O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50

122
Askariy  qismlarni  viloyatlardan  to‘plash  bilan  tavochi  man-
sabidagi amaldorlar shug‘ullanar edi.
Harbiy  yurish  paytida  oldinda  xabar-
chilar,  ular  orasidan  yasovul  bo‘linmasi, 
undan  keyinroqda  manglay  –  avangard  qism  borardi.  Manglay 
bilan  qo‘shinning  asosiy  qismlari  oralig‘ida  esa  qo‘mondonning 
qarorgohi va uning yon-atrofida zaxira (rezerv) qismlar joylash-
gan bo‘lib, u «izofa» deb yuritilgan.
Amir  Temur  qo‘shinining  asosiy  jangovar  qismlari  mar-
kaz,  o‘ng  –  burong‘or  va  chap  –  juvong‘or  qanotlaridan  iborat 
bo‘lgan. Har bir qanotning oldida bittadan qo‘shimcha qo‘riqchi 
manglay – avangardi, yon tomonida esa bittadan qo‘riqchi aska-
riy qo‘shilmalar – qanbullar bo‘lar edi. Shu tariqa qo‘shin yetti  
qism – qo‘llardan iborat edi. Sharafiddin Ali Yazdiy qo‘shinni 
yetti qo‘lga – qismga bo‘lib joylashtirish tartibini birinchi bo‘lib 
Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo‘llar janglarda mus-
taqil harakat qilib, faqat qo‘shin qo‘mondoniga bo‘ysungan. Amir 
Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo‘llagan.
Amir  Temur  hayotlik  davridayoq  uning 
harbiy san’ati va davlat boshqarish uslu-
biga bag‘ishlangan maxsus asar yaratilib, u «Temur tuzuklari» 
nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga 
tayanish, toj-u taxt egalari faoliyatining tartibi – tutumi va vazi-
falari,  vazir  va  qo‘shin  boshliqlarini  tayinlash  tartiblari  belgilab 
berilgan. Amir Temurning «... davlat ishlarining to‘qqiz ulushini 
kengash,  tadbir  va  mashvarat,  qolgan  bir  ulushini  qilich  bilan 
amalga  oshirdim»,  «Kuch  –  adolatdadur»  degan  so‘zlari  uning 
mamlakatni  aql-zakovat  va  adolat  bilan  boshqarganligidan  gu-
vohlik beradi.
Shunday  qilib,  Sohibqiron  Amir  Temur  davlatni  boshqarish 
va harbiy sohada o‘ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan 
davlati bilan dunyoni lol qoldirdi.
1. Amir Temur saltanati qanday boshqarilgan?
2. Hokimiyatda qanday lavozimdagi amaldorlar xizmat qilgan?
3.  Amir  Temur  davlatidagi  uluslar  haqida  nimalarni  bilib  ol-
dingiz?
4. Suyurg‘ol yerlar kimlarga, nima uchun berilgan?
5. Amir Temur qo‘shini qanday tartibda tuzilgan?
6. Amir Temur qanday usulda jangga kirgan?
7. «Temur tuzuklari»da nimalar bayon etilgan?
Jangga kirish usuli
«Temur tuzuklari»


123
33-§. MAMLAKAT OBODONCHILIGI YO‘LIDA
Tayanch tushunchalar: Oqsaroy; Ko‘ksaroy; Ko‘ktosh; 
Amir Te mur bog‘lari; Ichki va tashqi savdo
Amir Temur o‘z davlatining shon-shuhrati 
uchun  uning  markaziy  qismi  bo‘lgan 
Mo varounnahrning,  ayniqsa,  poytaxti 
Samarqandning  obodonligiga  alohida  ahamiyat  beradi.  Uning 
har bir zafarli voqeani, sevinchli hodisani muhtasham me’moriy 
obida barpo etish bilan nishonlash odati bo‘lgan. Shu maqsadda 
Hindistondan  olib  kelingan  yuzlarcha  mohir  g‘isht  teruvchilar, 
Sheroz,  Isfahon  va  Damashq ning  mashhur  usta-hunarmandlari 
qatorida  mahalliy  ustalar  ham  mamlakatda  go‘zal  imorat-u  
inshootlar  bino  qiladilar.  Amir  Temur  Tabrizda  masjid,  She-
rozda saroy, Bag‘dodda madrasa, Turkistonda mashhur Ahmad 
Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirdi.
Amir Temur Shahrisabzda otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri 
ustiga maqbara qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi. Shah-
risabzda  dunyoga  dong‘i  ketgan  mashhur  Oqsaroy  qad  ko‘tardi. 
Oqsaroyning  koshinkor  va  parchinkor  peshtoqining  guldor  
naqshlari  orasiga  «Agar  bizning  quvvat  va  qudratimizga  ishon-
masang,  bizning  imoratlarimizga  boq»,  degan  xitobnoma  
bitilgan.  Turkiston  shahrida  Ahmad  Yassaviy  maqbarasini  bino 
qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan.
Mo‘g‘ullar  bosqini  davomida  butun-
lay  vayron  etilgan  Samarqand  shahri 
Amir  Temur  davrida  o‘zining  qadim-
gi  o‘rnidan  birmuncha  janubroqda    qayta  quriladi.  Shahar  te-
varagi  Ohanin,  Shayxzoda,  Chorsu,  Korizgoh,  So‘zangaron 
va  Feruza  kabi  nomlar  bilan  yuritiluvchi  oltita  darvozali  mus-
tahkam  yangi  qal’a  devor  bilan  o‘rab  chiqiladi.  Shahar  arkida 
Amir  Temur ning  qarorgohi  Ko‘ksaroy  va  Bo‘stonsaroylar  bino 
qilindi.  Ko‘ksaroy  to‘rt  qavatli  bo‘lib,  gumbazlar  va  devorlari 
zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplan-
gani  uchun  u  shunday  nom  bilan  shuhrat  topadi.  Ko‘ksaroyda 
xonlarni  podsholik  taxtiga  o‘tqizish  marosimi  vaqtida  ularni  oq 
kigiz  ustiga  olib  o‘tqizadigan  toshdan  taxt  kursi  –  Ko‘ktosh 
qo‘yilgan  edi.  Bulardan  tashqari,  arkda  davlat  devonxona-
Shahar
obodonchiligi
Samarqand – davlat 
poytaxti


124
si,  qurol-yarog‘lar  yasaydigan  ustaxona  va  aslaha xona,  tan- 
galar  so‘qiladigan  zarbxona,  qamoqxona  kabi  imoratlar  joylash-
gan edi.
Samarqandda  saroylar,  masjidlar,  madrasalar,  maqbaralar  
quriladi.  Shahar  tashqarisida  esa  bog‘-rog‘lar  barpo  etiladi. 
1404-yilda  Samarqandda  bo‘lgan  Ispaniya  elchisi  Klavixo  Amir  
Temurning  olib  borayotgan  binokorlik  ishlaridan  hayratda  qol-
gan  edi.  Xuddi  shu  davrda  Shohizinda  me’moriy  yodgorliklari 
majmuasidagi  ba’zi  ajoyib  maqbaralar,  hozirgi  vaqtda  Bibixo-
nim nomi bilan mashhur bo‘lgan Jome masjidi va boshqalar bino  
qilinadi.
Bu davrda Samarqandda yangi binolardan tashqari turli-tuman 
kasbdagi  hunarmandlar  mahallalari  paydo  bo‘ladi.  Amir  Temur 
bu  mahallalardagi  hunarmandlar  uchun  barcha  shart-sharoitlarni 
yaratib bergan edi.
Amir  Temur  Samarqand  atrofida  ko‘p-
gina  go‘zal  bog‘lar  barpo  qildi.  Mohir 
me’mor,  tajribali  sohibkorlarning  aql-
zakovati,  mehnati-yu  mahorati  bilan  yaratilgan  Bog‘i  Dilkusho, 
Bog‘i Chinor, Bog‘i Bihisht, Bog‘i Baland, Davlatobod, Bog‘i 
Nav,  Bog‘i  Shamol,  Bog‘i  Jahonnamo,  Bog‘i  Maydon  kabi 
chorbog‘lar va ulardagi go‘zal ko‘shklar o‘sha davr bog‘dorchilik 
san’atining  yuksak  namunalaridandir.  Tuzilishiga  ko‘ra  bog‘lar  
2 turga bo‘lingan. Birinchi turdagi bog‘lar har tomoni taxminan  
1  km  masofadan  cho‘zilgan  to‘rtburchak  shakldagi  chorbog‘lar-
dir.  Ikkinchi  turdagisi,  tabiiy  daraxtzor  va  chakalakzorlardan 
iborat  ovloqlardir.  Bunday  ovloqlar  hukmdor  shikor  (ov)  qilishi 
uchun mo‘ljallangan.
Shaharning  sharq  tomonida  Bog‘i  Dilkusho  joylashgan. 
Uning  tashqi  hovlisida  hashamatli  saroy  bo‘lib,  unda  qurollan-
gan  askarlar  turgan,  ichki  hovlida  esa  tug‘lar  bilan  bezatilgan 
olti fil haykallari safga terilgan. Uchinchi hovli Amir Temurning 
mehmonlarni qabul qiladigan oltin taxtli qarorgohi bo‘lgan. Amir 
Temur  Klavixoni  ana  shu  bog‘da  qabul  qilgan.  Qolgan  bog‘lar 
ham o‘ziga xos ajoyib usulda barpo etilgan edi.
Bu  davrda  Movarounnahrning  dehqon-
chilik  vohalarida,  xususan  Zarafshon  
vo diy sida  o‘nlab  sug‘orish  tarmoqlari  
Amir Temur
bog‘lari
Ichki va tashqi
savdo


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə