112
yetadi.
1366-yilning bahorida ular Samarqandga yo‘l oladilar
va shahar yaqinidagi
Konigil mavzeyiga kelib tushadilar. Beklar
sarbadorlarning yetakchilari bilan muzokara olib boradilar. Uch-
rashuvning birinchi kunida ularga izzat-ikrom ko‘rsatildi. Lekin
ertasi kuni
Abu Bakr Kalaviy bilan
Xurdakiy Buxoriylar Amir
Husayn buyrug‘iga ko‘ra dorga tortiladilar. Bundan kech xabar
topgan Amir Temur
Mavlonozodaning hayotini Amir Husayn-
dan so‘rab oladi va uni o‘limdan qutqarib qoladi. Shu tariqa
sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, harakat bostiriladi. Movaroun-
nahrda Amir Husaynning hukmronligi o‘rnatiladi. Ammo ko‘p
vaqt o‘tmay Husayn bilan Amir Temur o‘rtasida munosabat
keskinlashib, ochiqdan ochiq nizoga aylanadi.
1366–1370-yillar
davomida ular o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar ham
bo‘ladi.
1. Nima sababdan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik kuchaydi?
2. Amir Temurning yoshligi haqida nimalarni bilasiz?
3. Amir Temur qanday vaziyatda siyosiy kurash maydoniga
kirib keldi?
4. «Loy jangi» haqida so‘zlab bering.
5. Sarbadorlar kimlar. Ular kimlarga qarshi kurashganlar?
6. Amir Temur haqida qanday kitoblar o‘qigansiz?
30-§. AMIR TEMUR – MARKAZLASHGAN
DAVLAT ASOSCHISI
Tayanch tushunchalar: Amir Temur hukmronligining boshlanishi;
Oliy hokimiyat ramzi; Markazlashgan davlat;
Movarounnahr va Xurosonning birlashtirilishi
XIV asrning 60-yillarida Movarounnahr-
da hukm surgan og‘ir siyosiy va iqtisodiy
vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli
bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda
edi. Amir Temur o‘z zamonining bunday talabini boshqa amir-
larga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u mar-
kazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Bunday maqsadni amalga
oshirishda u oqsoqollar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunar-
mandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur bu ulkan maqsa-
dini ro‘yobga chiqarish ishini avvalo ichki g‘animlariga qarshi
kurashdan boshlaydi.
Amir Temurning
hokimiyat tepasiga
kelishi