O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari



Yüklə 2,01 Mb.
tarix17.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150046
Sparja



Sparja
Sarsabil - (sparja) lolaguldoshlar oilasiga mansub bo'lib u asosan sabzavot va manzarali ekin sifatida o'stiriladi. Sarsabil (sparja)ning 150 dan ortiq turi mavjud bo'lib asosan Evropa Osiyo va Afrika qitalarida tarqalgan O'zbekistonda 2 turi yovvoyi holda uchraydi. Birinchi kaltabarg sparja (A. brachyphyllus Turez.) va Fors sparjasi (A. persisus Baker.) bular ko'p yillik, chirmashib o'sadigan o't. Ikkala turi ham boshqa belgilari bilan bir-biriga o'xshash, bo'yi 50 - 150 sm. Barglari mayda, barg qo'ltig'ida ninasimon ko'rinishda shakli o'zgargan shoxchalar hosil qiladi. Mevasi rezavor, rangi qizil, may oyida gullab, iyunda meva beradi. To'qaylarda o'sadi. Dorivor sarsabil (A. offsinalis) Evropaning markaziy va janubiy qismida, Kavkazorti va Shimoliy Kavkazda keng tarkalgan. Sabzavot sifatida ekiladi uning yosh novdalari ovqatga ishlatiladi. Tarkibida 2% oqsil, 2,4% uglevodlar (klechatkadan tashqari), vitaminlar B, B2, PP, provitamin A mavjud. Sarsabil (sparja)dan asparagin olinadi. Hosildorligi 30-35 s/ga. Sarsabil (sparja) ekilgan maydonlardan 10 - 15 yilgacha hosil olish mumkin.

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan


O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
iste'mol qilish ma'qul kelgan va ijobiy taasurot qoldirgan. East Fruit so'rov o'tkazgan respondentlarning 69 foizi sarsabil(sparja)ning ta'm sifatini besh balli tizimda to'rt yoki besh bal bilan baholagan. So'rovnomada ishtirok etganlarning 25 foiziga sarsabil umuman yoqmagan, 6 foizi esa ushbu sabzavotning ta'mini uch baho bilan baholagan. Shuning uchun ham ushbu sabzavot ekini O'zbekistonning ichki bozorda hamda tashqi bozorda istiqboli sabzavot sifatida rivojlanadi.
O'zbekistonda sarsabil(sparja) hosilini boshqa mamlakatlarga qaraganda birmuncha ertaroq yig'ib olish mumkin, bu esa yaxshi daromad qilish imkonini beradi. Hatto mamlakatning janubiy hududlarida ochiq grunt sharoitida sarsabil hosilini mart oyida, yopiq gruntda etishtirilsa fevral oyida olish mumkin. Bu vaqtda Rossiyaga sarsabil(sparja), asosan, Perudan ancha yuqori narxlarda import qilinadi. Ammo, hatto eksportga mo'ljal olinmasada, bu sabzavot ichki bozorda ham ancha ommalashishi aniq, qolaversa eng erta chiqadigan sabzavotlarning birinchi qatoridan joy oladi. Sarsabil, shuningdek, hozir g'ayritabiiy ravishda urf bo'lmoqda, chunki, u sog'lom turmush tarziga moyilligi bor va to'g'ri ovqatlanishga rioya qiladiganlarga juda mos bo'lib, kaloriyasi past, foydali elementlarga boy bo'lgani uchun ortiqcha vazndan xalos bo'lishga yordam beradi.
Eng qizig'i, ko'p mamlakatlarda sarsabil dorivor o'simliklar sirasiga kiradi. U arterial qon bosimini pasaytirib, yurak qisqaruvi ritmini sekinlashtiradi, periferik tomirlarni kengaytiradi va charchoqni oladi. Qolaversa, sarsabil organizmdan zararli moddalarni chiqarib tashlashga yordamlashadi, shuning uchun u buyrak, yurak, bod, podagra va boshqa kasalliklarda tavsiya qilinadi. Sarsabil vitamin va minerallarga boy, ko'p miqdorda foliy kislotasiga ega. U immunitetni mustahkamlash va ko'rish qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Sarsabil qadimgi Misrda xudolar ozuqasi, deb hisoblangan bo'lsa, Fransiyada "sabzavotlar qiroli" deb atalgan. Uni iste'mol qilish borasida Germaniya etakchi hisoblanadi. Darvoqe, bu erda oq sarsabilni iste'mol qilishni afzal ko'rishadi, boshqa ko'p mamlakatlarda esa asosan, sarsabilning yashil, shuningdek, kam uchraydigan binafsharang navi ommalashgan.
Xulosalar. Sarsabil(sparja) foydali va juda xushta'm mahsulot hisoblanadi. Ushbu sabzavotdan taom tayyorlash bo'yicha ko'plab reseptlarni topish mumkin, yangi sarsabil(sparja) novdalari uchini xomligicha istemol qilsa bo'ladi. Sarsabil(sparja)dan tayyorlangan taomlar o'ta tansiq sanaladi. Sarsabilni, shuningdek, asosiy taom sifatida ham tanovul qilish mumkin.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə