O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)


-§. IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50

104
28-§. IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY
HAYOTNING JONLANISHI
Tayanch tushunchalar: Pul islohoti; Yer egaligi; 
chig‘atoy ulusi ning bo‘linishi; Madaniy hayot
XIII  asr  o‘rtalarida  Chig‘atoy  ulusining 
mo‘g‘ul amaldorlari doirasida o‘troqlikka 
ko‘chish,  shahar  hayotiga  yaqinlashish, 
mahalliy  o‘troq  aholining  boy  madaniyatidan  foydalanish  jara-
yoni  kuchayadi.  Mo‘g‘ulistonning  ulug‘  xoqoni  Munke  soliq 
va  hashar  ishlarini  tartibga  solish  to‘g‘risida  maxsus  farmon  – 
yorliq  chiqaradi.  Yomlar  bo‘ylab  pochta  xizmati  uchun  ajratil-
gan  otlar  soni  belgilanib,  aholidan  ortiqcha  ot  talab  qilish  man 
etiladi.  Shuningdek,  elchilarga,  qo‘llarida  bevosita  topshiriqlari 
bo‘lmasa,  shahar  yoki  qishloqlarga  kirmasligi  va  aholidan  ular 
uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak hamda oziq-ovqat ol-
masligi  uqtiriladi.  Shu  tariqa  aholi  o‘zboshimchalik  bilan  yig‘ib 
olinadigan hisobsiz to‘lovlardan ozod bo‘ladi. 
*  Yomlar  –  yo‘l  bekatlari.  Choparlar,  yo‘lovchilar  ot 
almashtiradigan  joy.  Yomda  doimo  otlar  ulovga  tay-
yor turgan
Movarounnahrda  asta-sekinlik  bilan  
bo‘lsa-da,  shahar  hayoti,  xususan  hunar-
mandchilik  va  savdo  munosabatlari  jon-
lana  boshlaydi.  Shaharlarning  ichki  hayoti,  ayniqsa,  tovar  va  
pul munosabatlarining tiklanishida Ma’sudbek tomonidan 1271-
yilda  amalga  oshirilgan  pul  islohoti  muhim  ahamiyatga  ega 
bo‘ladi.  U  Movarounnahrning  16  ta  shahar  va  viloyatlarida,   
jumladan,  Samarqand,  Buxoro,  Taroz,  O‘tror,  Xo‘jand  va 
boshqa  shaharlarda  bir  xil  vazn  va  yuqori  qiymatli  sof  kumush 
tangalar zarb ettirib, mamlakatda ularni muomalaga chiqaradi.
XIV  asrning  birinchi  yarmida  Chig‘atoy 
ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish 
jarayoni  kuchayib,  ularning  ijtimoiy 
hayotida  jiddiy  o‘zgarishlar  sodir  bo‘la  boshlaydi.  Movaroun-
nahrdek  madaniy  o‘lka  bilan  mustahkam  aloqa  o‘rnatishga  va 
o‘troq  hayot  kechirishga  intilgan  Chig‘atoy  xonlaridan  biri  Ke-
Ulug‘ xoqon
farmoni
Ma’sudbekning
pul islohoti
Kebekxon va uning 
islohotlari


105
bek  (1318–1326)  edi.  U  hokimiyatni  bevosita  o‘z  qo‘liga  olib, 
Qashqadaryo  vohasidagi  qadimgi  Nasaf  shahri  yonida  o‘ziga 
saroy  qurdiradi.  Saroy  mo‘g‘ul  tilida  «Qarshi»  deb  yuritiladi. 
Kebekxon o‘z qarorgohini mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi 
bo‘lib Movarounnahrga ko‘chiradi. U shu saroyda turib mamla-
katni  idora  qiladi.  Keyinchalik  saroy  atrofida  yangi  binolar  qad 
ko‘taradi  va  eski  Nasaf  shahri  bilan  qo‘shilib  ketadi.  Shundan 
e’tiboran bu shahar Qarshi deb atala boshlanadi.
Kebek davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy hayo-
tini tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti o‘tkazadi. 
Mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. erondagi Xulokiylar dav-
lati va  Oltin O‘rda xonligining kumush tangalari namunasida ikki 
xil pul: og‘irligi 8 grammlik katta kumush tanga va 1 grammlik 
kichik tanga zarb etilgan. Katta tanga «dinor», kichigi «dirham» 
deb atalgan. «Kepaki» deb nom olgan bu tangalar Samarqand va 
Buxoroda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida xarob bo‘lgan 
hunarmandchilik,  savdo-sotiq  va  deh-
qonchilik  asta-sekin  tiklana  boshlaydi. 
Hunarmandchilik  va  ichki-tashqi  savdoning  jonlanishi,  shubha-
siz, xarob bo‘lgan shaharlarning qayta tiklanishiga sabab bo‘ladi. 
Garchi hali ko‘pgina shahar va viloyatlar xaroba va yarim xaroba 
holida  yotgan  bo‘lsa-da,  Urganch  va  Buxoro  shaharlari  qayta 
tiklanadi.  Qadimgi  Samarqand  vayronalari  yonginasida  yangit-
dan shahar qad ko‘taradi. Shaharlarda turli xil davlat, jamoat va 
ma’rifat binolari qurildi. Shahar bozorlari gavjumlashadi.
Mo‘g‘ullar  hukmronligi  davrida  O‘rta  
Osiyoda yerga bo‘lgan egalikning mulki  
devon, mulki inju, mulki vaqf va mulk deb ataluvchi to‘rt xil 
shakli mavjud edi.
Iqtisodiy hayotning 
jonlanishi
Yer egaligi
* Mulki devon — davlat yeri
* Mulki inju — hukmdor va noiblariga qarashli yerlar
* Mulk — xususiy yerlar
* Mulki vaqf — masjid va madrasa yerlari
Mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga davlat oldi-
dagi  xizmatlari  uchun  hadya  qilingan  yerlar  bo‘lib,  ular  suyur- 
g‘ol  yerlari  deb  yuritilardi.  Bunday  yerlarga  ega  bo‘lgan  mulk-


106
dorlar – suyurg‘ol egalari barcha soliq va to‘lovlardan ozod eti-
lardi. Suyurg‘ol yerlari avloddan avlodga meros tariqasida o‘tardi.
Mo‘g‘ul  hukmdorlari  va  mulkdorlari  o‘rtasida  bosib  olingan 
yerlarga  nisbatan  ikki  xil  qarash  mavjud  edi.  Ba’zilari  mahal-
liy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, hunarmandchilik, 
dehqonchilikni  rivojlantirish,  islom  dinini  qabul  qilish  tarafdori 
edi.  Boshqalari  esa  o‘troqlik  va  shahar  hayotiga  qarshi  bo‘lib, 
shaharlarni  buzib  tashlash,  bog‘  va  ekinzorlarni  o‘tloqlarga  ay-
lantirishni istardilar.
Asta-sekin  Chig‘atoy  ulusining  bir  qator  xonlari  o‘z  urug‘-
qabilalari  bilan  Movarounnahrga  ko‘chib  kelib,  mahalliy  aholi 
bilan  qo‘shilib,  o‘troqlashib  bordilar.  Yettisuvda  yashayotgan 
mo‘g‘ullar  Movarounnahrga  ko‘chib  kelganlarni  «qoraunas» 
(duragay),  Movarounnahrda  yashayotgan  mo‘g‘ullar  esa  ularni 
«jete»  (qaroqchi,  talonchi)  deb  atay  boshladilar.  Bu  amalda  bir-
birini haqorat qilish edi. Ular o‘rtasida ziddiyat, nafrat kuchayib 
bordi. Oqibatda Chig‘atoy ulusi XIV asrning 40-yillarida ikkiga 
bo‘linib ketdi.
Chig‘atoy  ulusining  Sharqiy  Turkiston  va  Yettisuv  qismi 
Mo‘g‘uliston deb atala boshlandi. 1348-yilda Chig‘atoy naslidan 
bo‘lgan Tug‘luq Temur Mo‘g‘uliston xoni etib ko‘tarildi. Ulus-
ning  g‘arbiy  qismi  –  Movarounnahr  mustaqil  idora  qilinadigan 
bo‘ldi.
Fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning 
ayrim  tarmoqlari  ham  tiklana  boshlay-
di.  Xususan,  shaharsozlik  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  binokorlik  va 
me’morchilik  yo‘lga  qo‘yiladi.  Koshinpazlik,  ganchkorlik,  par-
chinsozlik,  me’moriy  g‘isht  o‘ymakorligi  va  me’moriy  xattot-
lik  asriy  an’ana  va  tajribalar  asosida  tiklanib,  hatto  birmuncha  
taraqqiy  ham  qiladi.  Binokor-me’morlar  qo‘li  bilan  qurilgan 
ko‘rkam imorat-u inshootlar: masjid, madrasa, xonaqoh, maqba-
ra, minora va saroylar qad ko‘taradi. Ularning ayrimlari bizning 
davrimizgacha  saqlanib  qolgan.  Buxoro  shahridagi  Sayfuddin 
Boharziy,  Bayonqulixon  maqbaralari,  Samarqanddagi  mash-
hur  Shohizinda  me’moriy  ansamblining  asosiy  qismi  bo‘lgan 
Qusam  ibn  Abbos  maqbarasining  ziyoratxonasi,  Ko‘hna  Ur- 
ganchdagi  balandligi  62  metrli  ulug‘vor  minora,  Najmiddin  
Kubro va To‘rabekxonim maqbaralari shular jumlasidandir.
Madaniy hayot






Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə