchun  erkin  savdo  munosabatlari  olib  borilishini 
ta’minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo‘lsalar, bu erkin 
savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni tak-
lif etadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur Fransiya 
qiroli  Karl  VI  ga  yo‘llagan  maktubida  bu  haqda  quyidagilarni 
alohida  ta’kidlaydi:  «Bundan  keyin  sizning  (odamlaringiz)  biz-
ning  yerlari mizga  va  bizning  (kishilarimiz)  sizning  o‘lkangizga 
o‘tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va 
bizning  nomimizni  hamma  joyda  olqishlab  tursalar,  mamlakati-
miz  savdogarlari  uchun  foyda  keltirishsa,  ko‘p  xursand  bo‘lar 
edik.  Shuni  aytish  kerakki,  endilikda  bizning  yurtimizda  savdo-
garlaringizning xavfsizligi ta’minlanadi».
Fransiya  qiroli  Karl  VI  1403-yil  15-iyunda  Amir  Temurga 
yo‘llagan  javob  maktubidan  ma’lum  bo‘lishicha,  Amir  Temur 
takliflari  Fransiya  tomonidan  mamnuniyat  bilan  qabul  qilin- 
gan. 
Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV 
bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida  g‘arbiy viloyatlar 
hokimi Mironshoh faol qatnashdi. G‘arbiy eron, Iroq, Ozarbay-
jon,  Armanistonni  o‘z  ichiga  olgan  mulklar  hokimi  Mironshoh  
Amir  Temurning  keksayib  qolgan  davrida  G‘arbiy  Yevropa  
hukmdorlarining  diqqat-e’tiborini  o‘ziga  jalb  etadi.  Bu  davrda  
u  Yevropa  davlatlari  bilan  o‘zaro  savdo  aloqalarini  jonlantirish 
maqsadida  nasroniy  ruhoniylariga  xayrixohlik  bildirib,  savdo-
garlarning  daxlsizligini  ta’minlash  borasida  chora-tadbirlarni 
amalga  oshirdi.  Shu  sababli  G‘arbda  Mironshoh  tez  orada  «ka-
tolik oqimining homiysi» sifatida shuhrat qozondi. 
Kastiliya  (Ispaniya)  qiroli  Genrix  III  Sharq  bilan  juda  qizi-
qib  qolgan  edi.  1402-yilning  bahorida  dastlab  Ispaniya  elchi-
lari  Amir  Temurning  Kichik  Osiyodagi  qarorgohiga  yuboriladi. 
elchilarga  Amir  Temur  va  Boyazidlarning  kuch-qudrati,  boyli-
gi  va  qo‘shinining  sonini  bilish  hamda  ular  qo‘l  ostida  yasha-
yotgan  xalqlarning  urf-odatlari,  dini  va  qonunlari  haqida  aniq 
ma’lumotlar  to‘plash  topshiriladi.  Sharq  va  G‘arb  davlatlarining 
elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur tomonidan 
qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in’omlar 
bilan  kuzatiladi.  Ularga  qo‘shib  Amir  Temur  Muhammadqo-
zi  ismli  o‘z  vakilini  Ispaniyaga  elchi  qilib  yuboradi.  Genrix  III 






129
1403-yilda  Amir  Temur  huzuriga  ikkinchi  marta  maxsus  elchi-
larni  yuboradi.  Unga  Klavixo  boshliq  qilib  tayinlanadi.  1403-
yil  21-mayda  Ispaniyadan  jo‘nab  ketgan  elchilar  Samarqandga  
keladilar.  Ispaniya  elchilari  Samarqandda  Amir  Temur  tomo- 
nidan  tantanavor  qabul  qilinib,  ularga  hurmat-ehtirom  ko‘rsa-
tadilar.
Klavixo  boshliq  Ispaniya  elchilari  1404-yilning  sentabr-
noyabr oylarida Samarqandda bo‘ladilar. Amir Temurning Xitoy 
tomonga  yurishi munosabati bilan boshqa ko‘pgina davlatlarning 
elchilari kabi Ispaniya elchilari ham 1404-yilning 21-noyabrida 
Samarqanddan  jo‘natib  yuboriladi.  Klavixo  Ispaniyaga  1406-
yilning mart oyida qaytib boradi. Klavixoning safar taassurotlari 
«Buyuk Temur tarixi» va «Temur qarorgohi», «Samarqandga sa-
yohat kundaligi» nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr 
qilinadi.
1. XV asr boshlaridagi xalqaro siyosiy vaziyat qanday edi?
2.  Yevropa  hukmdorlari  nima  uchun  Amir  Temur  bilan  diplo-
matik aloqalar o‘rnatishga harakat qildi?
3. Fransiya qiroli Karl VI bilan yozishmalar haqida gapirib be-
ring.
4. Nima uchun Mironshoh g‘arbda «katolik oqimining homiysi» 
degan sifat bilan mashhur bo‘ldi?
35-§. AMIR TEMUR VORISLARI O‘RTASIDA TAXT UCHUN 
KURASH VA UNING OQIBATLARI
Tayanch tushunchalar: Muxolafat; Saltanat taxti uchun kurash;
Shohrux hukmronligining qaror topishi
Sohibqiron  1405-yil  18-fevral  kuni  Xi-
toy tomon yurish vaqtida, qahraton qish-
da, O‘tror shahrida vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning 
bir necha o‘n yillar davomidagi sa’y-harakatlari natijasida barpo 
etilgan  yirik  saltanat  parchalana  boshladi.  Buning  asosiy  saba-
bi  saltanat  tasarrufiga  olingan  yurtlar  shu  qadar  xilma-xil,  uzoq 
masofalarga cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib 
boshqarish  murakkab  edi.  Buning  ustiga  ulardagi  muxolafatchi 
kuchlar ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar. 
Taxt uchun kurash
5 – Tarix 7


130
Saltanatning parchalanishiga Amir Temur vorislari o‘rtasidagi 
toj-taxt ilinjida uzoq yillar davom etgan o‘zaro ziddiyat va urush-
lar sabab bo‘ldi.
Amir  Temur  vafoti  oldidan  taxt  vorisi  etib  nabirasi  Pirmu-
hammadni (Kobul, Qandahor va Hindiston viloyatlarining hukm-
dori) tayinlagan edi. Pirmuhammadni taxtga o‘tqizish tarafdorlari 
kuchli bo‘lsa-da, biroq Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo 
o‘zboshimchalik  bilan  1405-yilning  18-mart  kuni  Samarqandni 
egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi. 
Pirmuhammadning yo‘lini to‘sib, uning rejalarini buzib yuborish 
niyatida hatto u Amudaryoning o‘ng tomonidagi yerlarni ham o‘z 
hokimiyatiga qo‘shib oladi.
Xalil  Sulton  garchi  bobosidan  qolgan  xazinalar  vositasida 
Sohibqironning  nufuzli  a’yon  va  kiborlaridan  ma’lum  qismini 
o‘z  tarafiga  og‘dirib  Movarounnahr  taxtini  egallagan  bo‘lsa-da, 
ammo  ko‘p  vaqt  o‘tmay  u  Amir  Temurning  sadoqatli  amirlari, 
viloyat  noiblari  va  shahzodalarning  kuchli  noroziligi  va  isyoni-
ga  duch  keladi.  Birinchi  bo‘lib  Turkiston  hamda  Farg‘onaning 
hokimi  amir  Xudoydot  bilan  Shayx  Nuriddin  Xalil  Sultonga 
qarshi  isyon  ko‘taradilar.  Hatto  Xalil  Sultonning    ukasi  Sulton 
Husayn  Mirzo  Amudaryoning  chap  sohilidagi  viloyatlarda  o‘z 
hokimiyatini  o‘rnatmoq  niyatida  akasiga  qarshi  bosh  ko‘taradi. 
O‘z  navbatida  Amir  Temur  taxtining  qonuniy  valiahdi  Pirmu-
hammad  Amudaryodan  kechib  o‘tib,  Xalil  Sultonga  qarshi  Na-
saf  tomonga  askar  tortadi.  Movarounnahrda  boshlangan  sulola 
kurashlari shu tariqa avj olib ketadi.
Oqibatda Xurosonda Shohrux, Balx, G‘azna va Kandahorda 
Pirmuhammad,  G‘arbiy  eron  va  Ozarbayjonda  Mironshohning 
o‘g‘illari  Umarshayx  Mirzo  bilan  Abu  Bakr  Mirzolar  hokimi 
mutlaq bo‘lib oladilar. Sirdaryodan shimoldagi viloyatlar: Turkis-
ton, Sabron, O‘tror, Sayram amir Berdibekning tasarrufida qola-
di. O‘ratepa bilan Farg‘onani amir Xudoydot Husayniy egallab 
oladi.  Xorazmni  esa  Oltin  O‘rdaning  nufuzli  amirlaridan  Idiku 
bosib oladi. Pirmuhammad 1407-yil 22-fevralda vaziri Pir Ali 
Toz  boshliq  fitnachilar  qo‘lida  halok  bo‘ladi.  1408-yil  22-aprel 
kuni  Qoraqo‘yunli  turkmanlarning  qabila  boshlig‘i  Qora  Yusuf 
bilan  bo‘lgan  jangda  Mironshoh  halok  bo‘ladi.  Ozarbayjon  va 
Iroq viloyatlari temuriylar qo‘lidan ketadi.


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə