113
1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo‘shinlari bilan
kuchli raqib – Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo‘lga
chiqadi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi
Biyo qishlog‘iga yetganida
uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif buyu-
radi.
Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab,
unga Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalovbayroq tortiq qilib,
uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, shubhasiz,
siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi.
Amir Temur qo‘shini to Balxga yetib borgunicha, yo‘l-yo‘lakay
unga yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shiladi. Bu paytga kelib Amir
Husaynning ko‘pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir
Husayn qo‘shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so‘ng,
1370-
yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ladi.
Amir Husayn qatl etiladi.
1370-yilning 11-aprelida Chig‘atoy ulusining bek va amirla-
ri, viloyat va tumanlarning dorug‘alari, Amir Temurning qurol-
dosh do‘stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka
ishtirokida qurultoy o‘tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning
hukmdorligi rasman tan olinib, u
Movarounnahrning amiri deb
e’lon qilinadi.
Amir Temur davlatni siyosiy va iqtiso-
diy jihatdan mustahkamlashga kirishadi.
U
1370-yil iyul oyida Samarqandda qu-
rultoy chaqirdi. Qurultoyda Shibirg‘on
hokimi amir
Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning bar-
cha amirlari va qabila boshliqlari to‘plandilar. Ikki daryo oralig‘i-
da yashovchi turk-mo‘g‘ul qabila boshliqlari, barcha amirlar Amir
Temur hokimiyatini tan oldilar. Samarqand davlat poytaxti deb
e’lon qilindi. Samarqandda mustahkam devorlar, qal’alar ham-
da saroylar barpo etiladi. Amir Temur mamlakatda qonun va
tartib ishlarini joriy etadi. Maxsus qo‘shin tuzib, unga katta im-
tiyozlar beradi. Amir Temur yirik harbiy bo‘linmalarning bosh-
liqlari etib
Ardasher Qavchin, Joku Barlos, Iskandar A’lam
Shayx, Usmon Abbos, Sayfiddin Barloslarni tayinladi. Tajriba-
li harbiylar sipohsolorlikka tayinlandi. 1370-yildayoq Shibirg‘on
bo‘ysundirildi. Zinda Chashm Amir Temur xizmatiga o‘tdi.
Amir Temur sharqiy hududlarni mo‘g‘ullar ta’siridan ozod
etish uchun Sharqiy Turkiston tomon bir necha marta yurish
Markazlashgan
davlatning tashkil
etilishi