O'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi



Yüklə 41,25 Kb.
səhifə6/7
tarix11.12.2023
ölçüsü41,25 Kb.
#147160
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi-fayllar.org



















X U L O S A
  • Zamonaviy ilmiy texnikaning yuksak darajadagi taraqqiyoti, kimyo va sanoat ishlab chiqarish korxonalarining to‘xtovsiz faoliyati natijasida atmosfera havosining ifloslanishi bugungi kunda o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga yetishi natijasida jamiyatda global ekologik muammolar kelib chiqmoqdaki, haqiqatdan ham buni inkor etib bo‘lmaydi. Insonlar tabiat ustidan hukmronlik qilib, o‘ziga bo‘ysindirmoqchi tabiat ne'matlaridan o‘zi hohlagancha foydalanmoqchi bo‘ldi va bunga qisman erishdilar.


  • Atmosfera havosini muhofaza qilish yuzasidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kam chiqindili hamda chiqindisiz sanoat korxonalarini tashkil qilish to‘g‘risida maxsus deklarattsiya qabul qilingan. Bu hujjat asosida BMT Yevropa iqtisodiy hayatining chiqindisiz va kam chiqindili korxonalar tashkil qilish faoliyatida ko‘p mamlakatlar qatnashmoqda. Amaliyot bu sohada dunyo mamlakatlari birgalikda faoliyat ko‘rsatishi muhimligini ko‘rsatadi. Masalan, hozir juda ko‘p sanoat korxonalarida chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologik jarayonlar amalda joriy etilgan. Texnologik jarayonlarning diqqatda sazovorligi shundaki, ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan zararli moddalarni zararli bo‘lmagan moddalarga almashtirishdir.


  • Xomashyolarni zararli moddalardan tozalash katta ahamiyatga egadir. Masalan yoqiladigan gazdan oltingugurtni, toshko‘mirdan oltingugurt kolchedanini seperatsiya yo‘li bilan ajratib olish kabi tadbirlar atmosfera havosini ifloslanishini ancha kamaytiradi. Bu borada ayrim sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish vaqtida havoga ko‘p miqdorda chang chiqishini kamaytirish uchun chang tarqatuvchi manbani nam materiallar bilan chegaralab qo‘yish ham changlanishni ancha kamaytirishi mumkin. Masalan, quruq sement ishlab chiqarishning namli sement ishlab chiqarishga o‘tkazilishi havoga uchadigan chang zarralarining kamayishiga ѐrdam beradi.


  • Texnologik jarayonlarda tabiiy yonilg‘i yondirishdan elektr toki bilan qizdirishga o‘tish chiqindilarning kamayishiga olib keladi. Texnologik jarayonlarning berkligini ta'minlash, mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga transportyor lentalari vositasida jo‘natish yaxshi samara beradi.


  • Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish ham sezilarli darajada o‘sadi. Bu o‘z-o‘zidan aholi turmush farovonligining yuksalishiga olib keldi, ammo masalaning boshqa bir jihati ham borki bu hammani tashvishga solmoqda. Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko‘payib ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo‘lishiga olib keldi. Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, shuningdek, xo‘jalik faoliyatida kimyoviy birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo‘lmaydi.


  • Quyosh – Yerdagi energiya va tirik organizmlar uchun hayot manbaidir; organik moddalar hosil qilib, kislorod chiqaradigan o‘simliklar bu energiyani fotosintez jarayonida o‘zgartiradi. Quyoshdan kelgan energiyaning 30%i qaytadi, salkam 70%i atmosfera, suv havzalari va yer yuzasida yutiladi, 0,05%i fotosintez mahsulotlarini hosil qilishda ishtirok etadi. Demak, sayyoramizda moddalarning aylanib yurishida o‘simliklarning roli juda muhim. O‘simlikar fotozintez qilmasa havodagi karbonat angidrid (CO2) miqdori ancha ko‘payib, kishilar va hayvonlar nobud bo‘lar edi. Ayni vaqtda yer shari iqlimi umuman isib ketgan, Arktika va Antarktida muzlari erib, dunyo okeanining dathi ko‘tarilib, ko‘pgina quruqliklarni suv bosgan bo‘lur edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan, tuproqdan kelayotgan o‘sha CO2 gaznini o‘simliklar yutadi, fotosintez natijasida yashil o‘simliklar atrof-muhitga kislorod chiqarib turadi. Taxminiy ma'lumotlarga qaraganda, yashil o‘simliklar har yili 180-250 milliard tonna CO2 ni yutib, qariyb 150-200 milliard tonna kislorod chiqaradi va 170-180 milliard tonna suv bug‘latadi.


  • Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 million yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, CO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi. Demak, agar o‘simliklarda fotosintez jaraѐni bo‘lmaganda edi, u taqdirda kislorod, CO2 va boshqa moddalarning aylanib yurishi sodir bo‘lmasdan, balki atmosfera tarkibida CO2 gazi ko‘payib ketgan bo‘lar edi.


  • Yashil o‘simliklardagi dastlabki fotosintez jarayoni bundan milliard yil ilgari sodir bo‘lgan. Shu davr ichida ko‘p miqdorda organik moddalar sintezlangan bo‘lib, ularning bir qismi hozirga qadar neft, gaz, ko‘mir, yonuvchi slanes, torf va boshqa ko‘rinishdabizning davrimizgacha saqlanib qolgan.


  • O‘simliklar tuproqdagi juda ko‘p mineral moddlarni so‘rib oladi, so‘ngra ularni hayvonlar iste'mol qiladi, hayvonlar halok bo‘lgach, o‘sha moddalar yana tuproqqa singib ketadi. Shu asnoda o‘simliklar orqali Yer sharida moddalar aylanib yuradi.


  • Ko‘p asrlik insoniyat tarixida va insonning kundalik haѐtida o‘simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o‘simliklar bir tomondan, xom ahoy manbai bo‘lsa, ikkinchi tomondan, muhim tabiiy geografik omil sifatida yer yuzasidan suv oqimiga, bug‘lanishga, tuproqda nam saqlanishiga, atmosfera quyi qismining harakatiga, shamol kuchi va yo‘nalishiga, hayvonlarning haѐtiga ham ta'sir etib turadi.


  • O‘simlik dunyosi shahar, qishloq mikroiqlimlariga ta'sir etib, havosini tozalaydi va havo tarkibidagi kislorod muvozanatini ta'minlab turuvchi sanitarlik vazifasini ham o‘taydi.


  • O‘simliklar dunyosi xalq xo‘jaligi uchun (agar ratsional foydalanib, muhofaza qilib, qayta tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda dori-darmon, qurilish va boshqa sohalar uchun boy xom ashyo manbaidir.


  • O‘simliklar dunyosi sayyoramiz aholisini oziq moddalar bilan ta'minlab turuvchi asosiy manba hisoblanadi. Hozir insoniyat o‘simliklarning ko‘pgina turidan oziq-ovqat sifatida foydalanmoqda. Ularning eng muhimlari g‘alla o‘simliklari (sholi, bug‘doy, makkajo‘xori va boshqalar), qand moddasini saqlovchi o‘simliklar (shakarqamish, qand lavlagisi), oziq moddalar yer ostida (ildizida) bo‘ladigan o‘simliklar (kartoshka, batat, sabzi, piyoz va boshqalar), urug‘ini yeyish mumkin bo‘lgan o‘simliklar (loviya, soya, yeryong‘oq va boshqalar), mevali va boshqa o‘simliklar. Hozirgi paytda o‘simliklar dunyosi ayniqsa, suv osti o‘simliklari tarkibidagi oqsil moddalar hayvon go‘shtidagi va sutidagi oqsil moddalarning o‘rnini ham bosishi so‘zsiz o‘z isbotini topmoqda. Hatto, Angliyada ultratovush ta'sirida beda va boshqa o‘simliklardan o‘simlik oqsili olinib, undan sut va sut mahsulotlari tayѐrlash yo‘lga qo‘yilgan. O‘simliklardan, shuningdek, texnikada ishlatiladigan turli markadagi moylar hamda kauchuk olinadi. Har xil kiyim-kechak, ichimliklar tayѐrlashda ham o‘simliklardan keng foydalaniladi. O‘simliklar chorva mollari uchun asosiy oziq manbai, kishilarga estetik zavq beruvchi tabiat elementi hamdir.


  • O‘simlik dunyosi – qayta tiklash mumkin bo‘lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari geografik qobig‘i(litosfera)da muhim ahamiyat kasb etadi. O‘simliklar sayѐramiz yuzasining yashil qobig‘i bo‘lib, tuproq unumdorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, ayniqsa, atmosfera tarkibida kislorodning muvozanatini saqlashda, okeah, daryolarning gidrologik rejimi tartibga solib turishda, inson hayoti uchun mo‘tadil gigiyenik sharoitlar yaratib turishdek muhim vazifani bajaradi.


  • Mustaqil Respublikada yashovchi har bir fuqaro atmosfera havosini muhofaza qilishga doir quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim.


  • Atmosferaga chiqarilgan chiqindilarni tozalash va zararli fizikaviy ta'sirni kamaytirish maqsadida inshootlar, asbob uskunalar, apparaturalardan, shuningdek, ular ustidan nazorat qilish qoidalariga amal qilish;


  • Xujalik ob'ektlari tevaragida sanitariya-muhofaza zonalarini tashkil etish;


  • Chiqindilar chiqarishni va zararli fizikaviy ta'sirlarni kamaytirish chora tadbirlarini ko‘rish;


  • Chiqarilayotgan chiqindilar hamda fizikaviy omillar zararli ta'sirining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga rioya qilish ustidan nazorat qilish ;


  • Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora tadbirlarini ko‘rish;


  • Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni kamaytirish yuzasidan tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi bilan kelishilgan holda chora tadbirlar ko‘rish;





Yüklə 41,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə