O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Yüklə 3,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,7 Kb.
#163008
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   145
O\'zbekiston tarixi 9-sinf

Yangi usul
maktablari
Sаdriddin Аyniy
mustamlakachi 
hukumatning yangi 
usul maktablariga 
qarshi kurashi
http://eduportal.uz


138
O‘quv adabiyotlari nashrlariga senzura joriy qilindi. Mustamla
-
kachi hukumatning jadidlarga qarshi kurashiga mahalliy mutaassib 
dindor-ruhoniylar ko‘maklashdilar. Yangi usul maktablariga, ayniqsa, 
ma’muriyat vakillari va ayrim din peshvolari qarshi turgan.
Natijada 1911-yilda 50 ga yaqin jadid maktablari yopib qo‘yildi. 
Jadid maktablarini ochish tashabbuskorlari qattiq nazorat ostiga olindi. 
1913-yilga kelib Buxoro amirligida barcha jadid maktablari yopildi.
1870-yildan boshlab Turkiston general-gubernatorli-
gining rasmiy nashri – «Tуркестанские ведомости» 
va uning o‘zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloya-
tining gazeti» muntazam chiqib turdi. Uning muharriri mustamlakachilik 
tuzumi ning targ‘ibotchisi N. Ostroumov edi.
1906-yilda Ismoil Obidov muharrirligida ilk bor o‘zbek milliy gaze
-
tasi «Taraqqiy» nashr etildi. Gazetaning birinchi soni chiqqan sana, ya’ni 
27-iyu n hozirda O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari 
xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
Jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati faqatgina maktablarda emas, 
balki matbuotchilik faoliyati, jumladan, gazetalarning ko‘plab vujudga 
kelishida ham ko‘rindi. 1906-yilda Ismoil Obidovning muharrirligida 
«Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muhar rirligida «Xurshid», 1907–
1908-yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «Shuhrat», Ahmadjon Bek
-
temirov muharrirligida «Osiyo» gazetalari chop etildi. Ma’rifatchilikning 
yangi to‘lqinida 1913–1915-yil larda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», 
«Sadoi Farg‘ona», «El bayrog‘i», «Ken gash», «Ulug‘ Turkiston», «Tu
-
ron» gazetalari, «Oyna» jurnali, 1917-yil da esa «Hurriyat», «Farg‘ona 
sahifasi» kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo‘ldi. Bu davr
-
dagi nashrlar orasida «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalari
-
ning milliy o‘zlikni anglashdagi xizmatlari katta bo‘ldi. Uning ikki yillik 
(1914–1915) faoliyati davomida milliy ziyolilarning vatanparvar qatlam
-
lari tomonidan millat ozodligi va ravnaqini tarannum etuvchi, xurofot 
kabi eski aqidaparastlikni qoralovchi ko‘plab maqolalar e’lon qilindi.

Yüklə 3,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə