O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Yüklə 3,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,7 Kb.
#163008
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   145
O\'zbekiston tarixi 9-sinf

Atamalar izohi
Tuzem 
– yerli xalq, mahalliy aholining mustamlakachilar tomonidan 
atalishi.
matbuot
(
arabcha 
– 
bosma asarlar, nashrlar
) – gazeta, jurnal va 
kitoblar majmuyi.
Gimnaziya
– ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan va ular bo‘yicha 
chuqur ta’lim beradigan o‘quv muassasasi. 
matbuot va
jurnalistika
http://eduportal.uz


139
Savol va topshiriqlar
1.
Turkiston madrasalarida ta’lim qancha vaqt davom etgan?
2. 
Rus-tuzem maktablari va jadid maktablari ta’limi o‘rtasida qanday 
farqlar bo‘lgan?
3.
Jadid maktablarini tashkil qilish tashabbuskorlari bo‘lgan ma’rifat - 
par var larni sanab bering.
4.
Turkiston o‘lkasida qanday matbuot nashrlari tashkil qilingan edi?
39-§. TURKISTONDA Ilm-FAN TARAQQIyOTI
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ilm-fan sohasida 
katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar
-
ga eri shishda jadidlarning o‘rni katta bo‘ldi. Ular tarbi
-
yaviy maqsadlarda tarix sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantira boshladilar. 
Jadidlar tarixni xonlar, sultonlar va amirlar almashinuvi sifatida tasvir
-
lash o‘rniga xalq tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini o‘quvchilarga 
tanishtira boshlashdi. 
Tarixchi va jurnalist Mulla Olim Maxdum hoji «Tarixi Turkiston» 
(«Turkiston tarixi») asarini yozdi. Bu asar o‘zbek tilida bosmadan chiqdi. 
Unda qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha bo‘lgan 
voqealari yilnomasi bayon etilgan edi. Bu kitob 
o‘zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat 
qozondi. 
Jadidlar Turkistonda savodxon va bilimdon 
kishilarni tarbiyalashda tarix fanining ahamiya
-
tini yuqori baholar edilar. Mahmudxo‘ja Beh
-
budiy Turkistonning barcha aholisiga «hozirgi 
dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil» bo‘lish 
uchun o‘z vatani tarixini o‘rganish da’vati bi
-
lan murojaat qildi. Bu davrning yana bir yirik 
tarixchi olimi Muhammad Solih edi. U 25 yillik 
izlanishlaridan keyin «Tarixi jadidai Toshkent» 
(Toshkentning yangi tarixi) asarini yozgan. 
Asar Toshkent shahrining XIX asrdagi qiyofasi 
batafsil yoritilganligi bilan qimmatlidir.
Xorazmlik mashhur olim 
Muhammad Yusuf 
?
?

Yüklə 3,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə