O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Yüklə 3,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,7 Kb.
#163008
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145
O\'zbekiston tarixi 9-sinf

Tabiiy fanlarning 
rivojlanishi
http://eduportal.uz


141
!
!
!
O‘lkadagi ilmiy tadqiqotlar imperiya uchun harbiy-siyosiy nuqtayi 
na zardagi ahamiyati bilan birinchi o‘rinda turardi. 1871-yilda tashkil 
etilgan O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati mablag‘ yo‘qligi tufayli 1893-yilda 
o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati ancha faol ish boshladi. Jamiyat 
nashr ettirgan «Turkistonning qishloq xo‘jaligi» jurnali sohadagi ishlab 
chiqarish, yerlarni sug‘orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish bora
-
sidagi ilg‘or usul larni targ‘ib qildi. Qishloq xo‘jaligi jamiyati mustam
-
lakachilar manfaatidan kelib chiqib, paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha 
ilmiy tad qiqotlar bilan shug‘ullandi. Mahalliy iqlim sharoitiga moslash
-
gan o‘ziga xos O‘rta Osiyo paxta navidagi dastlabki hosil yetishtirildi.
1876-yil Toshkentda 
Turkiston muzeyi
(hozirgi O‘zbekiston tarixi 
davlat muzeyi) tashkil etildi. 1870-yili Toshkentda 
Turkiston xalq kutub
-
xonasi 
tashkil etilishi ham O‘rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojla
-
nishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Undagi kitoblarning aksariyat qismi 
Turkiston tarixi va tabiatiga oid nodir asarlar bo‘lgan.
O‘zingizni sinang!
O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati – ...
1870-yilda – ...
1876-yilda – ... 
 
 
 
Rus tadqiqotchilari – ... 
Bu davrda bir qator adabiyot namoyandalari yeti-
shib chiqdi. Shulardan biri o‘zbek demokratik 
shoiri Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy bo‘lib, u bitgan satirik she’r larida 
hukmdorlar va ruhoniylar xatti-harakatlari tanqid qilinadi. Zavqiy erk va 
ozodlikni tarannum etgan she’rlari uchun zindonga tashlandi. 
Sharq adabiyoti uchun an’anaviy bo‘lgan janr 
she’riyat edi. Turkistonda she’riyatning shakl va maz-
muni bir-biridan farqlanuvchi va ba’zan bir-biriga zid 
bo‘lgan so‘fiylik va tanqidiy-realistik oqim mav jud 
edi. Shoirlar va yozuvchilar o‘z ijodlarida xalq dardi
-
ni, davrning dolzarb muammolarini aks ettirishga ha
-
rakat qilganlar. Ular orasida 
Muqimiy, Furqat, Zav qiy, 
shoira Anbar otin, Avaz O‘tar o‘g‘li, Ahmad Do nish
va boshqalarning ijodini alohida ajratib ko‘rsatish 
mumkin. She’rlaridagi haqqoniylik va samimiylik 
ularni mashhur xalq shoirlariga aylantirdi.

Yüklə 3,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə