O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50

107
XIII  asr  o‘rtalarida  Buxoroda  «Ma’sudiya»  va  «Xoniya»  
nomlari  bilan  shuhrat  topgan  ikkita  madrasa  bino  qilinadi,  
ularning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil olgan. 
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida fors-tojik 
she’riyatining yirik namoyandalaridan Jaloliddin Rumiy, Sa’diy 
Sheroziy,  Amir  Xusrav  Dehlaviy  kabi  buyuk  siymolar  yashab 
ijod etganlar.
Jaloliddin  Rumiy  (1207–1273)  buyuk  tasavvuf  shoiri  bo‘lib, 
36  ming  baytdan  iborat  «Masnaviyi  ma’naviy»  nomli  asarni  
yaratdi. Bu asarda u tasavvuf falsafasining asoslarini talqin etadi.
Bu  davrning  mashhur  mutafakkir  adiblarining  yana  biri  
Sa’diy Sheroziy (1219–1293)dir. U o‘zining «Guliston» va «Bo‘s- 
ton»  nomli    asarlaridagi  sermazmun  g‘azallari  bilan  sharq  ada-
biyotining  taraqqiyotida  o‘chmas  iz  qoldirdi.  U  o‘z  asarlarida  
ona  yerga  bo‘lgan  muhabbat  va  insonparvarlik  g‘oyalarini  
mohirona bayon etadi.
O‘z  davrining  buyuk  adiblaridan  Amir  Xusrav  Dehlaviy 
(1253–1325)  Nizomiy  Ganjaviydan  so‘ng  «Xamsa»  dostonini  
yozgan  ham  shoir,  ham  musiqashunos  mutafakkirlardan  edi. 
U  «Zafarlar  kaliti»,  «Falakning  to‘qqiz  gumbazi»  kabi  asarlar  
muallifidir.
XIII  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  tarixnavislik  ham  
taraqqiy  qiladi.  Bu  davrda  Juzjoniyning  «Tabaqoti  Nosiriy»  
(«Nosir  turkumlari»),  Juvayniyning  «Tarixi  jahonkushoy»  
(«Jahon  fotihi  tarixi»),  Rashiduddin  Fazlullohning  «Jome  at-
tavorix»  («Tarixlar  to‘plami»)  kabi  qimmatli  tarixiy  asarlari  
yoziladi.  Bu  asarlar  o‘sha  davr  tarixi,  ayniqsa,  mo‘g‘ullar  istib-
dodini o‘rganishda birinchi darajali manba hisoblanadi.
Bu  davrda  turkiy  tildagi  adabiyot  ham  rivoj  topa  boshlaydi. 
Keyinchalik u «Chig‘atoy tili» va «Chig‘atoy adabiyoti» nomini 
oladi.
1. Munke xoqon mamlakatda ichki vaziyatni yumshatish uchun 
qanday choralar ko‘rgan?
2. Ma’sudbekning pul islohoti qanday natija berdi?
3. Kebekxon islohotlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Chig‘atoy ulusining bo‘linish sababi nimada?
5. Iqtisodiy hayotda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
6.  Mo‘g‘ullar  davridagi  yer  egaligining  qanday  turlari  mavjud 
edi?


108
V  B O B
AMIR TEMUR  VA TEMURIYLAR  DAVLATI
29-§. AMIR TEMURNING SIYOSIY KURASH
MAYDONIGA KIRIB KELISHI
Tayanch tushunchalar: Siyosiy tarqoqlik; Siyosiy kurash maydoni; 
Mamlakat mustaqilligi uchun kurash; Sarbadorlar
XIV  asrning  50–60-yillarida  Movaroun-
nahr  10  ga  yaqin  mustaqil  bekliklarga 
bo‘linib  ketgan.  Samarqand  viloyatida  Amir  Bayon  Sulduz
Keshda  Amir  Hoji  Barlos,  Xo‘jandda  Amir  Boyazid  Jaloir
Balxda  O‘ljaytu  Sulduz,  Hisori  Shodmon  chegarasida  Amir  
Husayn  va  Amir  Yasovuriylar  o‘zlarini  hokimi  mutlaq  deb  
e’lon qiladilar.
Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan 
Mo‘g‘uliston  xonlari  bir  necha  bor  Movarounnahr  ustiga  yurish 
qilib, uni talaydilar. Mo‘g‘uliston xonlarining vayronagarchilikka 
olib  keluvchi  yurishlari,  istibdodi  va  zulmiga  qarshi  xalq  hara-
katlari boshlanadi.
Mana shunday o‘zaro ichki urushlar qizigan, mo‘g‘ullar zul-
miga  qarshi  mehnatkash  xalq  harakatlari  boshlangan  bir  davrda 
mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.
Amir  Temur  Kesh  viloyatidgi  Xoja 
Ilg‘or qishlog‘i  (Yakkabog‘  tumani)da 
1336-yil  9-aprel  kuni  tavallud  topgan. 
Uning  to‘liq  ismi  Amir  Temur  ibn  Amir  Tarag‘ay  ibn  Amir 
Barqul.  Amir  Temurning  onasi  Takina  xotun  Kesh  yurtining 
obro‘li  beka  (bek  og‘o)laridan  hisoblangan.  Uning  otasi  Amir 
Siyosiy tarqoqlik
Amir Temurning 
yoshlik davri


109
Tarag‘ay  barlos  urug‘ining    oqsoqolla-
ridan  bo‘lib,  ajdodlari  Kesh  va  Nasaf 
viloyatida  o‘z  mulklariga  ega  bo‘lgan 
va bu yurtda hokimlik qilgan.
Amir Temurning yoshligi ona yurti 
Keshda  kechdi.  Yetti  yoshga  to‘lgach, 
otasi uni o‘qishga beradi. Shayx Sham- 
siddin  Kulol  Temurbekning  piri  bo‘l-
gan. U yoshlik chog‘laridanoq chavan-
dozlik  va  ovga  ishqiboz  bo‘lib,  ka-
mondan  nishonga  o‘q  uzish,  ot  chop-
tirib  turli  mashq  va  harbiy  o‘yinlar 
bilan  mashg‘ul  bo‘lishni  yoqtirar  edi. 
Shu  asnoda  Amir  Temur  tulporlarni 
Sohibqiron Amir Temur
saralab  ajrata  oladigan  mohir    chavandoz  va  dovyurak  baho-
dir  sifatida  voyaga  yetadi.  Uning  atrofiga  bolalikdagi  do‘stlari 
va  maktabdoshlari  to‘planishib,  birgalikda  mashq  qilar,  mu-
sobaqalarda  ishtirok  etishar,  asta-sekin  navkar  bo‘lishib,  har- 
biy  guruhga  birlashib  borishardi.  Bu  guruh  orasida  Abbos  Ba-
hodir,  Jahonshohbek,  Qimori  Inoq,  Sulaymonshohbek,  Sayfud-
dinbek va boshqalar bo‘lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning 
safdoshlariga aylanib, uning qo‘shinida lashkarboshilik darajasi-
gacha ko‘tarilganlar.
O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi nav-
karlari  bilan  ayrim  viloyat  amirlariga  xizmat  qilishdan  boshla-
gan.  Ularning  o‘zaro  kurashlarida  qatnashib,  jasorat  ko‘rsatgan 
va janglarda chiniqqan. Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir 
Temurning  shuhratini  oshirib,  uning  dong‘i  butun  Qashqadaryo 
vohasi,  xususan  Kesh  viloyatiga  yoyilgan.  Otasi  Amir  Temurni 
avval (1352) Amir Joku Barlosning qizi Turmush Og‘oga uy-
lantiradi.  1355-yilda  Amir  Temur  Qazog‘onning  nabirasi,  Amir 
Husaynning  singlisi  Uljoy  Turkon  Og‘oni  o‘z  nikohiga  oladi. 
Keyingi  nikoh  tufayli  Amir  Temur  bilan  Balx  hokimi  Amir  
Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga keladi.
XIV asrning 50-yillari oxirida Movaro-
unnahrda  amirlarning  o‘zaro  kurashi  
kucha yib,  mamlakatda  siyosiy  parokan-
dalik  avjiga  chiqadi.  Mo‘g‘uliston  xon-
Amir Temurning 
siyosiy kurash may- 
doniga kirib kelishi


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə